“Gʻelon” turistik-rekreatsion zonasini va xalqaro umummavsumiy kurortni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-424-son)
05.12.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Respublikaning turistik salohiyatini oshirish boʻyicha islohotlarni izchil davom ettirish, togʻ va togʻoldi hududlardagi ishga tushirilmagan mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanish hisobiga ekologik turizm infratuzilma obyektlarini barpo etish, shuningdek, turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilish hamda investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish orqali togʻli va chekka hududlardagi aholi bandligini taʼminlash, ularning daromad manbaini kengaytirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
Qozon shahrida (Rossiya Federatsiyasi) 2023-yil 4 — 6-oktabr kunlari boʻlib oʻtgan III hududlararo hamkorlik forumi doirasida Rossiya tomoni bilan Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida “Gʻelon” xalqaro umummavsumiy kurort majmuasini tashkil etish” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — Investitsiya loyihasi) amalga oshirish boʻyicha kelishuvga erishilganligi;
Investitsiya loyihasi doirasida investor tomonidan Investitsiya loyihasini amalga oshirish davrida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlarni oʻz zimmasiga olgan holda dastlabki baholash boʻyicha jami 300 million AQSh dollari miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar jalb etilishi;
Investitsiya loyihasi 2024 — 2030-yillar davomida uch bosqichda amalga oshirilishi, bunda 2027-yil 1-yanvarga qadar birinchi bosqichda investor tomonidan 100 million AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritilishi rejalashtirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Qashqadaryo viloyati hokimligining:
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida umumiy yer maydoni 2,9 ming gektar boʻlgan “Gʻelon” turistik-rekreatsion zonasini (keyingi oʻrinlarda — Turistik zona) tashkil etish;
Qashqadaryo viloyati hokimligi huzurida davlat muassasasi shaklida “Gʻelon” turistik-rekreatsion zonasi direksiyasini (keyingi oʻrinlarda — Direksiya) tuzish;
Turistik zona hududida zamonaviy mehmonxona majmualari, madaniy-sogʻlomlashtirish, savdo-koʻngilochar va turistik ahamiyatdagi boshqa obyektlarni hamda muhandislik infratuzilmalarini barpo etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Belgilansinki, Turistik zona faoliyat koʻrsatish muddatini keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan 30 yilga tashkil qilinadi.
3. Quyidagilar:
“Gʻelon” turistik-rekreatsion zonasi chegaralarining tavsifi 1-ilovaga muvofiq;
“Gʻelon” turistik-rekreatsion zonasi hududini tizimli rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar 2-ilovaga muvofiq;
“Gʻelon” turistik-rekreatsion zonasi va unga olib boruvchi yoʻl-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Belgilansinki:
Turistik zona hududidagi yer uchastkalarini realizatsiya qilishdan va ijaraga berishdan kelib tushgan mablagʻlar auksion xarajatlari chegirib tashlangan holda Direksiyaning shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
Turistik zonaning bosh rejasi va batafsil rejalari loyihalarini ishlab chiqish hamda konsalting kompaniyalari, mahalliy va xorijiy ekspertlar hamda boshqaruv kompaniyalari xizmatlari uchun haq toʻlash Togʻli va olis hududlarda turistik infratuzilmani rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
Jamgʻarma hisobidan amalga oshiriladigan xarajatlar “Chorvoq” turistik-rekreatsion zonasi direksiyasi va Qashqadaryo viloyati hokimligi tomonidan tasdiqlanadigan grafik asosida Turistik zona hududidagi yer uchastkalarini elektron onlayn auksion orqali realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar hisobidan qoplanadi;
Turistik zona investitsiya loyihalarini moliyalashtirish xarajatlari belgilangan tartibda tasdiqlangan loyihaning texnik-iqtisodiy asoslariga muvofiq amalga oshiriladi.
5. Qashqadaryo viloyati hokimligi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Kadastr agentligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
ikki oy muddatda Turistik zona faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari yuzasidan Hukumat qarori loyihasi belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini;
2025-yil 1-iyunga qadar Turistik zonaning bosh rejasi va batafsil rejalari loyihalari ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini;
2025-yil 1-oktabrga qadar Direksiya tomonidan Turistik zonani rivojlantirishni nazarda tutuvchi master reja ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini taʼminlasin.
6. Belgilab qoʻyilsinki:
Turistik zonadagi turistik infratuzilmani yaratish imkoniyati boʻlgan yer uchastkalari keyinchalik samarali foydalanish va (yoki) investorlarga realizatsiya qilish uchun doimiy foydalanish huquqi bilan Direksiyaga oʻtkaziladi;
Turistik zona hududidagi yer uchastkalarini realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlar Direksiya faoliyatini moliyalashtirish hamda togʻ turizmi loyihalarini amalga oshirish, jumladan muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish va taʼmirlash chora-tadbirlarini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi;
Turistik zona hududida hamda Investitsiya loyihasi doirasida umummavsumiy turistik obyektlarni qurish va ulardan foydalanish, ushbu obyektlarning Turistik zonaning bosh rejasiga muvofiqligi Direksiya tomonidan nazorat qilinadi;
Direksiya Turistik zona hududida umumiy foydalanishdagi yoʻllar va tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish hamda loyihalarni amalga oshirish boʻyicha buyurtmachi hisoblanib, yoʻl va tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini Turistik zonaning chegaralarigacha yetkazib berish majburiyatini bajaradi;
Direksiya loyiha kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan loyiha hujjatlariga muvofiq Turistik zona hududida zarur infratuzilma obyektlari barpo etilishini taʼminlaydi.
7. Qashqadaryo viloyati hokimligi bir oy muddatda:
Direksiyani Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani “Miraki” MFY Furqat koʻchasi 1-uy manzili boʻyicha joylashtirilishini taʼminlasin;
Direksiya faoliyatini tashkil qilish, shu jumladan uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, joylashtirish, asosiy vositalar, anjomlar va transport vositalari bilan taʼminlash uchun qonunchilikda taqiqlanmagan manbalar hisobidan zarur mablagʻlar ajratsin.
8. Qashqadaryo viloyati hokimligi Kadastr agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda:
ikki oy muddatda Turistik zona hududidagi yer uchastkalari, bino va inshootlar hamda daraxt va butalar toʻliq xatlovdan oʻtkazilishini, mavjud daraxt va butalar belgilangan tartibda muhofazaga olinishini;
uch oy muddatda yer uchastkalari olib qoʻyilishi va (yoki) bino hamda inshootlari buzilishi natijasida mulkdorlarga yetkaziladigan zararlar miqdoriga aniqlik kiritilishini;
baholash ishlarini tashkil etish uchun zarur hujjatlar, shu jumladan yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlar toʻplami tayyorlanishi, baholovchi tashkilotlar jalb qilinishi va baholash toʻgʻrisidagi hisobotlar ekspertizadan oʻtkazilishini;
yer uchastkalari olib qoʻyilishidan avval mulkdorlarga kompensatsiya toʻlovlari toʻliq hajmda toʻlab berilishini taʼminlasin.
Bunda:
yer uchastkalari egalariga yetkazilgan zarar qonunchilikda belgilangan tartibda qoplab beriladi;
Turistik zona hududida amalga oshiriladigan loyihalar uchun ajratiladigan yer uchastkalarida qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari oʻrnini qoplash boʻyicha kompensatsiya toʻlovlari loyiha tashabbuskorlari tomonidan qoplab beriladi.
9. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Transport vazirligi, Energetika vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Turizm qoʻmitasi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda Qashqadaryo viloyati hokimligi Investitsiya loyihasi doirasida:
umumiy uzunligi 33 km boʻlgan Hisorak — Gʻelon, Hisorak — Sarchashma avtomobil yoʻlini ikki tasmali qilib, Chiroqchi — Shoʻrquduq avtomobil yoʻlining 30 km qismini uchinchi toifadagi yoʻl darajasigacha yetkazish boʻyicha qurilish va rekonstruksiya ishlari amalga oshirilishini;
Miraki — Hisorak avtomobil yoʻlini ikki tasmali qilib, uchinchi toifadagi yoʻl darajasigacha yetkazilishini;
ishlab chiqiladigan loyiha-smeta hujjatlariga asosan Turistik zona chegaralariga qadar elektr energiyasi tarmogʻini tortish va podstansiya barpo etish, shuningdek, ichimlik va oqova suv tarmoqlarini oʻtkazish ishlari amalga oshirilishini taʼminlasin.
Bunda tashqi infratuzilma bilan taʼminlash xarajatlarini moliyalashtirish va buyurtmachilarni belgilash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-avgustdagi “Investitsiya loyihalarini tashqi infratuzilma bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5233-son hamda 2024-yil 5-iyundagi “Respublika hududlarining turizm salohiyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-212-son qarorlariga muvofiq amalga oshiriladi.
10. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi:
a) Energetika vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Transport vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “Oʻzsuvtaʼminot” AJ bilan birgalikda 2025-yil 1-martga qadar Investitsiya loyihasi doirasida obyektlarning loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, ularni kelishish hamda ruxsat etish xususiyatiga ega boʻlgan hujjatlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish ishlarini yakunlasin;
b) Qashqadaryo viloyati hokimligi hamda Turizm qoʻmitasi bilan birgalikda:
Turistik zona hududida turistik infratuzilma obyektlarini barpo etish uchun nufuzli tashkilotlarni, shu jumladan salohiyatli xorijiy va mahalliy investorlarni jalb qilish;
istiqbolli va ustuvor loyihalar roʻyxatini shakllantirish, Turistik zona hududida dastlabki turizm, yoʻl-transport infratuzilmasi hamda kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish uchun xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlari va grantlarini jalb qilish choralarini koʻrsin.
11. Turizm qoʻmitasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda 2025-yil 1-aprelga qadar Turistik zona brendini yaratib, respublika hududida hamda xorijiy davlatlarda keng targʻib qilish choralarini koʻrsin.
12. Qashqadaryo viloyati hokimligi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi:
Shahrisabz tumanida Turistik zona hududi doirasida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning yer fondi toifalarini oʻzgartirish boʻyicha takliflarni Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasiga kiritsin;
Turistik zona hududida yoʻl koʻrsatkichlarini oʻrnatish va namunaviy sanitariya-gigiyena shoxobchalarini joylashtirish hamda chiqindilarni tashlash nuqtalarini belgilasin;
Turistik zona hududida maishiy chiqindilarning hosil boʻlishini minimallashtirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali qattiq maishiy chiqindilarni alohida yigʻish va olib chiqib ketish ishlarini tashkil etsin;
Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya bilan birgalikda Turistik zona hududida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi qonunchilikka qatʼiy rioya etilishi yuzasidan ekologik nazoratni oʻrnatsin.
13. Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda Turistik zona hududida Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasining mavjud shtat birliklari hamda ish haqi jamgʻarmasi doirasida xavfsizlikni taʼminlash boʻlimini tashkil etish dasturini tasdiqlasin.
14. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga qishki sport turlarini ommalashtirishga qaratilgan maqolalar chop etish va mavzuli teledasturlarni efirga uzatish tavsiya etilsin.
15. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Xodjayev hamda Qashqadaryo viloyati hokimi M.B. Azimov belgilansin.
Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 5-dekabr,
PQ-424-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-dekabrdagi PQ-424-son qaroriga 1-ILOVA
“Gʻelon” turistik-rekreatsion zonasi chegaralarining
TAVSIFI
Chegara chizigʻining boshlangʻich 1-nuqtasi Shahrisabz tumani, “Gʻelon” mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan (shimoliy kenglik 39°5'39.65", sharqiy uzoqlik 67°22'32.87").
1-nuqtadan chegara chizigʻi janubi-sharqiy yoʻnalishda daraxtzor va daryo qirgʻogʻi boʻylab 103,0 metr masofani oʻtib, avtomobil yoʻli boʻyida joylashgan 2-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°5'37.20", sharqiy uzoqlik 67°22'35.74").
2-nuqtadan chegara chizigʻi janubiy yoʻnalishda yoʻl boʻylab 61,90 metr masofani oʻtib, yoʻl boʻyida joylashgan 3-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°5'35.23", sharqiy uzoqlik 67°22'36.20").
3-nuqtadan chegara chizigʻi janubi-gʻarbiy yoʻnalishda yoʻl boʻylab 30,0 metr masofani oʻtib, yoʻl boʻyida joylashgan 4-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°5'34.46", sharqiy uzoqlik 67°22'35.44").
4-nuqtadan chegara chizigʻi janubi-sharqiy yoʻnalishda yoʻl boʻylab 48,20 metr masofani oʻtib, yoʻl boʻyida joylashgan 5-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°5'33.61", sharqiy uzoqlik 67°22'37.15").
5-nuqtadan chegara chizigʻi janubi-sharqiy yoʻnalishda yoʻl boʻylab 56,10 metr masofani oʻtib, yoʻl boʻyida joylashgan 6-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°5'33.38", sharqiy uzoqlik 67°22'39.48").
6-nuqtadan chegara chizigʻi janubi-sharqiy yoʻnalishda yoʻl va daryo qirgʻogʻi boʻylab 394,0 metr masofani oʻtib, yoʻl boʻyida joylashgan 7-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°5'26.60", sharqiy uzoqlik 67°22'47.14").
7-nuqtadan chegara chizigʻi janubi-sharqiy yoʻnalishda yoʻl va daryo qirgʻogʻi boʻylab 88,90 metr masofada yoʻl boʻyida joylashgan 8-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°5'24.60", sharqiy uzoqlik 67°22'49.61").
8-nuqtadan chegara chizigʻi janubi-sharqiy yoʻnalishda yoʻl boʻylab 111,00 metr masofani oʻtib, yoʻli boʻyida joylashgan 9-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°5'22.55", sharqiy uzoqlik 67°22'53.35").
9-nuqtadan chegara chizigʻi janubi-sharqiy yoʻnalishda yoʻl boʻylab 260,0 metr masofani oʻtib, yoʻli boʻyida joylashgan 10-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°5'17.55", sharqiy uzoqlik 67°23'1.78").
10-nuqtadan chegara chizigʻi sharqiy yoʻnalishda yoʻl boʻylab 213,0 metr masofani oʻtib, yoʻl boʻyida joylashgan 11-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°5'15.71", sharqiy uzoqlik 67°23'10.25").
11-nuqtadan chegara chizigʻi sharqiy yoʻnalishda yoʻl boʻylab 285,0 metr masofani oʻtib, yoʻl boʻyida joylashgan 12-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39° 5'15.17", sharqiy uzoqlik 67°23'21.96").
12-nuqtadan chegara chizigʻi sharqiy yoʻnalishda yoʻl va daryo qirgʻogʻi boʻylab 215,0 metr masofada yoʻl boʻyida joylashgan 13-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°5'12.97", sharqiy uzoqlik 67°23'29.91").
13-nuqtadan chegara chizigʻi sharqiy yoʻnalishda yoʻl va daryo qirgʻogʻi boʻylab 335,0 metr masofada yoʻl boʻyida joylashgan 14-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°5'10.17", sharqiy uzoqlik 67°23'43.08").
14-nuqtadan chegara chizigʻi sharqiy yoʻnalishda yoʻl va daryo qirgʻogʻi boʻylab 264,0 metr masofada yoʻl boʻyida joylashgan 15-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°5'7.84", sharqiy uzoqlik 67°23'53.39").
15-nuqtadan chegara chizigʻi sharqiy yoʻnalishda yoʻl va daryo qirgʻogʻi boʻylab 142,0 metr masofada yoʻl boʻyida joylashgan 16-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°5'7.50", sharqiy uzoqlik 67°23'58.71").
16-nuqtadan chegara chizigʻi sharqiy yoʻnalishda yoʻl va daryo qirgʻogʻi boʻylab 1092,0 metr masofada yoʻl boʻyida joylashgan 17-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°5'0.24", sharqiy uzoqlik 67°24'41.81").
17-nuqtadan chegara chizigʻi shimoli-sharqiy yoʻnalishda yoʻl va daryo qirgʻogʻi boʻylab 1114,0 metr masofada yoʻl boʻyida joylashgan 18-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°5'4.31", sharqiy uzoqlik 67°25'26.69").
18-nuqtadan chegara chizigʻi sharqiy yoʻnalishda yoʻl va daryo qirgʻogʻi boʻylab 511,0 metr masofada yoʻl boʻyida joylashgan 19-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°4'56.40", sharqiy uzoqlik 67°25'44.96").
19-nuqtadan chegara chizigʻi sharqiy yoʻnalishda yoʻl va daryo qirgʻogʻi boʻylab 380,0 metr masofada yoʻl boʻyida joylashgan 20-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°4'53.96", sharqiy uzoqlik 67°25'59.62").
20-nuqtadan chegara chizigʻi janubi-sharqiy yoʻnalishda yoʻl boʻylab 174,0 metr masofada yoʻl boʻyida joylashgan 21-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°4'49.97", sharqiy uzoqlik 67°26'4.38").
21-nuqtadan chegara chizigʻi janubiy yoʻnalishda yoʻl boʻylab 154,0 metr masofada yoʻl boʻyida joylashgan 22-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°4'45.60" , sharqiy uzoqlik 67°26'5.96").
22-nuqtadan chegara chizigʻi shimoliy yoʻnalishda yoʻl boʻylab 253,0 metr masofada yoʻl boʻyida joylashgan 23-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°4'53.57", sharqiy uzoqlik 67°26'8.26").
23-nuqtadan chegara chizigʻi shimoli-gʻarbiy yoʻnalishda yoʻl boʻylab 101,0 metr masofada yoʻl boʻyida joylashgan 24-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39° 4'56.14", sharqiy uzoqlik 67°26'6.39").
24-nuqtadan chegara chizigʻi sharqiy yoʻnalishda yoʻl boʻylab 120,0 metr masofada yoʻl boʻyida joylashgan 25-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°4'55.67", sharqiy uzoqlik 67°26'10.98").
25-nuqtadan chegara chizigʻi shimoli-gʻarbiy yoʻnalishda yoʻl boʻylab 108,0 metr masofada yoʻl boʻyida joylashgan 26-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°4'58.37", sharqiy uzoqlik 67°26'9.02").
26-nuqtadan chegara chizigʻi shimoliy yoʻnalishda yoʻl boʻylab 71,90 metr masofada yoʻl boʻyida joylashgan 27-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°5'0.64", sharqiy uzoqlik 67°26'8.95").
27-nuqtadan chegara chizigʻi sharqiy yoʻnalishda yoʻl boʻylab 60,90 metr masofada yoʻl boʻyida joylashgan 28-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°4'59.75", sharqiy uzoqlik 67°26'10.89").
28-nuqtadan chegara chizigʻi shimoli-sharqiy yoʻnalishda yoʻl boʻylab 182,0 metr masofada yoʻl boʻyida joylashgan 29-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°4'59.78", sharqiy uzoqlik 67°26'16.32").
29-nuqtadan chegara chizigʻi janubi-sharqiy yoʻnalishda yoʻl boʻylab 40,0 metr masofada yoʻl boʻyida joylashgan 30-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°4'58.49", sharqiy uzoqlik 67°26'17.14").
30-nuqtadan chegara chizigʻi janubi-sharqiy yoʻnalishda yoʻl boʻylab 443,0 metr masofada yoʻl boʻyida joylashgan 31-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39° 4'50.78", sharqiy uzoqlik 67°26'32.30").
31-nuqtadan chegara chizigʻi shimoli-sharqiy yoʻnalishda yoʻl boʻylab 241,0 metr masofada yoʻl boʻyida joylashgan 32-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39° 4'54.97", sharqiy uzoqlik 67°26'40.06").
32-nuqtadan chegara chizigʻi janubi-sharqiy yoʻnalishda yoʻl boʻylab 252,0 metr masofada yoʻl boʻyida joylashgan 33-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39° 4'47.25", sharqiy uzoqlik 67°26'39.88").
33-nuqtadan chegara chizigʻi shimoli-sharqiy yoʻnalishda yoʻl boʻylab 211,0 metr masofada yoʻl boʻyida joylashgan 34-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39° 4'50.04", sharqiy uzoqlik 67°26'47.20").
34-nuqtadan chegara chizigʻi shimoli-sharqiy yoʻnalishda yoʻl boʻylab 148,0 metr masofada yoʻl boʻyida joylashgan 35-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39° 4'51.35", sharqiy uzoqlik 67°26'53.31").
35-nuqtadan chegara chizigʻi janubiy yoʻnalishda yoʻl boʻylab 468,0 metr masofada yoʻl boʻyida joylashgan 36-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°4'36.83", sharqiy uzoqlik 67°26'49.62").
36-nuqtadan chegara chizigʻi janubi-sharqiy yoʻnalishda yoʻl boʻylab 374,0 metr masofada adirlikda joylashgan 37-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39° 4'27.21", sharqiy uzoqlik 67°26'58.89").
37-nuqtadan chegara chizigʻi janubi-sharqiy yoʻnalishda adirlik boʻylab 216,0 metr masofada adirlik yon bagʻrida joylashgan 38-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39° 4'21.89", sharqiy uzoqlik 67°27'3.86").
38-nuqtadan chegara chizigʻi janubi-sharqiy yoʻnalishda adirlik boʻylab 99,80 metr masofada adirlik yon bagʻrida joylashgan 39-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39° 4'19.28", sharqiy uzoqlik 67°27'5.76").
39-nuqtadan chegara chizigʻi janubiy yoʻnalishda adirlik boʻylab 671,0 metr masofada adirlik yon bagʻrida joylashgan 40-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39° 3'57.90", sharqiy uzoqlik 67°27'2.52").
40-nuqtadan chegara chizigʻi janubiy yoʻnalishda adirlik boʻylab 283,0 metr masofada adirlik yon bagʻrida joylashgan 41-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39° 3'48.70", sharqiy uzoqlik 67°27'2.97").
41-nuqtadan chegara chizigʻi janubiy yoʻnalishda yoʻl boʻylab 63,70 metr masofada yoʻl boʻyida joylashgan 42-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39° 3'46.91", sharqiy uzoqlik 67°27'1.92").
42-nuqtadan chegara chizigʻi janubi-sharqiy yoʻnalishda yoʻl va daryo qirgʻogʻi boʻylab 109,0 metr masofada yoʻl boʻyida joylashgan 43-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39° 3'43.48", sharqiy uzoqlik 67°27'2.94").
43-nuqtadan chegara chizigʻi janubiy yoʻnalishda yoʻl va daryo qirgʻogʻi boʻylab 148,0 metr masofada adirlik yon bagʻrida joylashgan 44-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39° 3'38.75", sharqiy uzoqlik 67°27'2.08").
44-nuqtadan chegara chizigʻi janubi-sharqiy yoʻnalishda yoʻl va daryo qirgʻogʻi boʻylab 146,0 metr masofada adirlik yon bagʻrida joylashgan 45-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°3'34.70", sharqiy uzoqlik 67°27'5.39").
45-nuqtadan chegara chizigʻi janubi-sharqiy yoʻnalishda adirlik va daryo qirgʻogʻi boʻylab 184,0 metr masofada adirlik yon bagʻrida joylashgan 46-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°3'29.47", sharqiy uzoqlik 67°27'8.70").
46-nuqtadan chegara chizigʻi janubi-sharqiy yoʻnalishda adirlik va daryo qirgʻogʻi boʻylab 610,0 metr masofada adirlik yon bagʻrida joylashgan 47-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°3'10.26", sharqiy uzoqlik 67°27'15.23").
47-nuqtadan chegara chizigʻi janubi-gʻarbiy yoʻnalishda adirlik boʻylab 1060,0 metr masofada adirlik yon bagʻrida joylashgan 48-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39° 2'43.00", sharqiy uzoqlik 67°26'48.46").
48-nuqtadan chegara chizigʻi janubi-gʻarbiy yoʻnalishda adirlik boʻylab 958,0 metr masofada adirlik yon bagʻrida joylashgan 49-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39° 2'25.20", sharqiy uzoqlik 67°26'15.74").
49-nuqtadan chegara chizigʻi janubi-gʻarbiy yoʻnalishda adirlik va soylik boʻylab 956,0 metr masofada adirlik yon bagʻrida joylashgan 50-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39° 2'2.13", sharqiy uzoqlik 67°25'49.34").
50-nuqtadan chegara chizigʻi janubi-gʻarbiy yoʻnalishda adirlik boʻylab 692,0 metr masofada adirlik yon bagʻrida joylashgan 51-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39° 1'55.79", sharqiy uzoqlik 67°25'21.81").
51-nuqtadan chegara chizigʻi janubi-gʻarbiy yoʻnalishda adirlik boʻylab 419,0 metr masofada togʻ yon bagʻrida joylashgan 52-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39° 1'43.36", sharqiy uzoqlik 67°25'14.98").
52-nuqtadan chegara chizigʻi janubiy yoʻnalishda togʻ yon bagʻri boʻylab 1222,0 metr masofada togʻ yon bagʻrida joylashgan 53-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39° 1'11.34", sharqiy uzoqlik 67°25'16.97").
53-nuqtadan chegara chizigʻi shimoli-gʻarbiy yoʻnalishda togʻ yon bagʻri boʻylab 1832,0 metr masofada togʻ yon bagʻrida joylashgan 54-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39° 1'11.34", sharqiy uzoqlik 67°24'1.45").
54-nuqtadan chegara chizigʻi shimoli-gʻarbiy yoʻnalishda adirlik boʻylab 720,0 metr masofada adirlik yon bagʻrida joylashgan 55-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39° 1'32.85", sharqiy uzoqlik 67°23'49.71").
55-nuqtadan chegara chizigʻi shimoli-gʻarbiy yoʻnalishda adirlik boʻylab 196,0 metr masofada adirlik yon bagʻrida joylashgan 56-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39° 1'38.87", sharqiy uzoqlik 67°23'47.54").
56-nuqtadan chegara chizigʻi shimoli-sharqiy yoʻnalishda yoʻl va adirlik boʻylab 524,0 metr masofada adirlik yon bagʻrida joylashgan 57-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39° 1'45.04", sharqiy uzoqlik 67°24'7.82").
57-nuqtadan chegara chizigʻi shimoli-sharqiy yoʻnalishda adirlik va togʻ yon bagʻri boʻylab 483,0 metr masofada togʻ yon bagʻrida joylashgan 58-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39° 1'55.65", sharqiy uzoqlik 67°24'22.35").
58-nuqtadan chegara chizigʻi shimoliy yoʻnalishda togʻ yon bagʻri boʻylab 683,0 metr masofada togʻ yon bagʻrida joylashgan 59-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39° 2'17.78", sharqiy uzoqlik 67°24'19.76").
59-nuqtadan chegara chizigʻi shimoli-gʻarbiy yoʻnalishda togʻ yon bagʻri boʻylab 1070,0 metr masofada togʻ yon bagʻrida joylashgan 60-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39° 2'34.33", sharqiy uzoqlik 67°23'40.70").
60-nuqtadan chegara chizigʻi shimoli-gʻarbiy yoʻnalishda adirlik boʻylab 713,0 metr masofada adirlik yon bagʻrida joylashgan 61-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39° 2'40.03", sharqiy uzoqlik 67°23'12.09").
61-nuqtadan chegara chizigʻi shimoli-gʻarbiy yoʻnalishda adirlik boʻylab 823,0 metr masofada adirlik yon bagʻrida joylashgan 62-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39° 3'2.16", sharqiy uzoqlik 67°22'52.39")
62-nuqtadan chegara chizigʻi shimoli-sharqiy yoʻnalishda adirlik va togʻ yon bagʻri boʻylab 1278,0 metr masofada togʻ yon bagʻrida joylashgan 63-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39° 3'37.01", sharqiy uzoqlik 67°23'21.17").
63-nuqtadan chegara chizigʻi shimoli-sharqiy yoʻnalishda adirlik boʻylab 696,0 metr masofada adirlik yon bagʻrida joylashgan 64-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39° 3'59.79", sharqiy uzoqlik 67°23'20.38").
64-nuqtadan chegara chizigʻi shimoli-sharqiy yoʻnalishda adirlik boʻylab 241,0 metr masofada adirlik yon bagʻrida joylashgan 65-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39° 4'4.92", sharqiy uzoqlik 67°23'28.06").
65-nuqtadan chegara chizigʻi shimoli-sharqiy yoʻnalishda adirlik boʻylab 1175,0 metr masofada adirlik yon bagʻrida joylashgan 66-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39° 4'42.76", sharqiy uzoqlik 67°23'32.28").
66-nuqtadan chegara chizigʻi shimoli-sharqiy yoʻnalishda adirlik va togʻ yon bagʻri boʻylab 880,0 metr masofada adirlik yon bagʻrida joylashgan 67-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39° 5'10.98", sharqiy uzoqlik 67°23'27.21").
67-nuqtadan chegara chizigʻi shimoli-gʻarbiy yoʻnalishda togʻ yon bagʻri va daryo qirgʻogʻi boʻylab 129,0 metr masofada togʻ yon bagʻrida joylashgan 68-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39° 5'12.74", sharqiy uzoqlik 67°23'22.32").
68-nuqtadan chegara chizigʻi shimoli-gʻarbiy yoʻnalishda togʻ yon bagʻri va daryo qirgʻogʻi boʻylab 325,0 metr masofada togʻ yon bagʻrida joylashgan 69-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39° 5'13.85", sharqiy uzoqlik 67°23'8.92").
69-nuqtadan chegara chizigʻi shimoli-gʻarbiy yoʻnalishda togʻ yon bagʻri va daryo qirgʻogʻi boʻylab 252 metr masofada togʻ yon bagʻrida joylashgan 70-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39° 5'16.26", sharqiy uzoqlik 67°22'59.04").
70-nuqtadan chegara chizigʻi shimoliy yoʻnalishda togʻ yon bagʻri va daryo qirgʻogʻi boʻylab 47,7 metr masofada togʻ yon bagʻrida joylashgan 71-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39° 5'17.87", sharqiy uzoqlik 67°22'58.51").
71-nuqtadan chegara chizigʻi shimoli-gʻarbiy yoʻnalishda togʻ yon bagʻri va daryo qirgʻogʻi boʻylab 155,0 metr masofada togʻ yon bagʻrida joylashgan 72-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39° 5'21.21" sharqiy uzoqlik 67°22'53.58").
72-nuqtadan chegara chizigʻi shimoli-gʻarbiy yoʻnalishda togʻ yon bagʻri va daryo qirgʻogʻi boʻylab 233,0 metr masofada togʻ yon bagʻrida joylashgan 73-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39° 5'26.09", sharqiy uzoqlik 67°22'46.54").
73-nuqtadan chegara chizigʻi shimoli-gʻarbiy yoʻnalishda togʻ yon bagʻri va daryo qirgʻogʻi boʻylab 227,0 metr masofada togʻ yon bagʻrida joylashgan 74-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39° 5'31.45", sharqiy uzoqlik 67°22'40.30").
74-nuqtadan chegara chizigʻi shimoli-gʻarbiy yoʻnalishda togʻ yon bagʻri va daryo qirgʻogʻi boʻylab 60,40 metr masofada togʻ yon bagʻrida joylashgan 75-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39° 5'32.69", sharqiy uzoqlik 67°22'38.36").
75-nuqtadan chegara chizigʻi shimoli-gʻarbiy yoʻnalishda togʻ yon bagʻri va daryo qirgʻogʻi boʻylab 71,0 metr masofada togʻ yon bagʻrida joylashgan 76-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39° 5'32.81", sharqiy uzoqlik 67°22'35.48").
76-nuqtadan chegara chizigʻi shimoli-gʻarbiy yoʻnalishda togʻ yon bagʻri va daryo qirgʻogʻi boʻylab 67,60 metr masofada togʻ yon bagʻrida joylashgan 77-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39° 5'34.19", sharqiy uzoqlik 67°22'33.32").
77-nuqtadan chegara chizigʻi gʻarbiy yoʻnalishda togʻ yon bagʻri va daryo qirgʻogʻi boʻylab 112,0 metr masofada togʻ yon bagʻrida joylashgan 78-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39° 5'33.48", sharqiy uzoqlik 67°22'28.78").
78-nuqtadan chegara chizigʻi gʻarbiy yoʻnalishda yoʻl va daryo qirgʻogʻi boʻylab 91,0 metr masofada adir yon bagʻrida joylashgan 79-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39° 5'36.35", sharqiy uzoqlik 67°22'28.12").
79-nuqtadan chegara chizigʻi gʻarbiy yoʻnalishda adirlik boʻylab 32,20 metr masofada adir yon bagʻrida joylashgan 80-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39° 5'36.57", sharqiy uzoqlik 67°22'29.39").
80-nuqtadan chegara chizigʻi shimoliy yoʻnalish boʻylab 61,60 metr masofada, togʻ yon bagʻrida joylashgan 81-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik shimoliy kenglik 39° 5'38.46", sharqiy uzoqlik 67°22'29.81").
81-nuqtadan chegara chizigʻi shimoli-sharqiy yoʻnalishda togʻ yon bagʻri boʻylab 79,0 metr masofada, togʻ yon bagʻrida joylashgan dastlabki 1-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik shimoliy kenglik 39° 5'39.65", sharqiy uzoqlik 67°22'32.87").
“Gʻelon” umummavsumiy dam olish maskanini barpo etish” loyihasi amalga oshiriladigan hududning chegarasida joylashgan Antenna-mastali tuzilma uskunasi yer uchastkasi
Chegara chizigʻining boshlangʻich 1-nuqtasi Shahrisabz tumani, “Sarchashma” mahalla fuqarolari yigʻini hududida joylashgan (shimoliy kenglik 39° 3'57.54"S, sharqiy uzoqlik 67°24'3.53"V).
1-nuqtadan chegara chizigʻi shimoli-gʻarbiy yoʻnalishda adirlik boʻylab 23,68 metr masofani oʻtib, adirlikda joylashgan 2-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39° 3'58.23"S, sharqiy uzoqlik 67°24'3.19"V).
2-nuqtadan chegara chizigʻi shimoli-sharqiy adirlik boʻylab 20,92 metr masofani oʻtib, adirlikda joylashgan 3-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39° 3'58.49"S, sharqiy uzoqlik 67°24'3.97"V).
3-nuqtadan chegara chizigʻi janubi-sharqiy yoʻnalishda yoʻl boʻylab 22,68 metr masofani oʻtib, adirlikda joylashgan 4-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39° 3'57.80"S, sharqiy uzoqlik 67°24'4.38"V).
4-nuqtadan chegara chizigʻi janubi-gʻarbiy yoʻnalishda yoʻl boʻylab 21,50 metr masofani oʻtib, yoʻl boʻyida joylashgan 1-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39° 3'57.54"S, sharqiy uzoqlik 67°24'3.53"V).
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-dekabrdagi PQ-424-son qaroriga 2-ILOVA
“Gʻelon” turistik-rekreatsion zonasi hududini tizimli rivojlantirish boʻyicha
CHORA-TADBIRLAR
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-dekabrdagi PQ-424-son qaroriga 3-ILOVA
“Gʻelon” turistik-rekreatsion zonasi va unga olib boruvchi yoʻl-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish
DASTURI
