28-modda. Investitsiya buyurtmanomasini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha qaror qabul qilish
“Maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga maxsus iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini soddalashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-1010-son) · Sana: 05.12.2024 · Amalda
Investitsiya buyurtmanomasini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha maxsus iqtisodiy zona direksiyasining qarori bayonnoma bilan rasmiylashtirilib, bayonnoma maxsus iqtisodiy zona direksiyasining direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Bayonnomadan koʻchirma investitsiya buyurtmanomasini bergan investorga topshiriladi.
Maxsus iqtisodiy zona hududida investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi qaror quyidagilar uchun asos boʻladi:
investitsiya buyurtmanomasida koʻrsatilgan investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan yer uchastkasini elektron-onlayn auksionga qoʻyish;
elektron-onlayn auksion gʻolibi bilan investitsiya bitimini tuzish;
yer uchastkasini yoki boʻsh turgan (foydalanilmayotgan) binoni uning umumiy maydonini va joylashgan yerini belgilagan holda elektron onlayn-auksionga qoʻyish.
Investitsiya buyurtmanomasini bergan investor investitsiya loyihasini amalga oshirishning maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisidagi qaror ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Ushbu moddaning amal qilishi maxsus sanoat zonalarining hududlarida amalga oshirish uchun taklif etilayotgan investitsiya loyihalariga nisbatan tatbiq etilmaydi. Bunda investitsiya buyurtmanomasini va unga ilova qilinadigan hujjatlarni koʻrib chiqish hamda ekspertizadan oʻtkazish maxsus sanoat zonasini boshqaruvchi kompaniya tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda mustaqil ravishda amalga oshiriladi”;
13) 31-moddaning:
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yuridik shaxsning maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi maqomini yoʻqotishi toʻgʻrisidagi qaror maxsus iqtisodiy zonaning direksiyasi tomonidan maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat koʻrsatishini va ularni rivojlantirishni tashkil etish sohasidagi vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda qabul qilinadi”;
toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
