623-modda. Ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni jazoni oʻtashni davom ettirish uchun, shuningdek oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilgan shaxsni majburiy davolashni davom ettirish uchun berish va qabul qilib olish bilan bogʻliq xarajatlar
Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1009-son) · Sana: 04.12.2024 · Amalda
Ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni jazoni oʻtashni davom ettirish uchun, shuningdek oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilgan shaxsni majburiy davolashni davom ettirish uchun berish va qabul qilib olish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi”.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 4-dekabr,
OʻRQ-1009-son
