Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (312-son)
24.07.1998
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tadbirkorlik, kichik va oʻrta biznesni rivojlantirishni yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 9-apreldagi PF-1987-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 24-iyul,
312-son
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 24-iyuldagi 312-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritiladigan qarorlari
roʻyxati
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 26-fevraldagi 85-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1992-y., 2-son, 3-modda; 1996-y., 4-son, 12 modda) bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida kichik korxonalar toʻgʻrisida nizom”ning 1-boʻlimi 2-bandidagi ikkinchi — oltinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“sanoatda — 40 kishigacha ishlovchi boʻlgan;
qurilishda, qishloq xoʻjaligida va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlarida — 20 kishigacha ishlovchisi boʻlgan;
fan sohasida, ilmiy xizmat koʻrsatishda, chakana savdoda va noishlab chiqarish sohasining boshqa tarmoqlarida — 10 kishigacha.
Kichik korxonalar jumlasiga, shuningdek, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, ishlab chiqarish tarmoqlarida band boʻlgan xodimlarning oʻrtacha yillik soni 10 kishigachani, savdo, xizmatlar koʻrsatish va noishlab chiqarish sohasi tarmoqlarida — 5 kishigacha tashkil qiladigan mikrofirmalar ham kiradi”.
