“19-modda. Milliy gvardiyaga xizmatga qabul qilish”;
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1008-son) · Sana: 29.11.2024 · Amalda
oʻn ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Quyidagi fuqarolar Milliy gvardiya xodimi lavozimiga qabul qilinishi mumkin emas:
a) belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan;
b) xizmatni oʻtashga toʻsqinlik qiladigan kasalligi yoki jismoniy nuqsonlari boʻlgan;
v) boshqa davlat organlaridan salbiy sabablarga koʻra boʻshatilgan;
g) sodir etgan jinoyati uchun qoʻllanilgan jazo turidan, sudlanganlik holati tugallanganligidan yoki olib tashlanganligidan yoxud amnistiya akti yoki avf etish qoʻllanilganligidan qatʼi nazar muqaddam sudlangan;
d) xizmatni oʻtash bilan bogʻliq boʻlgan cheklovlarga rioya etishni rad etganda yoki Milliy gvardiyaning maxsus talablariga javob bermagan”.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 15-iyunda qabul qilingan “Qoʻriqlash faoliyati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-778-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2022-yil, № 6, 573-modda) quyidagi qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritilsin:
1) 19-moddaning birinchi qismi:
quyidagi mazmundagi oʻn uchinchi, oʻn toʻrtinchi va oʻn beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarda, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ishtirok etmasligi;
diniy rasm-rusumlar va marosimlarni bajarmasligi, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan alohida hollar bundan mustasno;
Internet jahon axborot tarmogʻiga qoʻriqlanayotgan obyekt hamda hududga oid maʼlumot va materiallarni, shuningdek qoʻriqlash faoliyatini amalga oshiruvchi boʻlinmalarga mansubligini oshkor etuvchi axborotni (foto, video, matn va boshqalar) kiritmasligi, matbuot xizmatlari tomonidan chop etilgan materiallar bundan mustasno”;
oʻn uchinchi xatboshisi oʻn oltinchi xatboshi deb hisoblansin;
2) 20-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
