Toshkent shahar avtoyonilgʻi quyish shoxobchalari ishini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida (277-son)
31.05.1994
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Toshkent shahar aholisiga va xorijiy davlatlarning vakolatxonalariga xizmat koʻrsatishni, tranzit avtotransporti harakatini tubdan yaxshilash, avtoyonilgʻi quyish shoxobchalarini rekonstruksiya qilish va texnik qayta jihozlash, yangilarini qurish, shuningdek, avtotransport vositalari egalari uchun servis xizmatlari koʻrsatishni kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi;
1. “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi tomonidan ishlab chiqilgan avtoyonilgʻi quyish shoxobchalari ishini yaxshilash, eskilarini rekonstruksiya qilish, hozirgi zamon talablariga javob beradigan yangi AYQShlarni qurish, shaxsiy avtotransport egalariga va xorijiy vakolatxonalarga servis xizmati koʻrsatishni kengaytirishga oid chora-tadbirlar (ilova* qilinadi) maʼqullansin.
* Ilova berilmaydi.
2. “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi (Tojiyev) Toshkent shahar hokimligi (Fozilbekov) bilan birgalikda shu yilning 15-iyunigacha servis xizmati koʻrsatish, avtomashinalar turish joylari boʻlgan, hozirgi zamon talablariga javob beradigan yangi avtoyonilgʻi shoxobchalari qurish, shuningdek, eski AYQShlarni rekonstruksiya qilish uchun loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlasin.
3. Toshkent shahar hokimi A. Fozilbekov tugatiladigan avtoyonilgʻi quyish shoxobchalari oʻrniga yangilarini qurish uchun yer maydonlari ajratsin.
4. Yangi avtoyonilgʻi quyish shoxobchalarini qurish va eskilarini rekonstruksiya qilish vazifasi quyidagi qurilish tashkilotlariga topshirilsin:
“Oʻzsanoatxoʻjalikqurilish” davlat korporatsiyasi tegishlicha — 2 va 8 ta, “Toshkentqurilish” davlat korporatsiyasi — 2 va 8 ta, “Oʻzsuvqurilish” davlat konserni, “Oʻzneftgaz qurilish”, “Oʻzdehqonchilikqurilish”, “Oʻzkolxozqurilish” birlashmalari bittadan AYQShlari, “Oʻzbektransqurilish” davlat uyushmasi esa bitta AYQSh va texnik moylarni qadoqlash korxonasi qurib bersin.
Ishlar “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi bilan tuzilgan shartnomaga koʻra amalga oshirilsin, yangi avtoyonilgʻi quyish shoxobchalari qurilishi shu yilning oktyabr oyida, eski AYQShlarni rekonstruksiya qilish shu yilning noyabr oyida tugallansin.
5. “Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasi (Sharopov), “Oʻzqurilishmateriallari” davlat konsern i (Ibobekov) “Oʻzdavneftmahsulot”, “Oʻzdehqonchilikqurilish”, “Oʻzneftgazqurilish”, “Oʻzkolxozqurilish” birlashmalarini, “Toshkentqurilish”, “Oʻzsanoatxoʻjalikqurilish” davlat korporatsiyalarini, “Oʻzbektransqurilish” uyushmasi va “Oʻzsuvqurilish” davlat konsernini ularning talabnomalari va ishlarni amalga oshirish muddatlariga muvofiq zarur materiallar bilan taʼminlasinlar.
7. “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi rahbariyati ikki hafta muddatda yangi avtoyonilgʻi quyish shoxobchalari qurilishida, ishlab turganlarini rekonstruksiya qilishda ishtirok etgan xodimlarni ishlar yuksak sifat bilan bajarilgan obyektlarni muddatidan ilgari topshirganlik uchun mukofotlash shartlarini ishlab chiqsin.
8. “Oʻzsanoatqurilishbank” “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasiga 9 ta zamonaviy avtoyonilgʻi quyish shoxobchalari qurilishi va 16 ta AYQShni rekonstruksiya qilinishi uchun belgilangan tartibda 6 oy muddat bilan 15 mlrd soʻm-kupon kredit ajratsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari Q. Haqqulov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 31-may,
277-son
