5-modda. Temir yoʻl transporti sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari
Temir yoʻl transporti toʻgʻrisida (O‘RQ-1006-son) · Sana: 27.11.2024 · Amalda
Temir yoʻl transporti sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
temir yoʻlda yoʻlovchilarni va yuklarni tashish xavfsizligini taʼminlash;
temir yoʻl transporti obyektlarini qurish va ulardan foydalanishda tabiatni muhofaza qilishga doir qonunchilikka rioya etish;
temir yoʻl transporti sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;
temir yoʻl transportining erkin bozor munosabatlari asosida ishlashi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va tarmoqdagi xususiy sektor ulushini oshirish;
temir yoʻl transportida raqobatni hamda u bilan bogʻliq ishlar va xizmatlarni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
temir yoʻl transportining safarbarlik shayligini saqlab turish;
temir yoʻl transportini rivojlantirish strategiyasini belgilash;
temir yoʻl transporti sohasida faoliyatni amalga oshirishi uchun tadbirkorlik subyektlariga teng shart-sharoitlar yaratish;
temir yoʻl tarmogʻini qurish, modernizatsiya va rekonstruksiya qilish maqsadida chet el investitsiyalarini jalb etish;
temir yoʻl transportiga oid ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlarini tashkil etish, davlat-xususiy sheriklik asosida temir yoʻl tarmogʻini rivojlantirish boʻyicha ustuvor loyihalarni amalga oshirish;
temir yoʻl transporti sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, joriy va istiqboldagi ehtiyojlarni hisobga olgan holda taʼlimning zamonaviy innovatsion usullari va standartlarini tizimli ravishda joriy etish.
