“701-modda. Malakali ishtirokchilar oʻrtasida tender oʻtkazish
“Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida (O‘RQ-1005-son) · Sana: 27.11.2024 · Amalda
Malakali ishtirokchilar oʻrtasidagi tender ushbu Qonunning 37-moddasiga muvofiq dastlabki malaka tanlovidan oʻtgan ishtirokchilar oʻrtasida oʻtkazilishi mumkin.
Davlat buyurtmachisi dastlabki malaka tanlovidan oʻtgan barcha ishtirokchilarni tenderda ishtirok etishga taklif qiladi yoxud xarid qilinayotgan tovar (ish, xizmat) xususiyatlarining murakkabligidan, ishtirokchilarning oʻz vaqtida sifatli mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish borasidagi salohiyati hamda ish tajribasidan kelib chiqqan holda, ularning orasidan ishtirokchilarning cheklangan sonini hamda malakali ishtirokchilar roʻyxatini belgilashi mumkin.
Ishtirokchilarning cheklangan sonini va malakali ishtirokchilar roʻyxatini belgilashda davlat buyurtmachisi ishtirokchilarning saviyasini xolisona va davlat xaridlarining asosiy prinsiplariga muvofiq aniqlaydi hamda ularga tenderda ishtirok etish toʻgʻrisidagi takliflarni yuboradi”;
31) quyidagi mazmundagi 81-bob bilan toʻldirilsin:
