“Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (2754-4-son)
27.11.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 27-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2754-4]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-avgustdagi 502-son “Mahsulotlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va muvofiqlikni baholash tartiblariga oid nizomlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Direktor A. JUMANAZAROV
Toshkent sh.,
2024-yil 12-noyabr,
64-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining 2024-yil 12-noyabrdagi 64-son buyrugʻiga ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2016-yil 4-yanvardagi 2-son “Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2754, 2016-yil 16-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 3-son, 29-modda).
2. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2016-yil 21-sentabrdagi 561-son “Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-ilovasiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2754-1, 2016-yil 23-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 38-son, 456-modda).
3. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2020-yil 22-yanvardagi 6-son “Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2754-2, 2020-yil 19-fevral) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2020-y., 10/20/2754-2/0189-son).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktorining 2022-yil 24-yanvardagi 2-son “Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2754-3, 2022-yil 11-fevral) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.02.2022-y., 10/22/2754-3/0136-son).
