Madaniyat va sanʼat, axborot-kutubxona va muzeylar sohasida faoliyat olib borayotgan xodimlar ish haqi miqdorlarini oshirish toʻgʻrisida (PQ-400-son)
22.11.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Milliy madaniyatimizni yanada rivojlantirish, aholiga madaniy va axborot-kutubxona xizmatlarini koʻrsatish, noyob madaniy boyliklarimizni asrab-avaylash va ommalashtirish bilan shugʻullanib kelayotgan teatr, sirk, konsert-tomosha tashkilotlari, madaniyat markazlari, kutubxona va muzeylarda faoliyat olib borayotgan xodimlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
1. Ushbu qarorga ilovadagi roʻyxatga muvofiq davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdorlari 2025-yil 1-yanvardan boshlab — 20 foizga, 2025-yil 1-iyuldan boshlab — yana 15 foizga oshirilsin.
2. Tegishli vazirlik va idoralar bir oy muddatda ushbu qarorga ilovada koʻrsatilgan davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlarida faoliyat koʻrsatayotgan xodimlarning ish samaradorligini baholash (KPI) tizimini joriy qilsin.
3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025-yildan boshlab mazkur qarorning 1-bandiga asosan ish haqi miqdorlari oshirilishi munosabati bilan zarur mablagʻlarni Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutsin.
4. Madaniyat vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari O.Q. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 22-noyabr,
PQ-400-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-noyabrdagi PQ-400-son qaroriga ILOVA
Xodimlarining ish haqi miqdorlari oshirilayotgan davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlari
ROʻYXATI
T/rDavlat madaniyat muassasalari va tashkilotlari nomi1. Madaniyat vazirligi tizimidagi tashkilotlar1.“Ayqulash” Qoraqalpoq davlat milliy folklor ansambli 2.Davlat teatrlari, “Diydor” va “Tomosha” teatr-studiyalari3.Fargʻona viloyati teatr va konsert saroyi4.“Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash markazi” davlat muassasasi5.Madaniyat markazlari va ularning huzuridagi badiiy havaskorlik jamoalari6.“Mukarrama Turgʻunboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansambli” davlat muassasasi7.Respublika baxshichilik sanʼati markazi8.Respublika markaziy koʻzi ojizlar kutubxonasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar koʻzi ojizlar kutubxonalari hamda ularning filiallari9.“Surxondaryo sanʼat saroyi” davlat muassasasi10.“Xalqaro festivallar direksiyasi” davlat muassasasi11.“Xalqlar doʻstligi” sanʼat saroyi12.“Yusufjon qiziq Shakarjonov nomidagi respublika askiya va qiziqchilik sanʼati markazi” davlat muassasasi13.Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi “Musiqiy teatr-studiyasi”14.Oʻzbekiston davlat planetariysi15.Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti huzuridagi “Oʻquv teatri” va studiyalar16.“Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi” davlat muassasasi hamda uning hududiy boʻlimlari17.Oʻzbekiston kino sanʼati tarixi muzeyi18.“Guliston” va “Teatr” jurnallari birlashgan tahririyati” davlat muassasasi19.“Oʻzbeksirk” davlat muassasasi2. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi tashkilotlar20.Bolalar kutubxonalari21.Respublika ilmiy pedagogika kutubxonasi3. Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi tashkilotlar22.Sogʻliqni saqlash muzeyi23.Davlat ilmiy tibbiyot kutubxonasi va hududiy tibbiyot kutubxonalari4. Sport vazirligi tizimidagi tashkilot24.Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati muzeyi5. Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi tizimidagi tashkilot25.Davlat geologiya muzeyi6. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tizimidagi tashkilotlar26.“Ipak yoʻli” muzeyi27.Oʻzbekiston davlat tabiat muzeyi7. Madaniy meros agentligi tizimidagi tashkilotlar28.Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi hamda uning boʻlim va filiallari29.Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyi30.“Buxoro” davlat muzey-qoʻriqxonasi hamda uning boʻlim va filiallari31.Jizzax viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi hamda uning filiallari32.I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpogʻiston davlat sanʼat muzeyi33.“Ichan-qalʼa” davlat muzey-qoʻriqxonasi hamda uning boʻlim va filiallari34.Memorial muzeylar va uy-muzeylar35.“Moziydan sado” jurnali tahririyati36.Navoiy viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi hamda uning filiallari37.Namangan viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi hamda uning filiallari38.Oqqoʻrgʻon tumani oʻlkashunoslik muzeyi39.Olmaliq shahar oʻlkashunoslik muzeyi40.“Samarqand” davlat muzey-qoʻriqxonasi hamda uning boʻlim va filiallari41.Sirdaryo viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi hamda uning filiallari42.Termiz arxeologiya muzeyi43.“Termiz” davlat muzey-qoʻriqxonasi44.Toshkent viloyati Angren shahar tarixi muzeyi45.Toshkent viloyati Chirchiq shahar tarixi muzeyi46.Fargʻona viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi hamda uning filiallari47.“Shahrisabz” davlat muzey-qoʻriqxonasi va uning filiali48.Oʻzbekiston amaliy sanʼat va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi49.Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyi va uning filiali50.Oʻzbekiston zamonaviy sanʼati muzeyi va uning filiallari51.Qashqadaryo viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi52.Qoraqalpogʻiston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi hamda uning filiallari53.“Qoʻqon” davlat muzey-qoʻriqxonasi hamda uning filiallari531.Samarqand shahri “Ipak yoʻli” davlat muzeyi8. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tizimidagi tashkilotlar54.Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi55.Respublika yigʻma elektron katalogi markazi56.Tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlari57.Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot-kutubxona markazlari9. Badiiy akademiya tizimidagi tashkilotlar58.Badiiy koʻrgazmalar direksiyasi59.Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatura sanʼati muzeyi60.Toshkent fotosuratlar uyi61.Xalqaro madaniyat karvonsaroyi62.“Sanʼat” jurnali tahririyati10. Fanlar akademiyasi tizimidagi tashkilotlar63.Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi64.Temuriylar tarixi davlat muzeyi65.Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi651.Fanlar akademiyasi Asosiy kutubxonasi11. Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi tizimidagi tashkilotlar66.Respublika bolalar kutubxonasi12. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi tashkilotlar67.Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi 68.“Oʻzbekiston” xalqaro anjumanlar saroyi
