Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni qisqartirilishi hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (780-son)
22.11.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini takomillashtirish, sohadagi qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish orqali normativ-huquqiy hujjatlar sonini maqbullashtirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari koʻrsatishni soddalashtirish, byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish hamda davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimini rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 20-apreldagi PF-113-son, “Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni qisqartirish hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 9-yanvardagi PF-8-son farmonlari ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
ayrim ruxsat berish tartib-taomillarini belgilash;
xulosalar berish boʻyicha tegishli davlat xizmatlarining pasportlarini tasdiqlash;
xulosalar berish boʻyicha arizalarni qabul qilish va koʻrib chiqish tartibini belgilash.
2. Mazkur qaror bilan tasdiqlanayotgan davlat xizmatlarini koʻrsatishga masʼul hisoblangan vakolatli organlar bir oy muddatda:
Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda davlat xizmatlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali koʻrsatilishini taʼminlasin;
mazkur qaror bilan kiritilayotgan davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun zarur hujjatlarning namunaviy shakllari va blanklarini tasdiqlasin.
3. Manfaatdor vazirlik va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish adliya vaziri A.J. Tashkulov hamda Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri vazifasini bajaruvchi Sh.S. Xidoyatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 22-noyabr,
780-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-noyabrdagi 780-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisida yagona nizomda:
a) 3-bandning beshinchi xatboshisidagi “61” raqami “62” raqami bilan almashtirilsin;
b) quyidagi mazmundagi 62-ilova bilan toʻldirilsin:
“Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga 62-ILOVA
Quvvati 20 kilovattdan ortiq boʻlgan isteʼmol obyektlariga energiya yetkazib berish loyihalarini kelishish boʻyicha xulosa berish
PASPORTI
2. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-martdagi 169-son qarori bilan tasdiqlangan Jismoniy va yuridik shaxslarga xulosalar berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning yagona maʼmuriy reglamentida:
a) 1-bandda:
uchinchi xatboshidagi “17” raqami “19” raqami bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “2 — 6-ilovalarda nazarda tutilgan xulosalarni rasmiylashtirish” soʻzlari “2 — 61-ilovalarda nazarda tutilgan xulosalarni rasmiylashtirish kompozit tarzda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) quyidagi mazmundagi 61-ilova bilan toʻldirilsin:
“Jismoniy va yuridik shaxslarga xulosalar berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning yagona maʼmuriy reglamentiga 61-ILOVA
Chet ellik fuqarolarni jalb etishning maqsadga muvofiqligi yoki maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisidagi xulosani berish
PASPORTI
v) 7-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jismoniy va yuridik shaxslarga xulosalar berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning yagona maʼmuriy reglamentiga 7-ILOVA
Gidrogeologik xulosa berish
PASPORTI
g) quyidagi mazmundagi 19-ilova bilan toʻldirilsin:
“Jismoniy va yuridik shaxslarga xulosalar berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning yagona maʼmuriy reglamentiga 19-ILOVA
Bino (inshoot) va xonalarning sanitariya-gigiyena normalariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosani berish
PASPORTI
3. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 319-son qarori bilan tasdiqlangan Tabiiy gazdan foydalanish qoidalarining 111-bandi toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Maishiy isteʼmolchilarni issiqlik energiyasi bilan taʼminlash uchun tabiiy gazdan foydalanadigan idoraviy va munitsipal uy-joy fondidagi, yuridik shaxslar yotoqxonalaridagi, koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlaridagi lokal qozonxonalarga yetkazib beriladigan tabiiy gaz boʻyicha toʻlovlar va hisob-kitoblar maishiy isteʼmolchilar uchun bazaviy meʼyor boʻyicha belgilangan tarif asosida amalga oshiriladi”.
