“Agrar sohadagi oliy taʼlim muassasalari qoshidagi akademik litseylarning bitiruvchilarini ushbu oliy taʼlim muassasalariga yakka tartibda suhbat oʻtkazish orqali oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (3476-1-son)
25.11.2024
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XOʻJALIGI VAZIRINING
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 25-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3476-1]
Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-sentabrdagi OʻRQ-957-son “Maʼmuriy islohotlar doirasida taʼlim sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining 2023-yil 19-oktabrdagi 218-son “Agrar sohadagi oliy taʼlim muassasalari qoshidagi akademik litseylarning bitiruvchilarini ushbu oliy taʼlim muassasalariga yakka tartibda suhbat oʻtkazish orqali oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3476, 2023-yil 14-noyabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.11.2023-y., 10/23/3476/0862-son) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir I. ABDURAHMONOV
Toshkent sh.,
2024-yil 5-noyabr,
24-son
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining 2024-yil 5-noyabrdagi 24-son buyrugʻiga ILOVA
“Agrar sohadagi oliy taʼlim muassasalari qoshidagi akademik litseylarning bitiruvchilarini ushbu oliy taʼlim muassasalariga yakka tartibda suhbat oʻtkazish orqali oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Buyruqda:
1) buyruq nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Agrar sohadagi oliy taʼlim tashkilotlari qoshidagi oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlarining bitiruvchilarini ushbu oliy taʼlim tashkilotlariga yakka tartibda suhbat oʻtkazish orqali oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”;
2) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Agrar sohadagi oliy taʼlim tashkilotlari qoshidagi oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlarining bitiruvchilarini ushbu oliy taʼlim tashkilotlariga yakka tartibda suhbat oʻtkazish orqali oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.”.
2. Nizomda:
1) nizom nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Agrar sohadagi oliy taʼlim tashkilotlari qoshidagi oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlarining bitiruvchilarini ushbu oliy taʼlim tashkilotlariga yakka tartibda suhbat oʻtkazish orqali oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”;
2) nizom muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tizimidagi agrar sohadagi oliy taʼlim tashkilotlari (bundan buyon matnda oliy taʼlim tashkilotlari deb yuritiladi) qoshidagi oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlarining bitiruvchilarini (bundan buyon matnda abituriyentlar deb yuritiladi) ushbu oliy taʼlim tashkilotlariga yakka tartibda suhbat oʻtkazish orqali oʻqishga qabul qilish tartibini belgilaydi.”;
3) 1-banddagi “Oliy taʼlim muassasasi” degan soʻzlar “Oliy taʼlim tashkiloti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 2-bandning ikkinchi xatboshisidagi “akademik litsey” degan soʻzlar “oʻrta maxsus taʼlim tashkiloti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 3-bandning ikkinchi xatboshisidagi “akademik litseydagi” degan soʻzlar “oʻrta maxsus taʼlim tashkilotidagi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 2-bobning nomidagi “Oliy taʼlim muassasasi” degan soʻzlar “Oliy taʼlim tashkiloti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Oliy taʼlim tashkiloti bakalavriatiga oʻqishga kirish uchun yakka tartibdagi suhbatda qatnashish istagidagi abituriyentlarga tavsiyanoma berish uchun oliy taʼlim tashkiloti rektorining buyrugʻi bilan Saralash komissiyasi tashkil etiladi.”;
8) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Saralash komissiyasi tarkibi har yili 10-iyundan kechikmasdan oliy taʼlim tashkiloti va oʻrta maxsus taʼlim tashkiloti xodimlari orasidan kamida besh kishidan iborat va toq sonli tarkibda shakllantiriladi.
Bunda, oliy taʼlim tashkilotining oʻquv ishlari boʻyicha prorektori — oʻrta maxsus taʼlim tashkiloti direktori Saralash komissiyasi raisi hamda oʻrta maxsus taʼlim tashkiloti masʼul xodimi Saralash komissiyasi kotibi hisoblanadi.”;
9) 7-bandda:
birinchi xatboshidagi “akademik litseyning” degan soʻzlar “oʻrta maxsus taʼlim tashkilotining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “akademik litseyga” degan soʻzlar “oʻrta maxsus taʼlim tashkilotiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10) 9-banddagi “akademik litseydagi” degan soʻzlar “oʻrta maxsus taʼlim tashkilotidagi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
11) 10-bandning birinchi xatboshisidagi “akademik litseydagi” degan soʻzlar “oʻrta maxsus taʼlim tashkilotidagi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
12) 13-banddagi “Oliy taʼlim muassasasi” degan soʻzlar “Oliy taʼlim tashkiloti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
13) 14-bandda:
birinchi xatboshidagi “oliy taʼlim muassasasi” degan soʻzlar “oliy taʼlim tashkiloti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunda, oliy taʼlim tashkiloti rektori Suhbat komissiyasi raisi hamda oliy taʼlim tashkiloti masʼul xodimi Suhbat komissiyasi kotibi hisoblanadi.”;
14) 16-banddagi “oliy taʼlim muassasasining” degan soʻzlar “oliy taʼlim tashkilotining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
15) 20-banddagi “oliy taʼlim muassasasi” degan soʻzlar “oliy taʼlim tashkiloti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
16) 26-banddagi “oliy taʼlim muassasasining” degan soʻzlar “oliy taʼlim tashkilotining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
17) 34-banddagi “oliy taʼlim muassasasi” degan soʻzlar “oliy taʼlim tashkiloti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
18) 1 va 2-ilovalar mazkur oʻzgartirishlarning 1 va 2-ilovalariga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
“Agrar sohadagi oliy taʼlim muassasalari qoshidagi akademik litseylarning bitiruvchilarini ushbu oliy taʼlim muassasalariga yakka tartibda suhbat oʻtkazish orqali oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlarga 1-ILOVA
“
Agrar sohadagi oliy taʼlim tashkilotlari qoshidagi oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlarining bitiruvchilarini ushbu oliy taʼlim tashkilotlariga yakka tartibda suhbat oʻtkazish orqali oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
”.
“Agrar sohadagi oliy taʼlim muassasalari qoshidagi akademik litseylarning bitiruvchilarini ushbu oliy taʼlim muassasalariga yakka tartibda suhbat oʻtkazish orqali oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlarga 2-ILOVA
“
Agrar sohadagi oliy taʼlim tashkilotlari qoshidagi oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlarining bitiruvchilarini ushbu oliy taʼlim tashkilotlariga yakka tartibda suhbat oʻtkazish orqali oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
”.
