Fizika-texnika va materialshunoslik sohalarida ilmiy faoliyatni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (776-son)
21.11.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Fizika-texnika va materialshunoslik sohalaridagi ilmiy-tadqiqot ishlarining sifatini va samaradorligini yanada oshirish, ushbu sohada yetuk malakali kadrlarni tayyorlash ishlarini jadallashtirish, xalqaro ilmiy-texnikaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda atoqli fizik olim, akademik S.A. Azimov xotirasini abadiylashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Fizika-texnika va materialshunoslik sohalarida ilmiy faoliyatni yanada takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
fizika-texnika va materialshunoslik sohalarida ilmiy-tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etishning uzluksiz tizimini yoʻlga qoʻyish, bu borada oliy taʼlim tashkilotlari hamda ishlab chiqarish korxonalari bilan oʻzaro hamkorlikni kuchaytirish;
fizika-texnika va materialshunoslik sohalarida, shu jumladan, yashil energetika texnologiyalari, yangi “aqlli”, nanokompozitsion materiallar, yuqori samarali yarimoʻtkazgichli tuzilma, fotoelektrik va fotoissiqlik qurilmalarini yaratish boʻyicha xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish;
ishlab chiqarish korxonalari va tadbirkorlik subyektlariga ilmiy xizmatlar koʻrsatish koʻlamini kengaytirish;
sohaga yetuk oliy malakali ilmiy, ilmiy-pedagogik kadrlarni maqsadli tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish.
2. 2025 — 2027-yillarda fizika-texnika va materialshunoslik sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Fanlar akademiyasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2025 — 2027-yillarda fizika-texnika va materialshunoslik sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari dasturida belgilangan vazifalar ijrosi ustidan taʼsirchan nazoratni oʻrnatsin.
4. Fizika-texnika va materialshunoslik sohalarida ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtirish, tadqiqot natijalarini targʻib qilish, joriy qilishni tashkil etish va ilmiy kadrlarni tayyorlash maqsadida “Fizika — Quyosh” ilmiy muvofiqlashtirish kengashi (keyingi oʻrinlarda — Kengash) tashkil etilsin. Bunda:
Kengash kengash raisi, uning oʻrinbosarlari, kotib va kengash aʼzolaridan iborat boʻladi. Kengash aʼzolari uning ishida jamoatchilik asosida qatnashadilar;
Fizika-texnika instituti direktori Kengash raisi hisoblanadi;
Kengash majlislarini tayyorlash va oʻtkazish, shuningdek, Kengashning joriy masalalarini hal qilish Fizika-texnika instituti tomonidan amalga oshiriladi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va keng ilmiy jamoatchilikning Fizika-texnika institutiga Sodiq Azimovich Azimov nomini berish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish hamda samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 8-iyundagi 366-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti S.Z. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 21-noyabr,
776-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 21-noyabrdagi 776-son qaroriga 1-ILOVA
2025 — 2027-yillarda fizika-texnika va materialshunoslik sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari
DASTURI
T/rChora-tadbirlar nomiMuddatMoliyalashtirish manbalariMasʼul ijrochilarI. Fizika-texnika va materialshunoslik sohalarida ilmiy faoliyatni jadallashtirish chora-tadbirlari1.Materialshunoslik institutida materiallarni tabiiy sharoitlarda quyosh nurlanishiga turgʻunligini oʻrganish sertifikatsion laboratoriyasini tashkil etish.2025-yil noyabrMaterialshunoslik instituti mablagʻlari, xalqaro hamkorlar mablagʻlariFanlar akademiyasi,Materialshunoslik instituti2.Materialshunoslik institutida kompozit nanokukunlarni ishlab chiqarish tajriba-sanoat maydonini tashkil etish.2025-yil dekabrMaterialshunoslik instituti mablagʻlari, xalqaro hamkorlar mablagʻlariFanlar akademiyasi,Materialshunoslik instituti3.“Katta Quyosh qurilmasi” noyob ilmiy obyektida vodorod energetikasi uchun yangi yashil texnologiyalari va materiallarini yaratish boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazish.2025 — 2027-yillarDavlat ilmiy dasturlari doirasidaFanlar akademiyasi,Fizika-texnika instituti,Materialshunoslik instituti4.“Uzbekistan GTL” MChJ korxonasi texnogen chiqindilaridan qimmatbaho metallarini ajratib olish texnologiyasini ishlab chiqish.2025-2026-yillar“Uzbekistan GTL” MChJ mablagʻlariFanlar akademiyasi,Materialshunoslik instituti,“Uzbekneftgaz” AJ5.Havo, suv va tuproqda radonning hajmiy faolligini oʻlchashga moʻljallangan va onlayn rejimda ishlovchi takomillashgan radonometr oʻlchov vositasini yaratish.2025-yil dekabrDavlat ilmiy dasturlari doirasidaFanlar akademiyasi,Fizika-texnika instituti,“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ,“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ6.Fizika-texnika va materialshunoslik sohalarining dolzarb mavzulari boʻyicha qoʻshma ilmiy va ommabop seminarlar oʻtkazish.reja-grafik asosidaMablagʻ talab etilmaydiFanlar akademiyasi,Fizika-texnika instituti,Materialshunoslik instituti7.Xususiyatlari oldindan belgilangan funksional materiallarni yaratish boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazish.2025 — 2027-yillarDavlat ilmiy dasturlari doirasidaFanlar akademiyasi,Materialshunoslik instituti,Fizika-texnika instituti8.Elektronika, kon-metallurgiya va qurilish yoʻnalishlari uchun “aqlli” materiallar boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazish.2025 — 2027-yillarDavlat ilmiy dasturlari doirasidaFanlar akademiyasi,Materialshunoslik instituti,Fizika-texnika instituti9.Yangi turdagi yuqori samarali fotoelektrik va fotoissiqlik qurilmalarini yaratish.2025 — 2027-yillarDavlat ilmiy dasturlari doirasida, xususiy buyurtmachilar mablagʻlariFanlar akademiyasi,Fizika-texnika instituti10.Yangi turdagi yuqori samarali yarimoʻtkazgichli datchiklarni yaratish.2025 — 2027-yillarDavlat ilmiy dasturlari doirasidaFanlar akademiyasi,Fizika-texnika institutiII. Fizika-texnika va materialshunoslik sohalarida kadrlarni tayyorlash chora-tadbirlari11.Yarimoʻtkazgichlar fizikasi, qayta tiklanuvchi, jumladan, vodorod energetikasi ilmiy yoʻnalishlarida oliy malakali ilmiy kadrlarni tayyorlash.reja-grafik asosidaDavlat budjeti mablagʻlariFanlar akademiyasi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Fizika-texnika instituti,Materialshunoslik instituti12.Materialshunoslik instituti va Toshkent kimyo texnologiyalari instituti oʻrtasida “Materialshunoslik” qoʻshma kafedrasini tashkil etish.2025-yil sentabrMablagʻ talab etilmaydiFanlar akademiyasi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Materialshunoslik instituti13.Fizika-texnika instituti va Toshkent davlat texnika universiteti oʻrtasida “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari” qoʻshma kafedrasini tashkil etish.2025-yil sentabrMablagʻ talab etilmaydiFanlar akademiyasi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Fizika-texnika instituti14.Materialshunoslik instituti va “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Nazariy va amaliy tadqiqotlar instituti oʻrtasida nanotexnologiyalar boʻyicha qoʻshma laboratoriyani tashkil etish.2025-yil sentabrMablagʻ talab etilmaydiFanlar akademiyasi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Materialshunoslik instituti15.“Katta Quyosh qurilmasi” noyob ilmiy obyektida oliy oʻquv yurtlari talabalari uchun “Yozgi maktab”larni tashkil etish.reja-grafik asosidaMablagʻ talab etilmaydiFanlar akademiyasi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Materialshunoslik instituti,Fizika-texnika institutiIII. Fizika-texnika va materialshunoslik sohalarida xalqaro ilmiy-texnikaviy aloqalarni rivojlantirish chora-tadbirlari16.“Katta Quyosh qurilmasi” noyob ilmiy obyekti negizida yangi materiallar sintezi boʻyicha xalqaro ilmiy xab tashkil etish.2025-yil dekabrXalqaro hamkorlar mablagʻlariFanlar akademiyasi,Materialshunoslik instituti,Fizika-texnika instituti17.Materialshunoslik institutini “Kam karbonli texnologiyalar va innovatsiyalar xalqaro alyansi (ALTIC)”ra aʼzo boʻlish choralarini koʻrish.2025-yil dekabrMablagʻ talab etilmaydiFanlar akademiyasi,Materialshunoslik instituti18.“Katta Quyosh qurilmasi” noyob ilmiy obyektida Butunrossiya aviatsiya materiallari instituti bilan uchuvchi apparatlar elementlarini yuqori haroratlarga bardoshligini sinovlardan oʻtkazish.2025-yildan boshlab reja-grafik asosidaBuyurtmachilar mablagʻlariFanlar akademiyasi,Materialshunoslik instituti19.Materialshunoslik instituti yosh olimlarini Koreya sanoat texnologiyalari institutida vodorod energetikasi materiallarini yaratish yoʻnalishida amaliyotlarini tashkil etish.2025-yildan boshlab reja-grafik asosidaInnovatsion rivojlanish agentligi mablagʻlari hisobidanFanlar akademiyasi,Materialshunoslik instituti,Innovatsion rivojlanish agentligi20.Yangi yarimoʻtkazgichli tuzilma va materiallarni yaratish boʻyicha xalqaro hamkorlikda (Italiya, Germaniya, Shveysariya, Rossiya, Xitoy, Janubiy Koreya v.b.) ilmiy tadqiqotlarini amalga oshirish.2025-yildan boshlab reja-grafik asosidaDavlat ilmiy dasturlari va loyihalari doirasidaFanlar akademiyasi,Fizika-texnika instituti,Materialshunoslik institutiIV. Akademik S.A. Azimovning xotirasini abadiylashtirish chora-tadbirlari21.“Katta Quyosh qurilmasi” noyob ilmiy obyekti hududida S.A. Azimovning byustini oʻrnatish.2025-yil iyunTashabbuskorlar mablagʻlariFanlar akademiyasi,Madaniy meros agentligi22.Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti binosining kirish qismiga akademik S.A. Azimovning xotirasiga bagʻishlangan yodgorlik lavhasini oʻrnatish.2025-yil iyunTashabbuskorlar mablagʻlariFanlar akademiyasi,Yadro fizikasi instituti23.Akademik S.A. Azimov hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan xotira kitobini tayyorlash va chop etish.2025-yil iyunTashabbuskorlar mablagʻlariFanlar akademiyasi,Fizika-texnika instituti,Materialshunoslik instituti24.S.A. Azimov xotirasiga fizikaning zamonaviy muammolariga bagʻishlangan xalqaro konferensiya oʻtkazish.2025-yil oktabrFanlar akademiyasi mablagʻlariFanlar akademiyasi,Fizika-texnika instituti,Materialshunoslik instituti25.S.A. Azimov xotirasiga bagʻishlangan hujjatli film yaratish.2025-yil oktabrFanlar akademiyasi mablagʻlariKinematografiya agentligi,Fanlar akademiyasi26.S.A. Azimov hayoti va ilmiy ijodiga bagʻishlangan telekoʻrsatuvlar ruknini tayyorlash.2025-yil davomidaMablagʻ talab etilmaydiFanlar akademiyasi,Oʻzbekiston teleradiokompaniyasi
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 21-noyabrdagi 776-son qaroriga 2-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish hamda samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 8-iyundagi 366-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 2-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “Fizika-texnika instituti” soʻzlari “S.A. Azimov nomidagi Fizika-texnika instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. 2-ilovaning nomidagi “Fizika-texnika institutining” soʻzlari “S.A. Azimov nomidagi Fizika-texnika institutining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. 13-ilovaning nomidagi “Fizika-texnika institutining” soʻzlari “S.A. Azimov nomidagi Fizika-texnika institutining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
