Andijon davlat texnika institutini tashkil etish toʻgʻrisida (PQ-396-son)
18.11.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Andijon viloyati iqtisodiyot tarmoqlari uchun zamonaviy bilim va koʻnikmalarga ega oliy maʼlumotli mutaxassis kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, oliy taʼlim tashkilotlarining mavjud resurslaridan samarali foydalanish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida:
1. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Andijon viloyati hokimligining Andijon mashinasozlik instituti, Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti hamda Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutining Andijon fakulteti negizida Andijon davlat texnika institutini (keyingi oʻrinlarda — Institut) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
2. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari etib belgilansin:
avtomobilsozlik, elektrotexnika, energetika, toʻqimachilik, muhandislik, qurilish va boshqa sanoat sohalari boʻyicha, shuningdek, hududning oliy maʼlumotli kadrlarga boʻlgan ehtiyojiga muvofiq zamonaviy bilim va amaliy koʻnikmalarga ega kadrlar tayyorlash;
taʼlim jarayoniga ilm-fan va texnikaning soʻnggi yutuqlarini qoʻllash, xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar reytingida yuqori 300 talik roʻyxatga kirgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari tajribasi asosida taʼlim dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish;
amaliy va fundamental ilmiy-tadqiqot ishlari va innovatsion loyihalarning samaradorligini oshirish choralarini koʻrish;
ixtisoslik sohalari boʻyicha taʼlim, ilm-fan, ishlab chiqarish oʻrtasida integratsiyani taʼminlash;
yetakchi xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikda talabalarning akademik almashinuvini taʼminlash, ularning taʼlim olishi va soha tashkilotlarida malakaviy amaliyotini tashkil etish;
professor-oʻqituvchilarning sanoat korxonalarida stajirovka oʻtashini yoʻlga qoʻyish hamda mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish;
talabalarni har tomonlama yetuk kadrlar boʻlib yetishishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, ularda yuksak maʼnaviy va axloqiy fazilatlarni rivojlantirish, taʼlim-tarbiya va amaliyot uygʻunligini samarali tashkil etish.
3. Quyidagilar:
Andijon davlat texnika instituti faoliyatini tashkil etish hamda uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha “yoʻl xaritasi” 1-ilovaga muvofiq;
Andijon davlat texnika institutiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berilayotgan obyektlar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
Andijon davlat texnika institutiga biriktirilayotgan oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Andijon viloyati hokimligi bilan birgalikda:
2024/2025 oʻquv yilidan boshlab yirik ishlab chiqarish korxonalarini Institutga sanoat hamkori sifatida biriktirish hamda ushbu tizimning samarali faoliyatini taʼminlash;
Institutga yetakchi xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida faoliyat yurituvchi chet ellik va (yoki) yetakchi xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchisi boʻlgan mahalliy mutaxassislarni shartnoma asosida jalb etish choralarini koʻrsin.
5. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi:
a) 2024/2025 oʻquv yili davomida:
malaka talablari va fanning oʻquv dasturlari ish beruvchilarning takliflari hamda yetakchi xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari dasturlari asosida xalqaro taʼlim standartlariga moslashtirilgan holda taʼlim jarayoniga joriy etilishini taʼminlasin;
Institut boshqaruv kadrlari lavozimlariga oliy taʼlim tashkilotlarida yuqori natijalar koʻrsatgan, uzoq yillik ish tajribasiga ega, xorijiy tillarni biladigan, nufuzli xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olgan yoki malaka oshirgan istiqbolli mutaxassislarni jalb etsin;
Institutni tanlov asosida ishlab chiqarish, oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida katta ilmiy va (yoki) amaliy tajriba orttirgan mutaxassislar, ustuvor ravishda, ilmiy darajaga ega boʻlgan yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirish choralarini koʻrsin;
b) 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab:
Institutda energetika muhandisligi, sunʼiy intellekt, mexatronika va robototexnika kabi yoʻnalishlarda kadrlar tayyorlash hajmi oshirilishini taʼminlasin;
Institut talabalarining fanlarni oʻzlashtirish koʻrsatkichini va professor-oʻqituvchilarning faoliyat samaradorligini xalqaro standartlar asosida baholash tizimini joriy etsin;
Institutda Taʼlim xizmatlari markazini tashkil etib, talabalarga oʻqish davomida yuzaga keladigan tashkiliy va huquqiy masalalar boʻyicha barcha zarur xizmatlarning “yagona darcha” tamoyili asosida koʻrsatilishini yoʻlga qoʻysin;
Institutning bakalavriat va magistratura bosqichlariga oʻqishga qabul qilingan iqtidorli talabalar uchun alohida guruhlarda darslarni xorijiy tillarda oʻtkazishni tashkil etsin.
6. Belgilansinki:
a) Andijon mashinasozlik instituti, Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti hamda Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutining Andijon fakultetida tahsil olayotgan barcha talabalar oʻqishini Institutda davom ettiradi va 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab bitiruvchi kurs talabalariga belgilangan tartibda Institut diplomi beriladi;
b) Institut davlat oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida faoliyat yuritadi;
v) Institut faoliyatini moliyalashtirish:
Davlat budjeti mablagʻlari, toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar, xoʻjalik faoliyati va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar, homiylik xayriyalari va grantlar hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
2024-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ajratiladigan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi, 2025-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
7. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
8. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov hamda Andijon viloyati hokimi Sh.K. Abduraxmanov belgilansin.
Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari O.Q. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 18-noyabr,
PQ-396-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-noyabrdagi PQ-396-son qaroriga 1-ILOVA
Andijon davlat texnika instituti faoliyatini tashkil etish hamda uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
T/rChora-tadbirlarAmalga oshirish mexanizmiBajarish muddatiMoliyalashtirish manbalariIjro uchun masʼullarI. Andijon davlat texnika instituti faoliyatini tashkil etish1.Andijon davlat texnika instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) faoliyatini tashkil etish.1. Institut ustavini ishlab chiqish, tasdiqlash va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish.2025-yil yanvar-Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Adliya vazirligi,Institut2. Institut fakultetlari va kafedralari faoliyatini tashkil etish.3. Institutning tuzilmasi va xarajatlar smetasini tasdiqlash.4. Institutni tajribali va yuqori malakali mutaxassislar (pedagog xodimlar) bilan toʻldirish.2025-yil yanvar2.Institut fakultetlari va kafedralari faoliyatini tashkil etish.1. Tajribali mutaxassislar, pedagog xodimlar va olimlardan iborat ishchi guruh tuzish.2. Kadrlar buyurtmachilarining talablariga mos tashkil etilishi zarur boʻlgan kafedralar roʻyxatini shakllantirish.3. Kafedralarni zarur oʻquv-uslubiy va meʼyoriy-uslubiy hujjatlar bilan taʼminlash.2025-yil yanvar-Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Institut3.Institutni tajribali va yuqori malakali mutaxassislar va pedagog xodimlar bilan toʻldirish.1. Xorijiy va mahalliy malakali mutaxassis va pedagog xodimlarni belgilangan tartibda ochiq tanlovlar asosida saralab olish.2. Mehnat qonunchiligi talablari asosida pedagog xodimlarni ishga qabul qilish va mehnat shartnomalarini rasmiylashtirish.3. Kafedralarning professor-oʻqituvchilar tarkibini shakllantirish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish.4. Andijon mashinasozlik instituti hamda Andijon iqtisodiyot va qurilish institutining shtatlar soni maqbullashtirilishi natijasida ishdan boʻshatiladigan professor-oʻqituvchilar, ishchi va xizmatchilarni belgilangan tartibda ish bilan taʼminlash choralarini koʻrish.2025-yil fevral-Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,InstitutII. Institutda oʻquv jarayonini tashkil etish, taʼlim sifatini taʼminlash, yangi pedagogik texnologiyalar va oʻqitish usullarini joriy etish4.Taʼlim jarayoniga xalqaro taʼlim standartlariga asoslangan ilgʻor taʼlim texnologiyalari va oʻqitish metodikalarini joriy etish.1. Malaka talablari va fan dasturlarini ish beruvchilarning takliflari hamda xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar reytingida yuqori 300 talik roʻyxatga kirgan yetakchi xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari dasturlari asosida ishlab chiqish va joriy etish.2. Ish beruvchilar takliflari va xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar reytingida yuqori 300 talik roʻyxatga kirgan oliy taʼlim tashkilotlari dasturlari asosida taʼlim yoʻnalishlaridan fanlar katalogini optimallashtirish.2025-yil avgust-Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Institut5.Mashgʻulotlar boʻyicha talabalar fikrini oʻrganish (feedback) hamda oʻzaro tashrif (peer review) tizimini rivojlantirish.1. Mashgʻulotlar boʻyicha talabalar fikrini oʻrganishga qaratilgan elektron platformani ishga tushirish.2025-yil mayInstitutning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Institut2. Mashgʻulotlar boʻyicha talabalar fikrini oʻrganish tahlili asosida tegishli chora-tadbirlarni belgilash.2025/2026 oʻquv yili6.Taʼlimning zamonaviy pedagogik texnologiyalari va metodlaridan foydalanish samaradorligini oshirish.1. Taʼlim jarayonini innovatsion taʼlim texnologiyalari asosida tashkil etish.2025/2026 oʻquv yilidanInstitutning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Institut2. Taʼlim mazmunini kreativ fikrlash, innovatsion gʻoya va ishlanmalarni shakllantirishga xizmat qiluvchi taʼlim texnologiyalari bilan boyitish.2025-yil sentabr7.Axborot-resurs markazi fondini yangi avlod adabiyotlari bilan boyitib borish.1. Taʼlim yoʻnalishi va mutaxassisliklarga kiritilayotgan yangi fanlardan yetishmayotgan oʻquv adabiyotlari roʻyxatini shakllantirish.2025-yil noyabrInstitutning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Institut2. Yaratilgan yangi adabiyotlarni chop etish.2025-yil dekabr8.Talabalarning amaliy kompetensiyalarini rivojlantirish maqsadida amaliy va sayyor mashgʻulotlarni tashkil etish.1. Talabalarning amaliyotini viloyatdagi yirik ishlab chiqarish korxonalari va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida tashkil etish.2025/2026 oʻquv yiliInstitutning mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Institut2. Institut talabalarining amaliyotini samarali tashkil etish va doimiy monitoringini olib borish.Amaliyot davrida9.Hamkor tashkilotlarda Institut kafedralari filiallarini tashkil etish.1. Institutning taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha kadrlar tayyorlaydigan tashkilot va korxonalarda Institut kafedralarining filiallarini tashkil etish.2025-yil dekabrInstitutning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Institut,hamkor tashkilotlar2. Kafedralar filiallarida mashgʻulotlar oʻtkazgan hamda talabalarning malakaviy amaliyot ishlariga rahbarlik va maslahatchilik qilgan xodimlarga Institut tomonidan soatbay ish haqi toʻlash.2025/2026 oʻquv yilidan boshlab10.Institutning 2 ta taʼlim yoʻnalishini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish.1. Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha shartnomalar tuzish.2026-yil yanvarInstitutning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi,Institut2. Xorijiy ekspertlar ishtirokida taʼlim dasturlarini xalqaro taʼlim talablariga moslashtirish.2026-yil may3. Xalqaro taʼlim talablariga moslashtirilgan taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish.2026/2027 oʻquv yili11.Institut professor-oʻqituvchilari va doktorantlarini xorijiy davlatlarning yetakchi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlariga ilmiy stajirovka oʻtash va malaka oshirishga yuborish.1. Institut professor-oʻqituvchilarining 2025 — 2027-yillarda xorijda ilmiy stajirovka oʻtash va malaka oshirish rejasini ishlab chiqish.2025-yil iyunInstitutning budjetdan tashqari mablagʻlari va grant mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Institut2. Har yili kamida 5 nafar professor-oʻqituvchi va doktorantni xorijiy davlatlarning yetakchi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlariga ilmiy stajirovka oʻtash va malaka oshirishga yuborish.2025 — 2027-yillar12.Oʻquv jarayoniga xorijdan professor-oʻqituvchi hamda soha mutaxassislarini jalb qilish. 1. Yetakchi xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari professor-oʻqituvchilarini oʻquv jarayoniga jalb qilish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.2025-yil sentabrInstitutning budjetdan tashqari mablagʻlari va grant mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Institut2. Xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarini bitirgan va faoliyat yuritayotgan vatandoshlarni oʻquv jarayonlariga jalb etish.2025 — 2027-yillar13.Institut professor-oʻqituvchilarining soha yoʻnalishi boʻyicha respublikadagi ishlab chiqarish korxonalarida stajirovka oʻtashini tashkil etish.1. Soha yoʻnalishi boʻyicha respublikadagi ishlab chiqarish korxonalarida professor-oʻqituvchilarning stajirovka oʻtashini tashkil etish boʻyicha dastur ishlab chiqish.2026-yil yanvarInstitutning budjet vabudjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Institut2. Professor-oʻqituvchilarning respublikadagi ishlab chiqarish korxonalarida stajirovka oʻtashini tashkil etish.2025 — 2027-yillar14.Institutni nufuzli xalqaro reyting tashkilotlari roʻyxatiga kirishga tayyorlash.1. Institutni nufuzli xalqaro reyting tashkilotlari roʻyxatiga kiritish boʻyicha besh yillik chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.2025-yil oktabrInstitutning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Institut2. Institutni nufuzli xalqaro reyting tashkilotlari roʻyxatiga kiritish boʻyicha chora-tadbirlar rejasida belgilangan maqsadli parametrlar ijrosini monitoring qilib borish.2025 — 2027-yillar har olti oyda3. Nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarida Institut profilini ochish.2025-yil dekabr4. Nufuzli xalqaro reyting tashkilotlari masʼullari ishtirokida Institut faoliyatini tahlil qilish.2025-yil sentabr15.Institut talabalarini bevosita ishlab chiqarish amaliyotiga keng jalb qilish hamda ularda amaliy koʻnikmalarni shakllantirish.1. Talabalarning amaliyotlarini maqsadli tashkil etish maqsadida ularni asosiy ish beruvchi korxona va tashkilotlarga biriktirish.Har yili oktabr-Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Institut2. Taʼlim shaklidan qatʼi nazar, tegishli taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha talabalar amaliyotlari tarmoq (soha)ning muayyan tashkilotlari va korxonalarida kelishuv (shartnoma) asosida tizimli ravishda oʻtkazilishini taʼminlash.3. Talabalarning amaliyotni oʻtash davrida muayyan tashkilotlar va korxonalarda mavjud boʻsh ish oʻrinlariga ish joylashishiga koʻmaklashish.2025/2026 oʻquv yilidan boshlab16.Institutda xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar reytingida yuqori 300 talik roʻyxatga kirgan xorijiy nufuzli oliy taʼlim tashkilotlarining professor-oʻqituvchilari va mutaxassislari ulushini oshirish. 1. Oʻquv va ilmiy jarayonga xorijiy professor va oʻqituvchilarni, shuningdek, oʻquv jarayonini yanada takomillashtirish va hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish maqsadida xalqaro grantlar jalb qilish boʻyicha xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar reytingida yuqori 300 talik roʻyxatga kirgan oliy taʼlim tashkilotlari tajribasini oʻrganish.2. 2025 — 2027-yillar mobaynida institutga yetakchi xorijiy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalaridan eng kamida 100 nafar yuqori malakali oʻqituvchi va mutaxassislarni maʼruzalar oʻqish, maxsus kurslar tashkil etish hamda ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun jalb qilish.2025/2026 oʻquv yilidan boshlabXalqaro grantlar,Institut mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Institut17.Yetakchi xorijiy taʼlim tashkilotlari bilan samarali hamkorlikni kengaytirish.Institut professor-oʻqituvchilari, xodimlari va talabalarining nufuzli xalqaro taʼlim, ilmiy-amaliy koʻrgazmalar, yarmarkalar hamda xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida oʻtkaziladigan forumlar, konferensiyalar va simpoziumlarda ishtirokini taʼminlash.2025/2026 oʻquv yilidan boshlabXalqaro grantlar,Institut mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,InstitutIII. Institutning ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatini rivojlantirish hamda ilmiy ishlar natijadorligini taʼminlash18.Institut professor-oʻqituvchilari, ilmiy-tadqiqotchilari va talabalarining innovatsion texnologiyalarni yaratish hamda joriy etish borasidagi tashabbuskorligini oshirish.1. Institutning tadqiqotchilari uchun Andijon shahridagi “Digital City” texnoparki bilan hamkorlik va shart-sharoitlar yaratish.2025-yil noyabr-Institut,Andijon viloyati hokimligi,Innovatsion rivojlanish agentligi2. Andijon davlat universitetidagi Yarim oʻtkazgichlar fizikasi ilmiy-oʻquv markazi bilan ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish maqsadida hamkorlik oʻrnatish.2025-yil dekabr3. Institutda innovatsion texnologiyalarni yaratish hamda joriy etish borasidagi tadqiqotchilarning tashabbuskorligi va moddiy manfaatdorligini oshirish maqsadida “Spin-off” innovatsion korxonalarini tashkil etish.2026-yil yanvar19.Professor-oʻqituvchilar, tadqiqotchilar ilmiy stajirovkalarini tashkil etish orqali ilmiy ishlar koʻlamini oshirish.1. Institutning ilmiy-texnik hamda muhandis xodimlarining respublikada va yetakchi xorijiy taʼlim tashkilotlarida, ilmiy-tadqiqot markazlarida stajirovkalarini tashkil etish.2. Andijon viloyatidagi yirik ishlab chiqarish korxonalarida stajirovkalarni tashkil etish boʻyicha dasturlar tayyorlash va amalga oshirish.2025/2026 oʻquv yilidan boshlab“El-yurt umidi” jamgʻarmasi mablagʻlariInstitut,“El-yurt umidi” jamgʻarmasi, Innovatsion rivojlanish agentligi20.Iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning ilmiy-texnologik vazifalarini hal etishga, ilgʻor xorijiy texnologiyalarni sinash va joriy etishga yoʻnaltirilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish.1. Institut kafedralarining ilmiy tadqiqotlari yoʻnalishlarini belgilash, ilmiy loyihalar koʻlamini kengaytirish va tashkilotlarning buyurtmalari boʻyicha shartnomalar tuzish.2. Andijon viloyatidagi korxonalarda mavjud muammolar boʻyicha mavzular bazasini shakllantirish va loyihalarni bajarish.2025/2026 oʻquv yilidan boshlab doimiyHududdagi tarmoq korxonalarining mablagʻlariInstitut,Andijon viloyati hokimligi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiIV. Institutda maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar tizimini takomillashtirish21.Institutda “Yosh kitobxon talabalar ligasi” tanlovi va “Zakovat” intellektual oʻyinlarini tashkil etish.1. “Yosh kitobxon talabalar ligasi” tanlovi va “Zakovat” intellektual oʻyinlarini oʻtkazish tartibini tasdiqlash va jamoalarni shakllantirish.2025-yil yanvarInstitutning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Institut2. “Yosh kitobxon talabalar ligasi” tanlovi va “Zakovat” intellektual oʻyinlarini yuqori saviyada oʻtkazish va gʻoliblarni munosib ragʻbatlantirish.Doimiy22.Institutda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusni keng joriy etish.1. Institutga tegishli binolardan beshta muhim tashabbusni qamrab oladigan xonalar ajratish va ularni tayyorlash.2025-yil yanvarInstitutning budjetdan tashqari mablagʻlari, grantlar,homiylik mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Madaniyat vazirligi,Institut2. Xonalarni beshta muhim tashabbus doirasidagi zarur texnika va jihozlar bilan taʼminlash.3. Institutda ashula va raqs ansambli hamda talabalar xor jamoasini tashkil etish.2025-yil mart23.El ardogʻidagi sanʼatkor, shoir, yozuvchi, olim, davlat va jamoat arboblari bilan talabalar uchrashuvlarini tashkil etish.1. El ardogʻidagi sanʼatkor, shoir, yozuvchi, olim, davlat va jamoat arboblari roʻyxatini shakllantirish.2024-yil dekabrInstitutning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Institut2. Shakllantirilgan roʻyxatga muvofiq, seminar, ochiq muloqot va boshqa tadbirlarni, shu jumladan, masofaviy tarzda ham tashkil qilish.3. Talabalarning teatr va muzeylarga tashrifini tashkil etish.Reja asosida24.Talabalarni jismonan chiniqtirish va ularga sportda oʻz qobiliyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratib berish.1. Institut talabalari orasida sport turlari boʻyicha “Rektor kubogi” musobaqalarini tashkil etish.2. Andijon viloyati oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida jismoniy tarbiya va sport musobaqalarini oʻtkazish.Har yili reja asosidaInstitutning budjetdan tashqari mablagʻlari,Andijon viloyati mahalliy budjeti mablagʻlari,homiylik mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Sport vazirligi,Andijon viloyati hokimligi,Institut25.Talabalar yaratgan ijod namunalaridan koʻrgazmalar tashkil qilish imkonini beruvchi sanʼat galereyasi va dizayn studiyasini tashkil etish.1. Sanʼat galereyasi hamda dizayn studiyasini tashkil etish boʻyicha loyiha hujjatlarini tayyorlash.2025-yil iyunInstitutning budjetdan tashqari mablagʻlari,Andijon viloyati mahalliy budjeti mablagʻlari,homiylik mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Yoshlar ishlari agentligi,Institut2. Sanʼat galereyasi hamda dizayn studiyasini jihozlash va ularning faoliyatini yoʻlga qoʻyish.2025-yil sentabr3. Sanʼat galereyasi hamda dizayn studiyasi faoliyatiga mutaxassislarni jalb etish.4. Talabalar tomonidan yaratilgan sanʼat asarlari va dizaynerlik ishlari koʻrgazmalarini tashkil etib borish.DoimiyV. Institut faoliyatini raqamlashtirish va taʼlim jarayonlariga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish26.Institut kampusi va ulardagi bino-inshootlarda IT infratuzilmasini takomillashtirish.1. Institutning mavjud binolarida IT infratuzilma holatini xatlovdan oʻtkazish.2. Xatlov natijalariga koʻra talab etiladigan IT qurilmalarni xarid qilish.2025-yil oktabrInstitutning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Institut27.Institut faoliyatiga boshqarishning zamonaviy texnologiyalarini tatbiq etish.1. “NEMIS” oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish axborot tizimini oʻrnatish, sozlash va ishga tushirish.2. Axborot tizimiga Institutning professor-oʻqituvchilari, xodimlari hamda talabalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar toʻliq kiritilishini taʼminlash hamda taʼlim tashkilotlariga tegishli maʼlumotlarni birlashtirish.2025-yil sentabrInstitutning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Institut28.Talabalarga koʻrsatilayotgan xizmatlarni “yagona darcha” tamoyili asosida tashkil etish maqsadida Taʼlim xizmatlari markazi faoliyatini yoʻlga qoʻyish.1. Taʼlim xizmatlari markazi nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash.2. Taʼlim xizmatlari markazi faoliyatini yoʻlga qoʻyish.2025-yil noyabrInstitutning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Institut29.Institutning kutubxona fondini raqamlashtirish va elektron kutubxona tizimiga kiritish.1. Institutda mavjud kutubxona fondini xatlovdan oʻtkazish hamda raqamlashtirilishi lozim boʻlgan resurslar roʻyxatini shakllantirish.2025-yil oktabrInstitutning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Institut2. Roʻyxat asosida barcha resurslarni raqamlashtirish hamda elektron kutubxona tizimiga kiritish.2025/2026 oʻquv yili davomida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-noyabrdagi PQ-396-son qaroriga 2-ILOVA
Andijon davlat texnika institutiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berilayotgan obyektlar
ROʻYXATI
T/r Obyektning nomi Manzili Egallagan maydoni, (m2) Balansda saqlovchi 1. 1-oʻquv binosi Andijon shahri, Bobur shohkoʻchasi, 56-uy 8012,56 Andijon mashinasozlik instituti 2. 2-oʻquv binosi Andijon shahri, Bobur shohkoʻchasi, 56-uy 3462,18 3. 3-oʻquv binosi Andijon shahri, Bobur shohkoʻchasi, 39a-uy 8066,89 4. 4-oʻquv binosi Andijon shahri, Bobur shohkoʻchasi, 32-uy 5700,84 5. Axborot-resurs markazi binosi Andijon shahri, Bobur shohkoʻchasi, 56-uy 482,4 6. Oʻquv-laboratoriya ishlab chiqarish markazi binosi Andijon shahri, Bobur shohkoʻchasi, 39a-uy 1487,0 7. 1-son talabalar turar joyi binosi Andijon shahri, Bobur shohkoʻchasi, 56-uy 4050,34 8. 2-son talabalar turar joyi binosi Andijon shahri, Bobur shohkoʻchasi, 39a-uy 4246,87 9. 1-son oʻquv binosi Andijon shahri, A. Navoiy shohkoʻchasi, 15a-uy 34900,0 Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-noyabrdagi PQ-396-son qaroriga 3-ILOVA
Andijon davlat texnika institutiga biriktirilayotgan oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari
ROʻYXATI
T/r Taʼlim tashkiloti nomi Quvvati 1. Andijon davlat texnika institutining akademik litseyi (sobiq Andijon mashinasozlik institutining akademik litseyi) 720 2. Andijon qurilish va transport texnikumi 930 3. Andijon shahar 1-son politexnikumi 600 4. Andijon shahar 2-son politexnikumi 750 5. Andijon shahar 3-son politexnikumi 660 6. Andijon shahar 4-son politexnikumi 720 7. Andijon tuman 1-son politexnikumi 450 8. Andijon tuman 3-son politexnikumi 765 9. Asaka transport va mashinasozlik texnikumi 900 10. Asaka tuman 2-son politexnikumi 450 11. Asaka tuman 3-son politexnikumi 720 12. Baliqchi tuman 1-son politexnikumi 750 13. Baliqchi tuman 2-son politexnikumi 615 14. Buloqboshi tuman 1-son politexnikumi 1005 15. Buloqboshi tuman 2-son politexnikumi 615 16. Boʻston tuman politexnikumi 600 17. Jalaquduq tuman 1-son politexnikumi 615 18. Jalaquduq tuman 2-son politexnikumi 585 19. Izboskan tuman 1-son politexnikumi 990 20. Izboskan tuman 2-son politexnikumi 1005 21. Qoʻrgʻontepa tuman 1-son politexnikumi 450 22. Marhamat tuman 2-son politexnikumi 930 23. Oltinkoʻl tuman 1-son politexnikumi 900 24. Oltinkoʻl tuman 2-son politexnikumi 900 25. Paxtaobod tuman 1-son politexnikumi 540 26. Paxtaobod tuman 2-son politexnikumi 615 27. Xonobod shahar 1-son politexnikumi 750 28. Xoʻjaobod tuman politexnikumi 750 29 Shahrixon tuman 1-son politexnikumi 720 30. Shahrixon tuman 2-son politexnikumi 825
