762-modda. Raqamli dalillar
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga raqamli dalillar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1003-son) · Sana: 21.11.2024 · Amalda
Ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlgan elektron maʼlumotlar, shu jumladan elektron tarzdagi fayllar, audio-, videoyozuvlar, Internet jahon axborot tarmogʻida saqlanayotgan maʼlumotlar, shuningdek boshqa elektron maʼlumotlar raqamli dalillardir.
Raqamli dalildan koʻchirma nusxa olishga, basharti uning yaxlitligi va aynan oʻxshashligi saqlansa, yoʻl qoʻyiladi.
Raqamli dalildan koʻchirma nusxa olishga yoʻl qoʻyilishi oʻzidan mazkur koʻchirma nusxa olingan raqamli dalilning asli mavjudligi bilan taʼminlanadi, bundan notarius tomonidan tasdiqlangan raqamli dalillar mustasno. Ishda ishtirok etuvchi taraflar, guvohlar va boshqa shaxslar raqamli dalillarning koʻchirma nusxalarini qogʻozda chop etilgan shaklda taqdim etishga huquqiga ega. Bunda raqamli dalilning qogʻozdagi shakli yozma dalil deb hisoblanishi mumkin emas, bundan notarius tomonidan tasdiqlangan raqamli dalil mustasno.
Sud jarayonida tuzilgan protsessual bayonnomalarga ilova qilingan, elektron maʼlumotlar tarzida shakllantirilgan audio- va videoyozuvlar ham raqamli dalillar hisoblanadi.
Raqamli dalilning koʻchirma nusxasi ish materiallari bilan birga saqlanadi”;
5) 168-moddaning birinchi qismidagi “yozma dalillar” degan soʻzlar “ashyoviy, yozma va raqamli dalillar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 177-moddaning ikkinchi qismidagi “ashyoviy” degan soʻz chiqarib tashlansin;
7) 201-modda ikkinchi qismining:
8-bandidagi “yozma va ashyoviy” degan soʻzlar “ashyoviy, yozma va raqamli” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9-bandidagi “ashyoviy va yozma” degan soʻzlar “ashyoviy, yozma va raqamli” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) 247-moddaning birinchi qismidagi “yozma” degan soʻz “ashyoviy, yozma va raqamli” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 25-yanvarda qabul qilingan OʻRQ-462-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 3-ilova, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 5, 261-modda, № 9, 592-modda, № 11, 791-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 198-modda; 2021-yil, № 1, 9-modda, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar, № 9, 903-modda; 2022-yil, № 8, 787-modda, № 12, 1188-modda; 2023-yil, № 3, 185-modda, № 4, 269-modda, № 11, 923-modda, № 12, 1009-modda; 2024-yil, № 2, 115-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
