“2331-modda. Raqamli dalillarni tekshirish
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga raqamli dalillar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1003-son) · Sana: 21.11.2024 · Amalda
Raqamli dalillar yoki ushbu Kodeksning 76, 83, 103 va 104-moddalarida nazarda tutilgan tartibda tuzilgan ularni koʻzdan kechirish bayonnomalari sud majlisida namoyish etiladi yoki oʻqib eshittiriladi va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga, zarur boʻlgan hollarda esa ekspertlarga, mutaxassislarga hamda guvohlarga tanishish uchun taqdim etiladi. Shundan keyin ishda ishtirok etuvchi shaxslar ushbu dalillar yuzasidan tushuntirishlar berishi mumkin”;
10) 239-moddaning:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sudga olib kelish mumkin boʻlmagan ashyoviy, yozma va raqamli dalillar turgan joyida koʻzdan kechiriladi va tekshiriladi. Koʻzdan kechirishni joyida oʻtkazish toʻgʻrisida sud ajrim chiqaradi”;
uchinchi qismidagi “yozma va ashyoviy” degan soʻzlar “ashyoviy, yozma va raqamli” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
11) 277-modda birinchi qismining:
10-bandidagi “yozma va ashyoviy” degan soʻzlar “ashyoviy, yozma va raqamli” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
11-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari, guvohlarning koʻrsatuvlari, ekspertlarning oʻz xulosalarini ogʻzaki tushuntirishlari, mutaxassislarning tushuntirishlari, ashyoviy, yozma va raqamli dalillarni koʻzdan kechirishga oid maʼlumotlar”;
12) 437-modda ikkinchi qismining 2-bandidagi “ashyoviy” degan soʻz chiqarib tashlansin.
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-yanvarda qabul qilingan OʻRK-461-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 2-ilova, № 7, 433-modda, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 5, 261, 266-moddalar, № 9, 592-modda, № 10, 671-modda, № 11, 791-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 198-modda, № 10, 593-modda; 2021-yil, № 1, 10-modda, 4-songa ilova, № 8, 803-modda, № 9, 903-modda; 2022-yil, № 3, 216-modda, № 5, 463-modda, № 6, 577-modda, № 8, 787-modda; 2023-yil, № 4, 269-modda, № 12, 1008-modda; 2024-yil, № 2, 111-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
