“202-modda. Narsalarni, hujjatlarni va elektron maʼlumotlarni taqdim etish bayonnomasi
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga raqamli dalillar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1003-son) · Sana: 21.11.2024 · Amalda
Ashyoviy dalillar sifatida ahamiyatga ega boʻlishi mumkin boʻlgan narsalar, hujjatlar va elektron maʼlumotlar taqdim etilganligi toʻgʻrisida tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotgan organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi ushbu Kodeksning 90, 91 va 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq bayonnoma tuzadi, sud esa sud majlisining bayonnomasiga yozib qoʻyadi.
Bayonnomada:
1) narsalarni yoki hujjatlarni yoxud elektron maʼlumotlarni taqdim etgan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
2) ushbu shaxsning narsalarni yoki hujjatlarni yoxud elektron maʼlumotlarni ishga qoʻshib qoʻyish toʻgʻrisidagi iltimosnomasi;
3) narsalarni yoki hujjatlarni yoxud elektron maʼlumotlarni koʻzdan kechirish jarayoni va natijalari, agar ular pochta orqali yuborilgan boʻlsa, ularning oʻrovini koʻzdan kechirish natijalari;
4) narsalarning yoki hujjatlarning yoxud elektron maʼlumotlarning tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotgan organning mansabdor shaxsiga, surishtiruvchiga, tergovchiga yoki sudga haqiqatan ham topshirilganligi yoxud narsalar yoki hujjatlar yoxud elektron maʼlumotlar uni taqdim etgan shaxsga qaytarib berilganligi koʻrsatiladi”;
28) 25-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
