Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasidagi ayrim geografik obyektlarning nomlarini davlat tili qoida va meʼyorlariga muvofiqlashtirish toʻgʻrisida (766-son)
15.11.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi va “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq hamda Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha respublika komissiyasining xulosasiga koʻra Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi va “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi qonunlari talablari asosida davlat tili qoida va meʼyorlariga muvofiqlashtirilgan quyidagi 703 ta geografik obyekt nomi:
Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasidagi 464 ta noruda foydali qazilma koni nomi roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasidagi 110 ta rudali foydali qazilma koni nomi roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasidagi 129 ta uglevodorod koni nomi roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, normativ-huquqiy hujjatlarda hamda ish hujjatlari va yozishmalarda mazkur tasdiqlangan nomlardan foydalaniladi.
3. Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi uch oy muddatda:
Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasidagi geografik obyektlar nomlari davlat tili qoida va meʼyorlariga muvofiqlashtirilishi munosabati bilan tegishli hujjatlar hamda maʼlumotlar bazasiga oʻzgartirish kiritish boʻyicha zarur choralarni koʻrsin;
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan birgalikda ommaviy axborot vositalarida ushbu qarorning mazmun-mohiyati keng yoritilishini tashkil etsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov va Togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri B.F. Islamov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 15-noyabr,
766-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-noyabrdagi 766-son qaroriga 1-ILOVA
Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasidagi noruda foydali qazilma konlari nomlari
ROʻYXATI
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-noyabrdagi 766-son qaroriga 2-ILOVA
Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasidagi rudali foydali qazilma konlari nomlari
ROʻYXATI
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-noyabrdagi 766-son qaroriga 3-ILOVA
Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasidagi uglevodorod konlari nomlari
ROʻYXATI
