T-6 shaklidagi bojxona deklaratsiyasini toʻldirish va rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida (1342-son)
23.04.2004
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 23-aprelda 1342-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga va Bojxona kodeksining 90-moddasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1998-yil № 2, 36-modda) muvofiq, Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. T-6 shaklidagi bojxona deklaratsiyasini toʻldirish va rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiritilsin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Davlat bojxona qoʻmitasi raisi oʻrinbosari S. Nasirov zimmasiga yuklansin.
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi B. MATLYUBOV
Toshkent sh.,
2004-yil 24-mart,
01-02/12-19-son
