9-modda. Tashqi iqtisodiy faoliyat
Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida (154-I-son) · Sana: 21.12.1995 · Kuchini yo'qotgan
Markaziy bank:
boshqa davlatlarning markaziy banklari, xalqaro banklar va boshqa moliya-kredit muassasalarida Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini himoya qilishga;
moliya operatsiyalari bajarishga, shu jumladan chet el hukumatlari, chet el markaziy banklari va pul-kreditni tartibga solish organlariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi aʼzo boʻlgan xalqaro tashkilotlarga bank xizmati koʻrsatishga;
xorijiy davlatlarda vakolatxonalar ochishga;
Oʻzbekiston Respublikasida chet el banklarining vakolatxonalarini akkreditatsiya qilishga haqlidir.
Markaziy bankning boshqa davlatlar banklari va kredit muassasalari bilan oʻzaro munosabatlari Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga, shuningdek banklararo bitimlarga muvofiq amalga oshiriladi.
