42-modda. Xalqaro rezervlar
Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida (154-I-son) · Sana: 21.12.1995 · Kuchini yo'qotgan
Markaziy bank oʻzining balans hisobvaraqlarida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro rezervlarini shakllantiradi. Bu rezervlar quyidagilarni:
oltin va boshqa qimmatbaho metallarni;
naqd chet el valyutasini;
chet el banklarida, xalqaro moliya tashkilotlarida hisobvaraqlar va depozitlarda boʻlgan chet el valyutasi qoldiqlarini;
chet el hukumatlari, banklari va xalqaro moliya tashkilotlari chiqargan yoki kafolatlagan chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlarni oʻz ichiga oladi.
Markaziy bank Oʻzbekiston Respublikasining monetar hamda valyuta siyosatini amalga oshirish uchun, shuningdek xalqaro operatsiyalar boʻyicha hisob-kitoblarni taʼminlash uchun yetarli boʻlgan darajada xalqaro rezervlar saqlab turilishiga yordam beradi.
