3-modda. Bosh maqsadi va asosiy vazifalari
Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida (154-I-son) · Sana: 21.12.1995 · Kuchini yo'qotgan
Markaziy bankning bosh maqsadi milliy valyutaning barqarorligini taʼminlashdan iborat.
Asosiy vazifalari:
monetar siyosatni hamda valyutani tartibga solish sohasidagi siyosatni shakllantirish, qabul qilish va amalga oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasida hisob-kitoblarning samarali tizimini tashkil etish va taʼminlash;
banklar, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar, valyuta birjasi va kredit byurolari faoliyatini litsenziyalash hamda tartibga solish, banklar, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar, valyuta birjasi va kredit byurolarini nazorat qilish, qimmatli qogʻozlar blankalari ishlab chiqarishni litsenziyalash;
Oʻzbekiston Respublikasining rasmiy oltin-valyuta rezervlarini, kelishuvga binoan hukumat rezervlarini qoʻshgan holda, saqlash va tasarruf etish;
davlat budjetining kassa ijrosini Moliya vazirligi bilan birgalikda tashkil etishdan iboratdir.
