23-modda. Monetar siyosatning asosiy yoʻnalishlari
Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida (154-I-son) · Sana: 21.12.1995 · Kuchini yo'qotgan
Markaziy bank kelgusi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi monetar siyosatining asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqadi va har yili keyingi moliya yili boshlanishidan kamida oʻttiz kun oldin Oliy Majlisning Senatiga bu haqda axborot beradi.
Monetar siyosatning asosiy yoʻnalishlari:
iqtisodiy konyunkturaning tahlili va istiqbol koʻrsatkichlarini;
muomalada boʻlgan pul massasining iqtisodiy jihatdan asoslangan chegaralarini;
pul massasi yillik oʻsish surʼatining aniq maqsadli koʻrsatkichlarini, shu jumladan Markaziy bank ichki aktivlarining oʻzgarishini;
valyuta hamda foiz siyosatining asosiy yoʻnalishlarini;
pul-kredit sohasini tartibga solishga doir harakatlarning aniq maqsadli asosiy koʻrsatkichlarini oʻz ichiga olishi lozim.
