11-modda. Foydani aniqlash va taqsimlash
Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida (154-I-son) · Sana: 21.12.1995 · Kuchini yo'qotgan
Markaziy bankning foydasi har bir moliya yili uchun:
ishonchsiz, shubhali qarzlar va boshqa aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash rezervlari shakllantirilgandan soʻng;
umumiy qabul qilingan buxgalterlik amaliyotiga muvofiq barcha daromadlar va chiqimlar hisoblanganidan, shuningdek aktivlar va passivlar amalda baholanganidan soʻng aniqlanadi.
Markaziy bankning chet el valyutasi kursining yoki qimmatbaho metallar qiymatining oʻzgarishi natijasida oltin-valyuta rezervlarini qayta baholashdan hosil boʻladigan realizatsiya qilinmagan daromadlari va xarajatlari oltin-valyuta rezervlariga oid operatsiyalar boʻyicha qayta baholash fondiga kiradi.
Markaziy bankning foydasi Boshqaruv belgilagan tartibda, yillik hisobotni tasdiqlash bilan bir paytda taqsimlanadi.
Boshqaruvning qaroriga muvofiq aniq maqsadli turli rezervlar va fondlar shakllantirilishi mumkin.
Aniq maqsadga yoʻnaltirilgan rezervlar va fondlar belgilangan tartibda toʻldirilganidan keyin foydaning qolgan qismi respublika budjeti daromadiga yoʻnaltiriladi.
Yillik hisobot koʻrib chiqilmaguncha foydaning respublika budjetiga oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi
