1-modda. Huquqiy maqomi
Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida (154-I-son) · Sana: 21.12.1995 · Kuchini yo'qotgan
Markaziy bankning huquqiy maqomi, vazifalari, vakolatlari, tashkil etilishi va faoliyati prinsiplari Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun hamda boshqa qonunlar bilan belgilanadi.
Markaziy bank yuridik shaxs hisoblanadi va u davlatning mutlaq mulkidir.
Markaziy bank — oʻz sarf-xarajatlarini oʻzining daromadlari hisobidan amalga oshiruvchi, iqtisodiy jihatdan mustaqil muassasadir.
Markaziy bank va uning muassasalari Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhriga ega.
