2003-2005-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit monitoringi dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida (16-son)
13.01.2003
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2002-yil 3-apreldagi 111-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2003—2005-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit monitoringi dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Atrof tabiiy muhit davlat monitoringini amalga oshiruvchi vazirliklar va idoralar koʻrsatib oʻtilgan Dasturni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni mablagʻ bilan taʼminlashni kalendar yil uchun ajratiladigan umumiy budjet mablagʻlari doirasida amalga oshirsinlar.
3. Mazkur Dasturning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.S. Yusupov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 13-yanvar,
16-son
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-yanvardagi 16-son qaroriga ILOVA
2003-2005-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit monitoringi DASTURI
Izoh: * Idoraviy dasturlar nazorat organlari bilan kelishilgan holda bajaruvchilar tomonidan tasdiqlanadi.
** Respublika tabiatni muhofaza qilish jamgʻarmasi mablagʻlari boʻyicha.
2003-2005-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida atrof muhit monitoringi dasturiga ilova
2003-2005-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida atrof muhit monitoringi dasturini bajarish boʻyicha moliyaviy xarajatlar toʻgʻrisida
