Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini amalga oshirishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida (758-son)
14.11.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining:
88-moddasiga muvofiq jamoa kelishuvlarini, ularga doir oʻzgartirish va qoʻshimchalarni xabardor qilish tartibida roʻyxatga olish tartibini belgilashi;
106, 456, 505, 508 va 515-moddalariga muvofiq ish beruvchilar va xodimlarga mehnat shartnomalarini tuzishda amaliy yordam koʻrsatish maqsadida tavsiyaviy xususiyatga ega boʻlgan mehnat shartnomalarining namunaviy shakllarini ishlab chiqishi;
121 va 184-moddalariga muvofiq qarindoshlarning birga ishlashlarini cheklash toʻgʻrisidagi qoidalardan istisnolarga yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan davlat tashkilotlari xodimlari hamda alohida xususiyatga ega boʻlgan ishlardagi qisqartirilgan ish kuni belgilanadigan xodimlar roʻyxatini tasdiqlashi;
257-moddasiga muvofiq alohida hollar uchun xodimlarning oʻrtacha ish haqini hisoblab chiqarishning oʻziga xos xususiyatlarini;
378 va 477-moddalariga muvofiq ijodiy taʼtillar berish tartibi hamda oʻta zararli va oʻta xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarda band boʻlgan xodimlar uchun ish vaqtining cheklangan davomiyligini;
491-moddasiga muvofiq olti oydan ortiq davr (mavsum) ichida amalga oshirilishi mumkin boʻlgan ayrim mavsumiy ishlarning roʻyxatlari va mazkur ayrim mavsumiy ishlarning eng koʻp davomiyligini belgilashi nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Jamoa kelishuvlarini xabardor qilish tartibida roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Mehnat shartnomalarining namunaviy shakli 2-ilovaga muvofiq;
Qarindoshlarning birga ishlashlarini cheklash toʻgʻrisidagi qoidalardan istisnolarga yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan davlat tashkilotlari xodimlarining roʻyxati 3-ilovaga muvofiq;
Alohida xususiyatga ega boʻlgan ishlardagi qisqartirilgan ish kuni belgilanadigan xodimlar roʻyxati 4-ilovaga muvofiq;
Alohida hollar uchun xodimlarning oʻrtacha ish haqini hisoblab chiqarishning oʻziga xos xususiyatlari toʻgʻrisidagi nizom 5-ilovaga muvofiq;
Ijodiy taʼtillar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 6-ilovaga muvofiq;
Masofadan turib ishlovchi xodim bilan yozma mehnat shartnomasining namunaviy shakli 7-ilovaga muvofiq;
Oʻta zararli va oʻta xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarda band boʻlgan xodimlar uchun ish vaqtining cheklangan davomiyligi 8-ilovaga muvofiq;
Olti oydan ortiq davr (mavsum) ichida amalga oshirilishi mumkin boʻlgan ayrim mavsumiy ishlarning roʻyxati 9-ilovaga muvofiq;
Mavsumiy ishlarni bajarish toʻgʻrisidagi mehnat shartnomasining namunaviy shakli 10-ilovaga muvofiq;
Xodim va yakka tartibdagi tadbirkor oʻrtasidagi yozma mehnat shartnomasining namunaviy shakli 11-ilovaga muvofiq;
Uy ishchisi bilan tuziladigan mehnat shartnomasining namunaviy shakli 12-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 13-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 14-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B.E. Zaxidov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 14-noyabr,
758-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-noyabrdagi 758-son qaroriga 1-ILOVA
Jamoa kelishuvlarini xabardor qilish tartibida roʻyxatga olish toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom jamoa kelishuvlarini, ularga doir oʻzgartirish va qoʻshimchalarni xabardor qilish tartibida roʻyxatga olish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
jamoa kelishuvi — jamoa kelishuvi yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bogʻliq boʻlgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi, xodimlar uchun hududiy, tarmoq va respublika darajalarida taraflarning mehnat sharoitlarini, bandlikni hamda ijtimoiy kafolatlarni belgilashga doir majburiyatlarini oʻz ichiga olgan, xodimlar va ish beruvchilarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini kelishib olish maqsadida tuziladigan mehnat toʻgʻrisidagi huquqiy hujjat;
ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha komissiyalar — uch tomonlama (xodimlarning, ish beruvchilarning vakillari va ijro etuvchi hokimiyat organlari oʻrtasidagi) hamkorlikni amalga oshirish uchun mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklik organlari tizimining boshlangʻich, hududiy, tarmoq va respublika darajalarida tuzilgan komissiyalari.
3. Taraflar imzolagan jamoa kelishuvi (hududiy, tarmoq va bosh jamoa kelishuvlari), ularga doir oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Davlat mehnat inspeksiyasi) tomonidan xabardor qilish tartibida roʻyxatga olinadi.
4. Jamoa kelishuvining kuchga kirishi uni xabardor qilish tartibida roʻyxatga olish holatiga bogʻliq boʻlmaydi.
5. Jamoa kelishuvi Oʻzbekiston Respublikasining davlat tilida, Qoraqalpogʻiston Respublikasida esa qoraqalpoq yoki Oʻzbekiston Respublikasi davlat tillarida tuziladi.
2-bob. Jamoa kelishuvini xabardor qilish tartibida roʻyxatga olish uchun kiritish tartibi
6. Quyidagilar:
aʼzolarining soni eng koʻp boʻlgan respublika kasaba uyushmalari birlashmasi;
oʻz vakolatli vakillari orqali xodimlarning boshqa respublika birlashmalari;
oʻz vakolatli vakillari orqali ish beruvchilarning respublika birlashmalari va Vazirlar Mahkamasi oʻrtasida imzolangan bosh jamoa kelishuvi yetti kalendar kunda Ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha respublika uch tomonlama komissiyasi tomonidan koʻrib chiqilib, jamoa kelishuvi taraflariga, shuningdek, xabardor qilish tartibida roʻyxatga olish uchun Davlat mehnat inspeksiyasiga yuboriladi.
Bosh jamoa kelishuvi uni roʻyxatga olish uchun Ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha respublika uch tomonlama komissiyasi raisi tomonidan imzolangan aloqa xati ilova qilingan holda, muhr bilan tasdiqlangan holatda qogʻoz shaklda pochta orqali yuboriladi.
7. Xodimlar va ish beruvchilarning tegishli vakillari oʻrtasida, shuningdek, taraflarning taklifiga koʻra tegishli tarmoqdagi davlat boshqaruvi organlari bilan imzolangan tarmoq jamoa kelishuvlari ham ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan muddatda va tartibda yuboriladi.
8. Xodimlar va ish beruvchilarning tegishli vakillik organlari oʻrtasida (taraflarning taklifiga koʻra esa mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan) imzolangan hududiy jamoa kelishuvlari yetti kalendar kunda ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha hududiy komissiya tomonidan koʻrib chiqilib, jamoa kelishuvi taraflariga, shuningdek, xabardor qilish tartibida roʻyxatga olish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmalari davlat mehnat inspeksiyalariga (keyingi oʻrinlarda — hududiy davlat mehnat inspeksiyalari) yuboriladi.
Hududiy jamoa kelishuvlari ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha hududiy komissiya raisi tomonidan imzolangan aloqa xati ilova qilingan holda, qogʻoz shaklda pochta orqali yuboriladi.
9. Hududiy davlat mehnat inspeksiyalari yetti kalendar kunda jamoa kelishuvlarini oʻrganib chiqadi va vazirlikning “Jamoa kelishuvlarini roʻyxatga olish kitobida” xabardor qilish tartibida roʻyxatga oladi.
10. Roʻyxatga olingan bosh jamoa kelishuvi va tarmoq jamoa kelishuvlari Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining muhri bilan, hududiy jamoa kelishuvlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmalarining muhri bilan tasdiqlanib, roʻyxat raqami va roʻyxatga olingan sana koʻrsatilgan holda, tegishli ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha komissiyaga aloqa xati bilan qogʻoz shaklda pochta orqali yuboriladi.
11. Roʻyxatdan oʻtkazilgan jamoa kelishuvlarining nusxasi Davlat mehnat inspeksiyasida saqlanadi.
12. Xabardor qilish tartibida roʻyxatdan oʻtkazilgan jamoa kelishuvlari ular roʻyxatga olingan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay, Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
13. Jamoa kelishuvlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar jamoa kelishuvlarini xabardor qilish tartibida roʻyxatga olish uchun taqdim etish tartibida kiritiladi.
14. Jamoa kelishuvida xodimlarning holatini mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikka va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga nisbatan yomonlashtiruvchi shartlar aniqlangan taqdirda, Davlat mehnat inspeksiyasi ularni bartaraf etish maqsadida jamoa kelishuvi taraflariga jamoa kelishuviga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha yozma koʻrsatma kiritadi.
15. Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan kiritilgan yozma koʻrsatmaning ijrosi bir oy muddat ichida jamoa kelishuvi taraflari tomonidan taʼminlanishi lozim.
16. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-noyabrdagi 758-son qaroriga 2-ILOVA
Mehnat shartnomalarining namunaviy shakli
Izoh. Ish beruvchida muhr mavjud boʻlgan taqdirda, mansabdor shaxsning mehnat shartnomasining barcha nusxalaridagi imzosi muhr bilan tasdiqlanishi kerak.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-noyabrdagi 758-son qaroriga 3-ILOVA
Qarindoshlarning birga ishlashlarini cheklash toʻgʻrisidagi qoidalardan istisnolarga yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan davlat tashkilotlari xodimlarining
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining xodimlari.
2. Qishloq joylardagi qishloq xoʻjaligi tashkilotlari va qishloq xoʻjaligi boʻyicha ilmiy-tadqiqot muassasalari mutaxassislari.
3. Temir yoʻl transportining liniya tashkilotlari, yoʻl, qurilish-montaj va temir yoʻllarning ixtisoslashtirilgan trestlarining qurilish-montaj va koʻpriksozlik poyezdlari, mexanizatsiyalashgan kolonnalari va boshqa harakatlanuvchi tuzilmalarning xodimlari, ushbu korxona va tashkilotlarning bosh buxgalterlari, omborxona mudirlari (omborchilari) va kassirlaridan tashqari.
4. Aloqadan foydalanish tashkilotlari xodimlari.
5. Sogʻliqni saqlash, davolash-profilaktika va sanitariya-epidemiologiya tashkilotlarining shifokorlari.
6. Barcha taʼlim tashkilotlaridagi pedagog xodimlar, oʻqituvchilar, bibliograflar va kutubxonachilar.
7. Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq mehnat shartnomasi tuzilmaydigan davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining siyosiy guruhiga kiruvchi davlat fuqarolik xizmatchilari.
8. Teatrlar, badiiy jamoalar va studiyalarning ijodiy xodimlari.
9. Arxivlar xodimlari, ilmiy muassasalar xodimlari, muassasalarning bosh buxgalterlari, buxgalterlari, omborxona mudirlari (omborchilari) va kassirlaridan tashqari, shuningdek, seysmik stansiyalar xodimlari.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi tarmoq tashkilotlarining xodimlari.
11. Dala geologiya (ekspeditsiyalari, uchastkalari va boshqa) tashkilotlari xodimlari.
12. Qishloq joylarda ishlaydigan oʻrmon va suv xoʻjaligi mutaxassislari, maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari xodimlari, tibbiyot xodimlari, madaniy-maʼrifiy tashkilotlar xodimlari.
13. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllaridan foydalanadigan yoʻl tashkilotlarining xodimlari, tashkilotlarning bosh buxgalterlari, omborxona mudirlari (omborchilari) va kassirlaridan tashqari.
14. Qurilish-montaj va koʻpriksozlik qurish poyezdlari, mexanizatsiyalashgan kolonnalar va boshqa koʻchma maxsus qurilish tuzilmalarining xodimlari, tashkilotlarning bosh buxgalterlari, omborxona mudirlari (omborchilari) va kassirlaridan tashqari.
15. Daryo floti kemalarining suzuvchi tarkibi xodimlari va daryo transportidan foydalanish tashkilotlari xodimlari, bu tashkilotlarning bosh buxgalterlari, omborxona mudirlari (omborchilari) va kassirlaridan tashqari.
16. Magistral quvurlar oʻtkazish hamda neft va gaz konlarini tartibga keltiruvchi qurilish, qurilish-montaj va boshqa ixtisoslashtirilgan boshqarma va uchastkalarning xodimlari, tashkilotlarning bosh buxgalterlari, omborxona mudirlari (omborchilari) va kassirlaridan tashqari.
17. Havza va koʻllardagi baliqchilik tashkilotlari xodimlari, ushbu tashkilotlarning bosh buxgalterlari, omborxona mudirlari (omborchilari) va kassirlaridan tashqari.
18. Togʻ-kon va metallurgiya sanoati korxona va tashkilotlarining texnologik transport, ishlab chiqarish hamda xizmat koʻrsatish obyektlari, ochiq va yopiq turdagi maʼdan (ruda) qazib olish konlarining ishchi hamda xodimlari, kon maʼdanlarini (rudani) boyitish va eritish korxonalarining ishchi va xodimlari, ushbu korxona va tashkilotlarning markaziy (ijro) apparati, boshqaruv hamda muhandis-texnik toifaga mansub xodimlari, shuningdek, bosh buxgalterlari, buxgalterlari, xaridlar va sotish uchun masʼul xodimlari, inson resurslari (HR)ga masʼul xodimlari, omborxona mudirlari (omborchilari) va kassirlaridan tashqari.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-noyabrdagi 758-son qaroriga 4-ILOVA
Alohida xususiyatga ega boʻlgan ishlardagi qisqartirilgan ish kuni belgilanadigan xodimlar
ROʻYXATI
T/rKasb va lavozimlarIsh kuni muddati, soat*I. TIBBIYOT XODIMLARI4.Butun ish vaqti davomida 200 vattdan baland quvvatdagi ultra qisqa toʻlqinli chastotadagi tibbiyot generatorlari (UQTCH)da ishlaydigan shifokorlar va oʻrta tibbiyot xodimlari.33**5.Anesteziologiya-reanimatsiya boʻlimlari (guruhlari) hamda reanimatsiya va intensiv terapiya palatalarining shifokori, oʻrta va kichik tibbiy xodimlar (shifokor-laborant va laborantdan tashqari).33**II. PEDAGOG XODIMLAR6.1 — 4 sinflar oʻqituvchilari, maktablar, barcha tur va nomdagi maktab-internatlarning oʻqituvchi-logopedlari, oʻqituvchi-defektologlari, akademik litseylarning logopedlik xonalari mudirlari.18**7.Barcha tur va nomdagi maktablar va maktab-internatlarning 5 — 11 sinflari oʻqituvchilari, akademik litseylar va boshqa professional taʼlim muassasalari umumtaʼlim fanlari oʻqituvchilari.20**8.Professional taʼlim muassasalarining barcha ixtisosliklari oʻqituvchilari.yiliga 800 soat9.Toʻgaraklar, studiyalar va darsdan tashqari va maktabdan tashqari ishlarning boshqa shakllari rahbarlari; chet tili, stenografiya; oʻqitish muddati besh yil boʻlgan umumiy musiqiy, badiiy, xoreografiya taʼlimi maktablarining 3 — 5 sinflari oʻqituvchilari; oʻqitish muddati yetti yil boʻlgan sanʼat maktablari (bolalar musiqiy va badiiy, xoreografiya va boshqa maktablar)ning 5 — 7 sinflari oʻqituvchilari; musiqiy va badiiy oʻrta maktab va maktab-internatlar 1 — 11 sinflarining maxsus fanlar oʻqituvchilari; bolalar badiiy maktablari va oʻqitish muddati toʻrt yil boʻlgan umumiy badiiy taʼlim maktablarining 1 — 4 sinflari oʻqituvchilari; sogʻliqni saqlash, tibbiy-ijtimoiy muassasalarining oʻqituvchilari, oʻqituvchi-defektologlari va logopedlari; umumiy oʻrta maktablarining boshlangʻich sinflari va maktabgacha tarbiya tashkilotlaridagi chet tili boʻyicha mashgʻulotlar guruhlari oʻqituvchilari.18**10.Eshitish xonalarining oʻqituvchi-defektologlari, tashkilot xodimlari roʻyxatida bolalar guruhiga bu lavozim koʻzda tutilgan maktab-internatlarning oʻqituvchi-logopedlari va oʻqituvchi defektologlari; maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda barcha tur va nomdagi bolalar uylarining oʻqituvchi-defektologlari va oʻqituvchi-logopedlari; oʻqitish muddati besh yil boʻlgan umumiy musiqa, badiiy, xoreografiya taʼlimi maktablarining 1-2 sinflari oʻqituvchilari; oʻqitish muddati yetti yil boʻlgan bolalar musiqa, badiiy, xoreografiya maktablari 1 — 4 sinflarining oʻqituvchilari; musiqa rahbarlari; bolalar uylarining logopedlari; konsertmeysterlar, akkompaniatorlar va madaniy tadbirlar tashkilotchilari.24**11.Jismoniy yoki aqliy rivojlanishda kamchiligi boʻlgan bolalar va oʻsmirlar uchun maxsus oʻquv-tarbiya tashkilotlarining tarbiyachilari.25**12.Barcha tur va nomdagi maktab-internatlar va bolalar uylarining, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktablari tarbiyachilari; maktab-internatlar, barcha tur va nomdagi bolalar uylari, kuni uzaytirilgan maktab (guruh)lar va musiqiy tarbiyalanuvchilar maktablari, alohida tarbiyaga muhtoj bolalar va oʻsmirlar uchun maxsus maktablar, sogʻliqni saqlash muassasalari, tarbiya-mehnat koloniyalari, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktablari tarbiyachilari; jismoniy tarbiya yoʻriqchilari, eshitish xonalarining yoʻriqchilari.30**13.Barcha tur va nomdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari, bolalar uylari, maktabdan tashqari tashkilotlarning tarbiyachilari.36**14.Sil kasalligining oz va toʻxtayotgan shakllari bilan xastalangan aqliy rivojlanishda kamchiligi boʻlgan oʻquvchilar va tarbiyalanuvchilar hamda markaziy asab tizimi ruhiyati buzilgan holda shikastlangan bolalar uchun oʻquv tarbiya tashkilotlarining yetakchilari, yordamchi tarbiyachilari.36**15.Oliy taʼlim tashkilotlarining xodimlari, oʻqituvchi-professorlar tarkibi.36**III. BOSHQA XODIMLAR16.Televideniye va radioeshittirish suxandoni va ovoz rejissori.617.Imo-ishora tili tarjimonlari.36***
* Besh kunlik ish haftasida hisoblanayotgan davr (hafta, oy, yil) uchun ish vaqti meʼyori saqlanadi.
** Ish haftasi muddati, soatlarda.
*** Ish haftasi muddati, soatlarda. Tarjimonlarga har 30 daqiqada 10 daqiqadan kam boʻlmagan tanaffus beriladi, 1 soatdan uzoq davom etadigan tadbirlarga kamida ikki nafar tarjimon jalb qilinadi va ularga toʻliq ish haqi toʻlanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-noyabrdagi 758-son qaroriga 5-ILOVA
Alohida hollar uchun xodimlarning oʻrtacha ish haqini hisoblab chiqarishning oʻziga xos xususiyatlari toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom ish vaqti jamlab hisobga olinganda, uni hisoblab chiqarish uchun qabul qilingan davrda ish vaqti toʻliq ishlab berilmaganda, ushbu davrda ish haqi boʻlmaganda va boshqa alohida hollar uchun xodimlarning oʻrtacha ish haqini hisoblab chiqarish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
ish vaqtini jamlab hisobga olish — ishlab chiqarish (ish) sharoitlariga koʻra ish beruvchida ushbu toifadagi xodimlar uchun belgilangan ish vaqtining kunlik yoki haftalik davomiyligiga rioya etish imkoni boʻlmaganda, joriy etiladigan (oy, chorak va boshqa bir yilgacha) ish vaqtini hisobga olishning turi;
ish vaqtini jamlab hisobga olish davri — ish vaqti kunlik normasiga amal qilinmaydigan, uzoqroq muddatga (bir oy, chorak, yarim yil, lekin bir yildan oshmagan muddat) amal qilinadigan, ishning kunlik yoki haftalik muddati oʻzgarishi mumkin va natijada paydo boʻlgan ortiqcha ishlaganlik yoki normada ishlamaslik holatlari hisob-kitob davridagi muvozanatlashadigan davr;
oʻrtacha ish haqi (oʻrtacha oylik ish haqi) — xodim qonunchilik hujjatlariga muvofiq mehnat majburiyatlarini bajarishdan ozod qilingan yoxud oʻz ixtiyoriga zid tarzda ishlash imkoniyatidan mahrum boʻlgan vaqt uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hisoblangan ish haqi;
hisob-kitob davri — oʻrtacha ish haqini hisoblab chiqarishda hisobga olinadigan davr.
3. Qonunchilik hujjatlarida oʻrtacha oylik ish haqi saqlanishi yoki toʻlanishi nazarda tutilgan hollarda toʻliq kalendar oy uchun Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 257-moddasida belgilangan oʻrtacha ish haqi hisoblab chiqarish tartibiga asosan va toʻliq boʻlmagan kalendar oydagi ish kunlari uchun oʻrtacha kunlik ish haqini hisoblash tartibiga asosan hisoblanadi.
2-bob. Ish vaqti jamlab hisobga olinganda, xodimlarning oʻrtacha ish haqini hisoblab chiqarish tartibi
4. Ish vaqti jamlab hisobga olinganda, xodimning oʻrtacha ish haqini hisoblash uchun oʻrtacha soatlik ish haqi qoʻllaniladi, xodimga taʼtil uchun haq toʻlash va foydalanmagan taʼtil uchun pulli kompensatsiya toʻlash bundan mustasno.
5. Oʻrtacha soatlik ish haqi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 257-moddasi uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlariga muvofiq hisoblab chiqarilgan oʻrtacha ish haqi summasini ushbu davrda ishlab berilgan soatlar soniga boʻlish hamda oʻrtacha ish haqi saqlanib qolingan davrdagi ish soatlariga koʻpaytirish orqali belgilanadi.
6. Ish vaqti jamlab hisobga olinganda, uni hisoblab chiqarish uchun qabul qilingan davrda ish vaqti toʻliq ishlab berilmaganda, ushbu davrda ish haqi boʻlmaganda xodimning tarif stavkasi (maoshi)ni ushbu davrda ishlab berilgan soatlar soniga boʻlish hamda oʻrtacha ish haqi saqlanib qolingan davrdagi ish soatlariga koʻpaytirish orqali belgilanadi.
7. Xodimning oʻrtacha ish haqi saqlanib qolingan davrdagi ish soatlari ish beruvchi va xodim oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomasi, ish rejimini belgilovchi jadval va boshqa ichki hujjatlarda belgilanadi.
3-bob. Taʼtil vaqtida saqlanib qolinadigan oʻrtacha ish haqi miqdorini aniqlash
8. Xodimga har yilgi mehnat taʼtili uchun haq toʻlash va foydalanmagan taʼtil uchun pulli kompensatsiya toʻlash uchun (shu jumladan, ish vaqti jamlab hisobga olinganda) oʻrtacha ish haqi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 257-moddasi oʻninchi qismiga muvofiq hisoblangan oʻrtacha kunlik ish haqini taʼtil kunlari, shu jumladan, foydalanmagan taʼtil kunlari soniga (yakshanba va bayram kunlaridan tashqari) koʻpaytirish orqali belgilanadi. Boshqa hollarda oʻrtacha ish haqi oʻrtacha kunlik ish haqini ish kunlari soniga koʻpaytirish orqali belgilanadi.
9. Xodim mehnat taʼtilida boʻlgan davrda tarif stavkalari (lavozim maoshlari) miqdori oshirilgan taqdirda, tashkilotning yangi mehnatga haq toʻlash shartlari asosida ishlaydigan kunlariga toʻgʻri keladigan amaldagi ish kunlari sonidan kelib chiqib, mehnat taʼtili haqi qayta hisob-kitob qilinadi, yaʼni ish haqi oshirilgan vaqtdan boshlab taʼtil tamom boʻlgan kungacha boʻlgan davr uchun oʻrtacha ish haqining bir qismiga tuzatish kiritiladi.
10. Xodim taʼtildan chaqirib olinsa va taʼtilning qolgan qismi boshqa muddatga koʻchirilsa, taʼtilning foydalanilmagan qismi kunlariga haq toʻlash uchun oʻrtacha ish haqi belgilangan tartibda hisoblab chiqiladi va taʼtilning koʻchirilgan kunlariga toʻgʻri keladigan toʻlangan oʻrtacha ish haqi summasi bajarilgan ish yoki ishlangan vaqt uchun oylik ish haqi hisobiga yoziladi.
11. Taʼtil qismlarga boʻlinganda saqlab qolinayotgan oʻrtacha ish haqi belgilangan tartibda har bir qism uchun alohida hisoblab chiqiladi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
12. Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi va mazkur Nizomda nazarda tutilmagan, lekin qonunchilik hujjatlarida koʻrsatilgan oʻrtacha ish haqi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 257-moddasida belgilangan tartibda hisoblanadi.
13. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-noyabrdagi 758-son qaroriga 6-ILOVA
Ijodiy taʼtillar berish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom mehnat faoliyatini yoki pedagogik faoliyatni ilmiy ish bilan birga amalga oshirayotgan shaxslarga ijodiy taʼtillar berish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
dissertatsiya — muallif (xodim) tomonidan shaxsan yozilgan, tadqiqot mohiyati tegishli talablarga javob bergan, tugallangan va mazmunan yaxlit ilmiy ish sifatida ilmiy yangiligi va amaliy natijalari tizimli ravishda asoslab berilgan qoʻlyozma huquqiga ega boʻlgan ilmiy asar;
ijodiy taʼtil — mehnat faoliyatini yoki pedagogik faoliyatni ilmiy ish bilan birga amalga oshirayotgan xodimlarga ilmiy darajani olishga doir dissertatsiyani yakunlash uchun, shuningdek, darsliklar va oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar qoʻlyozmalarining yozish chogʻida asosiy ish joyida oʻrtacha ish haqi va lavozimi saqlangan holda beriladigan ijtimoiy taʼtil turi;
Ilmiy kengash — muayyan fan tarmogʻining (tarmoqlarining) tegishli ixtisosliklari yoʻnalishida talabgorlar uchun koʻzda tutilgan attestatsiya tadbirlarini amalga oshirishni tashkil etish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarori bilan yetakchi ilmiy yoki taʼlim tashkiloti huzurida muayyan muddat davomida jamoatchilik asosida faoliyat koʻrsatish uchun tuzilgan, ilmiy darajalar beruvchi ilmiy-tashkiliy tuzilma.
3. Ijodiy taʼtillarni berish xodimning mehnat stajiga, u bajaradigan ishning joyi va xususiyatiga, ish beruvchining tashkiliy-huquqiy shakliga bogʻliq boʻlmaydi.
4. Xodim ijodiy taʼtilda boʻlgan vaqtida uning ish joyi (lavozimi) va oʻrtacha ish haqi saqlanib qoladi hamda navbatdagi har yilgi mehnat taʼtilini olish huquqini beradigan ish stajiga kiritiladi.
Ish beruvchi jamoa shartnomasida nazarda tutilgan boʻlsa, xodimlar ijodiy taʼtilda boʻlgan davrda xizmat turar joyidan foydalanish yoki uy-joy ijarasi bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berishi mumkin.
5. Xodimlarga navbatdagi yillik mehnat taʼtillari ular ijodiy taʼtillardan foydalanganligidan qatʼi nazar beriladi.
6. Ijodiy taʼtillar xodimlarga asosiy ish joyi boʻyicha hamda oʻrindoshlik ish joyi boʻyicha ish beruvchilar tomonidan bir vaqtda beriladi.
2-bob. Ijodiy taʼtillarning muddati
7. Mehnat faoliyatini yoki pedagogik faoliyatni ilmiy ish bilan birga amalga oshirayotgan xodimlarga quyidagi muddatlarga ijodiy taʼtillar beriladi:
falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishga doir dissertatsiyani yakunlash uchun hamda darsliklar va oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar qoʻlyozmalarining mualliflariga — uch oygacha;
fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olishga doir doktorlik dissertatsiyasini yakunlash uchun — olti oygacha.
8. Jamoa kelishuvlarida yoxud jamoa shartnomasida yoki ichki hujjatlarda ijodiy taʼtillarning muddati mazkur Nizomning 7-bandida nazarda tutilgandagiga qaraganda koʻpaytirilishi hamda koʻpaytirilgan muddat uchun oʻrtacha oylik ish haqi yoki uning bir qismi saqlanib qolishi nazarda tutilishi mumkin.
9. Koʻpaytirilgan ijodiy taʼtillarning davomiyligi, shuningdek, mazkur taʼtillarni navbatdagi har yilgi mehnat taʼtilini olish huquqini beradigan ish stajiga kiritish toʻgʻrisidagi masala xodimlarga ushbu taʼtillar berilishini belgilovchi hujjatlarda tartibga solinishi kerak.
3-bob. Ijodiy taʼtillar berish tartibi
10. Mehnat faoliyatini yoki pedagogik faoliyatni ilmiy ish bilan birga amalga oshirayotgan xodimlarga ilmiy darajasini olishga doir dissertatsiyani yakunlash uchun ijodiy taʼtil berish toʻgʻrisida u faoliyat yuritayotgan kafedra, shuʼba, laboratoriya va shu kabi boʻlinmalar rahbarlari (oʻrinbosarlari) tomonidan ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashga sabablari koʻrsatilgan iltimosnoma yuboradi.
11. Ilmiy kengashlar tomonidan xodim faoliyat yuritayotgan kafedra, shuʼba, laboratoriya va shu kabi boʻlinmalar rahbarlari (oʻrinbosarlari) tomonidan yuborilgan iltimosnomaga asosan ijodiy taʼtil berish toʻgʻrisidagi tavsiyanoma quyidagi mezonlarni hisobga olgan holda beriladi:
muallif (xodim) tomonidan dissertatsiya shaxsan yozilganligi;
xodim tegishli malakaviy imtihonlarini topshirganligi;
dissertatsiya dastlabki ekspertizadan muvaffaqiyatli oʻtganligi;
oʻtkazilgan tadqiqotlarning hajmini va dissertatsiyani taʼtil vaqtida tugallash mumkinligi.
12. Ilmiy kengash tavsiyanomasida dissertatsiyani nihoyasiga yetkazish uchun zarur boʻlgan taʼtilni berish vaqti va muddatlari koʻrsatiladi.
13. Ijodiy taʼtillar:
davlat oliy taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlar xodimlariga — ushbu muassasalar Ilmiy kengashining tavsiyanomasiga koʻra direktor (rektor) tomonidan;
boshqa davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalari xodimlariga — biriktirib qoʻyilgan oliy taʼlim muassasasi (tashkiloti), ilmiy tashkilot Ilmiy kengashi (oʻquv-metodik kengashi)ning tavsiyanomasiga koʻra tashkilot rahbari tomonidan buyruq rasmiylashtirish orqali beriladi.
14. Mualliflar jamoalari tomonidan darsliklar va oʻquv-uslubiy qoʻllanmalarini yozish chogʻida mualliflar jamoasi aʼzolaridan biriga mualliflar guruhining barcha aʼzolari imzolagan yozma arizaga muvofiq ijodiy taʼtil beriladi. Mualliflar taʼtilni oʻzaro taqsimlashga ham haqli.
15. Mualliflar ijodiy taʼtilni taqsimlaganda, mualliflar guruhining barcha aʼzolari imzolagan yozma arizaga muvofiq ish beruvchining buyrugʻi bilan ijodiy taʼtil beriladi.
16. Ijodiy taʼtil vaqtida ish beruvchi taʼtildagi xodimga oʻzida mavjud, ijodiy ishga tegishli boʻlgan hujjatlar va maʼlumotlarni taqdim etishi va axborot olish uchun sharoit yaratib berishi lozim.
17. Ijodiy taʼtil tamom boʻlgandan soʻng muallif oliy taʼlim muassasasi (tashkiloti), ilmiy tashkilotning Ilmiy kengashiga qoʻlyozma holidagi ishni, asosiy ish joyidagi ish beruvchisiga esa ishning tugallanganligini tasdiqlovchi hujjat va bajarilgan ishlar toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi.
18. Nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari, ilmiy tashkilotlar va boshqa tashkilotlarda ijodiy taʼtillar berish hamda ularning muddati jamoa shartnomasida, agar jamoa shartnomasi tuzilmagan boʻlsa, xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasida belgilanadi.
4-bob. Ijodiy taʼtillar uchun haq toʻlash
19. Xodim ijodiy taʼtilda boʻlgan vaqtida uning oʻrtacha ish haqi saqlanib qoladi.
20. Ijodiy taʼtillarga haq toʻlash belgilangan mehnatga haq toʻlash fondi, shuningdek, ilmiy kadrlar tayyorlash uchun nazarda tutiladigan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
21. Xodim tomonidan belgilangan muddatlarda foydalanilmagan ijodiy taʼtil boshqa muddatga oʻtkazilishi mumkin emas. Ijodiy taʼtillarni jamlab hisoblashga va pulli kompensatsiya bilan almashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
22. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-noyabrdagi 758-son qaroriga 7-ILOVA
Masofadan turib ishlovchi xodim bilan yozma mehnat shartnomasining
NAMUNAVIY SHAKLI
Izoh. Ish beruvchida muhr mavjud boʻlgan taqdirda, mansabdor shaxsning mehnat shartnomasining barcha nusxalaridagi imzosi muhr bilan tasdiqlanishi kerak.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-noyabrdagi 758-son qaroriga 8-ILOVA
Oʻta zararli va oʻta xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarda band boʻlgan xodimlar uchun ish vaqtining cheklangan davomiyligi
* Ish haftasi muddati, soatlarda.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-noyabrdagi 758-son qaroriga 9-ILOVA
Olti oydan ortiq davr (mavsum) ichida amalga oshirilishi mumkin boʻlgan ayrim mavsumiy ishlar
ROʻYXATI
Izoh. Ushbu roʻyxatdagi mavsumiy ishlarning eng koʻp davomiyligi oʻn bir oydan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Mazkur roʻyxatda koʻrsatilmagan olti oydan ortiq davr (mavsum) ichida amalga oshiriladigan mavsumiy ishlarda band boʻlgan xodimlar mavsumiy xodimlar hisoblanmaydi.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-noyabrdagi 758-son qaroriga 10-ILOVA
Mavsumiy ishlarni bajarish toʻgʻrisidagi mehnat shartnomasining
NAMUNAVIY SHAKLI
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-noyabrdagi 758-son qaroriga 11-ILOVA
Xodim va yakka tartibdagi tadbirkor oʻrtasidagi yozma mehnat shartnomasining
NAMUNAVIY SHAKLI
Izoh. Ish beruvchida muhr mavjud boʻlgan taqdirda, mansabdor shaxsning mehnat shartnomasining barcha nusxalaridagi imzosi muhr bilan tasdiqlanishi kerak.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-noyabrdagi 758-son qaroriga 12-ILOVA
Uy ishchisi bilan tuziladigan mehnat shartnomasining
NAMUNAVIY SHAKLI
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-noyabrdagi 758-son qaroriga 13-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalar
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻrindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2012-yil 18-oktabrdagi 297-son qarorida:
a) 3-bandning birinchi xatboshisidagi “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovada:
2-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“asosiy ish joyi — qonunchilikka muvofiq ish beruvchi tomonidan xodimning mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarcha) yuritiladigan tashkilot”;
6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Oʻrindoshlik asosida boshqa tashkilotga ishga kirayotgan shaxslar:
pasportni yoxud uning oʻrnini bosadigan hujjatni yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasini;
mehnat daftarchasi oʻrniga asosiy ish joyidan Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakl boʻyicha maʼlumotnomani;
mehnat sharoitlari zararli va (yoki) xavfli boʻlgan ishga qabul qilish chogʻida asosiy ish joyidan mehnatning xususiyati va shartlari toʻgʻrisidagi olingan maʼlumotnomani;
jamgʻarib boriladigan pensiya daftarchasini taqdim etishi shart”;
9-bandning birinchi xatboshisidagi “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik” soʻzlari bilan almashtirilsin;
21-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligi va Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-noyabrdagi 758-son qaroriga 14-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan normativ hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 1997-yil 11-martdagi 133-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining baʼzi qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 1997-yil 7-avgustdagi 392-son qaroriga ilovaning 10-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2002-yil 31-oktabrdagi 375-son qarori.
5. Vazirlar Mahkamasining “Soliq imtiyozlari tartibga solinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish va baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2009-yil 17-iyundagi 168-son qaroriga 2-ilovaning 5-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi kengashning va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senata kengashining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) kotibiyati faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2008-yil 30-sentabrdagi 875-1/554-1-son qoʻshma qarori)” 2009-yil 27-oktabrdagi 283-son qarori.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat budjeta parametrlari toʻgʻrisida” 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son qarori)” 2018-yil 22-maydagi 384-son qaroriga 1-ilovaning 1-bandi.
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 20-sentabrdagi PQ-4463-son qarori)” 2020-yil 13-iyuldagi 440-son qaroriga ilovaning 1-bandi.
9. Vazirlar Mahkamasining “Kambagʻal va ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʻqitish tizimini takomillashtirish hamda mehnat organlari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 5-apreldagi 183-son qaroriga 6-ilovaning 4-bandi.
10. Vazirlar Mahkamasining “Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari reytingini aniqlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 3-iyundagi 345-son qaroriga 3-ilovaning 1-bandi.
11. Vazirlar Mahkamasining “Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yollangan xodimlarni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qoʻyish hamda soliq solinadigan daromadlar va chegiriladigan xarajatlar hisobini yuritishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 22-noyabrdagi 707-son qaroriga 1-ilovaga 1-ilova.
12. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida” 2021-yil 20-apreldagi OʻRQ-682-son qonuni)” 2022-yil 4-apreldagi 153-son qaroriga ilovaning 22-bandi.
