8-modda. Ombudsman oʻrinbosari
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida (O‘RQ-1002-son) · Sana: 15.11.2024 · Amalda
Ombudsman oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan besh yil muddatga saylanadi.
Ombudsman oʻrinbosari lavozimiga nomzod Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari koʻrib chiqishi uchun Ombudsman tomonidan taqdim etiladi.
Ombudsman oʻrinbosari Ombudsmanning zimmasidagi vazifalarini bajarishga koʻmaklashadi, Ombudsman yoʻqligida uning vazifasini bajarib turadi.
Ombudsman oʻz lavozimidan muddatidan ilgari ozod qilingan taqdirda, Ombudsman oʻrinbosari uning vazifasini yangi Ombudsman saylanguniga qadar bajarib turadi va Ombudsman uchun belgilangan kafolatlar ana shu davrda unga nisbatan tatbiq etiladi.
Ombudsman oʻrinbosari siyosiy partiyaga aʼzolikni yoki unda ishtirok etishni oʻz vakolatlari muddatiga toʻxtatib turishi yoxud tugatishi shart. Ombudsman oʻrinbosari ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shugʻullanishi mumkin emas.
