51-modda. Ombudsman Devoni
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida (O‘RQ-1002-son) · Sana: 15.11.2024 · Amalda
Ombudsman faoliyati Ombudsman Devoni tomonidan taʼminlanadi.
Ombudsman Devoni davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs boʻlib, oʻz hisob-kitob varagʻiga va boshqa hisobvaraqlariga, oʻz nomi yozilgan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan muhrga va blankalarga ega boʻladi.
Ombudsman Devonining tuzilmasi va uning xodimlarining shtat birligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qoʻshma qarori bilan tasdiqlanadi.
Ombudsman Devoni toʻgʻrisidagi nizom Ombudsman tomonidan tasdiqlanadi.
Ombudsman faoliyatining moliyaviy, moddiy-texnika va boshqa taʼminoti Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi hamda unda alohida satrda nazarda tutiladi.
