47-modda. Ombudsmanning qiynoqqa solish hollarining oldini olish boʻyicha vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida (O‘RQ-1002-son) · Sana: 15.11.2024 · Amalda
Ombudsman, uning oʻrinbosari va mintaqaviy vakillari harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarga istalgan vaqtda, moneliksiz va dastlab xabar bermasdan monitoring tashriflarini amalga oshiradi.
Ombudsman, uning oʻrinbosari va mintaqaviy vakillari harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarga monitoring tashriflarini amalga oshirish chogʻida:
harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarda saqlanayotgan shaxslarning soni haqida axborot oladi;
harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarda saqlanayotgan shaxslarni saqlash va ular bilan muomalada boʻlish shart-sharoitlarini oʻrganadi;
harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarda saqlanayotgan shaxslar bilan, shuningdek ushbu joylar maʼmuriyatining xodimlari bilan uchrashuvlar va suhbatlar, shu jumladan xoli uchrashuvlar hamda suhbatlar oʻtkazadi. Bunda, zarur boʻlganda, mazkur uchrashuvlar va suhbatlar jarayoni borishining bayonnomasi yuritiladi, texnika vositalaridan foydalaniladi;
harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarda shaxsning saqlanishi qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan tanishadi va, zarur boʻlganda, ulardan koʻchirma nusxalar oladi;
harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylar maʼmuriyatiga mazkur joylarda saqlanayotgan shaxsni tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish, unga tibbiy, psixologik va boshqa yordam koʻrsatish yuzasidan talabnoma kiritadi. Mazkur tadbirlar oʻtkazilayotganda ushbu shaxsning roziligi bilan hozir boʻlishi mumkin;
harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarning maʼmuriyati rahbarlaridan mazkur joylarda saqlanayotgan shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash masalalari yuzasidan tushuntirishlar oladi.
Ombudsman:
harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylar maʼmuriyatining gʻayriqonuniy harakatlariga (harakatsizligiga) chek qoʻyish uchun zudlik bilan choralar koʻradi;
harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslarni saqlash shart-sharoitlari toʻgʻrisida xulosa tuzadi va uni tegishli tashkilotlarga yoki mansabdor shaxslarga yuboradi;
tegishli tashkilotlarga ularning qiynoqqa solish hollarining oldini olishga doir faoliyatini takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar va takliflar kiritadi;
