45-modda. Mintaqaviy vakilning huquqlari
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida (O‘RQ-1002-son) · Sana: 15.11.2024 · Amalda
Mintaqaviy vakil quyidagi huquqlarga ega:
inson huquqlari va erkinliklari buzilganligi haqidagi xabarlarni tashkilotlar va mansabdor shaxslar bilan birgalikda tekshirish;
tegishli hududdagi tashkilotlarning inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalarini koʻrib chiqish bilan bogʻliq majlislarida ishtirok etish;
tegishli hududdagi tashkilotlarga va mansabdor shaxslar huzuriga moneliksiz kirish;
murojaatni uning mohiyatiga koʻra hal qilishga vakolatli boʻlgan tegishli hududdagi tashkilotga yoki mansabdor shaxsga yuborish;
aniqlanishi lozim boʻlgan holatlarni tekshirishda koʻmaklashishni soʻrab tegishli hududdagi tashkilotlar va mansabdor shaxslarga murojaat qilish;
aniqlanishi lozim boʻlgan holatlarni tekshirish uchun tashkilotlarning vakillarini va mansabdor shaxslarni taklif etish;
oʻz vakolatiga taalluqli masalalar yuzasidan tegishli hududdagi tashkilotlardan va mansabdor shaxslardan statistika maʼlumotlarini, tahliliy materiallarni, xulosalarni va boshqa maʼlumotlarni soʻrash hamda olish;
murojaatni koʻrib chiqishni sababini koʻrsatgan holda rad etish.
Mintaqaviy vakil qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
