14-modda. Ombudsmanning faoliyati toʻgʻrisidagi maʼruza
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida (O‘RQ-1002-son) · Sana: 15.11.2024 · Amalda
Ombudsman har yili, hisobot yilidan keyingi yilning 15-fevralidan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga oʻz faoliyati toʻgʻrisida maʼruza taqdim etadi.
Ombudsmanning faoliyati toʻgʻrisidagi maʼruzada qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash hollarining (bundan buyon matnda qiynoqqa solish hollari deb yuritiladi) oldini olish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar ham aks ettiriladi.
Ombudsmanning faoliyati toʻgʻrisidagi maʼruzani Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining va Senatining majlislarida koʻrib chiqish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
Ombudsmanning faoliyati toʻgʻrisidagi maʼruzani koʻrib chiqish yakunlari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan qabul qilingan qarorlar Ombudsmanga yuboriladi.
