Budjet tizimi budjetlari daromadlarining kassa ijrosi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (2771-5-son)
11.11.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasining
qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 11-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2771-5]
Oʻzbekiston Respublikasining “Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida”gi va 2022-yil 11-martdagi OʻRQ-758-son “Soliq maʼmuriyatchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va 2024-yil 23-yanvardagi PQ-39-son “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 177-son “Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini aniqlash va berish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 24-martdagi 20, 2016-14, 01-02/8-10-son qarori (roʻyxat raqami 2771, 2016-yil 30-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 13-son, 124-modda) bilan tasdiqlangan Budjet tizimi budjetlari daromadlarining kassa ijrosi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Iqtisodiyot va moliya vaziri D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2024-yil 8-oktabr,
180-son
Soliq qoʻmitasi raisi Sh. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 25-sentabr,
2024-19-son
Kelishildi:
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
2024-yil 13-sentabr
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 8-oktabrdagi 180-son hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasining 2024-yil 25-sentabrdagi 2024-19-son qaroriga ILOVA
Budjet tizimi budjetlari daromadlarining kassa ijrosi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 1-bandda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“bojxona boji, soliqlar va yigʻimlarni undirish boʻyicha vakolatli organlar — qonunchilik hujjatlariga muvofiq bojxona boji, soliqlar, yigʻimlar, maʼmuriy jarimalar va moliyaviy sanksiyalarni (bundan buyon matnda toʻlovlar deb yuritiladi) undirilishini amalga oshiruvchi organlar;”;
oltinchi xatboshidagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidagi “Moliya vazirligining” va “OʻRMV” degan soʻzlar tegishli ravishda “Iqtisodiyot va moliya vazirligining” hamda “OʻRIMV” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 2, 9, 16-bandlar, 3-bobning nomi, 3-bobning 1-paragrafi nomi, 20 va 21-bandlar, 23-bandning birinchi xatboshisi, 312-bandning beshinchi xatboshisi, 371-bandning birinchi xatboshisi, 42 va 43-bandlar, 48-bandning birinchi xatboshisi, 54-bandning birinchi xatboshisi, 55 va 60-bandlardagi “OʻRMV” degan soʻzlar “OʻRIMV” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 4-banddagi “Moliya vazirligi” va “OʻRMV” degan soʻzlar tegishli ravishda “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” hamda “OʻRIMV” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 6-banddagi “OʻRMV” va “moliya organlari” degan soʻzlar tegishli ravishda “OʻRIMV” hamda “iqtisodiyot va moliya organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 8-banddagi “moliya organlaridan” degan soʻzlar “iqtisodiyot va moliya organlaridan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. 11 va 12-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Toʻlovlardan Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlariga, shuningdek, davlat maqsadli jamgʻarmalari (bundan buyon matnda DMJ deb yuritiladi) budjetlariga ajratmalar meʼyorlarining miqdorlari ular oʻrnatilganidan soʻng 3 ish kuni mobaynida Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining iqtisodiyot va moliya boshqarmalariga, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri gʻaznachilik xizmati boshqarmalariga yetkaziladi.
12. Toʻlovlardan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining tumanlar va shaharlar mahalliy budjetlariga oʻrnatilgan ajratmalar meʼyorlarining miqdorlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri iqtisodiyot va moliya boshqarmalari tomonidan tegishli tuman va shahar hokimliklariga, tuman va shahar hokimliklari iqtisodiyot va moliya boʻlimlariga, tuman va shaharlar boʻyicha gʻaznachilik xizmati boʻlimlariga yetkaziladi.”.
7. 13-banddagi “OʻRMV” ATga Moliya vazirligi Gʻaznachiligining” degan soʻzlar “OʻRIMV” ATga Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. 14-banddagi “OʻRMV” va “Gʻaznachilik boshqarmalarining” degan soʻzlar tegishli ravishda “OʻRIMV” hamda “gʻaznachilik xizmati boshqarmalarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9. 22-banddagi “gʻaznachilik boʻlinmalariga” degan soʻzlar “gʻaznachilik xizmati boʻlimlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
10. 26-banddagi “gʻaznachilik boʻlinmalari” degan soʻzlar “gʻaznachilik xizmati boʻlimlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
11. 29-banddagi “Moliya vazirligi” va “OʻRMV” degan soʻzlar tegishli ravishda “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” hamda “OʻRIMV” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
12. 30-bandda:
uchinchi xatboshidagi “bank plastik kartochkasi” degan soʻzlar “bank kartasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “(roʻyxat raqami 2465, 2013-yil 3-iyun)” degan soʻzlar “(roʻyxat raqami 3229, 2020-yil 13-aprel)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
13. 32-banddagi “bank plastik kartasi” degan soʻzlar “bank kartasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
14. 33-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Gʻaznachiligining” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
15. 331-banddagi “boshqa majburiy toʻlovlar” degan soʻzlar “yigʻimlar” degan soʻz bilan almashtirilsin.
16. 332-bandda:
birinchi xatboshidagi “OʻRMV” va “gʻaznachilik boʻlinmalariga” degan soʻzlar tegishli ravishda “OʻRIMV” hamda “gʻaznachilik xizmati boʻlimlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ortiqcha toʻlangan (ortiqcha undirilgan) yoki xatolik bilan toʻlangan soliq (penya, jarima) summalarini hisobga olish summasi bazaviy hisoblash miqdorining 20 barobaridan oshmagan hollarda, elektron topshiriqnomalar davlat soliq xizmati organlarining axborot tizimi orqali avtomatik shakllantirilishi va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanmasdan “OʻRIMV” ATga elektron tarzda yuborilishi mumkin hamda ushbu topshiriqnomalar “OʻRIMV” ATda inson omilisiz avtomatik ravishda maʼqullanadi va ijroga qabul qilinadi.”;
quyidagi tahrirdagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Tadbirkorlik subyektining barqarorlik reytingi toifasi;”;
yettinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar tegishli ravishda sakkizinchi — oʻn beshinchi xatboshilari deb hisoblansin;
oʻn beshinchi xatboshidagi “gʻaznachilik boʻlinmasiga” degan soʻzlar “gʻaznachilik xizmati boʻlimiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
17. 333-bandda:
birinchi xatboshidagi “OʻRMV” va “gʻaznachilik boʻlinmasi” degan soʻzlar tegishli ravishda “OʻRIMV” hamda “gʻaznachilik xizmati boʻlimi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “gʻaznachilik boʻlinmalari” degan soʻzlar “gʻaznachilik xizmati boʻlimlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
18. 334-bandda:
birinchi xatboshidagi “gʻaznachilik boʻlinmalari” va “OʻRMV” degan soʻzlar tegishli ravishda “gʻaznachilik xizmati boʻlimlari” hamda “OʻRIMV” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “gʻaznachilik boʻlinmalarida” degan soʻzlar “gʻaznachilik xizmati boʻlimlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
19. 34-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “gʻaznachilik boʻlinmasiga” degan soʻzlar “gʻaznachilik xizmati boʻlimiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
20. 341-banddagi “orticha” degan soʻz “ortiqcha” degan soʻz bilan almashtirilsin.
21. 342-banddagi “gʻaznachilik boʻlinmalariga” degan soʻzlar “gʻaznachilik xizmati boʻlimlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
22. 343-bandda:
birinchi xatboshidagi “gʻaznachilik boʻlinmalari” va “OʻRMV” degan soʻzlar tegishli ravishda “gʻaznachilik xizmati boʻlimlari” hamda “OʻRIMV” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “gʻaznachilik boʻlinmalari” degan soʻzlar “gʻaznachilik xizmati boʻlimlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
23. 37-bandda:
quyidagi tahrirdagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda, Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingidagi “A” va undan yuqori toifadagi tadbirkorlik subyektlariga soliqlar boʻyicha (qoʻshilgan qiymat soligʻi bundan mustasno) mavjud ortiqcha toʻlov summasini qaytarish uch kun muddatda amalga oshiriladi.”;
ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin.
24. 372 va 373-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“372. Tegishli budjet mablagʻlaridan mablagʻlarni qaytarish yoki hisobga olish boʻyicha toʻlov hujjati “OʻRIMV” ATda inson omilisiz avtomatik tarzda maʼqullanadi va tasdiqlanadi.
373. Toʻlov hujjati tasdiqlanganidan soʻng “OʻRIMV” ATda avtomatik tarzda mablagʻlar tegishli budjetdan mavjud qoldiqlar doirasida qaytariladi.”.
25. 374-bandda:
birinchi xatboshidagi “gʻaznachilik boʻlinmalaridan” degan soʻzlar “gʻaznachilik xizmati boʻlimlaridan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Moliya vazirligi” va “OʻRMV” degan soʻzlar tegishli ravishda “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” hamda “OʻRIMV” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
26. 58-banddagi “moliya organlari, gʻaznachilik boʻlinmalari” degan soʻzlar “iqtisodiyot va moliya organlari, gʻaznachilik xizmati boʻlimlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
27. 59-banddagi “gʻaznachilik boʻlinmalari va hududiy moliya organlari” degan soʻzlar “gʻaznachilik xizmati boʻlimlari va hududiy iqtisodiyot va moliya organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
28. 63-banddagi “gʻaznachilik boʻlinmalari” degan soʻzlar “gʻaznachilik xizmati boʻlimlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
29. 64 va 65-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“64. Iqtisodiyot va moliya organlari tomonidan yoʻl qoʻyilgan xatolar iqtisodiyot va moliya organlari tomonidan gʻaznachilik xizmati boʻlimlari hamda bojxona boji, soliqlar va yigʻimlarni undirish boʻyicha vakolatli organlar bilan kelishilgan holda toʻgʻrilanadi.
65. Gʻaznachilik xizmati boʻlimlari tomonidan yoʻl qoʻyilgan xatolar gʻaznachilik xizmati boʻlimlari tomonidan iqtisodiyot va moliya organlari hamda bojxona boji, soliqlar va yigʻimlarni undirish boʻyicha vakolatli organlar bilan kelishilgan holda toʻgʻrilanadi.”.
30. 651-banddagi “OʻRMV” va “Moliya vazirligi Gʻaznachiligi” degan soʻzlar tegishli ravishda “OʻRIMV” hamda “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
31. 1-ilovaning 2-pozitsiyasi “Tarkibi” ustunidagi “soliq boʻlmagan boshqa majburiy toʻlovlar” degan soʻzlar “yigʻimlar” degan soʻz bilan almashtirilsin.
32. 2 va 3-ilovalarning matnidagi “STIRi” va “Moliya vazirligi Gʻaznachiligi” degan soʻzlar tegishli ravishda “STIRi (JSHSHIRi)” hamda “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
33. 21-ilovaning matnidagi “Moliya vazirligi Gʻaznachiligi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
34. 4-ilovaning matnidagi “STIR” va “Gʻaznachilik boʻlinmasining” degan soʻzlar tegishli ravishda “STIR (JSHSHIR)” hamda “Gʻaznachilik xizmati boʻlinmasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
35. 5 va 6-ilovalarning matnidagi “Moliya vazirligi Gʻaznachiligi” va “STIR” degan soʻzlar tegishli ravishda “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi” hamda “STIR (JSHSHIR)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
36. 7-ilovaning matnidagi “STIR” va “(Pasport seriyasi va raqami)” degan soʻzlar tegishli ravishda “STIR (JSHSHIR)” hamda “Pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi seriyasi va raqami” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
37. 8-ilovaning matnidagi “STIR” va “(Pasport seriyasi va raqami)” degan soʻzlar tegishli ravishda “STIR (JSHSHIR)” hamda “Pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi seriyasi va raqami” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
38. 9, 10 va 12-ilovalar mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 1 — 3-ilovalariga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Budjet tizimi budjetlari daromadlarining kassa ijrosi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 1-ILOVA
““Budjet tizimi budjetlari daromadlarining kassa ijrosi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 9-ILOVA
Budjet tizimi budjetlari daromadlarining kassa ijrosi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 2-ILOVA
““Budjet tizimi budjetlari daromadlarining kassa ijrosi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga10-ILOVA
Budjet tizimi budjetlari daromadlarining kassa ijrosi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 3-ILOVA
““Budjet tizimi budjetlari daromadlarining kassa ijrosi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga12-ILOVA
