1-modda
2018-yil 9-martda imzolangan xalqaro avtomobil qatnovi toʻgʻrisidagi Bitimga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida · Sana: 18.04.2024 · Amalda
1. Bitimning 5-moddasi 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Tomonlarning davlatlari oʻrtasida, shuningdek, uchinchi davlatlarga yoki ulardan tovarlarni tashish, mazkur Bitimning 6-moddasida nazarda tutilgan tashuvlarni istisno qilgan holda, avtotransport vositalarida Tomonlar davlatlarining vakolatli organlari tarafidan beriladigan ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi.”.
2. Bitimning 5-moddasi 2-bandining toʻrtinchi gapi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ikki tomonlama qatnov paytida yuk tashuvchi boʻsh avtotransport vositalarining oʻtishi uchun ham ruxsatnomalar talab qilinadi.”.
3. Bitimning 5-moddasi quyidagi mazmundagi 6-band bilan toʻldirilsin:
“6. Tomon davlatlarining hududlari orqali yuk tashuvchi avtotransport vositalarining tranzit oʻtishi ruxsatnomasiz amalga oshiriladi.”.
