Ishlab chiqariladigan va realizatsiya qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (1238-3-son)
20.04.2005
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi oʻzbekiston respublikasi davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 20-aprelda 1238-3-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yilgi “Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi 610-conli qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 52-son, 523-modda) muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan 2003-yil 7-martdagi 43 va 2003-37-sonli qaror bilan tasdiqlangan “Ishlab chiqariladigan va realizatsiya qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnomaga (2003-yil 29-aprel, roʻyxat raqami 1238 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-yil, 7-8-son; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 40-41-son, 442-modda) ilovaga* binoan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Moliya vaziri S. RAHIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 31-yanvar,
22-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 31-yanvar,
2005-15-son
