SHNQ 1.02.09-21 “Qurilish uchun muhandislik-geologiya izlanishlari” shaharsozlik normalari va qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida (01/2-74-son)
17.10.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 5-noyabrda hisobga olindi, hisob raqami 311]
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-martdagi PF-5963-son “Oʻzbekiston Respublikasining qurilish sohasida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi hamda 2020-yil 27-noyabrdagi PF-6119-son “Oʻzbekiston Respublikasi qurilish tarmogʻini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021 — 2025-yillarga moʻljallangan strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi farmonlariga muvofiq buyuraman:
1. SHNQ 1.02.09-21 “Qurilish uchun muhandislik-geologiya izlanishlari” shaharsozlik normalari va qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisining 2015-yil 27-oktabrdagi 153-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan SHNQ 1.02.09-15 “Qurilish uchun muhandislik geologiya izlanishlari” shaharsozlik normalari va qoidalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Energetika vazirligi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi bilan kelishilgan.
4. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir v.b. Sh. XIDOYATOV
Toshkent sh.,
2024-yil 17-oktabr,
01/2-74-son
Kelishildi:
Iqtisodiyot va moliya vaziri D. KUCHKAROV
2024-yil 30-avgust
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi B. YUSUPALIYEV
2024-yil 18-sentabr
Favqulodda vaziyatlar vaziri A. KULDASHEV
2024-yil 17-sentabr
Energetika vaziri J. MIRZAMAHMUDOV
2024-yil 30-sentabr
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A. ABDUXAKIMOV
2024-yil 2-oktabr
Togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri B. ISLAMOV
2024-yil 17-sentabr
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2024-yil 17-oktabrdagi 01/2-74-son buyrugʻiga ILOVA
SHNQ 1.02.09-21 “Qurilish uchun muhandislik-geologiya izlanishlari” shaharsozlik normalari va qoidalari
Mazkur shaharsozlik normalari va qoidalari (bundan buyon matnda SHNQ deb yuritiladi) qurilish maydonlarini tanlash, qurilish obyektlarini loyihalash, bino va inshootlarni qurish hamda rekonstruksiya qilishda shaharsozlik hujjatlarini tayyorlash uchun muhandislik-geologik izlanishlarni oʻtkazishga oid talablarni belgilaydi.
1-bob. Shaharsozlik normalari va qoidalari, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar
1. Ushbu SHNQda quyidagi shaharsozlik normalari va qoidalari, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar keltirilgan:
SHNQ 1.02.07-19 “Qurilish uchun muhandislik texnik izlanishlar. Asosiy qoidalar”;
QMQ 2.01.03-19 “Seysmik hududlarda qurilish”;
SHNQ 2.02.01-19 “Bino va inshootlar asoslari”;
QMQ 2.03.11-96 “Qurilish konstruksiyalarini korroziyadan himoya qilish”;
SHNQ 2.02.03-21 “Qoziqli poydevorlar”;
SHNQ 3.01.02-23 “Qurilishda xavfsizlik texnikasi”;
SHNQ 1.03.02-23 “Hududlarni rivojlantirish va qurishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish toʻgʻrisidagi shaharsozlik hujjatlarining tarkibi va mazmuni”;
Oʻz DSt 8.002:2009 “Oʻlchovlarni yagonaligini taʼminlashning davlat tizimi. Oʻlchov vositalarini davlat va idoraviy nazorati. Asosiy qoidalar” (rasmiy manba: “Gosudarstvennaya sistema obespecheniya yedinstva izmereniy Respubliki Uzbekistan. Metrologicheskiy kontrol i nadzor. Osnovnie polojeniya”);
Oʻz DSt 788:97 “Gruntlar. Oʻtkazuvchanlik koeffitsiyentini laboratoriya sharoitida aniqlash usullari (tuzatmalar bilan)” (rasmiy manba: “Grunti. Metodi laboratornogo opredeleniya koeffitsiyenta filtratsii”);
Oʻz DSt ASTM D2850:2022 (ASTM D2850-15, IDT) “Yopishqoq tuproqlarda zichlanmagan va quruq holatda uchoqli siqishni sinov uchun standart sinov usuli”;
Oʻz DSt ASTM D 6913:2022 (ASTM D6913/D6913M-17, IDT) “Tuproqni granulometrik tahlil qilish uchun standart sinov usuli”;
Oʻz DSt ASTM D2216:2021 (ASTM D2216-19, IDT) “Tuproq va togʻ jinslarining massa boʻyicha suv (namlik) miqdorini laboratoriyada aniqlashning standart sinov usullari”;
Oʻz DSt ASTM D 7263:2022 (ASTM D 7263-21, IDT) “Tuproq namunalarining zichligi va solishtirma ogʻirligini laboratoriyada aniqlashning standart sinov usullari”;
Oʻz DSt ASTM D 2435:2022 (ASTM 2435 − 11, IDT) “Qoʻshimcha yuklanishdan foydalangan holda tuproqlarning bir oʻlchovli konsolidatsiya xususiyatlari 1 Standart sinov usullari”;
Oʻz DSt ASTM D 3080:2022 (ASTM D3080-11, IDT) “Konsolidatsiyalangan drenajlangan sharoitlarda tuproqlarning toʻgʻridan-toʻgʻri kesish sinovi”;
Oʻz DSt ASTM D2166/D2166M:2022 (ASTM D2166/D2166M-16, IDT) “Birlashtiruvchi tuproqning siqish kuchi uchun standart sinov usuli”;
GOST 12071-2014 “Gruntlar. Namunalarni chiqarib olish, qadoqlash, tashish va saqlash” (rasmiy manba: “Grunti. Otbor, upakovka, transportirovaniye i xraneniye obrazsov”);
GOST 12248.3-2020 “Gruntlar. Mustahkamlik va deformatsiyalanish tavsiflarini laboratoriya sharoitida aniqlash usullari” (rasmiy manba: “Grunti. Metodi laboratornogo opredeleniya xarakteristik prochnosti i deformiruyemosti”);
GOST 12536-2014 “Gruntlar. Granulometrik (donador) va mikroagregatlar tarkibini laboratoriya sharoitida aniqlash” (rasmiy manba: “Grunti. Metodi laboratornogo opredeleniya granulometricheskogo (zernovogo) i mikroagregatnogo sostava”);
GOST 18164-72 “Ichimlik suvi. Quruq qoldiq tarkibini aniqlash usuli” (rasmiy manba: “Voda pityevaya. Metod opredeleniya soderjaniya suxogo ostatka”);
GOST 19912-2012 “Gruntlar. Statik va dinamik zondlash orqali dala sharoitida sinash usullari” (rasmiy manba: “Grunti. Metod polevix ispitaniy staticheskim i dinamicheskim zondirovaniyem”);
GOST 20276-2012 “Gruntlar. Deformatsiyalanish tavsiflarni dala sharoitida aniqlash usullari” (rasmiy manba: “Grunti. Metodi polevogo opredeleniya xarakteristik deformiruyemosti”);
GOST 20522-2012 “Gruntlar. Sinov natijalarini statistik qayta ishlash usullari” (rasmiy manba: “Grunti. Metodi statisticheskoy obrabotki rezultatov ispitaniy”);
GOST 21.302-2013 “Qurilish uchun loyihaviy hujjatlar tizimi. Muhandislik-geologik qidiruvlar boʻyicha hujjatlarni shartli grafik belgilash” (rasmiy manba: “Sistema proyektnoy dokumentatsii dlya stroitelstva. Uslovnie graficheskiye oboznacheniya v dokumentatsii po injenerno-geologicheskim iziskaniyam”);
GOST 22733-2016 “Gruntlar. Maksimal zichlikni laboratoriya sharoitida aniqlash usuli” (rasmiy manba: “Grunti. Metod laboratornogo opredeleniya maksimalnoy plotnosti”);
GOST 23278-2014 “Gruntlar. Oʻtkazuvchanlikni dala sharoitida sinash usullari” (rasmiy manba: “Grunti. Metodi polevix ispitaniy pronitsayemosti”);
GOST 23740-2016 “Gruntlar. Organik moddalar miqdorini laboratoriya sharoitida aniqlash usullari” (rasmiy manba: “Grunti. Metodi laboratornogo opredeleniya soderjaniya organicheskix veshestv”);
GOST 25100-2020 “Gruntlar. Klassifikatsiya” (rasmiy manba: “Grunti. Klassifikatsiya”);
GOST 30672-2019 “Gruntlar. Dala tadqiqotlari. Umumiy qoidalar” (rasmiy manba: “Grunti. Polevie ispitaniya. Obshiye polojeniya”);
GOST 31861-2012 “Suv. Namuna olish uchun umumiy talablar” (rasmiy manba: “Voda. Obshiye trebovaniya k otboru prob”);
GOST 31957-2012 “Suv. Karbonatlar va bikarbonatlarning ishqoriyligi va massa konsentratsiyasini aniqlash usullari” (rasmiy manba: “Voda. Metodi opredeleniya shelochnosti i massovoy konsentratsii karbonatov i gidrokarbonatov”);
GOST 33045-2014 “Suv. Azot oʻz ichiga olgan moddalarni aniqlash usullari” (rasmiy manba: “Voda. Metodi opredeleniya azotsoderjashix veshestv”);
GOST 3351-74 “Ichimlik suvi. Mazasi, hidi, rangi va loyqalikni aniqlash usullari” (rasmiy manba: “Voda pityevaya. Metodi opredeleniya vkusa, zapaxa, svetnosti i mutnosti”);
GOST 4011-72 “Ichimlik suvi. Umumiy temirning massa konsentratsiyasini oʻlchash usullari” (rasmiy manba: “Voda pityevaya. Metodi izmereniya massovoy konsentratsii obshego jeleza”);
GOST 4151-72 “Ichimlik suvi. Umumiy qattiqlikni aniqlash usullari” (rasmiy manba: “Voda pityevaya. Metodi opredeleniya obshey jestkosti”);
GOST 4245-72 “Ichimlik suvi. Xloridlar tarkibini aniqlash usuli” (rasmiy manba: “Voda pityevaya. Metodi opredeleniya soderjaniya xloridov”);
GOST 4386-89 “Ichimlik suvi. Ftoridlarning massa konsentratsiyasini aniqlash usullari” (rasmiy manba: “Voda pityevaya. Metodi opredeleniya massovoy konsentratsii ftoridov”);
GOST 4389-72 “Ichimlik suvi. Sulfatlar tarkibini aniqlash usuli” (rasmiy manba: “Voda pityevaya. Metodi opredeleniya soderjaniya sulfatov”);
GOST 4974-2014 “Ichimlik suvi. Marganets tarkibini fotometrik usul bilan aniqlash” (rasmiy manba: “Voda pityevaya. Opredeleniye soderjaniya margansa fotometricheskimi metodami”);
GOST 5180-2015 “Gruntlar. Fizik xususiyatlarni laboratoriya sharoitida aniqlash usullari” (rasmiy manba: “Grunti. Metodi laboratornogo opredeleniya fizicheskix xarakteristik”);
GOST 5686-2020 “Qoziqlar. Dala sharoitida sinash usuli” (rasmiy manba: “Svai. Metodi polevix ispitaniy”);
GOST 9.602-2016 “Korroziya va qarishdan himoya qilishning yagona tizimi. Yerosti inshootlari. Korroziyadan himoya qilish uchun umumiy talablar” (rasmiy manba: “Yedinaya sistema zashiti ot korrozii i stareniya. Soorujeniya podzemnie. Obshiye trebovaniya k zashite ot korrozii”);
MSN 2.03.02-2002 (№2.03.02-2002; 01.01.2005y.) “Hududlarni, bino va inshootlarni xavfli geologik jarayonlardan muhandislik muhofazasi. Asosiy qoidalar” (rasmiy manba: “Injenernaya zashita territoriy, zdaniy i soorujeniy ot opasnix geologicheskix protsessov. Osnovnie polojeniya”).
2-bob. Atama va taʼriflar
2. Mazkur SHNQda quyidagi atamalar va ularning taʼriflari qoʻllanilgan:
muhandis-geologik sʼyomka — hududlarning tabiiy muhandis-geologik sharoitlarini kompleks oʻrganish va xaritalash;
fizik-geologik jarayonlar — geologik muhit koʻrsatkichlarining tabiiy omillar taʼsirida vaqt va makonda oʻzgarishi;
muhandis-geologik jarayonlar — geologik muhit koʻrsatkichlarining texnogen omillar taʼsirida vaqt va makonda oʻzgarishi;
statsionar kuzatuvlar — hududning muhandislik-geologiya va gidrogeologik sharoitlari koʻrsatkichlarining holat oʻzgarishlarini doimiy (yoki davriy) kuzatish (oʻlchashlar);
torf — botqoq oʻsimliklarining kislorodsiz, yuqori darajadagi namlik sharoitida tabiiy qurishi va chala chirishidan hosil boʻlgan, tarkibida 50 foizdan ortiq (massasi boʻyicha) organik moddalar boʻlgan grunt;
torflashgan grunt — tarkibida 10 dan 50 foizgacha (massasi boʻyicha) torf boʻlgan qum va gilli grunt;
soliflyuksiya — muzlash va erishning bir necha marta ketma-ket takrorlanishi taʼsirida togʻ jinslari suyuq massaga aylanib oʻz ogʻirligi taʼsirida qiya togʻ yonbagʻirlarida erimagan togʻ jinslar ustidan pastga qarab oqa boshlashi;
monolit — tabiiy holati buzilmagan grunt namunasi.
3. Ushbu SHNQda quyidagi qisqartmalar qoʻllanilgan:
YEOSS — yerosti suvlari sathi;
SMH — seysmik mikrohududlashtirish.
3-bob. Asosiy qoidalar
4. Muhandislik-geologiya izlanishlar, loyihalashtirilayotgan qurilish hududi (maydon, hudud, yoʻnalish)ning muhandis-geologik sharoitlarini kompleks oʻrganish va ushbu sharoitlarning loyihalanayotgan obyekt bilan geologik muhitning oʻzaro taʼsiri natijasida oʻzgarish ehtimolini baholash, shuningdek qurilish maydonining muhandislik muhofazasi va atrof-muhit xavfsizligini taʼminlashi kerak.
5. Muhandislik-geologiya izlanishlar SHNQ 1.02.07-19 va mazkur SHNQning talablariga rioya qilgan holda bajarilishi kerak.
6. Muhandislik-geologiya izlanishlari uchun texnik topshiriq tarkibi SHNQ 1.02.07-19 talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
7. Izlanishlar dasturidagi muhandislik-geologiya ishlarining tarkibi va hajmi, texnik topshiriq asosida, loyiha bosqichlari, qurilish turi, maqsadi, bino va inshootlarning xavf-xatar toifalari (keyingi oʻrinlarda bino va inshootlarning toifalari), tadqiqot hududining maydoni, uni oʻrganilganlik darajasi va muhandislik-geologiya sharoitining murakkabligidan kelib chiqqan holda mazkur SHNQning 1-ilovasiga muvofiq belgilanishi lozim.
8. Muhandislik-geologiya izlanishlar dastur yoki koʻrsatma asosida amalga oshirilishi zarur.
9. Oddiy muhandis-geologik sharoitlarda, bino va inshootlarning toifalari tasnifi boʻyicha I-toifali bino va inshootlarning loyihalarini asoslashda muhandislik-geologiya izlanishlarni amalga oshirish uchun tuziladigan dastur oʻrniga koʻrsatma tuzishga yoʻl qoʻyiladi.
10. Muhandislik-geologiya izlanishlarini kompleks ravishda olib borilganda, ayrim ish turlari (burgʻilash namunalar olish) takrorlanmasligi uchun, dasturni boshqa muhandislik izlanishlar (muhandislik ekologik) dasturlari bilan muvofiqlashtirilgan holda tuzish kerak.
11. Muhandislik-geologiya izlanishlari dasturining tarkibi SHNQ 1.02.07-19 talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
12. Muhandislik-geologiya izlanishlarini amalga oshirishda qoʻllaniladigan oʻlchov vositalari Oʻz DSt 8.002:2009ga muvofiq boʻlishi kerak.
13. Muhandislik-geologiya izlanishlarni SHNQ 3.01.02-23 talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
4-bob. Muhandislik-geologiya izlanishlarining tarkibi
1-§. Asosiy talablar
14. Muhandislik-geologiya izlanishlari tarkibiga umumiy texnik talablarni belgilaydigan quyidagi asosiy ish turlari va izlanishlar kompleksi kirishi kerak:
avvalgi yillardagi izlanishlar va tadqiqotlar materiallarini yigʻish, tahlil qilish va umumlashtirish;
yerni masofadan zondlash maʼlumotlarining deshifrovkasi;
aerovizual, yoʻnalishli kuzatuvlarni oʻz ichiga olgan koʻzdan kechirish tarzidagi (rekognossirovka) tekshirishlar;
togʻ kovlamalari va bur-quduqlarni kovlash;
geofizik tadqiqotlar;
gruntlarni dala sharoitida oʻrganish;
gidrogeologik tadqiqotlar;
stansionar (doimiy) kuzatuvlar (geologik muhit tarkibiy qismini lokal monitoringi);
gruntlar, yerusti va yerosti suvlarini laboratoriya sharoitlarida oʻrganish;
xavfli geologik va muhandis-geologik jarayonlarni oʻrganish va baholash;
seysmik va seysmotektonik izlanishlar, seysmik mikrohududlashtirish;
muhandis-geologik sʼyomka;
muhandis-geologik sharoitlar oʻzgarishini prognozlash;
geotexnik tadqiqotlar;
mavjud bino va inshootlar poydevori asosidagi gruntlarni oʻrganish;
materiallarni kameral qayta ishlab texnik hisobot tuzish.
15. Qurilishi loyihalanayotgan hududlarning muhandis-geologlik va gidrogeologik sharoitlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish, tahlil qilish, umumlashtirish ishlari loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqishning barcha bosqichlarida, avvalgi bosqich natijalarini hisobga olgan holda olib borilishi va quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
vazirliklar, idoralar fondlari va arxivlarida mavjud boʻlgan, har xil maqsadlarga moʻljallangan obyektlar uchun bajarilgan muhandislik-geologiya izlanishlari, gidrogeologik, geofizik, seysmologik tadqiqotlar, statsionar kuzatuvlar toʻgʻrisidagi texnik hisobotlarni;
geologik sʼyomka ishlari (maʼlum bir hudud uchun mavjud boʻlgan eng yirik masshtabdagi geologik xaritalar), muhandislik-geologiya xaritalash, mintaqaviy tadqiqotlar, doimiy rejim kuzatuv natijalarini;
hududning aerokosmik sʼyomkasini;
hududning tabiiy, texnogen sharoitlari, ularning tarkibiy qismlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni umumlashtiradigan ilmiy tadqiqot ishlari va ilmiy-texnik adabiyotlarni;
oʻrganilayotgan hududning iqlimini;
tadqiqot hududining gidrografik tarmogʻini;
relyef tavsifini;
tadqiqot hududining geomorfologik xususiyatlarini;
tadqiqot hududining geologik tuzilishini;
tadqiqot hududining gidrogeologik sharoitlarini;
fizik-geologik va muhandis-geologik jarayonlarni;
gruntlarni tarkibi va fizik-mexanik xususiyatlarini;
yerosti suvlarini tarkibini;
texnogen taʼsirlar va hududning xoʻjalik jihatdan oʻzlashtirilgandagi oqibatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni.
16. Mazkur SHNQning 15-bandida keltirilgan maʼlumotlar tarkibiga grunt qurilish materiallari mavjudligi, mahalliy qurilish materiallari razvedka natijalari (ishlab chiqarishdagi qattiq chiqindilar), bino va inshootlar deformatsiyasi va ularning asosidagi gruntlarni tekshirish natijalari, qidiruv hududidagi boshqa bino va inshootlar qurilish tajribasi hamda hududda sodir boʻlgan favqulodda vaziyatlar toʻgʻrisida maʼlumotlar ham kiritilishi kerak.
17. Qurilgan (oʻzlashtirilgan) hududlarda izlanishlar olib borilganda avvalgi yillardagi mavjud topografik rejalarni, obyekt qurilgunigacha tuzilgan, vertikal tekislash boʻyicha materiallar, inshootlar va binolarning yerosti qismlari va yerosti inshootlarining muhandislik tayyorlash va qurish maʼlumotlari yigʻilishi, taqqoslanishi lozim.
18. Texnik topshiriqda koʻrsatilgan qurilish maydoni (hudud, yoʻnalish chizigʻi) chegarasi doirasida va qoʻshni hududlar zonasida avvalgi yillarda bajarilgan izlanish maʼlumotlaridan (togʻ kovlamalarining bayoni, gruntlarni dala va laboratoriya sharoitlarida oʻrganish natijalari) foydalanish kerak.
19. Avvalgi yillarda izlanish materiallaridan foydalanish imkoniyatini (agar izlanish yakunlanishidan loyihalash boshlanishigacha 2-3 yildan koʻp vaqt oʻtgan boʻlsa) hududning geologik muhit oʻzgarganligini hisobga olgan holda belgilanishi, bunda oʻzgarishlarni muhandislik-geologiya izlanishlar dasturi tuzilgunga qadar oʻtkaziladigan koʻzdan kechirish tarzidagi (rekognossirovka) tekshirish natijalariga koʻra aniqlanishi kerak.
Gidrogeologik sharoitlarning (yerosti suvlari sathi, tarkibi) oʻzgarganlik oʻrganilishi lozim.
20. Avvalgi yillarda bajarilgan barcha izlanishlar maʼlumotlaridan geologik muhitning texnogen taʼsirlar natijasida oʻzgarish dinamikasini tiklash uchun foydalanish lozim.
21. Yigʻilgan materiallar asosida oʻrganilayotgan hududning muhandis-geologik sharoitlari toʻgʻrisida ishchi gipoteza tuzilishi va bu sharoitlarning murakkablik darajasi belgilanishi kerak.
Ushbu maʼlumotlarga asosan qurilish obyektining izlanishlar dasturida, ishlarining tarkibi, hajmi, ularni bajarish uslubi va texnologiyasi belgilanishi lozim.
22. Muhandis-geologik sharoitlarning murakkablik darajasini alohida omillar majmuasi boʻyicha (ularning asosiy loyiha yechimiga taʼsiri hisobga olingan holda) belgilash kerak.
23. Yerni masofadan turib zondlash maʼlumotlarining deshifrovkasi, aerovizual kuzatuvlarini katta hududlarning muhandis-geologik sharoitlarini hamda ularning oʻzgarish dinamikasini oʻrganish va baholashda qoʻllash lozim.
24. Aero, kosmik suratlarni deshifrovkasi va aerovizual kuzatuvlari muhandislik-geologiya ishlaridan avval va quyidagilar uchun amalga oshirilishi kerak:
toʻrtlamchi davr togʻ jinslari yotqiziqlari genetik turlarining tarqalish chegaralarini aniqlash;
tektonik tuzilmalar va togʻ jinslarining seryoriq zonalarini aniqlash va qidirib topish;
yerosti suvlari tarqalish chegaralarini, ularning toʻyinish, tranzit va boʻshanish zonalarini aniqlash;
fizik-geologik va muhandis-geologik jarayonlar tarqalgan hududlarni aniqlash;
landshaftlar turi va chegaralarini aniqlash;
geomorfologik elementlar chegaralarini aniqlash;
muhandis-geologik sharoitlarning oʻzgarish dinamikasini kuzatish;
texnogen taʼsirlarning, hududni xoʻjalik jihatdan oʻzlashtirishning, relyefni, grunt va oʻsimliklar qoplamini oʻzgartirishning oqibatlarini aniqlash.
25. Yerni masofadan turib zondlash maʼlumotlarining deshifrovkasini avvalgi yillarda bajarilgan izlanishlarning materiallarini yigʻish, tahlil qilish va umumlashtirish davrida (dastlabki deshifrovka), muhandis-geologik sʼyomka yoki koʻzdan kechirish tarzidagi (rekognossirovka) tekshiruvlar jarayonlarida yerdan turib yoʻnalish kuzatuvlar olib borilgan davrda (dastlabki deshifrovka natijalariga aniqlik kiritish), izlanishlar maʼlumotlarini xona sharoitida qayta ishlab texnik hisobot tuzish davrida, muhandislik-geologiya izlanishlarining tarkibiga kiruvchi boshqa ishlar natijalaridan foydalangan holda amalga oshirish lozim.
26. Muhandis-geologik koʻzdan kechirish tarzidagi (rekognossirovka) tekshirishlar quyidagi maqsadlarda amalga oshirilishi kerak:
avvalgi yillarda bajarilgan izlanishlar maʼlumotlarini nazorat qilish, ularga aniqlik va qoʻshimchalar kiritish uchun;
avvalgi yillarda bajarilgan izlanishlar maʼlumotlarining mavjud yoki yetarli boʻlmagan holda dasturini tuzishda oʻrganilayotgan hududning umumiy muhandis-geologik sharoitlarini aniqlash va qiyosiy baholash uchun;
xavfli geologik jarayonlarning tarqalishi va rivojlanganligini aniqlash uchun;
oʻzlashtirilgan hududlarda muhandis-geologik sharoitlarning, shuningdek gidrogeologik sharoitlarning oʻzgarishini, bino va inshootlar deformatsiyasining xususiyati va sabablarini koʻrsatib berish uchun.
27. Tabiiy ochilmalar mavjud yoki yetarli boʻlmagan hollarda qoʻshimcha dala ishlarini amalga oshirilishi (aerovizual kuzatuvlar, alohida kovlamalarni kovlash, geofizik tadqiqotlar, zondlash, gruntlar, yerosti suvlari namunalarini olish va ularning laboratoriya tahlili) izlanishlar dasturida asoslanishi lozim.
28. Hududning koʻzdan kechirish tarzidagi (rekognossirovka) tekshiruvlari quyidagi vazifalarni yechish uchun amalga oshirilishi kerak:
izlanish ishlari oʻtkaziladigan hududni koʻzdan kechirish;
relyefni vizual baholash;
mavjud ochilmalarning, karyerlar, qurilish kovlamalari tavsifini yozish;
buloqlar yoki yerosti suvlari yer yuzasiga chiqadigan joylar tavsifini yozish;
gidrogeologik va ekologik sharoitlarning geobotanik indikatorlari tavsifini yozish;
geodinamik jarayonlarning tashqi koʻrinishini yozish.
29. Koʻzdan kechirish tarzidagi (rekognossirovka) tekshirish yoʻnalishlari aerofoto va sʼyomkaning boshqa turlari natijasida ajratilgan asosiy konturlarni kesib oʻtishi kerak.
30. Hududning koʻzdan kechirish tarzidagi (rekognossirovka) tekshirish yoʻnalish kuzatuvlari yoʻli bilan amalga oshirilishi va ular boshqa dala ishlaridan avval bajarilishi lozim.
31. Yoʻnalish kuzatuvlarini oʻrganilayotgan hudud muhandis-geologik sharoitlarining asosiy holatlarini aniqlash va oʻrganish uchun koʻzdan kechirish tarzidagi (rekognossirovka) tekshiruvlar muhandis-geologik sʼyomkasini bajarish jarayonlarida amalga oshirish kerak.
32. Yoʻnalish kuzatuvlarini avvalgi yillarda bajarilgan izlanishlarning materiallarini yigʻish va qayta ishlash natijalarini koʻrsatuvchi, moʻljallanayotgan muhandis-geologik sʼyomkasi masshtabidan kichik boʻlmagan masshtabdagi topografiya rejalar va xaritalardan (sxematik muhandislik-geologiya va boshqa xaritalar) foydalangan holda bajarilishi lozim.
33. Yoʻnalish kuzatuvlari davomida ayrim nuqtalar (gruntlarning tabiiy va sunʼiy ochilmalari hamda karyerlar, xandaqlar (kotlovanlar), har xil chuqurlar koʻrinishidagi sunʼiy ochilmalar, tabiiy buloqlar va quduqlar, geomorfologik elementlar, shuningdek ularni murakkablashtiruvchi relyefning shakllari, fizik-geologik jarayonlar oqibatida hosil boʻlgan koʻrinishlar, shikastlangan bino va inshootlar)ni ham kuzatib tasvirlab borish kerak.
Yoʻnalish kuzatuvlari davomida gruntlar va yerosti suvlaridan namunalarni olish, xavfli fizik-geologik va muhandis-geologik jarayonlar, favqulodda vaziyatlar sodir boʻlgani toʻgʻrisida maʼlumotlarni olish, kompleks ishlarni amalga oshirish uchun moʻljallangan hududlarning joylarini aniqlash hamda dastlabki aero va kosmik deshifrovka natijalariga aniqlik kiritish ishlarini amalga oshirish lozim.
34. Hududning oʻzlashtirilishi qiyin va noqulay boʻlgan qismlarini (xavfli fizik-geologik va muhandislik-geologiya jarayonlarning, boʻshang va boshqa oʻziga xos xususiyatli gruntlar mavjudligi, yerosti suvlari yer yuziga yaqin joylashganligi, gruntlar litologik tarkibining xilma-xilligi, relyefning oʻydim-chuqurligi) oʻrganish kerak.
35. Yoʻnalishlarning asosan geomorfologik elementlar va geologik tuzilmalar chegaralariga, tektonik tuzilmalar yoʻnalishiga koʻndalang ravishda hamda eroziya va gidrografiya tarmoqlari elementlari, chiziqli inshootlar yoʻnalishlari, shuningdek fizik-geologik va muhandis-geologik jarayonlar yoʻnalishlari boʻylab, yerni masofadan turib zondlash maʼlumotlarining deshifrovkasi va aerovizual kuzatuvlar natijalarini hisobga olgan holda belgilash lozim.
36. Izlanishlarni kompleks ravishda hududning yoʻnalish kuzatuvlari, muhandislik-geologiya, muhandislik ekologiya kuzatuvlarini oʻz ichiga olgan holda amalga oshirish zarur.
37. Yoʻnalishlar sonini ishlar tarkibi va hajmini izlanishlarning mohiyati va oʻrganilayotgan hudud muhandis-geologik sharoitlarining murakkabligiga bogʻliq holda belgilash lozim.
38. Oʻzlashtirilgan hududda yoʻnalish kuzatuvlarini amalga oshirganda qoʻshimcha ravishda geologik muhit oʻzgarishiga olib keluvchi yoki uning oqibati hisoblanuvchi botqoqlanish, suv bosishi, yer yuzasining choʻkishi rivojlanishi, gazonlar va daraxt ekilgan joylarning sugʻorilganligi hamda boshqa omillarni aniqlash kerak.
39. Yoʻnalish kuzatuvlari natijalariga koʻra batafsil izlanish va tadqiqotlarni amalga oshirish, tayanch geologiya-gidrogeologiya kesimlarini tuzish, asosiy litogenetik turlarining tarkibi, holati va xususiyatlari, suv osti gorizontlarining gidrogeologik parametrlarini aniqlash uchun asosiy hududlarning joylashuvini belgilab olish kerak.
40. Belgilab olingan nuqtalarda togʻ kovlamalarini kovlash ishlari kompleksi, geofizik, dala va laboratoriya tadqiqotlarini bajarish hamda statsionar kuzatuvlar olib borish lozim.
41. Togʻ kovlamalari va bur-quduqlarni kovlash ishlari quyidagi maqsadlarda amalga oshirilishi kerak:
hududning geologik-litologik tuzilishini, unda tarqalgan gruntlar va yerosti suvlarini tarqalish sharoitlarini aniqlash uchun;
geologik kesimlarni, gruntlar va yerosti suvlarining yotish sharoitlarini belgilash yoki aniqlik kiritish uchun;
yerosti suv sathining joylashish chuqurligini aniqlash uchun;
gruntlarni tarkibi, holati va xususiyatini aniqlash hamda yerosti suvlarini kimyoviy tahlil qilish va ulardan namunalar olish uchun;
gruntlar xususiyatlarini dala sharoitida oʻrganish uchun;
geofizik tadqiqotlar oʻtkazish uchun;
suvli gorizontlarning hamda aeratsiya zonasining gidrogeologik parametrlarini aniqlash uchun;
statsionar kuzatuvlar (geologik muhit tarkibiy qismlarining lokal monitoringi)ni bajarish uchun;
fizik-geologik va muhandis-geologik jarayonlar namoyon boʻlgan zonalarni aniqlash va chegaralash uchun.
42. Muhandis-geologik kovlamalarining qoʻllanilish shart-sharoitlari mazkur SHNQning 2-ilovasiga muvofiq belgilanishi kerak.
43. Muhandis-geologik bur-quduqlarining burgʻilash usullari, grunt turiga qarab ulardan foydalanish shartlari mazkur SHNQning 3-ilovasiga muvofiq belgilanishi lozim.
44. Kovlash va namuna olish ishlari quyidagilar uchun amalga oshirilishi kerak:
muhandislik-geologiya kesimni aniqlash yoki gruntlarning yotish sharoitlarini aniqlashtirish;
tarkibi, holati, fizik, mexanik xususiyatlari va boshqa xususiyatlarini laboratoriya sharoitida aniqlash uchun buzilgan va buzilmagan tuzilishdagi gruntlardan, shuningdek ularning fizik xususiyatlari va kimyoviy tarkibini aniqlash uchun yerosti suvlaridan namunalar olish;
YEOSSning holatini aniqlash;
geologik va muhandis-geologik jarayonlarning namoyon boʻlish zonalarini aniqlash va belgilash;
tabiiy sharoitda grunt xususiyatlarini aniqlashda dala tadqiqotlarini oʻtkazish;
muhandislik va geofizik tadqiqotlar oʻtkazish;
geologik muhit tarkibiy qismlarining mahalliy monitoringini oʻtkazish.
45. Kovlamalar va bur-quduqlar (shurf, dudkalar, bur-quduqlar) asosan mexanizatsiyalashgan tarzda kovlanishi lozim.
46. Shurf va bur-quduqlarni qoʻlda kovlashga, yurish (chiqish) qiyin boʻlgan va tor joylarda (yertoʻlalar, bino va inshootlar ichida, togʻlarda, tik qiyaliklar (yonbagʻirlar)da, botqoqliklarda, muzlagan suv havzalarida) yoʻl qoʻyiladi.
47. Dasturda rejalashtirilgan bur-quduqlarni burgʻilash usullari, grunt qatlamlari orasidagi chegaralarni aniq belgilash (0,25 m dan oshmaydigan xatolikda), gruntlarning tarkibi, holati, tuzilishi va tabiiy sharoitda qoyatosh gruntlarning dardlanganligini oʻrganish imkoniyatini taʼminlashi kerak.
48. Shnek bilan burgʻilashni, grunt qatlamlari orasidagi kontakt (chegara 0,5 — 0,75 m va undan katta)larni aniqlashda xatoliklar boʻlgani sababli izlanishlar dasturida asoslash lozim.
49. Muhandis-geologik kovlamalaridan va tabiiy yotqiziqlardan grunt namunalarini olish, shuningdek ularni qadoqlash, laboratoriyaga yetkazib berish va saqlash GOST 12071-2014 talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
50. Dasturda loyihalashtirilayotgan bino va inshootlarning toifalari, konstruktiv xususiyatlari, grunt xususiyatlari va ularning makonda oʻzgaruvchanlik xususiyatiga koʻra grunt namunasini olish sxemasi GOST 20522-2012 talablariga muvofiq asoslanishi kerak.
51. Grunt namunasini olish sxemasida bur-quduqlar soni va gruntdan namuna olish oraligʻi koʻrsatilishi lozim.
52. Laboratoriya tadqiqotlari uchun suv namunalarini olish, saqlash va tashish GOST 31861-2012 talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
53. Burgʻilash jarayonida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan gaz chiqish holatini hisobga olish kerak.
Ular aniqlanganda muhandislik-ekologik izlanishlar tarkibida gaz-geokimyoviy tadqiqotlarni amalga oshirish lozim.
54. Ishlar tugallangandan soʻng barcha togʻ kovlamalari koʻmilishi kerak.
55. Shurf, xandaq va dudkalar gilli grunt bilan shibbalab toʻldirilishi kerak.
56. Bur-quduqlar tabiiy muhit ifloslanishining va fizik-geologik, muhandis-geologik jarayonlar faollashishining oldini olish uchun gil yoki sement-qumli aralashma bilan berkitilishi lozim.
57. Geofizik tadqiqotlari muhandislik-geologiya izlanishlarning barcha bosqichlarida, muhandislik geologiya ishlari bilan uygʻunlashtirilgan holda quyidagilarni aniqlash uchun bajarilishi kerak:
litologik tuzilishi, yorilish darajasi, anizotropiya va gruntlarning holati (erigan, muzlatilgan) oʻzgarishi tufayli xaritada va kesimda geologik chegaralarni;
tektonik faoliyat, nurash jarayonlari, karst shakllanishi jarayonlari, koʻchki jarayonlari, texnogen taʼsirlar natijalari bilan bogʻliq lokal nomutanosibliklarni;
geologik va muhandis-geologik jarayonlarni aniqlash va ularning vaqt oʻtishi bilan oʻzgarishini;
massivdagi gruntlarning tarkibi, holati, xususiyatlarini (shu jumladan, gruntlarning yemirilish darajasi yoki korrozion faolligini) baholash va ularning oʻzgarishini;
grunt massivi (togʻ jinslarining zichligi kamaygan va nurash zonalari)ning deformatsiya-zoʻriqish holati va uning oʻzgarishini;
yerosti suvlari filtratsiya oqimlari sathini, tezligini, yoʻnalishini;
mavjud, tashlandiq kommunikatsiyalar va ularning teshilgan joylarini qidirib topishni;
gruntlar qatlamida hamda asfalt, beton va boshqa qoplamalar ostidagi boʻshliqlarni qidirib topishni;
SMHni.
58. Geofizik tadqiqotlarning vazifalari, usullari va ish hajmi mazkur SHNQning 4, 5 va 9-ilovalariga muvofiq tanlanishi va dasturda asoslab berilishi kerak.
59. Muhandislik-geofizik tadqiqotlar natijalarini deshifrovka qilishning ishonchliligi va aniqligini taʼminlash uchun geologik muhitni oʻrganish bilan bir vaqtda boshqa turdagi ishlar majmuasi (burgʻilash, zondlash, dala va laboratoriya usullari bilan gruntlarning xususiyatlarini aniqlash) bilan parametrik oʻlchovlar amalga oshirilishi lozim.
60. Tadqiqot maydonining litologik chegaralari bilan geofizik parametrlarining oʻzgarishi chegaralarini taqqoslash, shuningdek gruntlarning geofizik va fizik-mexanik xususiyatlari oʻrtasidagi korrelyatsiya aloqalarini oʻrnatish uchun parametrik oʻlchovlar muhandis-geologik bur-quduqlar yaqinida amalga oshirilishi kerak.
61. Gruntlarni dala sharoitida oʻrganish quyidagi maqsadlarda amalga oshirilishi kerak:
muhandislik-geologiya kesimlarni ajratish, oquvchan va oquvchan qayishqoq gilli gruntlarning, boʻshang qumlarning, oʻziga xos gruntlarning linzalari va qatlamlarini chegaralash uchun;
tabiiy vujudga kelgan sharoitda gruntlarning fizik, deformatsiya va mustahkamlik xususiyatlarini aniqlash uchun.
62. Gruntlarni dala sharoitida quyidagi usullar yordamida oʻrganish lozim:
dinamik zondlash;
statik zondlash;
statik yuklar bilan shtamplash (shurflarda, bur-quduqlarda, konlarda, shtolnyalarda va xandaqlarda);
yassi dilatometr;
pressiometr (radial, qanotli, sektor yukni qoʻllash bilan);
aylanma kesish usuli;
shurflarda hamda katta oʻlchamli monolitlarda grunt seliklarini kesish (tosh ustunlarini yerosti kovlamalar va xandaqlardagi massiv va yoriqlar boʻylab siljish sinovlarini oʻtkazish);
qoziq sinovlari (natural qoziq ustuni bilan, etalon, qoziq-zondlari).
63. Gruntlarning dala tadqiqotlari GOST 30672-2019 ga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
64. Gruntlarning dala sharoitida tadqiq qilish usullarini tanlash mazkur SHNQning 6-ilovasiga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
65. Gruntlarni dala sharoitida tadqiq qilish, gruntlarning xususiyatlarini aniqlashning boshqa usullari bilan (laboratoriya, geofizika) birgalikda amalga oshirilishi lozim.
66. Tabiiy dispers, texnogen, muzlagan gruntlarni statik va dinamik zondlash GOST 19912-2012 talablariga muvofiq bajarish kerak.
67. Statik va dinamik zondlash natijalari asosida gruntlarning fizik, mexanik xususiyatlarini aniqlash toʻgʻridan-toʻgʻri usullar bilan yoki mazkur SHNQning 7-ilovasiga muvofiq gruntlarning xususiyatlari bilan gruntlarning ayrim turlarini zondlash natijasida olingan parametrlarni bogʻlaydigan mintaqaviy korrelyatsion bogʻliqliklar (jadvallar) yordamida amalga oshirilishi lozim.
68. Qumlarni suyulish ehtimolini taxminiy baholash uchun mazkur SHNQning 7-ilovasining 8-jadvaliga muvofiq dinamik zondlashdan foydalanish kerak.
69. Qoziqlarning yuk koʻtarish qobiliyatini hisoblash uchun gruntlarning xususiyatlari statik zondlash va qoziqlar (natural, etalon, qoziq-zondlari GOST 5686-2020 talablariga muvofiq) yordamida grunt sinovlari bilan aniqlanishi lozim.
70. Yirik boʻlakli, qum va gil gruntlardan tashkil topgan massivdagi gruntlarning mustahkamlik xususiyatlarini GOST 20276-2012 talablariga muvofiq grunt ustunlarini kesish (yirik monolitlarni kesish) usuli bilan aniqlash kerak.
71. Yirik boʻlakli gruntlarning mustahkamlik xususiyatlarini SHNQ 2.02.01-19 talablariga muvofiq hisoblash yoʻli bilan aniqlash lozim.
72. Oquvchan va oquvchan quyushqoqli organik-mineral va gilli gruntlarning mustahkamlik xususiyatlarini GOST 20276-2012 talablariga muvofiq aylanma kesish usuli bilan aniqlash kerak.
73. Bilvosita usullar (statik va dinamik zondlash) bilan olingan gruntlarning dala sharoitida tadqiq qilish natijalari toʻgʻridan-toʻgʻri usullar (shtamp, shurfda grunt ustunlarini butun kesish) natijasida olingan qiymatlar bilan aniqlashtirilishi lozim.
74. Aniqlashtirish bilvosita usullar bilan olingan xususiyatlardan toʻgʻridan-toʻgʻri usullar bilan olingan xususiyatlarga oʻtish koeffitsiyentlarini qoʻllash orqali amalga oshirilishi kerak.
75. Izlanishlar dasturida asoslanganda gruntlarni dala sharoitida tadqiq qilishning mazkur SHNQning 6-ilovasida keltirilmagan boshqa usullari (gruntlarni kotlovanda tajriba yoʻli bilan namlash, massivdagi gruntning kuchlanish holatini oʻlchash, namuna oluvchi (SPT usuli) bilan gruntlarni dinamik zondlash va boshqalar)ni qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
76. Gidrogeologik tadqiqotlar muhandislik-geologiya izlanishlari doirasida yerosti suvlari taʼsirini hisobga olishni talab qiladigan loyihaviy qarorlarni asoslash uchun amalga oshirilishi lozim.
77. Gidrogeologik tadqiqotlar vazifalariga quyidagilar kiradi:
yerosti suvlarining paydo boʻlishini, oziqlanishini hamda oqim yoʻnalishlarini, yerusti va yerosti suvlarining oʻzaro bogʻliqligini aniqlash;
gidrogeologik parametrlari va xususiyatlarini aniqlash;
yerosti suvlarining fizik xususiyatlarini, kimyoviy tarkibi va agressivligini aniqlash;
inshootlarni qurish va ulardan foydalanish jarayonida gidrogeologik sharoitlarning oʻzgarishini baholash.
78. Gidrogeologik tadqiqotlar doirasida hal qilinadigan vazifalarga koʻra quyidagi ish turlari amalga oshirilishi lozim:
fond materiallarini yigʻish, tahlil qilish va umumlashtirish;
koʻzdan kechirish tarzidagi (rekognossirovka) tekshirishlar;
gidrogeologik bur-quduqlarni burgʻilash;
yerosti suvlari rejimini kuzatish;
tajriba-filtratsiya ishlari (izlanishlarni oʻtkazishda, gidrogeologik hisob-kitoblarni);
gidroizogips (gidroizopez) va yerosti suvlari chuqurliklarining xaritalarini qurish;
oʻziga xos gidrogeologik tadqiqotlar;
gidrogeologik hisob-kitoblar;
gidrogeologik sharoitlarning oʻzgarish prognozi va himoya choralari uchun yerosti suvlarini hisobga olish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish (drenaj, ekranlar, pardalar).
79. Muhandislik-geologiya va gidrogeologik bur-quduqlarni burgʻilash jarayonida har bir suv qatlamlari uchun quyidagilarni bajarish kerak:
suv paydo boʻlish chuqurligini oʻlchash;
barqaror suv sathini aniqlash;
fizik xususiyatlari va kimyoviy tarkibini aniqlash uchun suv namunalarini olish (bur-quduqlarni pompalagandan soʻng).
80. Gidrogeologik bur-quduqlar filtr bilan jihozlanishi kerak.
Qoyatosh togʻ jinslarida, sinov oraligʻida filtr oʻrnatmasdan gidrogeologik ishlarni bajarishga yoʻl qoʻyiladi.
81. Filtr oʻrnatish oraligʻida gidrogeologik bur-quduqni burgʻilashda doimiy kolmatatsiyaga olib keluvchi eritma va reaktivlardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
82. Gidrogeologik bur-quduqlarni burgʻulash jarayonida suv sathining barqaror holatini aniqlash uchun burgʻilashni toʻxtatish, suvni nasos bilan haydab uni sathni toʻliq tiklanishini kuzatish bilan amalga oshirilishi kerak.
83. Qumli gruntlarda va darzlangan togʻ jinslarida barqaror suv sathini, bur-quduq tubini tozalab, suv sathi tiklanguncha 1-2 h vaqt oʻtganidan soʻng aniqlash kerak.
84. Gil gruntlarda alohida muhandislik-geologiya bur-quduqlar sathining oʻrnatilishini kuzatish davri uchun filtrlar bilan jihozlanishi kerak.
85. Yerosti suvlarining sathi, harorati va tarkibining oʻzgarish rejimini oʻrganish gidrogeologik bur-quduqlarda va quduqlarda amalga oshirilishi kerak.
86. Tajriba-filtratsiya ishlari quyidagilarni oʻz ichiga olishi lozim:
GOST 23278-2014 talablariga muvofiq bur-quduqlardan suv tortishni, bur-quduqlarga bosim orqali suv toʻldirish va quyishni, shurflarga suv quyishni;
yerosti suv sathini muntazam kuzatishni;
suv sarfini oʻlchash, bur-quduqlarning ichidagi suyuqlikni solishtirma elektr qarshiligini oʻlchash (resistivimetriyasi)ni.
87. Filtrlanish xususiyatlarini oʻrganish (nostatsionar filtrlash prognozi bilan bogʻliq boʻlmagan tadqiqotlarda) kamida uch kun davomida uchta kuzatuv bur-quduqlari bilan tajriba suv tortib olish va toʻldirish usulida amalga oshirilishi kerak.
Qoʻshimcha tadqiqot turi sifatida 8 h davomidagi yakka suv tortib olish va toʻldirish usulidan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda, bur-quduqlardan suv tortib olish va toʻldirish turlari va davomiyligi mazkur SHNQning 10-ilovasiga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
88. Filtrlanish xususiyati bosimsiz hamda qatlam tuzilishi turdosh boʻlmagan sharoitlarda, gidrogeologik parametrlarni aniqlash uchun kamida beshta kuzatuv bur-quduqlar bilan tajriba suv tortib olish va toʻldirish usuli qoʻllanilishi lozim.
89. Suv miqdori (debit)ni tanlash, kuzatuvlar davomiyligi, kuzatuv quduqlarini konstruksiyasi va joylashtirilishi dasturda asoslanishi kerak.
90. Har bir suv tashuvchi qatlam uchun qurilish maydonining chiziq boʻyicha oʻlchamlari 100 m dan ortiq boʻlgan holda, kamida ikkita toʻp (kust) suv tortib olish (toʻldirish) tajribasi oʻtkazilishi kerak.
91. Kichik oʻlchamli hududlarda bir toʻp (kust) jihozlanishi, har xil bur-quduqdan ikkita suv tortib olish va toʻldirish tajribasi oʻtkazilishi kerak.
92. Har xil gorizontlarning toʻp (kust) tajribasiga qoʻshimcha sifatida yakka suv suv tortib olish va toʻldirish oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyiladi.
93. Bir jinsli qumli qatlamning oʻtkazuvchanlik aeratsiya zonasini aniqlash uchun, yerosti suvlari shurf tubidan 2 m dan ortiq chuqurlikda va bu zonada gilli qatlamlarning yoʻqligida shurfga suv toʻldirish (naliv) usulini qoʻllash kerak.
94. Aeratsiya zonasida suv oʻtkazmaydigan qatlamda yotgan qum qatlamining oʻtkazuvchanligi va gravitatsion hajmi katta diametrli bur-quduqqa uzoq muddatli toʻldirish orqali ikkita kuzatuv bur-qudugʻi yordamida aniqlanishi lozim.
95. Togʻ jinslarining filtratsiyasi turli xilligini baholash quyidagi usullar yordamida bajarilishi kerak:
yakka suv tortib olish va toʻldirish, bosim ostida toʻldirish;
bur-quduq tubi orqali (oldindan tozalangan) interval tartibda yakka suv tortib olish va toʻldirish;
yerosti suv oqimini, solishtirma qarshiligini oʻlchash (geofizik usullar);
kuzatish bur-quduqlarini yarusli joylashtirish yoʻli bilan toʻp (kust) suv tortib olish va toʻldirish.
96. Gidroizogips (gidroizopyez) xaritalar va yerosti suvlarining chuqurligi xaritalari muhandislik-geologiya va gidrogeologik bur-quduqlarni burgʻilash davrida yerosti suvlari barqaror holatga kelganligini aniqlash asosida hamda avvalgi yillarda muhandislik izlanishlar natijalari va boshqa arxiv materiallari yordamida tuzilishi lozim.
97. Avvalgi yillardagi izlanish materiallari va boshqa mavjud arxiv materiallaridan foydalanish imkoniyati hududning gidrogeologik sharoitidagi oʻzgarishlarni hisobga olgan holda belgilanishi lozim.
98. Xaritalar ushbu izlanishlar va arxiv materiallaridan foydalangan holda qurilish maydonini oʻz ichiga olgan va undan katta boʻlgan hudud uchun tuzilishi kerak.
99. Gidroizogips xaritasidagi izoliniyalarning lokal quyuqlashishi va deformatsiyasi, shuningdek kesimlardagi erkin yuza yonbagʻirlarining oʻzgarishi ularning sabablarini tushuntirilishi bilan birga olib borilishi lozim.
100. Agar xarita masshtabi 1:10000 yoki undan katta boʻlsa, ulardagi mavjud va rejalashtirilgan bino va inshootlarning konturlari chizilgan boʻlishi kerak.
101. Chiziqli obyektlarni loyihalash boʻyicha muhandislik-geologiya izlanishlarini amalga oshirishda, agar topshiriqda ushbu talab mavjud boʻlsa, gidroizogips va yerosti suvlari chuqurliklarining xaritalarini tuzmaslikka yoʻl qoʻyiladi.
102. Maxsus gidrogeologik tadqiqotlar IV-toifali texnik murakkab va noyob obyektlar va murakkab gidrogeologik sharoitlarda III-toifali obyektlarni loyihalashtirish uchun quyidagilar amalga oshirilishi lozim:
massa almashinuvini va namlik uzatilishini oʻrganish;
inshoot va qiyaliklarning barqarorligiga yerosti suvlarining taʼsirini oʻrganish;
suv sathini pasaytirish vaqtida choʻkish deformatsiyalarni oʻrganish;
karst-suffozion jarayonlarning gidrodinamikasini oʻrganishni;
yerosti suvlari balansini, rejimini, yerusti va yerosti suvlari oʻrtasidagi aloqani oʻrganishni;
matematik gidrogeologik modellashtirishni.
103. Muhandislik-geologiya izlanishlarida suvli qatlamlarning gidrogeologik parametrlari va xususiyatlarini aniqlash usullarini tanlash mazkur SHNQning 8-ilovasiga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
104. Laboratoriya usullari bilan gruntlarning suv oʻtkazuvchanlik koeffitsiyentini Oʻz DSt 788:97 talablariga muvofiq texnik topshiriqda koʻrsatilganda amalga oshirilishi kerak.
105. Gidrogeologik hisob-kitoblar quyidagilarni loyihalashda bajarilishi kerak:
dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, qurilishi tabiiy tebranishlar amplitudasidan oshib ketishi va yerosti suvlarining oʻzgarishiga olib kelishi mumkin boʻlgan inshootlarni;
gidrotexnik inshootlarni;
yadro energiyasidan foydalanish inshootlarini;
chiqindilarni saqlash inshootlarini;
drenajini;
suv sathini tushirishni;
filtrlanishga qarshi ekranlarni;
meliorativ tizimlarni;
suvga toʻyingan koʻchki qiyaliklarda (yoki koʻchkilar jarayonlari taʼsir zonasida) qurilishni;
qurilishi suffozion va karst-suffozion deformatsiyalarning qayta tiklanishiga olib kelishi mumkin boʻlgan inshootlarni;
yerosti qismi bilan yerosti suvlari oqimining 2/3 yoki undan ortigʻini ochadigan inshootlarni.
106. Gidrogeologik va gidrogeomexanik hisob-kitoblar uchun dasturiy taʼminot tadqiqot vazifasiga muvofiqligi bilan belgilanishi, bunda hisob-kitob natijalari boʻyicha hisobot hujjatlari matematik model va dastur algoritmining tavsifini oʻz ichiga olishi kerak.
107. Hududni suv bosishi toʻgʻrisida xulosa topografik xarita, gidroizogips xaritasi, yerosti suvlari chuqurligi xaritasi va gidrogeologik hisob-kitoblar prognozi natijalari, chiziqli inshootlar uchun topografik xarita va muhandislik-geologiya kesimlar asosida tuzilishi lozim.
108. Statsionar kuzatuvlar quyidagilarni oʻrganish uchun bajarilishi kerak:
xavfli fizik-geologik jarayonlar (karst, surilmalar, sellar, gletcherlar, kriogen jarayonlar, suv omborlari, daryolar, koʻllar qirgʻoqlarining yemirilishi, togʻ jinslarini nurashi va boshqalar) rivojlanishining dinamikasini;
yerosti suvlari sathining koʻtarilishi, yerosti ishlovidagi hududlar sathining deformatsiyasi, hududlarning choʻkishi va choʻkuvchanligi, seysmik faollik natijalarini;
gruntlarning holat va xususiyatlarining oʻzgarishini, yerosti suvlarining sathi, harorati va gidrokimyoviy rejimini, gruntlarning mavsumiy muzlash va erish chuqurligini;
bino va inshootlar poydevor asosi gruntlarining choʻkishi, koʻpchishi, muhandislik himoya inshootlari holatlarini.
109. Statsionar kuzatuvlar, murakkab muhandis-geologik sharoitlarda va masʼul bino va inshootlar uchun, ularni loyihaoldi hujjatlar yoki loyihalash bosqichida boshlab va keyingi izlanishlar davrida davom ettirib, (agar xavfli fizik-geologik va muhandis-geologik jarayonlarning rivojlanish ehtimoli boʻlsa), obyektlarni qurish va ulardan foydalanish davrida (geologik muhit koʻrsatkichlarining lokal monitoringi) amalga oshirish kerak.
110. Statsionar kuzatuvlar geologik muhit alohida koʻrsatkichlarining makon va vaqtda oʻzgarishining miqdoriy koʻrsatkichlarini olishni taʼminlash kerak.
111. Statsionar kuzatuvlarni maxsus jihozlangan punktlar (maydonlar, hududlar, postlar, stansiyalar)da olib borish zarur.
Qurilish tugallangandan keyin ham kuzatuvlarni davom ettirishga yoʻl qoʻyiladi.
112. Statsionar kuzatuvlarni olib borishning eng samarali vositalari sifatida oʻlchovlar davriy ravishda bitta nuqtada yoki bitta profilda olib boriladigan geofizik rejim tadqiqotlaridan, mahkamlangan datchik va qabul qiluvchi uskunalar yordamida oʻlchashlardan hamda maxsus jihozlangan gidrogeologik bur-quduqlarda oʻtkaziladigan rejim kuzatuvlardan foydalanish kerak.
113. Kuzatuvlar tarkibi (turlari, kuzatuv punktlarini joylashtirish), ishlar hajmi (punktlar soni, statsionar kuzatuvlarning davriyligi va davomiyligi), statsionar kuzatuvlarni olib borish usullari (vizual yoki instrumental) va kuzatuvlar aniqligini izlanishlar dasturida, tabiiy va texnogen sharoitlar, oʻrganilayotgan hududning maydoni, bino va inshootlarning toifalari va loyihalash bosqichlariga bogʻliq ravishda asoslash lozim.
114. Izlanishlarning avvalgi bosqichlarida tashkil etilgan kuzatuvlar tarmogʻi mavjud boʻlsa, bu tarmoqdan foydalanish kerak.
Tarmoq amalda boʻlgan davrdagi olingan oʻlchovlar natijalariga koʻra kengaytirish (kamaytirish), kuzatuvlar chastotasiga (davriyligiga), oʻlchovlar aniqligiga va boshqa parametrlarga aniqlik kiritish zarur.
115. Kuzatuvlar muddati bir gidrologik yildan yoki jarayonning davom etish mavsumidan kam boʻlmasligi kerak.
Kuzatuvlar chastotasi (davriyligi) esa kuzatuvlar muddati davomida geologik muhit koʻrsatkichlarining ekstremal (maksimal va minimal) qiymatlarini qayd qilishi lozim.
116. Geodezik usullar bilan, gidrometeorologik omillar taʼsirida nomoyon boʻladigan aniq miqdoriy koʻrsatkichlarini aniqlash zarurati bilan bogʻliq geologik muhitning alohida olingan koʻrsatkichlari oʻzgarishining statsionar kuzatuvlarini SHNQ 1.02.08-19 ga muvofiq muhandislik-geodeziya yoki SHNQ 1.02.10-23 talablariga muvofiq muhandislik-gidrometeorologiya izlanishlarini amalga oshirish lozim.
117. Gruntlarning laboratoriya tadqiqotlarini bajarishda quyidagilar aniqlanishi kerak:
GOST 25100-2020 boʻyicha gruntlarni tasniflash xususiyatlari;
gruntlarning chuqurlik va maydon boʻylab bir xilda tuzilganligi;
grunt qatlamlarining fizikaviy va mexanik xususiyatlarini GOST 20522-2012 talablari boʻyicha normativ va hisoblangan qiymatlari;
obyektlarni qurish va ulardan foydalanish davrida gruntlarning holati va xususiyatlarining oʻzgarishi.
118. Muhandislik-geologiya izlanishlarida gruntlarning tarkibini, fizik va mexanik xususiyatlarini laboratoriyada aniqlanish turlari mazkur SHNQning 11-ilovasiga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
119. Yerosti va usti suvlarining hamda gilli gruntlarning kimyoviy tarkibini laboratoriya tadqiqotlari quyidagilar uchun amalga oshirilishi kerak:
fizik xususiyatlari va kimyoviy tarkibi boʻyicha yerosti suvlarining turini aniqlash;
yerosti suvlarining geologik va muhandis-geologik jarayonlarning rivojlanishiga taʼsirini baholash (karst, kimyoviy suffoziya);
gruntlarning shoʻrlanish darajasini baholash;
yerosti suvlari va gruntlarning yerosti suvlari bilan oʻzaro taʼsir zonasida joylashgan inshootlar materiallariga agressiv taʼsir koʻrsatish darajasini baholash.
120. Suvning fizik xossalarini va kimyoviy tarkibini aniqlash uchun mazkur SHNQning 12-ilovasida keltirilgan standartlari talablariga koʻra laboratoriya tahlillari oʻtkazilishi lozim.
121. Suv qatlamining toʻliq gidrokimyoviy tavsifini olish uchun, suvning toʻliq yoki maxsus kimyoviy tahlilini boʻlishi, suvni toʻliq kimyoviy tahlil qilish koʻrsatkichlari tarkibi mazkur SHNQning 12-ilovasiga muvofiq belgilanishi lozim.
Suvni maxsus kimyoviy tahlil qilish koʻrsatkichlari topshiriqqa asosan aniqlanishi kerak.
122. Yerosti suvlari va gruntlarning kimyoviy tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga koʻra, ularning beton konstruksiyalarga va temir-beton konstruksiyalarga boʻlgan taʼsir darajasini baholash QMQ 2.03.11-96 ga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
123. Gruntlarning yerosti (suvosti qismida) poʻlat konstruksiyalarga nisbatan korroziv agressivligi GOST 9.602-2016 talablari boʻyicha aniqlanishi lozim.
124. Xavfli geologik va muhandis-geologik jarayonlarni oʻrganish shaharsozlik jihatidan rejalashtirish sxemalarini asoslash, ularni loyihasini ishlab chiqish, qurilish maydonini (yoʻnalish) tanlash (investitsiyalarning texnik-iqtisodiy asoslari), arxitektura va qurilish loyihalari, qurilish, kapital qurilish obyektlarini rekonstruksiya va foydalanish, bino, inshootlar va muhandislik muhofazasi sxemalarini (loyihalarini) ishlab chiqishda amalga oshirilishi kerak.
125. Muhandislik-geologiya izlanishlari xavfli geologik va muhandis-geologik jarayonlarning tarqalishi va rivojlanishiga moyil boʻlgan hududlarda quyidagilar taʼminlanishi lozim:
xavfli geologik va muhandis-geologik jarayonlarning rejalashtirilgan qurilish maydonlariga taʼsir qilish imkoniyatlarini baholash;
rivojlangan xavfli geologik va muhandis-geologik jarayonlar hududlari chegaralarini aniqlagan holda qurilish hududining xaritasini tuzish;
xavfli geologik va muhandis-geologik jarayonlar hududga yetkazgan zarar darajasini baholash;
xavfli geologik va muhandis-geologik jarayonlarning shakllanishi va rivojlanishi shartlarining tavsiflash;
tabiiy sharoitda va loyihalashtirilgan inshootlarni qurish va ulardan foydalanish davrida xavfli geologik va muhandis-geologik jarayonlar rivojlanishining sifat va miqdoriy prognozini ishlab chiqish;
binolar va inshootlarni qurish va ulardan foydalanish jarayonida xavfli geologik va muhandis-geologik jarayonlarning rivojlanishini monitoring qilish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish.
126. Xavfli geologik va muhandis-geologik jarayonlarni oʻrganish natijasida SHNQ 1.02.07-19 talablariga muvofiq zarur maʼlumotlar olinishi kerak.
127. Seysmologik va seysmotektonik izlanishlar seysmik mintaqalarda (seysmikligi 6 ball va undan yuqori boʻlgan) har xil turdagi va maqsaddagi inshootlar uchun ishlarni bajarish qoidalarini belgilaydigan meʼyoriy hujjatlarga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
128. SMH, seysmik taʼsirning takrorlanish davriga qarab, seysmikligi 7 ball va undan yuqori boʻlgan seysmik mintaqalarda amalga oshirilishi kerak.
129. Agar maydon QMQ 2.01.03-19 talablariga muvofiq seysmik xususiyatlariga koʻra III-toifali gruntlardan iborat boʻlsa, seysmikligi meʼyoriy 6 ball boʻlganda SMH bajarilishi lozim.
130. Seysmik mintaqalarda muhandislik-geologiya izlanishlarini amalga oshirishda, seysmiklik bilan bogʻliq boʻlgan ikkilamchi taʼsirlarning namoyon boʻlish imkoniyatini hisobga olish kerak (masalan, nishab jarayonlarni faollashishi, gruntni suyulishi va boshqalar).
131. Loyihalashtirilayotgan hudud (maydon, yoʻnalish)ning muhandis-geologik sharoitlarini hozirgi holatini oʻrganish va xaritalashtirish uchun turli xildagi ishlar va tadqiqotlar majmuasini oʻz ichiga olgan muhandis-geologik sʼyomka amalga oshirilishi lozim.
132. Muhandis-geologik sʼyomka aniqligi (masshtabi), uning tarkibidagi izlanishlarning chuqurligi, ishlarning hajmi va turlari, shaharsozlik faoliyati turiga, muhandis-geologik sharoitlarining murakkabligiga, oʻrganilganligiga, loyihalashtirilayotgan bino va inshootlarning toifalari va ularning oʻlchamlariga qarab SHNQ 1.02.07-19 talablariga koʻra dasturda asoslanishi kerak.
133. Muhandis-geologik sʼyomka davomida quyidagilar oʻrganilishi lozim:
hudud (maydon, yoʻnalish)ning relyef;
grunt massivining geologik tuzilishi;
seysmik mintaqalardagi seysmotektonik xususiyatlari;
hududning geomorfologik va gidrogeologik sharoitlari;
gruntlarning tarkibi, holati va xususiyatlari;
geologik va muhandis-geologik jarayonlar.
134. Muhandis-geologik sʼyomka natijasi, muhandis-geologik hududlashtirish va muhandis-geologik sharoitlar xaritalari (umumiy, maxsus) boʻlib, ular shaharsozlik jihatidan rejalashtirishda, qurilish maydonlarini tanlashda (investitsiyalarni asoslashda), bino va inshootlarni loyihalashda, qurishda hisobga olinadigan muhandislik-geologiya omillarni aks ettirishi lozim.
135. Xaritalar sʼyomka masshtabiga mos keladigan masshtabda, yoki mayda masshtabda (agar topshiriq boʻyicha talab qilinsa yoki dasturda asoslangan boʻlsa) tuzilishi zarur.
1:10 000 va undan kattaroq miqyosdagi xaritalarda, mavjud va loyihalashtirilgan bino va inshootlarning joylashuvi koʻrsatilishi kerak.
136. Muhandis-geologik sharoitlarning umumiy xaritalarida hududning muhandis-geologik sharoitining murakkabligini belgilaydigan quyidagilar aks ettirilishi kerak:
geomorfologik (relyef, uning xususiyati, shakllari va genezisi);
geologik (paydo boʻlish sharoiti, gruntlarning tuzilishi, fizik-mexanik xususiyatlari, ularning tarqalishi);
gidrogeologik (yerosti suvlarining mavjudligi, tarqalishi, tabiati va kimyoviy tarkibi);
geodinamik (xavfli endogen geologik jarayonlar, tektonik yoriqlar, birinchi navbatda faol yoriqlar va vulqonlar);
muhandis-geologik (ekzogen geologik va muhandis-geologik jarayonlarning tarqalishi, abadiy muzlik va oʻziga xos gruntlar) va texnogen.
137. Muhandis-geologik maxsus xaritalarda (koʻchkilar xaritasi, hududning karst xaritasi, togʻ jinslarini yer yuziga chiqqan joylari xaritasi, gidrogeologik xarita, batafsil seysmik hududlashtirish xaritasi, SMH) har qanday omillar va xususiyatlar aks ettirilgan boʻlishi lozim.
Muhandis-geologik xaritalarni tuzishda qoʻllaniladigan shartli belgilar GOST 21.302-2013 talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
138. Mavjud bino va inshootlar poydevori asosining gruntlarini oʻrganish ishlarini bino va inshootlar kengaytirilayotganda, rekonstruksiya qilinayotganda va texnik qayta jihozlanayotganda, yangi, mavjud bino va inshootlar yaqinida (taʼsir doirasida) qurilayotganda hamda bino va inshootlar deformatsiya va avariyaga uchragan hollarda amalga oshirish kerak.
139. Mavjud bino va inshootlar poydevori asosining gruntlarini oʻrganish davomida korxonalar, binolar va inshootlarni qurish va ulardan foydalanish davrida muhandis-geologik sharoitlarning oʻzgarishini, shu jumladan relyefning oʻzgarishini, geologik tuzilishini, gidrogeologik sharoitlarini, gruntlarning tarkibi, holati va xususiyatlarini, muhandislik va geologik jarayonlarning faolligini aniqlash bilan birga quyidagi vazifalarni hisobga olish lozim:
bino va inshootlarning poydevoriga tushadigan muvaqqat va doimiy ogʻirliklar ortishi bilan ularning ustiga qoʻshimcha qavatlar qurish ehtimolini;
deformatsiyalar sabablarini aniqlash va ularning kelajakda rivojlanishining oldini olish chora-tadbirlarini belgilash hamda bino va inshootlardan foydalanishning normal sharoitlarini tiklashni;
bino va inshootlar asosi gruntlarining holatini, ularning qurilishi toʻxtatilgandan uzoq vaqt oʻtgandan keyin bino va inshootlarning ustiga qoʻshimcha qavatlar qurish ehtimoli va sharoitlarini;
mavjud bino va inshootlar va ular yoniga quriladigan qoʻshimcha bino va inshootlar orasidagi joyning holatini aniqlash va ularning barqaror turishini taʼminlovchi chora-tadbirlarini;
yertoʻla va boshqa yerosti inshootlarini suv bosish sabablarini.
140. Mavjud bino va inshootlar poydevori asosining gruntlarini oʻrganish davrida muhandis-geologik sharoitlarning bino va inshootlar qurilishi, ulardan foydalanish davrida oʻzgarishini aniqlash lozim.
Hududning relyefi, geologik tuzilishi, gidrogeologik sharoitlari, gruntlarning tarkibi, holati, fizik, mexanik va kimyoviy xususiyatlari, muhandis-geologik jarayonlar faolligining oʻzgarishini aniqlash kerak.
141. Shaharsozlik hujjatlarini tayyorlash va qurilish maydonlarini tanlash uchun muhandislik-geologiya izlanishlarning dastlabki bosqichida prognoz ishlari amalga oshirilishi lozim.
142. Prognoz tabiiy (geologik) oʻxshashliklar usullari yordamida amalga oshirilishi kerak:
qiyosiy-geologik usulda (hududda rejalashtirilgan texnogen taʼsir natijasida oldindan maʼlum boʻlgan muhandis-geologik sharoitlar majmuasidagi oʻzgarishlarni prognoz qilish);
muhandis-geologik oʻxshashliklar usulida (oʻxshash texnogen faoliyat olib borilayotgan muhandislik va geologik sharoitlar boʻyicha bir xil turdagi hudud bilan qiyosiy tahlil).
143. Bino va inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun loyiha hujjatlarini tayyorlashda miqdoriy prognoz tuzilishi kerak.
144. Miqdoriy prognoz mavjud usullar va tavsiyalarga muvofiq, fizik-matematik modellashtirish usullaridan foydalangan holda tuzilishi lozim.
145. Muhandislik-geologiya tadqiqotlar natijalariga koʻra, muhandislik-geologiya shartlarning hozirgi holatini baholash bilan birga ushbu sharoitlarning mumkin boʻlgan oʻzgarishlari prognozini texnik hisobotda koʻrsatilishi kerak.
146. Maʼlumotlarni xonaki qayta ishlashni dala ishlarini bajarish jarayonida (dastlabki, joriy qayta ishlash) va ular tugallangandan keyin hamda laboratoriya ishlari bajarilgandan keyin amalga oshirish kerak.
147. Dala ishlari jarayonida maʼlumotlarni dastlabki xonaki qayta ishlash amalga oshirilishi hamda dala ishlari va laboratoriya tadqiqotlari tugagach yakuniy xona sharoitida qayta ishlash amalga oshirilishi lozim.
148. Muhandislik-geologiya ishlarning toʻliqligi va sifati ustidan nazoratni taʼminlash va olingan oraliq natijalarga koʻra dasturni oʻz vaqtida tuzatish uchun materiallarni dastlabki xona sharoitida qayta ishlash amalga oshirilishi kerak.
149. Tadqiqot materiallarini dastlabki qayta ishlash jarayonida quyidagilar amalga oshirilishi kerak:
yoʻnalish (yoʻnalish) kuzatuvlarining yozuvlarini tizimlashtirish;
muhandis-geologik kovlamalarning tavsifini, tabiiy va sunʼiy ochilmalarning kesimlarini tekshirish;
gruntlarni dala sharoitida tekshirish grafiklarini, togʻ kovlamalarining tavsiflari va qaydnomalari, laboratoriya tekshirishlari uchun olingan gruntlar va suv namunalarining tavsiflari va qaydnomalarini tartibga solish;
muhandislik-geologiya ishlarning ayrim turlarini (muhandislik-geofizik, muhandislik-geologiya ishlarni olib borish, dala sinovlari va gruntlarni dala laboratoriya tadqiqotlari) oʻzaro solishtirish;
togʻ kovlamalarining bayonlari dastlabki muhandislik-geologiya kesimalari, faktik materiallar xaritasi, dastlabki muhandislik-geologiya va gidrogeologik xaritalar va ularning tushuntirish xatlarini tuzish.
150. Oʻrganilayotgan hududning (maydon, yoʻnalish) faktik materiallari xaritasida quyidagilar aks ettirilishi lozim:
kuzatuv nuqtalari va koʻzdan kechirish tarzidagi (rekognossirovka) tekshirishlarning yoʻnalishlari;
muhandislik-geologiya va gidrogeologik bur-quduqlar, ularning raqamlari (mavjud zaxira materiallari boʻyicha) ogʻiz belgisi (ustya), burgʻilash chuqurligi;
gruntlarni dala sinovlari va geofizik tadqiqotlar nuqtalari;
raqamlangan muhandislik-geologiya kesim chiziqlari va geofizik profillari;
loyihalanayotgan va mavjud binolar va inshootlarning tavsiya etilgan joylashuv chegaralari (loyiha hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha ikkinchi bosqichda binolar va inshootlarning konturlari umumiy rejaga muvofiq qoʻllanilishi lozim).
151. Yakuniy xonaki ishlar jarayonida quyidagilar bajarilishi kerak:
dastlabki materiallarni aniqlashtirish va qayta ishlab chiqish (dala ishlari va laboratoriya tadqiqotlari natijalari asosida);
matnli va grafik ilovalarni ishlab chiqish;
muhandislik-geologiya izlanishlari natijalari boʻyicha, hududning muhandis-geologik sharoitlari toʻgʻrisidagi barcha kerakli maʼlumotlar va ularni oʻz ichiga olgan texnik hisobotlarni tayyorlash, bino va inshootlarni qurish va ulardan foydalanish vaqtida mumkin boʻlgan oʻzgartirish kiritilishini prognoz qilish.
152. Muhandis-geologik xaritalar, kesimalar va muhandis-geologik kovlamalarning kolonkalarini grafik shakllarda tasvirlashda, geomorfologiya, gidrogeologiya, tektonik, gruntlar qatlamlarining yotish elementlarini shartli belgilarini hamda gruntlar va ularning litologik xususiyatlarini GOST 21.302-2013 talablariga koʻra qabul qilinishi kerak.
5-bob. Loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish uchun bajariladigan muhandislik-geologiya izlanishlari
153. Loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish uchun bajariladigan muhandislik-geologiya izlanishlari loyihalanayotgan qurilish hududi (maydoni, yoʻnalish)ning muhandis-geologik sharoitlarini oʻrganishni va ularning qurilish va bino-inshootlardan foydalanish davrida oʻzgarishini prognoz qilishni taʼminlashi kerak.
154. Loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish uchun bajariladigan muhandislik-geologiya izlanishlari quyidagi hollarda amalga oshirilishi lozim:
mintaqalar va Oʻzbekiston Respublikasi hududlari uchun har xil turdagi sxemalar, konsepsiyalar va reja-dasturlar tuzishda;
shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishda;
korxonalar, bino va inshootlar qurilishiga investitsiyalarni asoslashni ishlab chiqishda.
155. Hududning muhandislik-geologiya izlanishlari materiallari, ishlab chiqarish kuchlarining tarmoqlarini joylashtirish bosh rejalarini tuzish, hududlarni kompleks baholash va ulardan foydalanish, qurilish obyektlarini joylashtirish, asosiy transport va muhandislik kommunikatsiyalari yoʻnalishlari boʻyicha loyihaviy yechimlar qabul qilish hamda xavfli geologik va muhandis-geologik jarayonlardan muhandislik himoyasining umumiy sxemalari asoslarini ishlab chiqish maqsadida ishlab chiqilayotgan loyihaoldi hujjatlari uchun mavjud geologik, gidrogeologik va boshqa xaritalardan foydalanish asosida 1:100000-1:200000 va undan mayda masshtabdagi muhandislik-geologiya hududlashtirish xaritalarini tayyorlashni taʼminlashi kerak.
156. Daryo energetikasi va suv resurslaridan foydalanish sxemalarini ishlab chiqishni asoslash uchun oʻrganilayotgan hudud muhandis-geologik sharoitlari toʻgʻrisidagi (koʻzdan kechirish (rekognossirovka) tekshirishlari natijasida qoʻshimcha olingan va yigʻilgan) materiallar, 1:25000-1:50000, stvorlar hududlarida esa 1:5000 dan mayda boʻlmagan masshtablardagi muhandislik-geologiya xaritalar tuzish uchun yetarli boʻlishi lozim.
157. Tuzilayotgan loyihaoldi hujjatlar turlari uchun avvalgi yillarda yigʻilgan, aerokosmik va boshqa materiallar yetarli boʻlmaganda, koʻzdan kechirish (rekognossirovka) tekshirishlari yoki muhandis-geologik sʼyomkalari bajarilishi kerak.
158. Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish uchun muhandislik-geologiya tadqiqotlarga mos keladigan muhandis-geologik sʼyomkalar SHNQ 1.03.02-23 da shaharsozlik hujjatlari uchun belgilangan masshtablarda bajarilishi lozim.
159. Qurilish obyektining loyihaoldi hujjatlari uch bosqichda amalga oshirilishi lozim:
investitsiya maqsadini aniqlash;
dasturni ishlab chiqish;
qurilish obyektiga investitsiyalar kiritishni asoslashni ishlab chiqish.
160. Investitsiya maqsadini aniqlash bosqichida muhandislik-geologiya izlanishlari materiallari tashqi kommunikatsiyalarni rivojlantirish va obyektni xavfli fizik-geologik va muhandis-geologik jarayonlardan muhandislik muhofazasi zaruratini hisobga olgan holda, qurilish obyektlari joylashtirilishi moʻljallangan hududning muhandis-geologik sharoitlarini baholashni, chiziqli inshootlar yoʻnalishlarini (magistral quvuroʻtkazgichlar, temir va avtomobil yoʻllari) tanlash kerak.
161. Loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish uchun bajarilgan muhandislik-geologiya izlanishlari, mavjud geologik, gidrogeologik va boshqa tegishli masshtabdagi xaritalar hamda aero va kosmos suratlardan foydalanish asosida 1:50000-1:200000 va undan kichik masshtabdagi muhandislik-geologiya xaritalari tuzish lozim.
162. Materiallar yetarli boʻlmaganda hamda ularni yangilashda ushbu SHNQning 28 — 39-bandlariga koʻra koʻzdan kechirish tarzidagi (rekognossirovka) tekshirishlar bajarilishi kerak.
163. Koʻzdan kechirish tarzidagi (rekognossirovka) tekshirishlar jarayonida bajariladigan ishlarning tarkibi va hajmi izlanishlar dasturida asoslangan boʻlishi kerak.
164. Investitsiya maqsadini aniqlash bosqichida bajarilgan muhandislik-geologiya izlanishlarining materiallari asosida muhandis-geologik hududlashtirish xaritasi tuzilishi lozim.
165. Dasturni ishlab chiqish bosqichida mintaqalarni rivojlantirish dasturlari va sxemalarida qabul qilingan yechimlarni hisobga olgan holda, tanlab olingan hududda, obyektning muhandislik muhofazasiga va tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlarini hisobga olgan holda, investitsiya kiritish imkoni baholanishi kerak.
166. Dasturni tayyorlash uchun mavjud materiallar asosida, maydonning muhandis-geologik sharoitlariga taʼsir etuvchi yondosh hududlarni qoʻshgan holda, maydondan tashqaridagi kommunikatsiyalar joylashgan qurilish hududining muhandislik-geologiya xaritalari tuzilishi lozim.
167. Dasturni ishlab chiqish bosqichida bajarilgan muhandislik-geologiya izlanishlari materiallari asosida talab qilingan masshtabdagi muhandislik-geologiya xaritasi va qurilish obyekti joylashtirilishi moʻljallangan hududning muhandis-geologik sharoitlari toʻgʻrisida xulosa (texnik hisobot) tuzilishi lozim.
168. Texnik xulosada obyektning muhandislik muhofazasi zarurligi, tabiatdan foydalanish sharoitlari va tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlarining zarurligi toʻgʻrisida maʼlumotlar keltirilgan boʻlishi kerak.
169. Korxonalar, bino va inshootlar qurilishiga investitsiyalarni asoslash uchun bajariladigan muhandislik-geologiya izlanishlari quyidagi qurilish obyektining geologik muhitga taʼsirini baholash bilan bogʻliq zarur maʼlumotlar va materiallar olishni taʼminlashi lozim:
qurilish maydoni (yoʻnalish)ni tanlash;
oʻta yirik va murakkab bino-inshootlarning hajmiy-rejaviy va konstruktiv yechimlarni qabul qilish va ularning muhandislik muhofazasi;
qurilish obyekti joylashtirilishi moʻljallangan hududning muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalariga ulanadigan joygacha chiziqli inshootlar yoʻnalishlari sxemasini tuzish;
obyektning bosh rejasi sxemasini (ajratilgan yer hududining maydonini aniqlash bilan).
170. Korxonalar, binolar va inshootlar qurilishiga investitsiyalarni asoslab berish uchun muhandislik-geologiya tadqiqotlar davomida oʻtgan yillardagi tadqiqot materiallarini yigʻish, qayta ishlash va muqobil hududlarning muhandis-geologik sharoitlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish va qayta ishlash, shuningdek ayero va kosmik materiallarning deshifrovkasini amalga oshirish kerak.
171. Yerni masofadan turib zondlash materiallarining deshifrovkasini uch bosqichda amalga oshirish kerak:
dala ishlaridan avval dastlabki deshifrovka qilish;
dala sharoitida deshifrovka qilish;
materiallarni xona sharoitida qayta ishlash va texnik hisobot tuzish davrida deshifrovka qilish.
172. Agar mavjud materiallar hududni baholash boʻyicha hujjatlarni asoslash uchun yetarli boʻlmasa, koʻzdan kechirish tarzidagi (rekognossirovka) tekshirishlar yoki maydonning muhandis-geologik sʼyomka ishlarini 1:25000-1:10000 masshtabda mazkur SHNQning 1-jadvaliga muvofiq va chiziqli inshootlar yoʻnalishining yoʻllari 1:50000-1:25000 masshtabda bajarilishi lozim.
173. Loyihalashtirilayotgan obyektlarning xususiyatini hisobga olgan holda sʼyomka masshtabini yiriklashtirish yoki kichiklashtirish izlanishlar dasturiga asoslagan holda amalga oshirish kerak.
174. Muhandis-geologik sharoitlarining murakkablik darajasi II va III boʻlganda muhandislik-geologiya izlanishlarini loyiha bosqichi hajmida amalga oshirishga yoʻl qoʻyiladi.
175. Muhandis-geologik sʼyomka chegarasini, geomorfologik elementlar va gidrografiya tarmoqlarining holati, fizik-geologik va muhandis-geologik jarayonlar rivojlanishi va qurilish obyektlari bilan geologik muhitning oʻzaro taʼsir doirasi chegarasini hisobga olgan holda aniqlash lozim.
176. Hudud doirasi chegarasida tegishli masshtabdagi muhandis-geologik sʼyomkasini bajarganda kuzatuv nuqtalari (kovlamalar) miqdorini mazkur SHNQning 1-ilovasiga muvofiq muhandis-geologik sharoitlarning murakkablik darajasiga bogʻliq ravishda, oʻrganilayotgan hudud yoki uning alohida olingan qismining (mavjud togʻ jinslari ochilmalarining hisobiga togʻ kovlamalari miqdorini kamaytirishni koʻzda tutib) ochiqlik darajasini hisobga olgan holda quyidagi 1-jadvalga koʻra aniqlash kerak.
177. Izlanishlar dasturida togʻ kovlamalarining bir qismini zondlash va geofizik tadqiqotlar nuqtalari bilan almashtirishga (biroq 25 foizdan oshmasligi kerak) yoʻl qoʻyiladi.
178. Togʻ kovlamalarining miqdorini avval kovlangan kovlamalarni hisobga olgan holda belgilash kerak.
Avval yetarli miqdorda kovlamalar kovlangan hududda, muhandis-geologik sharoitlar oʻzgarishini hisobga olgan holda, qoʻshimcha ravishda nazorat kovlamalari kovlanishi lozim (avvalgi kovlamalardan 5 foizdan kam boʻlmasligi kerak).
179. Togʻ kovlamalari va kuzatuv nuqtalarining miqdori murakkab muhandis-geologik sharoitli hududlar va har xil geomorfologik elementlar va landshaft turlari birikkan joylarda koʻpaytirilishi kerak.
180. Muhandis-geologik sʼyomkasi olib borilganda togʻ kovlamalarining chuqurligi, loyihalanayotgan obyektning geologik muhit bilan oʻzaro taʼsiri doirasidagi geologik tuzilish va gidrogeologik sharoitlarni aniqlashni taʼminlashi lozim.
181. Oʻziga xos xususiyatga ega gruntlar (choʻkuvchan, koʻpchuvchan, shoʻrlangan, oʻta siqiluvchan, texnogen va boshqalar) tarqalgan hududlarda kovlamalar bu gruntlarning qatlamini toʻliq kesib oʻtishi yoki bu gruntlar bino va inshootlarning mustahkamligiga taʼsir qilmaydigan chuqurlikkacha kovlanishi kerak.
Xavfli muhandislik-geologiya va tabiiy-geologik jarayon hamda hodisalar tarqalgan hududlarda kovlamalar ularning faol qatlamidan 3 — 5 m chuqurroq kovlanishi kerak.
182. Muhandislik-geologik sʼyomkasi olib borilganda qurilishning sohaviy xususiyatlarini aks ettiruvchi talablarni inobatga olish kerak.
183. Muhandis-geologik sʼyomkasining tarkibiga kiruvchi ayrim izlanish ishlarini ularni amalga oshirishning umumiy texnik talablariga koʻra bajarish lozim.
184. Loyihalashtirilayotgan chiziqli inshootlar yoʻnalishlari boʻylab bajariladigan muhandislik-geologiya izlanishlarida kuzatuv nuqtalarini, togʻ kovlamalarini, yoʻnalish yoʻli chegarasida uning oʻqi boʻylab, koʻndalang tushgan stvorlarda, suv oʻtkazgichlardan oʻtish joylarida va boshqa chiziqli inshootlar bilan kesishgan joylarda hamda relyefning xususiyatli elementlarida (yonbagʻir, jarliklarning qirgʻoqlari, talveglar, botqoqlangan qismlar) joylashtirish kerak.
185. Chiziqli inshootlar yoʻnalishlari uchun izlanishlar chizigʻining kengligi, togʻ kovlamalari chuqurligini va ular orasidagi oʻrtacha masofani mazkur SHNQning 2-jadvalida keltirilgan talablar inobatga olinishi lozim.
186. Chiziqli inshootlar yoʻnalishining optimal yoʻnalishlarini buyurtmachi izlanishlar boshlangunga qadar aniqlashi va chizmada belgilab berishi kerak.
Izohlar:
1. Oʻziga xos xususiyatga ega gruntlar, xavfli muhandislik-geologiya va tabiiy-geologik jarayon va hodisalar tarqalgan hududlarda va individual loyihalashda uch-beshta kovlamalardan iborat alohida koʻndalang stvorlar tuzilishi hamda kovlamalar orasidagi masofani qisqartirish kerak. Kovlamalar chuqurligini mazkur SHNQning 181-bandi talablariga koʻra belgilash lozim.
2. Havo orqali elektr uzatish yoʻllari tayanch ustunlarini yoki qoziq oyoqli poydevorlardagi boshqa inshootlarni loyihalashda kovlamalar chuqurligini mazkur SHNQning 357-bandi talablariga koʻra belgilanishi kerak.
3. Bitta yoʻlak (koridor)da bir nechta chiziqli inshootlar yoʻnalishlari oʻtkazilganda kovlamalar miqdori va chuqurligini, izlanishlar dasturida, chiziqli inshootlarning tegishli turlari uchun maksimal chuqurlik va minimal masofalardan kelib chiqib belgilash zarur.
187. Muhandis-geologik sʼyomkasining hududi va maydonlarining chegaralari (variantlarini) hamda geomorfologik va orogidrografik elementlar holatini, muhandis-geologik sharoitlarning murakkablik darajasini, fizik-geologik va muhandislik-geologiya jarayonlar rivojlanishini va qurilish obyektining geologik muhit bilan oʻzaro taʼsir doirasini hisobga olgan holda belgilash lozim.
188. Muhandis-geologik sʼyomkasi davomida togʻ kovlamalari geomorfologik elementlar va geologik jismlar chegaralariga normal moslangan stvorlarda (oʻzgaruvchanlikning asosiy yoʻnalishlari boʻylab), tektonik tuzilmalarni hisobga olgan holda hamda suv oʻtkazgichlar va chiziqli inshootlar yoʻnalishlari boʻylab joylashtirilishi kerak.
189. Xavfli geologik jarayonlar rivojlanadigan va loyiha yechimlarini tanlashni belgilaydigan oʻziga xos xususiyatga ega gruntlar tarqalgan hududlarda, chiziqli inshootlar yoʻnalishi boʻylab alohida koʻndalang joylashtirilgan uch-beshta bur-quduq joylashtirish, shuningdek muhandislik-geologik sʼyomka kengligini oshirish lozim.
190. Muhandislik-geofizik izlanishlar quyidagi masalalarni yechishda bajarilishi lozim:
togʻ kovlamalari orasidagi geologik tuzilmani aniqlash (togʻ jinslarining yuqori qismini holatini, toʻrtlamchi davr yotqiziqlarining qalinligi va nurash qobigʻini);
qoyatosh va boʻshang gruntlarning kesimining turli litologik tarkibi va holatidagi qatlamlarga ajratish;
yorilish kuchaygan zonalar, tektonik yoriqlar, geodinamik zonalar va faol yoriqlar tuzilmalarini va chegaralarini aniqlash;
gidrogeologik sharoitlarni oldindan baholash;
xavfli geologik va muhandislik-geologiya jarayonlarning chegaralarini aniqlash.
191. Geofizik kuzatuvlarning profillari va nuqtalari soni mazkur SHNQning 5-ilovasidagi talablarni hisobga olgan holda muhandislik-geologiya izlanishlari bilan belgilanishi lozim.
Tanlangan anomal hududlarda kuzatuv tarmogʻi koʻpaytirilishi kerak.
192. Gruntlarning fizikaviy va mexanik xususiyatlarini oldindan baholash uchun mazkur SHNQning 13-ilovasida keltirilgan oʻxshash gruntlarga korrelyatsion bogʻliqliklardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
193. Dala sharoitida gruntlarni tadqiq qilish ishlari gruntlarning fizik, deformatsiya va mustahkamlik xususiyatlarini massivda oʻrganish, gruntlar xususiyatlarining makonda oʻzgarishini baholash, geologik kesimlarni ajratish, boʻshang va boshqa gruntlar linza va qatlamlarini chegaralash maqsadida oʻtkazilishi kerak.
Izlanishlarning ushbu bosqichida mazkur SHNQning 7‑ilovasiga muvofiq zondlash ishlari amalga oshirilishi, ushbu ishlarning koʻlami izlanishlar olib borilayotgan maydonlarda geotexnik sharoitlarning murakkabligini hisobga olgan holda izlanishlar dasturida belgilanishi lozim.
194. Statik va (yoki) dinamik zondlash nuqtalarning soni har bir geomorfologik elementlar boʻyicha kamida oltitadan iborat boʻlishi lozim.
195. Gidrogeologik tadqiqotlar, gruntlarning suv oʻtkazuvchanligi (filtratsiya) koeffitsiyentini aniqlash uchun bajarish kerak.
196. Bur-quduqlarni qazish jarayonida yoki ularni qazib boʻlgandan soʻng suv tortib olish va toʻldirish usulini qoʻllash lozim.
Bitta suvli gorizontda (bir turdagi gruntlar tarqalgan hududlarda) kamida oltita tajriba-sinov suv tortib olish va toʻldirish oʻtkazilishi lozim.
197. Qurilish obyekti va geologik muhit taʼsiri doirasidagi har bir suvli gorizontdan kamida uchtadan suv namunasini mazkur SHNQning 12-ilovasiga koʻra kimyoviy tahlil uchun olish lozim.
198. Statsionar kuzatuvlarni murakkab muhandis-geologik sharoitlarda, ular loyiha yechimini qabul qilishda hal qiluvchi rol oʻynagan hollarda hamda muhandis-geologik sharoitlar ayrim omillarining vaqt mobaynida oʻzgarishini oʻrganish uchun mazkur SHNQning 108 — 116-bandlariga koʻra tashkil qilish va bajarish kerak.
199. Grunt xususiyatlarini aniqlashning laboratoriya usullarini GOST 25100-2020 talablariga koʻra tasniflash uchun ularning tarkibi, holati, fizik, mexanik va kimyoviy xususiyatlarini GOST 5180-2015 talablariga muvofiq amalga oshirish kerak.
200. Gruntlar qatlamidan namunalar olish GOST 12071-2014 talablariga koʻra amalga oshirish lozim.
201. Izlanishlar jarayonida har bir asosiy litologik qatlamdan olingan gruntlar namunasining miqdori oltitadan kam boʻlmasligi kerak.
202. I va II toifali bino va inshootlar uchun gruntlarning deformatsiya va mustahkamlik xususiyatlarini Oʻzbekiston Respublikasidagi lyossimon gruntlarning normativ va hisobiy koʻrsatkichlari jadvallariga asosan aniqlashga yoʻl qoʻyiladi.
203. Yirik boʻlakli va qoyatosh gruntlarning taxminiy tarkibi va holatini ularni vizual tekshirib yozish (petrografik tarkibi, boʻlaklar oʻlchami, ularning foizda keltirilgan miqdori, toʻldirgichning tarkibi va holati, darzliklar va nurash darajalari) natijalariga koʻra, maʼlumotnoma va jadvallardagi maʼlumotlardan foydalangan holda hamda geofizik tadqiqotlar natijalariga koʻra aniqlab keltirish lozim.
204. Loyihaoldi hujjatlar uchun olib borilgan izlanishlarda gruntlarning xususiyatlarini aniqlash uchun muhandis-geologik analoglar usulidan foydalanishga ham yoʻl qoʻyiladi.
205. Loyihaoldi hujjatlar uchun hududi katta maydonlarda (hududni kompleks baholash va undan foydalanish, qurilish obyektlarini joylashtirish, hududni va obyektni xavfli fizik-geologik va muhandislik-geologiya jarayonlardan muhandislik muhofazasi va boshqalar) olib borilgan izlanishlarda muhandislik-geologiya va gidrogeologik sharoitlar oʻzgarishini prognoz qilishni, qiyosiy-geologik usullardan foydalangan holda sifat prognozi shaklida (tabiiy va muhandislik-geologiya analoglar usullari) amalga oshirish kerak.
206. Izlanishlar hududidagi muhandis-geologik sharoitlar oʻzgarishini prognoz qilish natijasida quyidagilar belgilab olinishi kerak:
maʼlum tur va masshtabdagi fizik-geologik va muhandis-geologik jarayonlar paydo boʻlishi va rivojlanishi ehtimoli;
gruntlarning tabiiy va texnogen omillar taʼsirida tarkibi va holati oʻzgarishi ehtimolining xususiyati va yoʻnalishlari, gruntlarning oʻziga xos xususiyatlarining namoyon boʻlishi va ularning taxminiy xususiyatlari hamda tabiiy jarayonlar xavfining darajasini va muhandis-geologik sharoitlar ayrim omillarining oʻzgarish yoʻnalishlari.
207. Loyihaoldi hujjatlari ishlab chiqish uchun bajarilgan muhandislik-geologiya izlanishlari natijalariga koʻra tuziladigan texnik hisobot quyidagi keltirilgan mazmundagi boʻlimlarni oʻz ichiga olishi lozim:
kirish qismida — ishlarni amalga oshirish uchun asosni;
muhandislik-geologiya izlanishlar vazifalarini;
muhandislik izlanishlar hududi (maydon, yoʻnalish, ularning variantlari)ning joylashgan joyini;
loyihalanayotgan obyekt toʻgʻrisida maʼlumotni;
bajarilgan ishlar turi, hajmi, ularni bajarish muddatlarini;
ish turlarini amalga oshirish uslubini;
ijrochilar tarkibini;
izlanishlar dasturidan ogʻishishlar va ularni asoslashni.
208. Muhandis-geologik sharoitlar oʻrganilganligi boʻlimida quyidagilar keltirilishi kerak:
avval bajarilgan muhandislik izlanishlar va tadqiqotlar xususiyati, mohiyati va chegaralari;
ishlar amalga oshirilgan davr va asosiy natijalar;
muhandis-geologik sharoitni baholash uchun ulardan foydalanish imkoniyatlari;
hududni oʻzlashtirish va undan foydalanish toʻgʻrisida maʼlumotlar;
mahalliy qurilish tajribasi.
209. Fizik-geografik va texnogen sharoitlar boʻlimida quyidagilar keltirilishi lozim:
relyef, iqlim, gidrografiya, geomorfologiya, oʻsimliklar, gruntlar, texnogen bosim haqida maʼlumotlar;
muhandislik muhofazasining holati va uning samaradorligi, bino va inshootlar asosining deformatsiyasi (agar ular mavjud va aniqlangan boʻlsa) xususiyati va yuz berishining sabablari.
210. Geologik tuzilishi boʻlimida quyidagilar keltirilishi lozim:
stratigrafik — genetik komplekslar;
gruntlarning yotish sharoitlari;
gruntlarning genetik tur boʻyicha ajratilgan qatlamlarining litologik-petrografik tavsifi;
hududning tektonik tuzilishi va neotektonikasi.
211. Gidrogeologik sharoitlar boʻlimida quyidagilar keltirilishi lozim:
gidrogeologik tadqiqotlarni bajarish usullari;
yerosti suvlarining tutgan oʻrni, ularning tarqalishi, yotish sharoitlari;
yerosti suvlarini toʻyinish manbasi;
yerosti suvlarining kimyoviy tarkibi;
loyihalanayotgan bino va inshootlar taʼsiri ostida gidrogeologik sharoitlarning oʻzgarish ehtimolini baholash kabi maʼlumotlar.
Gidrogeologik sharoitlar loyiha yechimlariga katta taʼsir koʻrsatganda alohida boʻlim tarzida, boshqa hollarda ularning tavsifi geologik tuzilish boʻlimida keltirilishi lozim.
212. Gruntlarning tabiiy-mexanik xususiyatlari boʻlimida gruntlarning ajratilgan turlari (qatlami)ning tarkibi, holati, tabiiy, mexanik va kimyoviy xususiyatlarining tavsifi va ularning makonda oʻzgaruvchanligi keltirilishi kerak.
213. Oʻziga xos xususiyatli gruntlar (choʻkuvchan, koʻpchuvchan, organik va organomineral, shoʻrlangan, elyuvial, texnogen) tarqalgan hududlarda muhandislik-geologiya izlanishlari olib borilganda qoʻshimcha tarzda quyidagi maʼlumotlar keltirilishi lozim:
oʻziga xos xususiyatli gruntlar mavjudligi va ularning tarqalganligi;
gruntlarning relyefning maʼlum shakllariga va geomorfologik elementlarga tegishliligi;
tarqalish chegaralari;
qalinligi va yotish sharoiti;
genezisi va shakllanish xususiyatlari;
relyefning xususiyatli shakllari;
litologik va mineral tarkibi;
holati va oʻziga xos xususiyatlari.
214. Tabiiy-geologik va muhandislik-geologiya jarayonlar boʻlimida quyidagilar keltirilishi kerak:
tabiiy-geologik va muhandislik-geologiya jarayonlar (karst, yonbagʻir jarayonlar, sellar, daryolar, koʻllar, Orol dengizi va suv omborlari qirgʻoqlarni yemirilishi, yerosti suvlari koʻtarilishi, yerosti ishlovidagi hududlar, seysmik hududlar);
ularning maydonlari va tarqalish chuqurligi;
jarayonlarning turlanishi va relyefning shakllariga, geomorfologik elementlariga, grunt turiga, gidrogeologik sharoitlarga, texnogen taʼsirning turlari va maydonlarga tegishliligi;
har bir jarayon rivojlanishining oʻziga xos xususiyatlari;
jarayonlar rivojlanishining sabablari, omillari va sharoitlari;
mavjud muhandislik muhofazasi inshootlarning holati va samaradorligi;
obyektlar bilan geologik muhit oʻzaro taʼsiri doirasida jarayonlarning zamon va makonda rivojlanishining prognozi;
geologik va muhandislik-geologiya jarayonlardan keladigan xavf va uni inobatga olmasdan tavakkal qilish ehtimolini baholash;
hududdan foydalanish, muhandislik muhofazasi chora-tadbirlari va inshootlari qurish boʻyicha, shuningdek mavjudlarini rekonstruksiyalash boʻyicha takliflar.
215. Muhandis-geologik sharoitlar va hududlashtirish boʻlimida quyidagilar keltirilishi lozim:
qurilishga taʼsir qiluvchi geomorfologik sharoitlar, geologik tuzilish, gidrogeologik sharoitlar, gruntlar xususiyatlari, tabiiy-geologik va muhandis-geologik jarayonlar va boshqa omillarni oʻrganishning asosiy natijalari;
muhandislik-geologiya xaritada ajratilgan taksonlar (hududlar, tumanlar, hudud va boshqalar)ning asoslangani va tavsifi bilan obyektlarning qurilish hamda ulardan foydalanish jarayonida, geologik muhit oʻzgarishining prognozini hisobga olgan holda qurilish uchun oʻzlashtirilish qulayligi boʻyicha, hududdagi muhandislik-geologiya tavsifi;
maydon va yoʻnalishlar variantlarini qiyosiy baholash;
hududning muhandislik muhofazasi hamda uni tayyorlash va oʻzlashtirish ehtimoli boʻyicha tavsiyalar.
216. Muhandis-geologik izlanishlari natijalari boʻyicha xulosada bajarilgan ishlarning qisqacha natijalari va loyiha yechimlarini qabul qilish uchun maxsus ishlar va tadqiqotlar zarurligi toʻgʻrisida tavsiyalar berilishi kerak.
217. Foydalanilgan adabiyot roʻyxatida hisobot tuzilishi uchun foydalanilgan normativ hujjatlar, arxiv materiallari va nashr etilgan adabiyotlar roʻyxati keltirilishi kerak.
Bunda, hisobotning tuzilishini (boʻlim va qismlar soni hamda nomini) izlanishlar vazifasiga va hududning muhandis-geologik sharoitiga bogʻliq ravishda oʻzgartirishga hamda hisobot oʻrniga xulosa tuzilganda, ayrim boʻlimlarni qoʻshib yuborishga yoʻl qoʻyiladi.
Tabiiy-geologik va muhandislik-geologiya jarayonlar boʻlimi, bu jarayonlar faol rivojlangan hamda loyiha yechimlariga hal qiluvchi taʼsir koʻrsatganda alohida ajratib yozilishi kerak.
Grunt qurilish materiallarni yoki yerosti suvlari asosida suv taʼminoti manbalarini izlash talablari qoʻyilgan boʻlsa, bunda bu izlanishlar natijalari alohida boʻlimlarda keltirilishi lozim.
218. Loyihaoldi hujjatlarni ishlab chiqish uchun tuzilgan texnik hisobotning matniy ilovalari quyidagilarni oʻz ichiga olishi lozim:
buyurtmachi texnik topshirigʻidan koʻchirmani;
laboratoriya sharoitida aniqlangan gruntlar xususiyatlarining koʻrsatkichlari va yerosti suvlari kimyoviy tarkibining umumlashtirilgan jadvallarini (ularni statistik jihatdan qayta ishlash natijalari bilan);
gruntlarni geofizik usullar bilan va dala sharoitlarida oʻrganish, statsionar kuzatuvlar hamda boshqa ishlar natijalarining jadvallarini;
kuzatuv nuqtalarining tavsifi (yoki ularning boshqa shakllardagi natijalari)ni;
kovlamalarning, zondlash nuqtalarining, geofizik tadqiqotlar oʻtkazilgan nuqtalarning koordinatalari va balandlik belgilarining tavsiflari va boshqa materiallarni.
219. Loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish uchun tuzilgan texnik hisobot tarkibida quyidagi grafik shaklidagi ilovalar boʻlishi kerak:
muhandis-geologik sharoitlari faktik materiallar xaritasi (maydon, yoʻnalish, hududlar va ularning variantlari) va maydon (yoʻnalish)ning muhandislik-geologiya hududlashtirish xaritalari;
gidrogeologik sharoitlar xaritalari (suvli gorizontlarning tarqalganligi, gidroizogips, yerosti suvlari chuqurligi, gidrokimyoviy, suv oʻtkazmas qatlamlar chuqurligi, suv oʻtkazuvchanlik, hududdan foydalanish hamda texnogen bosimlar, gidrogeologik, tub togʻ jinslari qatlamining tepa qismi, seysmik hududlashtirish);
tabiiy-geologik va muhandislik-geologiya jarayonlarining xavf va xatarlari xaritalari;
chiziqli inshootlar uchun olib borilgan izlanishlarda yoʻnalishning oʻqi boʻylab va unga koʻndalang oʻtkazilgan profillar yoki muhandis-geologik kesimalar;
mavjud geologik, gidrogeologik va boshqa xaritalardan koʻchirmalar;
muhandislik-geologiya va gidrogeologik kesimlar;
geologik-litologik kolonkalar yoki togʻ kovlamalarining yozma tavsifi;
zondlash grafiklari, gruntlarning laboratoriya va dala sharoitlaridagi tadqiqotlar natijalarini qayta ishlash materiallari, tajriba filtratsiya ishlari natijalarini qayta ishlash, geofizik xarita va kesimlar, statsionar kuzatuvlar grafiklari va boshqalar.
220. Muhandislik-geologiya hududlashtirish xaritasiga ajratilgan taksonomik birliklar tavsiflari jadvali (eksplikatsiya) ilova qilinishi lozim.
221. Hisobot tarkibidagi grafik ilovalarning shartli belgilari GOST 21.302-2013 talablariga koʻra qoʻllanilishi kerak.
222. Gidrogeologik sharoitlarning loyihaviy yechimlariga hal qiluvchi taʼsir koʻrsatganda hamda bosh rejalar, aholi punktlarining batafsil rejalash loyihalari, yirik sanoat korxona hududlari uchun gidrogeologik tadqiqotni amalga oshirish natijalari boʻyicha gidrogeologik sharoitlar toʻgʻrisida alohida hisobot tuzilishi zarur.
Gidrogeologik izlanish natijalari boʻyicha texnik hisobotning matniy qismi quyidagi boʻlim va maʼlumotlar boʻlishi lozim:
kirish qismida ishlarni amalga oshirish uchun asos;
gidrogeologik izlanishlarning vazifalari;
muhandislik izlanishlar hududi (maydon, yoʻnalish, ularning variantlari)ning joylashgan joyi;
loyihalanayotgan obyekt toʻgʻrisida maʼlumot;
bajarilgan ishlar turi, hajmi, ularni bajarish muddatlari;
gidrogeologik izlanishlarni amalga oshirish uslubi;
ijrochilar tarkibi;
izlanishlar dasturidan ogʻishishlar va ularni asoslash.
223. Gidrogeologik sharoitlar oʻrganilganligi boʻlimida quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak:
ilgari bajarilgan izlanishlar va tadqiqotlar tasnifi, mohiyati va chegaralari;
ishlar amalga oshirilgan davr va asosiy natijalar;
hududni oʻzlashtirish va undan foydalanish toʻgʻrisida maʼlumotlar;
mahalliy qurilish tajribasi.
224. Tabiiy-geografik va texnogen sharoitlar boʻlimida quyidagilar keltirilishi zarur:
relyef, iqlim, gidrografiya, geomorfologiya, oʻsimliklar, gruntlar, texnogen bosim haqida maʼlumotlar;
muhandislik muhofazasining holati va uning samaradorligi, bino va inshootlar asosining deformatsiyasi (agar ular mavjud va aniqlangan boʻlsa) xususiyati va yuz berishining sabablari.
225. Geologik tuzilishi boʻlimida quyidagilar keltirilishi kerak:
genetik komplekslar;
gruntlarning yotish sharoitlari;
gruntlarning genetik turlar boʻyicha ajratilgan qatlamlarining litologik — petrografik tavsifi;
hududning tektonik tuzilishi.
226. Gidrogeologik sharoitlar boʻlimida gidrogeologik tadqiqotlarni oʻtkazish uslubi, loyihalangan obyektning geologik muhit bilan oʻzaro taʼsir doirasidagi suvli qatlamlarning xususiyatlari keltirilishi kerak.
Bunda, bino va inshootlarni qurish va ulardan foydalanishiga taʼsir qiladigan yer osti suvlari sathining holati, tarqalishi, yotqizilish shart-sharoitlari, oziqlanish manbalari, yer osti suvlarining kimyoviy tarkibi, hududning gidrogeologik sharoitlarini baholash, loyihalanayotgan binolar va inshootlardan foydalanishda ehtimoliy oʻzgarishlar koʻrsatilishi kerak.
227. Gidrogeologik sharoitlar boʻlimida yerosti suvlarining quyidagi xususiyatlari yoritib berilishi kerak:
suvli gorizontning tavsifi, uni qalinligi;
suvli gorizontlarning toʻyinish va boʻshanish zonalari;
suv oʻtkazmas qatlamning xususiyatlari;
yerosti suvlarining yerusti suv havzalari va oqimlari bilan bogʻliqligi;
grunt suvlarining fizik xususiyatlari va kimyoviy tarkibi;
gidroizogips xaritasini tuzish uchun boshlangʻich maʼlumotlar (sath oʻlchanganlik sanasi, yerosti suvlarining va yer yuzasining mutlaq sath balandliklari jadval koʻrinishida);
granulometrik tarkibi;
gʻovakligi;
qayishqoqligi va konsistensiyasi;
yopishqoqligi;
koʻpchishligi;
suvda eruvchanligi;
suvga toʻyinganligi;
suvni qaytib berish koeffitsiyenti;
suv oʻtkazuvchanligi (filtratsiya koeffitsiyenti, joylashish xaritasi bilan birga);
kapillyarlik (kapillyar koʻtarilish balandligi);
yerosti suvlarining koʻtarilish jarayoni (vegetatsiya va boshqa davrlarda).
228. Bajarilgan gidrogeologik izlanishlar boʻyicha xulosada bajarilgan ishlarning qisqacha natijalari, loyiha yechimlarini qabul qilish uchun tavsiyalar berilishi lozim.
229. Gidrogeologik sharoitlari toʻgʻrisidagi xulosada foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati keltirilishi kerak.
230. Gidrogeologik tadqiqot natijalariga koʻra tuziladigan texnik hisobotda quyidagi grafik shakldagi ilovalar boʻlishi lozim:
faktik materiallar xaritasi (maydonlar, yoʻnalishlar, hududlar va ularning variantlari boʻyicha);
gidroizogips xaritasi;
yerosti suvlarining yotish chuqurligi xaritasi;
yerosti suvlar yuzasi boʻylab nishablik maydoni xaritasi;
yerosti suvlari oqimining sarflari xaritasi;
yerosti suvlari va yer sathining ekstremal mutlaq balandliklarining xaritasi;
yerosti suvlari harakatining umumiy yoʻnalishi xaritasi;
yerosti suvlari harakatining mahalliy yoʻnalish xaritasi.
231. Hisobot tarkibidagi grafik ilovalarning shartli belgilari GOST 21.302-2013 talablariga koʻra qoʻllanilishi lozim.
6-bob. Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish bosqichi uchun bajariladigan muhandislik-geologiya izlanishlari
232. Loyiha ishlab chiqish uchun muhandis-geologik izlanishlar binolar, inshootlar, muhandislik aloqalari va chiziqli inshootlarning loyihasini asoslash uchun zarur va yetarli materiallarni olishni taʼminlashi kerak.
Bunda, binolar va inshootlarning konstruktiv yechimlarini, bosh rejani tuzishni, yer ishlarini olib borishni, muhandislik muhofaza inshootlarini qurishni, geologik muhitni muhofaza qilishni, aholining xavfsiz yashash sharoitlarini yaratishni, shuningdek qurilishni tashkil etish loyihasi va ishlab chiqarish loyihasini oʻz ichiga olishi lozim.
233. Tanlab olingan qurilish maydoni (yoʻnalish)ning muhandis-geologik sharoitlarini kompleks oʻrganish uchun quyidagi ishlarni bajarish lozim:
muhandis-geologik elementlarni GOST 20522-2012 talablariga koʻra, chuqurlik va sath boʻyicha ajratish;
muhandis-geologik elementlar uchun laboratoriya va (yoki) dala sharoitlarida deformatsiya hamda mustahkamlik xususiyatlarini, ularning normativ va hisobiy koʻrsatkichlarini aniqlash;
gidrogeologik parametrlarni aniqlash;
geologik va muhandislik-geologiya jarayonlar rivojlanishi intensivligining miqdoriy koʻrsatkichlarini MSN 2.03.02-2002 talablarga muvofiq aniqlash;
loyihalanayotgan obyektlar bilan geologik muhitning oʻzaro taʼsir doirasida yerosti suvlarining betonlarga nisbatan agressivligi va metallarga nisbatan korrozion faolligini aniqlash.
234. Bino va inshootlar loyihasini ishlab chiqish uchun muhandislik-geologiya izlanishlariga berilgan texnik topshiriq tarkibida quyidagilar boʻlishi kerak:
loyihalanayotgan inshootlar xususiyati va oʻlchamlari;
qoʻllanilishi taxmin qilingan poydevor turlari;
inshootdan poydevorga tushadigan ogʻirlik;
bino va inshootlar poydevorlari va yerosti qismlarining joylashish chuqurligi;
loyihalanayotgan obyekt bilan geologik muhitning taxmin qilingan oʻzaro taʼsir doirasi;
obyektni qurish va undan foydalanish davrida muhandis-geologik sharoitlarning oʻzgarish ehtimolini hosil qiluvchi omillar va izlanishlar dasturini tuzish, shuningdek izlanishlar olib boriladigan maydon va chuqurlikni aniqlash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar.
235. Avvalgi yillarda bajarilgan izlanishlar maʼlumotlarini yigʻish va qayta ishlash ishlari mazkur SHNQning 15 — 22-bandlariga asosan muhandis-geologik sʼyomkasini olib borish va yerni masofadan turib zondlash maʼlumotlarining deshifrovkasi mazkur SHNQning 23 — 25-bandlarida keltirilgan ishlardan oldin bajarilishi lozim.
Bu davrda avvalgi yillarda bajarilgan topografik sʼyomkalar natijalariga koʻra tuzilgan reja va xaritalar maʼlumotlariga asosan koʻmilib ketgan jarliklar, chuqurliklarni botiq joylarni (agar ular mavjud boʻlsa) koʻrsatish lozim.
236. Loyiha bosqichi uchun bajariladigan muhandislik-geologiya izlanishlari davomida oʻrganilayotgan hududining 1:5000-1:2000 masshtabdagi mazkur SHNQning 3‑jadvaliga muvofiq va chiziqli inshootlar yoʻnalishi boʻylab 1:10000-1:2000 masshtabdagi muhandis-geologik sʼyomkalarini bajarish va muhandislik-geologiya ishlarining asosiy kompleksini amalga oshirish kerak.
237. Chiziqli inshootlar yoʻnalishi yoʻlining kengligi (enini), togʻ kovlamalari chuqurligini va ular orasidagi oʻrtacha masofani mazkur SHNQning 2-jadvalida keltirilgan talablarga muvofiq belgilash lozim.
238. Noyob bino va inshootlarni loyihalash uchun murakkab muhandis-geologik sharoitlarda izlanishlar olib borilganda, muhandis-geologik sʼyomkani 1:1000-1:500 masshtablarda bajarilishi kerak.
239. Muhandis-geologik sʼyomkasining masshtabini oʻrganilayotgan hududning maydoniga, muhandis-geologik sharoitlarning murakkablik darajasiga va loyihalanayotgan bino va inshootlar xususiyatiga bogʻliq ravishda tanlash lozim.
240. Muhandis-geologik sʼyomkasining chegaralari, hududning geomorfologik elementlar joylashuvi, tabiiy va sunʼiy gidrodinamik chegaralari, shuningdek qoʻshni hududning tabiiy-texnogen omillar majmuini aniqlash va oʻrganish zarurligini hisobga olgan holda belgilanishi kerak.
241. Sʼyomka davrida kuzatuv nuqtalari va togʻ kovlamalari joylashgan nuqtalarni instrumental yoʻli bilan joyga bogʻlash lozim.
242. Muhandis-geologik sʼyomkani bajarish jarayonida tekshirilishi kerak boʻlgan kuzatuv nuqtalari (togʻ kovlamalari) miqdorini izlanishlar dasturida qabul qilingan sʼyomkaning masshtabi va muhandis-geologik sharoitlarning murakkablik darajasiga bogʻliq ravishda mazkur SHNQning 1-ilovasi hamda 3-jadvalga muvofiq belgilash kerak.
243. Togʻ kovlamalari miqdorini avval kovlangan kovlamalarni hisobga olgan holda belgilash va sʼyomka masshtabiga mos ravishda ular sonini koʻpaytirish yoki kamaytirish kerak.
Izohlar: 1. Togʻ kovlamalari soni ochilmalari kam boʻlgan joylar uchun belgilangan. Ochilmalar koʻp tarqalgan joylarda togʻ kovlamalari sonini, ochilmalarning kam yoki koʻp boʻlishiga bogʻliq ravishda 20 — 40 foizga kamaytirilishi kerak.
2. 1:500 masshtabdagi muhandis-geologik sʼyomka murakkab muhandis-geologik sharoitlarda, izlanishlar dasturida asoslanganda amalga oshirilishi kerak.
244. Muhandis-geologik sʼyomkaning chegaralari doirasidagi yoʻnalish (marshrut)lar yoʻnalishini va ulardagi kuzatuvlar tarkibini mazkur SHNQning 26 — 40-bandlariga asosan aniqlash lozim.
245. Muhandis-geologik sʼyomka hududida togʻ kovlamalarini, yoʻnalish kuzatuvlarning yoʻnalishlari boʻylab, ularning eng koʻp qismini esa geomorfologik elementlar birlashgan chegaralarda, xavfli fizik-geologik va muhandislik-geologiya jarayonlar tarqalgan joylarda joylashtirish kerak.
246. Chiziqli inshootlar yoʻnalishi boʻylab kuzatuv nuqtalari va togʻ kovlamalarini, yoʻnalish oʻqi yoʻnalishi boʻylab hamda suv oqimlari ustidan oʻtish joylarida, inshootlar kesishmalarida, shuningdek relyefning xususiyatli elementlarida (yonbagʻirlar, terrasalar, jarlarning qirgʻoqlari, talveglar) joylashtirish lozim.
Xavfli geologik jarayonlar va oʻziga xos xususiyatli gruntlar tarqalgan hududlarda chiziqli inshootlar yoʻnalishlari boʻylab, uch-beshtadan togʻ kovlamalaridan iborat koʻndalang profillar joylashtirish hamda sʼyomka kengligini oshirish kerak.
247. Togʻ kovlamalari chuqurligini qurilish obyekti va geologik muhit taʼsiri doirasida, loyihalanayotgan bino va inshootlarning turi (xususiyati) va mazkur SHNQning 317 — 328-bandlari talablariga koʻra belgilash lozim.
248. Bur-quduqlarni kovlash usuli va turlarini mazkur SHNQning 43-bandi talablariga koʻra belgilash kerak.
249. Oʻziga xos xususiyatga ega gruntlar (choʻkuvchan, koʻpchuvchan, shoʻrlangan, oʻta siqiluvchan, texnogen va boshqalar) tarqalgan hududlarda 50 foizgacha kovlamalar bu gruntlarning qatlamini toʻliq kesib oʻtishi, yoki bu gruntlar bino va inshootlarning mustahkamligiga taʼsir qilmaydigan chuqurlikkacha kovlanishi kerak.
250. Xavfli muhandislik-geologiya va tabiiy-geologik jarayon va hodisalar tarqalgan hududlarda kovlamalarni ularning faol rivojlangan zonasidan 3 — 5 m chuqurroq kovlash lozim.
251. Oʻrganilayotgan hududning geologik tuzilishi, gidrogeologik sharoitlari hamda muhandislik-geologiya xususiyatlarini aniqlash uchun mintaqaviy suv oʻtkazmas qatlamgacha tayanch togʻ kovlamalarini burgʻilab kovlash lozim.
252. Tayanch togʻ kovlamalarining sonini yoʻnalish kuzatuvlar davomida oʻrganilayotgan hududning har bir geomorfologik element chegarasida bittadan kam boʻlmagan miqdorda belgilash kerak.
253. Geofizik tadqiqotlarni muhandislik-geologiya izlanishlari davrida oʻrganilayotgan hududdagi togʻ jinslari massivining litologik tuzilishini, yerosti suvlarining harakat yoʻnalishi va tezligini, suv oʻtkazmas qatlamning joylashish chuqurligini aniqlash, massivdagi gruntlarning fizik-mexanik xususiyatlarini baholash uchun hamda mazkur SHNQning 57-58-bandlari talablariga koʻra, tayanch hududlarda parametrik oʻlchash ishlarini bajargan holda amalga oshirish lozim.
254. Dala sharoitida gruntlarni tadqiq qilish ishlarini mazkur SHNQning 61 — 75-bandlari talablariga koʻra amalga oshirish lozim.
255. Dala sharoitida gruntlarni tadqiq qilish ishlarini kompleks ravishda, oʻrganilayotgan hududning asosiy tayanch hududlarida bajarish kerak.
256. Dala sharoitida gruntlarni tadqiq qilish jarayonda dinamik va statik zondlashni togʻ jinslari massividagi gruntlarning qatlamlarini bir-biridan ajratish, grunt xususiyatlarining makonda oʻzgarishini baholash, ularning deformatsiya va mustahkamlik xususiyatlarini miqdoriy baholash hamda boʻsh grunt qatlamlarining tarqalish chegaralarini belgilash, toʻkma va yuvma gruntlarning zichlanish darajasini va makonda oʻzgarishini, qoyatosh togʻ jinslarining yuza relyefini, suvga toʻyingan gruntlarning dinamik barqarorligini aniqlash uchun qoʻllash lozim.
257. Zondlash nuqtalarining togʻ kovlamalar stvorlarida har bir muhandislik-geologiya element uchun oltitadan kam boʻlmagan miqdorda joylashtirish kerak.
258. Boʻshashgan gruntlarning linzalari va qatlamlarini chegaralash, qoyatosh va yirik boʻlakli togʻ jinslarining yuza relyefini aniqlash, zondlash nuqtalarining miqdori har bir alohida olingan holatlarda izlanishlar dasturida, avvalgi yillarda bajarilgan izlanishlar materiallarini tahlil qilish natijalaridan va geologik chegaralarni aniqlash xatoligining muhandis-geologik sʼyomkaning qabul qilingan masshtabi uchun talab qilingan aniqligidan kelib chiqqan holda belgilanishi kerak.
259. III va IV-toifali hamda II-toifali notekis choʻkishlarga sezgir bino va inshootlarni loyihalashda, shuningdek loyihalanayotgan bino va inshootlar bilan geologik muhitning oʻzaro taʼsiri doirasidagi gruntlar (har xil turdagi yupqa qatlamli, oquvchan gilli, suvga toʻyingan qumli, yirik boʻlakli)dan namunalarni olish qiyin yoki imkoni boʻlmaganda gruntlarning deformatsiya va mustahkamlik xususiyatlari dala usullarida (shtamp va seliklarni kesish tajribalari, pressiometr va aylanma kesish tajribalari) aniqlanishi lozim.
260. Har bir muhandislik geologik elementining gruntlarida bajariladigan shtamp va seliklarni kesish tajribalari miqdori uchtadan kam hamda pressiometr va aylanma kesish tajribalari miqdori esa oltitadan kam boʻlmasligi lozim.
261. Qoziqli poydevorlarni loyihalashda (zarb bilan gruntlarga botiriladigan qoziqlar uzunligi 15 m gacha boʻlganda) statik zondlash va har bir oʻxshash hudud uchun uchtadan kam boʻlmagan miqdorda etalon qoziqlarni sinash tajribalari amalga oshirilishi kerak.
262. Qoziqli poydevorlar noyob bino va inshootlarni loyihalashtirishda, shu jumladan poydevorlarga tushadigan bosimi yuqori boʻlganda, qoziqlar uzunligi 15 m dan uzun boʻlishi koʻzda tutilganda va qalin qatlamli boʻshang gruntlar boʻlganda odatiy (natural) qoziqlarni statik sinash tajribalari amalga oshirilishi lozim.
263. Qoziqlarni statik sinash tajribalarining miqdori va sinash sharoitlari izlanishlar dasturida asoslangan boʻlishi kerak.
264. Yirik boʻlakli va shagʻalli qumlarning granulometrik tarkibini aniqlash uchun ularning namunalarini dala sharoitida gʻalvirlash va ajratish kerak.
Ularning zichligi va namligini massivda aniqlash uchun hajmini va ogʻirligini oʻlchash usullari (oʻlchovli chuqurcha, oʻlchovli kub) qoʻllanilishi lozim.
265. Shagʻal va mayda shagʻalni petrogafik fraksiyalarga ajratish (dala sharoitida yirik boʻlakli gruntlar boʻlaklarga taqsimlangandan soʻng) va har xil petrografik turlarning miqdorini foizda aniqlash lozim.
266. Gidrogeologik tadqiqotlarni muhandislik-geologiya izlanishlarining boshqa turlari bilan kompleks ravishda, loyihalanayotgan obyektlar bilan geologik muhitning oʻzaro taʼsir doirasidagi gidrogeologik sharoitlarni, gruntlarning suv oʻtkazuvchanligi va filtratsiya xususiyatlari, yerosti suvlarining yotish chuqurligi, ular sathining mavsumiy va koʻp yillik oʻzgarishlari, suvli togʻ jinslarining qalinligi, yerosti suvlari harakatlanishining yoʻnalishi, ularning kimyoviy tarkibi, betonlarga nisbatan agressivligi va metallarga nisbatan korrozion faolligini aniqlash maqsadlarida bajarish kerak.
267. Gidrogeologik parametrlarni dala sharoitida aniqlash usullari mazkur SHNQning 8-ilovasiga koʻra tanlanishi lozim.
268. Asosiy tayanch hududlarda, sinov va tajriba yakka suvni tortib olish va toʻldirish (otkachka) amalga oshirilishi kerak.
269. Murakkab gidrogeologik sharoitlarda suvni tortib olish va toʻldirish (otkachka)larning barcha turlari amalga oshiriladi.
270. Suvli togʻ jinslarining (asosan kam suv oʻtkazuvchan) suv oʻtkazuvchanligini va filtratsiya xususiyatlarini aniqlash uchun har bir suvli gorizont doirasida oltitadan kam boʻlmagan miqdorda ekspress-usullari (bur-quduqlardan burgʻilash jarayonida otkachka qilish) qoʻllanilishi kerak.
271. Bur-quduqlardan suvni tortib olish va toʻldirish (otkachka) qilish turlari, ularning muddati hamda suv sathi pasayishlarining sonini mazkur SHNQning 10-ilovasiga koʻra tanlanishi lozim.
272. Gruntlarning filtratsiya xususiyatlarini aniqlashda bajariladigan tajribalarning (sinov va tajriba yakka holdagi otkachkalar, shurflarga suv quyish) soni har bir suvli gorizont yoki aeratsiya zonasidagi gruntlarning asosiy litologik turi uchun oltitadan kam boʻlmasligi kerak.
273. Bur-quduqlarda har qanday otkachka qilish jarayonida gidrokimyoviy tekshirishlar oʻtkazilishi lozim.
274. Har bir suvli gorizontning oʻzaro taʼsir doirasida yilning har bir davri (mavsumi)da bir vaqtda olingan kamida uch suv namunalari tahlili bilan tavsiflanishi kerak.
275. Qurilish konstruksiyalar, kabellar betonlar taʼsiri zonasidagi suv va muhit agressivligi va metallarga nisbatan korrozion faolligining har bir turi uchtadan kam boʻlmagan tahlillar bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim.
276. Oʻrganilayotgan hududning muhandislik geologik sharoitlarini belgilovchi ayrim omillari oʻzgarishining statsionar kuzatuvlari mazkur SHNQning 108 — 115-bandlariga muvofiq olib borilishi va muhandislik geologiya izlanishlari jarayonida bu kuzatuvlar zarurligi asoslab berilsa, ishchi hujjatlar bosqichida ham toʻxtatmasdan davom ettirilishi lozim.
277. Gruntlarning va yerosti suvlarining laboratoriya tadqiqotlarini mazkur SHNQning 117-bandi talablariga koʻra amalga oshirilishi kerak.
278. Gruntlarning har turliligiga va loyihalanayotgan bino va inshootlarning toifalariga (ushbu hududda avval bajarilgan izlanishlar natijalarini hisobga olgan holda) bogʻliq ravishda laboratoriya tadqiqotlarining turlari va grunt namunalarining sonini (izlanishlar dasturida tegishli hisoblashlar yordamida amalga oshirgan holda) har bir xususiyatli qatlam (muhandis-geologik elementi) uchun belgilash lozim.
279. Gruntlarning har bir qatlamidan olinadigan namunalar miqdori, har bir muhandislik-geologiya element doirasida 10 (oʻn) tadan kam boʻlmagan fizik va 6 (olti) tadan kam boʻlmagan mexanik koʻrsatkichlarning xususiy qiymatlarini aniqlashni taʼminlashi kerak.
280. Laboratoriya sharoitida gruntlar xususiyatlarini aniqlashlarning tarkibi mazkur SHNQning 10-ilovasiga koʻra belgilanishi lozim.
281. Gidromexanizatsiya yoʻli bilan olinishi moʻljallangan gruntlarning granulometrik tarkibini aniqlashda diametri 10 — 20, 20 — 40, 40 — 60, 60 — 80, 80 — 100, 100 — 120, 120 — 150 mm va undan yirik fraksiyalar uchun har 50 mm intervallarda oʻlchami 500 mm gacha boʻlgan fraksiyalar (agar ular mavjud boʻlsa) aniqlanishi lozim.
282. Hisoblashlar uchun zarur maʼlumotlar yetarli boʻlmaganda, SHNQ 2.02.01-19 talablariga koʻra har bir ajratilgan injener-geologik element boʻyicha gruntlarning tarkibi va holatiga oid kamida oʻnta xususiy qiymat, yoki gruntlarning mexanik (mustahkamlik va deformatsiya) xususiyatlariga oid kamida oltita xos qiymatlarini olish taʼminlanishi kerak.
283. Gruntlarning deformatsiya va mustahkamlik xususiyatlarini laboratoriya sharoitlarida aniqlashda, uch oʻq boʻylab siqish usuli bilan amalga oshirish (GOST 12248.3-2020, Oʻz DSt ASTM D2850:2022 (ASTM D2850-15, IDT)) va ularning natijalaridan kompressiya yoʻli bilan siqish va bir sath boʻylab kesish usullari yordamida olingan maʼlumotlarga aniqlik kiritish uchun foydalanish lozim.
284. Tayanch bur-quduqlardan olinadigan grunt namunalaridan ular koʻrsatkichlarining toʻliq kompleksini, deformatsiya va mustahkamlik xususiyatlarini aniqlash kerak.
285. Har bir suvli gorizontdan mazkur SHNQning 117 — 123-bandlariga muvofiq toʻliq va maxsus tahlil natijalariga koʻra suvning kimyoviy tarkibini baholash uchun uchtadan kam boʻlmagan miqdorda (yilning har mavsumida) suv namunasini olish kerak.
286. Deformatsiyaga uchragan bino va inshootlarni tekshirish jarayonida, ularning konstruksiyalari (poydevorlari), hududning vertikal rejalashtirilishi, drenajlar va suv eltgich kommunikatsiyalari haqida maʼlumotlar toʻplanishi, bunda avvalgi yillarda bajarilgan izlanishlar maʼlumotlari bilan taqqoslagan holda, bino va inshootlar poydevorlari asosi gruntlarining va konstruksiyalarining deformatsiyalarini, geologik-litologik kesimning tuzilishini, yerosti suvlari sathining chuqurligini, bino va inshootlar asosi gruntlarining tarkibi, holati va xususiyatlarini aniqlash lozim.
287. Deformatsiyaga uchragan bino va inshootlar holati tekshirilishi kerak.
288. Loyihaoldi hujjatlar uchun bajariladigan muhandislik-geologiya izlanishlari materiallari mavjud boʻlgan, texnik jihatdan murakkab boʻlmagan ishlab chiqarish va turar joy, fuqarolik obyektlari qurilishi uchun bajariladigan muhandislik-geologiya izlanishlari mazkur SHNQning 7-bobi talablariga koʻra bajarilishi kerak.
289. Loyiha hujjatlari uchun muhandislik-geologiya va gidrogeologik sharoitlarning oʻzgarishini prognozi, miqdoriy prognoz tariqasida bajarish lozim.
290. Prognoz qilinadigan gruntlarning tarkibi, holati va xususiyatlarini, geologik va muhandislik-geologiya jarayonlarning paydo boʻlishi, ularning makon va zamonda rivojlanish intensivligi (tezligi) aniqlanishi lozim.
291. Izlanishlar maydoni muhandis-geologik sharoitlari oʻzgarishining miqdoriy prognozini quyidagilar asosida, avvalgi yillarda bajarilgan izlanishlar maʼlumotlarini hisobga olgan holda amalga oshirish kerak:
gruntlarning tarkibi, holati va xususiyatlarini dala va laboratoriya sharoitlarida oʻrganish natijalari asosida;
tahliliy (hisobiy) usullari, fizik modellashtirish (tabiiy holatlarda bevosita oʻrganish qiyin boʻlgan xavfli fizik-geologik va muhandislik-geologiya jarayonlar rivojlanishining prognozi uchun), xavfli fizik-geologik va muhandis-geologik jarayonlar rivojlanish dinamikasining statsionar kuzatuvlari natijasida olingan maʼlumotlar asosida.
292. Muhandis-geologik sharoitlar oʻzgarishining miqdoriy prognozini asoslash uchun qoʻshimcha hajmdagi dala va laboratoriya izlanishlari hamda tadqiqotlarini bajarish lozim.
293. Yuqori darajadagi murakkab tabiiy-texnogen sharoitli hududlarda noyob bino va inshootlar qurilishi loyihalanishida muhandis-geologik sharoitlar oʻzgarishining miqdoriy prognozini asoslash uchun ilmiy-tekshirish amalga oshirilishi kerak.
294. Ajratilgan muhandis-geologik elementlardagi gruntlar deformatsiya va mustahkamlik xususiyatlarining normativ hamda hisobiy koʻrsatkichlarini aniqlash uchun hisoblashlarda izlanishlar maydoni chegarasi va yondosh zonalarda avvalgi bosqichlarda bajarilgan dala hamda laboratoriya izlanishlari, shuningdek tadqiqotlari natijalaridan foydalanish lozim.
295. Yondosh zonalarning kengligini (enini) mazkur SHNQning 1-jadvaliga muvofiq muhandis-geologik sʼyomkasi davomida kovlanadigan togʻ kovlamalari orasidagi oʻrtacha masofaga, muhandis-geologik sharoitlarning murakkablik darajasi va obyektning geomorfologik elementlar chegarasida joylashishiga bogʻliq ravishda teng qilib belgilanishi kerak.
296. Izlanishlar dasturida asoslanganda yondosh zonalarning enini bitta geomorfologik element chegarasida koʻpaytirilishi lozim.
297. Qoʻshni zonadan tashqarida olib borilgan muhandislik-geologiya izlanishlar maʼlumotlari, grunt xususiyatlarining oʻzgarishini prognoz qilishda va ularning rivojlangan (qurilgan) hududlarida oʻzgarishini belgilashda ishlatilishi kerak.
298. Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun bajariladigan muhandislik-geologiya izlanishlari natijalariga koʻra tuziladigan texnik hisobotning matnida mazkur SHNQning 207 — 217-bandlariga qoʻshimcha mazkur SHNQning 299 — 306-bandlarida keltirilgan maʼlumotlar boʻlishi lozim.
299. Geologik tuzilishi boʻlimida GOST 25100-2020 talablariga hamda loyihalanayotgan obyekt bilan geologik muhitning oʻzaro taʼsir doirasida yotish sharoitiga koʻra (qalinligi, mineral va litologik tarkibi, tuzilishi, yer yuzasi boʻylab va chuqurlik boʻyicha oʻzgaruvchanligi) ajratilgan muhandislik-geologiya elementlarining tasnifi keltirilishi kerak.
300. Gidrogeologik sharoitlari boʻlimida quyidagilar boʻlishi kerak:
loyihalanayotgan obyekt bilan geologik muhitning oʻzaro taʼsir doirasidagi gidrogeologik sharoitlar, yerosti suvlarining manbalari, ularning paydo boʻlishi va yer yuziga chiqish hududlari, ularni chegaralovchi sharoitlar, yerosti suvlari rejimi, yerosti suvlari koʻtarilishini baholash hamda gidrogeologik sharoit oʻzgarishini prognoz qilish va izlanishlar vazifalariga koʻra gidrogeologik hisoblashlar natijalari;
loyihalanayotgan obyekt va geologik muhitning oʻzaro taʼsir doirasida suvli gorizontlar mavjudligi va ularning yotish sharoitlari toʻgʻrisida maʼlumotlar;
suvli gorizontlarning tarqalganligi va ularning gidravlik xususiyatlari;
suv sigʻdiruvchi va suv oʻtkazmas qatlamlar hamda aeratsiya zonasidagi gruntlar tarkibi, ularning filtratsiya xususiyatlari, yer yuzi boʻylab va chuqurlik boʻyicha oʻzgaruvchanligi;
yerosti suvlarining kimyoviy tarkibi, ularning betonlarga nisbatan agressivligi va metallarga nisbatan korrozion faolligi;
yerosti suvlarining boshqa suvli gorizontlar suvlari va yerustidagi suvlar bilan gidravlik oʻzaro bogʻliqligi, texnogen omillar va bosimlarning gidrogeologik sharoit oʻzgarishi, suvli gorizontlarning kamayishi va ifloslanishiga taʼsiri;
obyektlar qurilishi va ulardan foydalanish jarayonida gidrogeologik sharoitlar oʻzgarishining prognozi;
loyihalanayotgan bino va inshootlarni yerosti suvlarining xavfli taʼsiridan himoya qilish boʻyicha va yerosti suvlari rejimini kuzatishni tashkil qilish va olib borish boʻyicha takliflar.
301. Gidrokimyoviy tadqiqotlar natijalari boʻyicha quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
oʻrganilayotgan hududning gidrokimyoviy sharoitlarini, inshootlar qurilishi va undan foydalanish davrlarida bu sharoitlarning oʻzgarish ehtimolini baholash;
gidrokimyoviy sharoitlarning oʻzgarishi ehtimolini hisobga olib, loyihalanayotgan inshootlarga taʼsirini baholash va inshootlarni yerosti suvlarining xavfli taʼsiridan oʻz vaqtida himoyalash boʻyicha chora-tadbirlarni qoʻllash uchun takliflar;
inshootlardan foydalanish davrida, yerosti suvlarining kimyoviy tarkibining oʻzgarishini kuzatish uchun doimiy ishlab turuvchi kuzatuv punktlari tarmoqlarini tuzish boʻyicha takliflar.
302. Gruntlarning fizik-mexanik xususiyatlari boʻlimida har bir ajratilgan muhandis-geologik elementlari uchun gruntlarning fizik, deformatsiyaviy, mustahkamlik va kimyoviy xususiyatlarining normativ hamda hisobiy koʻrsatkichlari keltirilishi, shuningdek ularning xususiyatlarini, obyektlarni qurish va ulardan foydalanishga bogʻliq ravishda baholash amalga oshirilishi lozim.
303. Gidromexanizatsiya usuli bilan ishlov berish rejalashtirilganda, gruntlarning tuzilmaviy mustahkamligi, ularning har xil choʻkindilar, daraxt ildizlari bilan ifloslanishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar keltirilishi kerak.
304. Oʻziga xos gruntlar boʻlimida oʻziga xos tarkibga ega boʻlgan gruntlarni oʻrganish natijalari, ularning mavjudligi, tarqalganligi, yotish sharoitlari boʻlishi lozim.
305. Fizik-geologik va muhandislik-geologiya jarayonlar boʻlimida tabiiy-geologik va muhandislik-geologiya jarayonlar mavjudligi, ularning tarqalganligi, rivojlanish sharoitlarining maʼlumotlari boʻlishi kerak.
306. Muhandis-geologik hududlashtirish boʻlimida, hududning taksonomik birliklarning chegaralari va koʻrsatkichlari aniqlashtirilishi, shuningdek loyihalanayotgan bino va inshootlarni joylashtirish, poydevor turlarini tanlash, hududni muhandislik tayyorlash hamda undan foydalanish, geologik muhitni muhofaza qilish boʻyicha takliflar keltirilishi kerak.
307. Texnik hisobotning matni va grafik ilovalarida mazkur SHNQning 218, 221‑bandlariga muvofiq qoʻshimcha ravishda bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi materiallar batafsil maʼlumotlar tarzida berilishi lozim.
7-bob. Ishchi hujjatlarni ishlab chiqish bosqichi uchun bajariladigan muhandislik-geologiya izlanishlari
308. Ishchi hujjatlarni ishlab chiqish uchun bajariladigan muhandislik-geologiya izlanishlari loyihalashtirilayotgan binolar va inshootlar qurilish hududlarining injener-geologik sharoitlarini aniqligini hamda qurilish va foydalanish davrida ularning oʻzgarishlarini prognoz qilish va yakuniy loyihasini asoslash uchun toʻliq boʻlishini taʼminlashi kerak.
309. Muhandislik-geologiya izlanishlari yakuniy hajmiy-joylashtirish yechimlarini, shuningdek muhandislik muhofaza loyiha yechimlarini aniqlashtirish, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va yer ishlarini bajarish usullarini asoslash (gidromexanizatsiya usuli bilan) boʻyicha ishlarni olib borish, loyihalashtirilayotgan binolar va inshootlarning poydevorlari, asoslari va konstruksiyalari hisob-kitoblarini ishlab chiqish uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni olishni taʼminlashi lozim.
310. Muhandislik-geologiya izlanishlarini, loyiha asosida bino va inshootlar qurilishi aniq koʻrsatilgan hududlarda, individual loyihalash va chiziqli inshootlar yoʻnalishlarining tabiiy hamda sunʼiy toʻsiqlardan oʻtish hududlarida bajarish lozim.
311. Muhandislik-geologiya izlanishlarining tarkibi va hajmini izlanishlar dasturida, bino-inshootlarning turi, toifalarini, muhandis-geologik sharoitlarning murakkablik darajasini, avvalgi yillarda bajarilgan izlanishlar maʼlumotlarining mavjudligini hamda muhandislik geologik elementlarni uzil-kesil ajratish zarurligini, ular uchun normativ va hisobiy koʻrsatkichlarni, dala va (yoki) laboratoriya usullari bilan aniqlangan gruntlarning fizik, deformatsiyaviy, mustahkamlik, filtratsiya va xususiyatlarining boshqa koʻrsatkichlarini, suvli gorizontlarning gidrogeologik parametrlarini hisobga olgan holda belgilash kerak.
Muhandislik-geologiya izlanishlarining tarkibi va hajmini fizik-geologik hamda muhandis-geologik jarayonlar dinamikasining miqdoriy koʻrsatkichlarini olishni hisobga olgan holda, bino va inshootlarning asosi, poydevori, konstruksiyalarini hisoblash, ularning muhandislik muhofazasini yechish uchun belgilash kerak.
312. Togʻ kovlamalarini loyihalanayotgan bino va inshootlarning konturlari va (yoki) oʻqlari boʻylab, poydevorlarga tushadigan ogʻirlik va ularning joylashish chuqurligi oʻzgaradigan joylarda har xil geomorfologik elementlar chegarasida joylashtirish kerak.
313. Xavfli fizik-geologik va muhandislik-geologiya jarayonlar mavjud boʻlganda, bino va inshootlar bilan geologik muhitning oʻzaro taʼsir doirasida muhandis-geologik sharoitlarni oʻrganish uchun, loyihalanayotgan bino va inshootlar konturlaridan tashqarida yondosh hududlarda qoʻshimcha kovlamalarni joylashtirish lozim.
314. Togʻ kovlamalari orasidagi masofani avval kovlangan kovlamalarni hisobga olgan holda mazkur SHNQning 1-ilovasiga muvofiq muhandis-geologik sharoitlarning murakkablik darajasiga va loyihalanayotgan bino va inshootlarning toifalariga bogʻliq ravishda quyidagi 4-jadvalga koʻra belgilash kerak.
Izoh. Maksimal masofa notekis bosimni sezmaydigan bino va inshootlar uchun, minimal masofalarni esa notekis bosimga sezgir inshootlar uchun, regional tajriba va loyihalash talablarini hisobga olgan holda qabul qilinishi lozim.
315. Bino va inshootlar asosida tarkibi va holati har xil, qalinligi oʻzgaruvchan hamda xavfli geologik jarayonlar mavjud boʻladigan xususiyatli gruntlar boʻlganda, togʻ kovlamalari orasidagi masofani, dasturda asoslanganda, 20 m dan kam boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi, bunda ularni poydevorlarning alohida turgan tayanch ustunlari tagidan kovlanishi kerak.
316. II-III toifali bino va inshootlarning konturlari chegarasidagi togʻ kovlamalarining umumiy soni, avval kovlangan kovlamalarni qoʻshgan holda uchtadan kam boʻlmasligi, va IV-toifali bino va inshootlarning konturlari chegarasida esa 4-5 tadan kam boʻlmasligi lozim (ularning turlariga bogʻliq ravishda).
317. Kengligi va uzunligi 12 m dan oshmaydigan oddiy va oʻrta (I va II) murakkablik darajali muhandis-geologik sharoitlarda joylashtiriladigan I va II toifali bino va inshootlarni loyihalash boʻyicha muhandislik-geologiya izlanishlari uchun bitta bur-quduq, murakkab darajali muhandis-geologik sharoitlarda (III) esa ikkita bur-quduq kovlanishi lozim.
318. Qurilishi ommaviy va takroriy foydalaniladigan loyihalar asosida hamda oddiy muhandislik-geologiya sharoitli, oʻlchamlari togʻ kovlamalari orasidagi maksimal masofalar, mazkur SHNQning 4-jadvaliga koʻra, chegarasidan chiqmaydigan hududlarda texnik jihatdan murakkab boʻlmagan I va II-toifali bino va inshootlar guruhi joylashganda, ularning umumiy sonini beshtadan oshirmasdan hududning burchaklari va markaziga joylashtirish lozim.
319. Alohida turadigan I-toifali, oddiy va oʻrta murakkab darajali muhandis-geologik sharoitlarda joylashtiriladigan bino va inshootlar (ombor binolari, pavilyonlar, yordamchi inshootlar) hududlarida 1-2 togʻ kovlamalari kovlanishi kerak.
320. Tabiiy asosda loyihalanayotgan bino va inshootlar uchun izlanishlar olib borilganda, togʻ kovlamalari chuqurligini loyihalanayotgan bino va inshootlar bilan geologik muhitning oʻzaro taʼsir doirasining yuqoriligiga hamda birinchi navbatda koʻzda tutilgan poydevor chuqurligi va siqiladigan qatlamning qalinligidan 1-2 m chuqurroq belgilash kerak.
321. Siqiladigan qatlamning qalinligi nomaʼlum boʻlganda togʻ kovlamalari chuqurligini poydevorlarning turi va ularga tushadigan ogʻirlikka (qavatlar soniga) bogʻliq ravishda quyidagi 5-jadvalga asosan belgilash lozim.
Izohlar:
1. Siqiluvchan qatlamda yerosti suvi mavjud boʻlgan hollarda katta miqdorlar, yerosti suvi boʻlmagan hollarda esa kichik miqdorlar olinishi kerak.
2. Agar ushbu jadvalda keltirilgan chuqurlikda qoyatosh gruntlar joylashgan boʻlsa, bunda kovlamalar chuqurligi qoyatosh gruntlarning kam nuragan qismidan yoki poydevor tubidan 1-2 m chuqur kovlanishi, biroq kovlamalar chuqurligi mazkur jadvalda keltirilgan chuqurlikdan ortiq boʻlmasligi lozim.
322. Alohida xususiyatga ega boʻlgan gruntlar va xavfli geologik jarayonlar tarqalgan hududlarda togʻ kovlamalarining 50 foizidan kam boʻlmagan miqdori bu gruntlar qatlamini toʻliq kesib oʻtishi yoki bunday gruntlar hamda jarayonlar loyihalanayotgan bino va inshootlarning mustahkamligiga taʼsir qilmaydigan chuqurlikkacha kovlanishi lozim.
323. Geologik jarayonlar tarqalgan joylarda kovlamalarning chuqurligi ularning faol tarqalgan zonasidan 3 — 5 m chuqurroq boʻlishi kerak.
324. Tektonik tuzilmalari boʻlgan qoyatosh gruntlar massivida togʻ kovlamalarining chuqurligi izlanishlar dasturida belgilanishi lozim.
325. Yaxlit (monolit) poydevorli (poydevorlarning eni 10 m dan ortiq boʻlganda) bino va inshootlar uchun qidiruv ishlari olib borilganda kovlamaning chuqurligi maxsus hisoblar yordamida aniqlanishi, hisob uchun kerakli maʼlumotlar boʻlmaganda esa kovlamalar chuqurligi poydevor enining yarmiga teng qilib olinishi zarur.
Qoyatosh boʻlmagan gruntlar uchun bu chuqurlik mazkur SHNQning 247 va 249-bandlarini hisobga olgan holda, 20 m dan kam boʻlmasligi kerak.
Kovlamalarning orasidagi masofa bu turdagi poydevorlar qoʻllanilganda 50 m dan oshmasligi, bitta poydevor ostidagi kovlamalar soni esa uchtadan kam boʻlmasligi zarur.
326. Suyuqlik rezervuarlari uchun moʻljallangan hududlarda izlanishlar olib borilganda kovlamalar chuqurligi mazkur SHNQning 247-bandi talablarini hisobga olgan holda, rezervuar diametrining 0,75 qismidan kam boʻlmasligi (hajmi oʻn ming kub metrdan koʻp boʻlgan rezervuarlar uchun), bunda kovlamalarning soni beshtadan kam boʻlmasligi va shulardan bittasi rezervuarning markazida joylashgan boʻlishi lozim.
327. Moʻri quvurlar va silos inshootlari uchun kovlamalar chuqurligi mazkur SHNQning 247 va 249-bandi talablarini hisobga olgan holda quyidagi 6-jadvalga asosan belgilanishi lozim.
Izoh. Agar mazkur jadvalda keltirilgan chuqurliklar doirasida qoyatosh gruntlar tarqalgan boʻlsa, bunda kovlamalarni kam nuragan qatlamga 1-2 m chuqurlashtirilishi, kovlamaning umumiy chuqurligi mazkur jadvalda keltirilgan chuqurliklardan oshib ketmasligi kerak.
328. Qoyatosh boʻlmagan gruntlarda qoziqli poydevorlar uchun kovlamalarning chuqurligi loyihalanayotgan qoziqning pastki uchidan 5 m chuqurroq boʻlishi kerak.
329. Ustun-qoziq poydevorli inshootlar uchun izlanishlar olib borilganda har bir bino yoki inshoot uchun kovlamalar miqdori uchtadan kam boʻlmasligi lozim.
330. Osma-qoziq poydevorli inshootlar uchun izlanishlar olib borilganda kovlamalar miqdori qurilish hududi muhandis-geologik sharoitlarning murakkablik darajasi va loyihalanayotgan bino va inshootlarning tavsifini hisobga olgan holda quyidagi 7-jadvalga asosan belgilanishi kerak.
331. Agar osma qoziqlar guruhiga tushadigan ogʻirlik 3000 kN dan ortganda, shuningdek butun inshoot osti qoziqlar maydonida kovlanadigan 50 foiz kovlamalarning chuqurligi mazkur SHNQning 247 va 249-bandlarini hisobga olgan holda, qoziqlarning loyihalangan chuqurligidan kamida 10 m chuqur boʻlishi lozim (qoyatosh boʻlmagan gruntlar uchun).
332. Plita-qoziq poydevorlari va oʻlchovi 10x10 m dan katta qoziq maydonlaridan foydalanganda, kovlamalarning 50 foiz qoziqlarni koʻzda tutilgan chuqurlashtirishdan siqiladigan qatlam qalinligining chuqurligidan kam, qoziq maydoni yoki plita kengligining yarmidan kam, biroq 15 m dan kam boʻlmasligi lozim.
333. Qoyatosh gruntlar tarqalgan joylarda kovlamalar qoziqlarning pastki uchidan 2 m chuqur qatlamni ochishi kerak.
334. Sugʻurib olish uchun ishlatiladigan qoziqli poydevorlar uchun togʻ kovlamalarining va zondlashning chuqurliklari qoziqlarning pastki uchidan kamida 1 m chuqurroq kovlanishi lozim.
335. Massivda qoyatosh gruntlarning nuragan qatlamlari mavjud boʻlganda hamda karst tarqalganda, togʻ kovlamalarining chuqurliklarini muhandis-geologik sharoitlarning murakkablik darajasini va loyihalanayotgan obyektlarning xususiyatini hisobga olgan holda belgilash kerak.
336. Cheklovchi va suvni boshqaruvchi suv eltgich va sanoat chiqindilari, oqovalarini (shlam omborlari, kul uyumlari) toʻplovchi balandligi 25 m gacha boʻlgan toʻgʻonlar (dambalar) hududlarida togʻ kovlamalarini toʻgʻonlarning oʻqi boʻylab har 50 — 150 m masofada, muhandis-geologik sharoitlarning murakkablik darajasiga bogʻliq ravishda joylashtirish kerak.
337. Murakkab muhandis-geologik sharoitlarda, toʻgʻonlarning balandligi 12 m dan ortiq boʻlganda, har 100 — 300 m masofada kamida uchtadan togʻ kovlamalaridan tashkil topgan qoʻshimcha koʻndalang stvorlar kovlanishi lozim.
338. Togʻ kovlamalarining chuqurliklarini toʻgʻonlar bilan geologik muhitning oʻzaro taʼsir doirasini (siqiladigan qatlam va filtratsiya zonasi) hisobga olgan holda, biroq toʻgʻonlar (dambalar)ning bir yarim balandligidan kam boʻlmagan chuqurliklarda olish lozim.
339. Suvning filtratsiya yoʻqotishlarini aniqlashda, togʻ kovlamalarining chuqurligi balandligi 25 m gacha boʻlgan damba oldida hosil boʻlgan (damba tubidan hisoblaganda) suv balandligining ikki-uch hissasiga teng boʻlishi kerak.
Suv oʻtkazmas gruntlar sayoz chuqurliklarda boʻlganda, togʻ kovlamalarini ularning tepa sathidan 3 m pastroq kovlash kerak.
340. Sanoat chiqindilari va oqovalarini toʻplovchi havzalar chegarasida, muhandis-geologik sʼyomkasining natijalariga aniqlik kiritish hamda yerosti suvlari ifloslanishini baholashda, qoʻshimcha togʻ kovlamalarini kovlash lozim.
341. Toʻplovchi havzalar chegarasida tuziladigan koʻndalang stvorlarning sonini, toʻplovchi havzalar ichidagi yerosti suvlari rejimini kuzatuvchi bur-quduqlar stvorlarini hisobga olgan holda, hududning geologik-gidrogeologik sharoitlariga bogʻliq ravishda belgilash kerak.
342. Stvorlar orasidagi masofa 200 — 400 m dan, togʻ kovlamalari orasidagi masofa esa 100 — 200 m dan oshmasligi lozim.
Jarlik va soyliklarning boʻyida, suyuq sanoat chiqindilari va oqovalari toʻplanayotgan paytda ular qirgʻoqlarining turgʻunligini baholash maqsadida, togʻ kovlamalari orasidagi masofa qisqartirilishi zarur.
Agar toʻplovchi havzalarning qirgʻoqlari qoyatosh gruntlardan tashkil topgan boʻlsa, suyuq sanoat chiqindilari va oqavalari sizib chiqishi ehtimolini aniqlash uchun qoyatosh gruntlarning darzliligi va suv oʻtkazuvchanligini hamda uzilma yoriqlar mavjudligi va ularning xususiyatini oʻrganish uchun maxsus tadqiqot ishlarini oʻtkazish lozim.
343. Toʻplovchi havzalar chegarasidan tashqarida togʻ kovlamalarini suyuq sanoat chiqindilari va oqovalari harakat qiladigan hamda yoyilib ketadigan yoʻnalishlarga mos stvorlar boʻylab, shuningdek toʻplagichlar taʼsiridagi zonalarga yaqin joylashish ehtimoli mavjud suv eltgichlar, suv havzalari, yerosti suvlari chiqarib olinadigan joylar, aholi punktlari, qishloq xoʻjalik yerlari va oʻrmonzorlar tomoniga yoʻnaltirilgan stvorlar boʻylab joylashtirish kerak.
344. Toʻplovchi havzalar konturidan ular taʼsiridagi obyektlargacha koʻndalang stvorlardagi togʻ kovlamalari orasidagi masofa, gidrogeologik sharoitlarning murakkabligiga va koʻndalang stvorlarning uzunligiga bogʻliq ravishda 300 dan 2000 m gacha (minimal masofa — murakkab sharoitlarda yoki koʻndalang stvorlarning uzunligi 1000 m gacha boʻlganda, maksimal masofa — oddiy sharoitlarda yoki koʻndalang stvorlarning uzunligi 10 km dan ortiq boʻlganda) boʻlishi lozim.
345. Togʻ kovlamalarining chuqurligi, yerosti suvlari sathidan kamida 3 m pastroq kovlanishi kerak.
Togʻ kovlamalarining bir qismini (30 foizgacha) barqaror suv oʻtkazmas qatlamgacha kovlanishi, biroq barcha hollarda ularning chuqurligi damba-koʻtarma oldida hosil boʻlgan suv balandligining bir yarim hissasidan kam boʻlmasligi lozim.
346. Toʻplagichlardan sizib chiqadigan suv miqdorining prognozini togʻ jinslarining filtratsiya xususiyatlarini hamda toʻplagichlardan foydalanish jarayonida suyuq chiqindilar va oqovalarning migratsiya xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshirish lozim.
347. Loyihalanayotgan yerusti suvlarining suv chiqarish inshootlari hududlarida (botirilgan suv qabul qilgichlar, toʻlqindan himoya qiluvchi dambalar) togʻ kovlamalarini suv eltgichning harakat yoʻnalishiga koʻndalang stvorlar boʻylab joylashtirilishi, bunda ular orasidagi masofa 100-200 m dan va togʻ kovlamalari orasidagi masofa esa soylikning asosiy geomorfologik elementlarini (oʻzan, qayir, terrasa) hisobga olgan holda 50 — 100 m dan oshmasligi lozim.
348. Filtratsiya maydonlarida togʻ kovlamalarining soni oʻrganilayotgan har bir gektarda ikki-uchtadan boʻlishi kerak.
349. Togʻ kovlamalarining chuqurligini, 5 m gacha, yerosti suvlari yaqin joylashgan yerlarda esa ular sathidan 1-2 m pastroq kovlash lozim.
350. Har bir oʻxshash grunt sharoitli hududlarda 8 — 10 m chuqurlikdagi bir-ikkita togʻ kovlamalari kovlanishi kerak.
351. Yerosti suvlari gorizontining ifloslanishini, baholash uchun togʻ kovlamalarining bir qismi suv oʻtkazmas qatlamdan yoki kam suv oʻtkazuvchi qatlamdan 1-2 m pastroq kovlanishi lozim.
352. Individual loyihalanayotgan chiziqli inshootlar yoʻnalishi hududlarida (sunʼiy inshootlar, oʻyiqlar, koʻtarmalar) togʻ kovlamalarini joylashtirish va ularning chuqurligini mazkur SHNQning 8-jadvaliga koʻra belgilash kerak.
353. Bir turda loyihalanayotgan chiziqli inshootlar yoʻnalishi hududlarida, ishchi hujjatlar ishlab chiqishni asoslash uchun loyiha bosqichi uchun bajarilgan muhandislik-geologiya izlanishlarining materiallaridan foydalanish, muhandis-geologik sharoitlarga aniqlik kiritish uchun yoʻnalish oʻqi boʻylab togʻ kovlamalari kovlanishi lozim.
354. Chiziqli inshootlar asosini deformatsiyalar va (yoki) koʻtaruvchanlik xususiyatlari (mustahkamligiga koʻra) boʻyicha hisoblash talab qilingan hollarda ishchi hujjatlar ishlab chiqishni asoslash uchun izlanishlar bajarilishi kerak.
355. Havo orqali elektr uzatish liniyalari yoʻnalishlarida togʻ kovlamalarini tayanchlar oʻrnatilgan quyidagi nuqtalarda joylashtirish lozim:
oddiy muhandis-geologik sharoitlarda bitta (maydon markazida);
murakkab muhandis-geologik sharoitlarda — toʻrt-beshtagacha kovlamalarni.
356. 35 kW dan kam boʻlgan elektr uzatish liniyalarini loyihalashda, muhandis-geologik bur-quduqlarini burchak tayanchlarini oʻrnatish nuqtalarida joylashtirilishi lozim.
Oddiy muhandis-geologik sharoitlarda bur-quduqlarining orasidagi masofa 300 m dan oshmasligi lozim.
Murakkab muhandis-geologik sharoitlarda bur-quduqlarining orasidagi masofa 100 m dan oshmasligi kerak.
Suv oqimlari, transport va muhandislik kommunikatsiyalari oʻtish joylarida, muhandislik-geologiya bur-quduqlari bir-biridan kamida 100 m masofada joylashtirilishi lozim.
357. Bur-quduqlarning chuqurligi quyidagicha boʻlishi lozim:
tabiiy asosdagi tayanchlar uchun — 8 m gacha;
qoziqli poydevorlarning oraliq tayanchlari uchun qoziqlarning uchi botgan eng katta chuqurlikdan 2 m chuqurgacha;
burchak tayanchlarining qoziq poydevorlari uchun — qoziqning pastki uchidan kamida 4 m chuqurgacha.
Izohlar:
1. Minimal masofa — murakkab, maksimal esa — oddiy muhandis-geologik sharoitlarda qabul qilinishi kerak.
2. Yoʻnalishlar yonbagʻirlari mustahkam boʻlmagan tabiiy toʻsiqlar (suv eltgichlar, jarlar va botiq yerlar)dan oʻtadigan joylarda togʻ kovlamalarining chuqurligini loyihalanayotgan inshootlarning turi va muhandislik muhofazasi boʻyicha chora-tadbirlarga bogʻliq ravishda belgilanishi kerak.
3. Xavfli fizik-geologik va muhandislik-geologiya jarayonlar rivojlangan va boʻshang gruntlar tarqalgan hududlarda togʻ kovlamalarini yoʻnalish oʻqi boʻylab va koʻndalang stvorlarda har 50 — 100 m masofada joylashtirish kerak.
Yoʻnalish oʻqi boʻylab va koʻndalang stvorlarda togʻ kovlamalarining orasidagi masofani 25 dan 50 m gacha olish kerak.
Har bir stvordagi togʻ kovlamalari soni uchtadan kam boʻlmasligi lozim.
4. Chiziqli inshootlar yoʻnalishlaridagi oʻyiqlarning gruntlari, ularni yer toʻshamasiga yotqizish yoki grunt qurilish materiallari sifatida ishlatish mumkinligini baholash maqsadida oʻrganilishi kerak.
358. Yerosti kommunikatsiyalarini loyihalashda (quvuroʻtkazgich, kabel liniyalari va kollektorlar) yerosti kommunikatsiyalari yoʻnalishlari boʻyicha muhandislik-geologiya bur-quduqlar va statistik (dinamik) zondlash nuqtalarning chuqurligi mazkur SHNQning 8-jadvali talabiga muvofiq aniqlanishi lozim.
359. Muhandislik-geologiya bur-quduqlar orasidagi masofa mazkur SHNQning 352-bandiga muvofiq olinishi lozim.
Agar mavjud binolar va inshootlar oldindan aniqlangan yerosti kommunikatsiyalari taʼsir zonasida joylashgan boʻlsa, bur-quduqlar orasidagi masofa 25 m dan oshmasligi kerak.
360. IV-toifadagi vertikal rezervuarlarni loyihalashda muhandislik-geologiya bur-quduqlar soni rezervuarning maydoni bilan belgilanishi va kamida toʻrttadan iborat boʻlishi kerak: bittasi markazda va uchtasi devor qismida (rezervuarning 0,9 — 1,2 radiusi oraligʻida). Bunda, bur-quduqlar orasi mazkur SHNQning 4-jadvalida keltirilgan masofadan oshmasligi lozim.
361. Rezervuarning markazida joylashgan bur-quduqning chuqurligi poydevorning taxminiy chuqurligi va binoning siqiladigan qatlam qalinligi chuqurligidan kamida 2 m ortiq boʻlishi lozim.
362. Rezervuar devor qismidagi bur-quduqlarning chuqurligi poydevor chuqurligi hamda siqiluvchi qatlamning 0,7 baravar chuqurligi yigʻindisidan 2 m chuqurroq boʻlishi kerak.
363. Vertikal rezervuarlarni loyihalashda bur-quduqlar chuqurligi, poydevorning va siqiluvchi qatlamlarning chuqurligi yigʻindisidan kamida 2 m chuqurroq boʻlishi lozim.
Binolar va inshootlarning geologik muhit bilan oʻzaro taʼsiridagi siqiluvchan qatlam chuqurligi SHNQ 2.02.01-19 talablariga muvofiq hisoblab chiqilishi lozim.
364. Muhandislik-geofizik tadqiqotlar mazkur SHNQning 57-bandiga muvofiq joylashtirilayotgan bino va inshootlar hududlarida, shuningdek chiziqli inshootlarning yoʻnalishlarida asosan bur-quduq usullaridan foydalangan holda amalga oshirilishi kerak.
365. Noyob inshootlar uchun bur-quduqlar yoki togʻ kovlamalari orasidagi hududni seysmoakustik yoki radio toʻlqinli tekshirishlarni amalga oshirish lozim.
366. Loyihalashtirilayotgan bino va inshootlar maydonlarida geofizik nuqtalarning holati, inshootlarning konturlari va oʻqlari boʻylab geologik tuzilmasini, poydevorlardagi yuklarning keskin oʻzgarishi joylarini, turli geomorfologik elementlarning chegaralarini aniqlashtirish zaruratidan kelib chiqqan holda tanlanishi kerak.
367. Loyihalashtirilayotgan inshootlar konturidagi geofizik kuzatuv nuqtalarining umumiy soni bino va inshootlarning toifalari va hududning muhandis-geologik sharoitlari murakkabligini hisobga olgan holda aniqlanishi lozim.
Geofizik kuzatuvlar nuqtalari orasidagi masofa mazkur SHNQning 4-jadvaliga muvofiq muhandislik-geologiya bur-quduqlar orasidagi masofaga mutanosib boʻlishi kerak.
IV-toifa binolar va inshootlar uchun geofizik kuzatuv nuqtalari toʻrt-beshtadan kam boʻlmasligi hamda masʼuliyat darajasi III toifa binolar va inshootlar uchun uchta nuqtadan kam boʻlmasligi kerak.
I va II-toifa binolar va inshootlar uchun geofizik izlanishlarini bajarmaslikka yoʻl qoʻyiladi.
368. Muhandis-geofizik tadqiqotlar chuqurligi siqiladigan qatlam qalinligining bir yarim baravarigacha (yoki muhandislik-geologiya bur-quduqlar chuqurligining bir yarim baravarigacha) yetishi kerak.
Geofizik izlanishlar katta chuqurliklargacha bajariladigan boʻlsa izlanishlar dasturida asoslab berilishi lozim.
369. Chiziqli inshootlar yoʻnalishi hududlarida, profilni tuzishda yoʻnalish oʻqi boʻylab geofizik profillarda va har 50 — 100 m dan keyin rejalashtirilgan kesmalarda kuzatuvlar orasidagi masofa 5 dan 10 m gacha boʻlishi kerak.
Geofizik zondlashda yoʻnalish oʻqi boʻylab kuzatuvlar orasidagi masofa 50 dan 150 m gacha va har 100 — 500 m dan keyin rejalashtirilgan kesmalarda kuzatuvlar orasidagi masofa 20 dan 50 m gacha boʻlishi kerak.
370. Tadqiqot dasturida asoslanganda uzluksiz zondlash (elektrotomografiya usuli bilan) ga yoʻl qoʻyiladi.
371. Gruntning poʻlatga nisbatan agressivligini baholash uchun elektr tadqiqot ishlari GOST 9.602-2016 talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Adashgan toklarni oʻlchash har bir maydon uchun bir yoki ikkita nuqtada amalga oshirilishi kerak.
372. Metall boʻlmagan quvurlarni loyihalashda gruntlarning solishtirma elektr qarshiligini aniqlash ishlarini bajarmaslikka yoʻl qoʻyiladi.
373. Havo elektr uzatish liniyalari yoʻnalishlarini loyihalashda geofizik tadqiqotlar mazkur SHNQning 355-356-bandlarida keltirilgan joylarda va tayanchlar oʻrnatiladigan nuqtalarda oʻtkazilishi lozim.
Har bir tayanch ostida muhandis-geologik sharoitlarning murakkabligiga koʻra birdan uchtagacha kuzatuv nuqtalari belgilanishi kerak.
374. Loyiha hujjatlarini tayyorlash uchun bir bosqichli tadqiqotlarni oʻtkazishda mazkur SHNQning 355-356-bandlarida keltirilmagan chiziqli inshootlar yoʻnalishlari hududlarida muhandislik-geofizik izlanishlar mazkur SHNQning 190 — 192-bandlari va mazkur SHNQning 2-jadvali talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
375. Elektr podstansiyalari va ularga yondosh hududlarda geoelektrik tuzilishni, gruntlarning solishtirma elektr qarshiligini (UES) aniqlash maqsadida anodli yertutashtirgich qurilmalari va stansiyalarini loyihalash uchun vertikal elektr zondlash (VEZ) usuli orqali elektrrazvedka ishlari amalga oshirilishi kerak.
Yertutashtirgich qurilmalari joylashgan maydonlarda tadqiqot chuqurligi yertutashtirgich qurilmasining chuqurligiga bogʻliq holda 50 dan 200 m gacha boʻlishi kerak.
376. Gruntlarni dala sharoitida tekshirish ishlarini alohida olingan bino va inshootlar hududlarida bajarish kerak.
Gruntlar koʻrsatkichlarini aniqlash usullarini mazkur SHNQning 61 — 75 va 193-194-bandlariga koʻra bino va inshootlarning xususiyati va toifalarini hisobga olgan holda tanlash lozim.
377. Gruntlarning deformatsiya va mustahkamlik xususiyatlari mazkur SHNQning 6-ilovasiga koʻra amalga oshirilishi kerak.
378. Gruntlarni sathi 2500 va 5000 cm2 shtamplar yordamida statik bosim ostida sinash tajribalarini tajriba shurflarida, loyihalanayotgan poydevor chuqurligida va undan 2-3 m chuqurroqda amalga oshirilishi lozim.
379. Gruntlarining siqiluvchan qatlami doirasida tajribalarning sathi 600 cm² shtamplar yordamida, bur-quduqlarda yoki grunt massivlarida burama (vint) shtamplar yordamida amalga oshirilishi kerak.
380. Gruntlarni shtamplar yordamida sinash tajribalari gruntlarning laboratoriya sharoitida aniqlangan deformatsiya moduli miqdorlariga (yuklamasi 0,15 MPa dan ortiq boʻlgan III va IV-toifadagi bino va inshootlar asosini hisoblashda) aniqlik kiritish uchun amalga oshirish lozim.
381. Gruntlarning deformatsiyaviy xususiyatlarini aniqlash va ularga aniqlik kiritishda etalon usul sifatida sathi 2500-5000 cm2 shtamplar yordamida statik bosim ostida sinash tajribalarini amalga oshirish kerak.
382. Agar inshootlar (0,15 MPa dan kam yuklamalarda) asosi toʻrtlamchi davrgacha boʻlgan gruntlar yoki oʻziga xos gruntlar (koʻpayish koeffitsiyentiga ega boʻlmagan) dan iborat boʻlsa, kompression sinovlari natijasida olingan gruntlar deformatsiyasi modullarini tuzatish shtamp sinovlari natijalari asosida amalga oshirilishi lozim.
383. GOST 20276-2012 da belgilangan hollarda, grunt sinovlari natijasida radial pressiometrlar yordamida olingan grunt deformatsiyasi modullarini tuzatish uchun shtamplar bilan grunt sinovlari bajarilishi kerak.
384. Bur-quduqlarda radial pressiometrlar va yassi vertikal shtamplar (parrakli pressiometrlar) yordamida gruntlarning pressiometrik sinash tajribalarini, gruntlar keskin farq qilmaydigan anizotropiya xususiyatlariga (vertikal va gorizontal yoʻnalishlar boʻyicha) ega boʻlgan hollarda amalga oshirish lozim.
385. Oddiy va oʻrta muhandislik-geologiya sharoitli hududlarda, III-toifadagi bir turdagi va takroriy loyihalar boʻyicha quriladigan bino-inshootlar uchun, shuningdek individual loyihalanayotgan chiziqli inshootlar yoʻnalishlari hududlarida, gruntlarning deformatsiyaviy va mustahkamlik xususiyatlarini aniqlash uchun statik va (yoki) dinamik zondlash ishlari bajarilishi kerak.
386. Statik va dinamik zondlash ishlari quyidagi maxsus vazifalarni yechish uchun qoʻllanilishi lozim:
toʻkma va yuvma gruntlarning (vaqtga bogʻliq ravishda) zichlanish hamda mustahkamlanish darajasini aniqlash;
suvga toʻydirish va suvini chiqarib yuborish natijasida qumli, gilli gruntlarning zichligi hamda mustahkamligi oʻzgarishini oʻrganish;
suvga toʻyintirilgan qumli gruntlarning dinamik barqarorligini aniqlash.
387. Statik zondlash sinovlari soni bur-quduqlarning umumiy sonining 50 foizdan kam boʻlmasligi kerak.
Binoning kengligi va uzunligi 25 m yoki undan kam boʻlganda esa uchtadan kam boʻlmasligi kerak.
Agar qatlam kesimida suvga toʻyingan qumli gruntlar mavjud boʻlsa, statik zondlash sinovlari soni bur-quduqlar sonining 100 foizigacha koʻpayishi, zondlash chuqurligi loyihada belgilangan qoziqning pastki uchidan kamida 2 m chuqurda boʻlishi kerak.
388. Qoziqli poydevorlar chiziqli inshootlarini loyihalash hududlarida (koʻpriklar, estakad) har bir tayanch ostiga statik zondlash amalga oshirilishi kerak.
Tayanch kengligi 12 m va undan ortiq boʻlsa, zondlash nuqtalar soni koʻpayishi va ular orasidagi masofa 12 m dan oshmasligi lozim.
389. Statik va dinamik zondlash quyidagi maxsus vazifalar uchun qoʻllanilishi kerak:
toʻkma va yuvma gruntlarning vaqt oʻtishi bilan siqilish va mustahkamlashuv darajasini aniqlash;
sugʻorish, drenajlash paytida qumli va gilli gruntlarning mustahkamligi va zichligining oʻzgarishini aniqlash.
390. Qoziqli poydevorlarda loyihalanayotgan har bir bino va inshoot chegarasida SHNQ 2.02.03-21 talablariga muvofiq etalon qoziq va statik zondlash sinovlar soni kamida oltita va toʻliq oʻlchamdagi qoziqlarning statik sinovlari soni kamida ikkita boʻlishi kerak.
391. Bir tekislikda kesish usulidan foydalangan holda gruntlarning normativ xususiyatlarini aniqlashda, qiyalikning barqarorligini yoki massivning (yirik boʻlakli yoki bir jinsli boʻlmagan gruntlardan tashkil topgan) mustahkamlik xususiyatlarini hisoblash uchun, har bir MGE uchun mustahkamlik koʻrsatkichlarini aniqlash soni uchtadan kam boʻlmasligi lozim.
392. Gruntlarning hisoblangan xususiyatlarini aniqlashda SHNQ 2.02.01-19 da belgilangan grunt ishonchliligi koeffitsiyentlaridan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
393. Gruntlarning dala sinovlari soni avvalgi muhandislik-geologiya ishlarning natijalarini hisobga olgan holda dasturda asoslanishi kerak.
394. Gidrogeologik tadqiqotni gruntlar va suvli gorizontlarning gidrogeologik parametrlarini hamda koʻrsatkichlarini aniqlash, gidrogeologik sharoitlar oʻzgarishi prognozini tuzish uchun va suv sathini pasaytiruvchi tizimlarni loyihalash, filtratsiyaga qarshi chora-tadbirlar koʻrish, drenaj bilan bogʻliq masalalarni yechish, olingan maʼlumotlarga aniqlik kiritish uchun amalga oshirilishi lozim.
395. Tajriba filtratsiya ishlarini (suvni tortib olish va toʻldirish, shurflarga suv quyish, bur-quduqlarga bosim ostida suv quyish), loyihalanayotgan qurilish xandaqlari konturida va bevosita joylashtirilishi loyihalanayotgan hududlardagi suv sathini pasaytiruvchi, filtratsiyaga qarshi, drenaj va boshqa tizimlarning konturlarida bajarish kerak.
396. Yerosti suvlaridan olinadigan namunalar va kimyoviy tahlillar miqdorini mazkur SHNQning 277-bandi talablariga koʻra belgilanishi lozim.
397. Xavfli fizik-geologik va muhandis-geologik jarayonlar rivojlanish dinamikasini, yerosti suvlari rejimini statsionar kuzatish hamda boshqa izlanishlarning avvalgi bosqichlarida boshlangan kuzatuvlar mazkur SHNQning 108 — 116-bandlariga asosan davom ettirilishi kerak.
398. Izlanishlar tugallanganidan soʻng statsionar kuzatish tarmoqlarini bino va inshootlarni qurish va foydalanish davrida kuzatuvlarni davom ettirish uchun qoldirish lozim.
399. Togʻ kovlamalaridan olingan gruntlar namunalarining fizik-mexanik koʻrsatkichlarini loyihalanayotgan har bir bino va inshootlar yoki ularning guruhi joylashgan hududlarda laboratoriya sharoitida aniqlash kerak.
Gruntlar namunalari loyihalanayotgan obyektlar bilan geologik muhitning oʻzaro taʼsir doirasidagi har bir muhandislik geologik elementlardan olingan boʻlishi kerak.
400. Gruntlarning fizik, fizik-kimyoviy, mexanik (deformatsiyaviy va mustahkamlik) koʻrsatkichlarini hamda ularning oʻziga xos xususiyatlarini laboratoriya sharoitida aniqlashning tarkibi, hajmi (miqdori) va usullarini izlanishlar dasturida, ular xususiyatlarining bino-inshootlar asosida obyektning qurilishi, shuningdek undan foydalanish davrida oʻzgarishini hisobga olgan holda mazkur SHNQning 11-ilovasiga koʻra asoslanishi lozim.
401. III va IV-toifadagi bino va inshootlar uchun (0,15 MPa dan ortiq yuklamalarda) gruntlarning deformatsiya xususiyatlari kompression siqish usuli bilan tuzatish koeffitsiyentlarini qoʻllash yordamida aniqlanishi kerak.
Bunda, IV-toifadagi bino va inshootlar uchun tuzatish koeffitsiyentlari shtamp sinovlari natijalari bilan solishtirilishi, III toifadagi bino va inshootlar uchun shtamp sinovlari natijalari yoki uch oʻq boʻylab siqilish natijalari bilan aniqlanishi kerak.
402. Tabiiy asosda loyihalanayotgan IV-toifadagi bino va inshootlari uchun (shtampdan foydalanish cheklangan taqdirda) grunt sinovlari laboratoriya sharoitida uch oʻq boʻylab siqish usuli yordamida amalga oshirilishi lozim.
403. Seysmik hududlarda qurilish paytida (texnik topshiriqda koʻrsatilgan umumiy seysmik hududlashtirish xaritasi boʻyicha normativ seysmikligi 6 yoki undan ortiq ball bilan) gruntlarning seysmik suyulishi, mustahkamligi yoʻqolishini va deformatsiyalanishini aniqlash uchun quyidagilarda dinamik sinovlar oʻtkazilishi kerak:
suyuluvchi va oson suyuluvchi qumlarda;
oquvchanlik koʻrsatgichi 0,25 dan yuqori boʻlgan bogʻlangan gruntlarda;
yirik boʻlakli gruntlarning tarkibidagi 30 foizdan ortiq boʻlgan suvga toʻyingan dispers toʻldiruvchi gruntlarda.
404. Tashqi dinamik taʼsir manbalari boʻlgan transport yoki sanoat uskunalar, shuningdek foydalanish jarayonida dinamik taʼsir manbalari boʻlgan inshootlar yaqinidagi bino va inshootlarni loyihalashda, poydevor asosidagi gruntlar (har qanday namlikdagi boʻshang qumlar, suv bilan toʻyingan oʻrtacha zichlikdagi qumlar, oquvchanlik koʻrsatkichi 0,5 dan yuqori boʻlgan bogʻlangan gruntlar)ning tebranish-sudralish xususiyatlarini aniqlash uchun dinamik sinovlar oʻtkazilishi lozim.
405. Agar inshootning poydevori chegarasi temir yoʻl yotqizigʻining chetidan 100 m dan ortiq masofada, I-toifadagi avtomobil yoʻli oʻqidan, tramvay liniyasidan, metro liniyasidan 50 m masofada, shuningdek dinamik taʼsirlarga ega dastgohlar poydevori chegaralaridan 50 m masofada joylashgan boʻlsa, dinamik sinovlarni bajarmaslikka yoʻl qoʻyiladi.
406. Sinov natijalarini statistik qayta ishlash asosida, gruntlarning normativ va hisobiy koʻrsatkichlarini hisoblash uchun zarur boʻlgan bir xil nomdagi koʻrsatkichlarining miqdorini, hisoblash yoʻli bilan aniqlash kerak.
Bu hisoblashlarni asos gruntlarining har xillik darajasi, koʻrsatkichni hisoblashning talab qilingan aniqligiga (berilgan ishonchlilik ehtimoli oraligʻida) bogʻliq ravishda, loyihalanayotgan bino va inshootlarning toifalari va turi (qurilishdan maqsadi)ni hisobga olgan holda amalga oshirilishi lozim.
407. Gruntlar hisobiy koʻrsatkichlarining ishonchlilik ehtimoli oraligʻini SHNQ 2.02.01-19 (deformatsiyalar boʻyicha hisoblashlarda — 0,85 va mustahkamlik koʻrsatkichlari boʻyicha hisoblashlarda — 0,95, ammo 0,99 dan ortiq boʻlmasligi kerak) talablariga koʻra belgilash kerak.
408. Hisoblash uchun maʼlumotlar mavjud boʻlmagan hollarda, gruntlar koʻrsatkichlarining miqdori mazkur SHNQning 314-bandiga muvofiq har bir inshoot yoki ularning guruhi uchun ushbu SHNQning 279-bandiga muvofiq har bir muhandislik geologiya elementi boʻyicha loyiha uchun belgilangan grunt xususiyatlari koʻrsatkichlarining miqdoridan kam boʻlmagan miqdorda, avval bajarilgan aniqlash ishlari, shu jumladan, yaqin hududda olingan maʼlumotlarni inobatga olgan holda taʼminlanishi lozim.
409. Togʻ kovlamalaridan olingan yerosti suvlari namunalarining miqdori har bir suvli gorizont uchun uchtadan kam boʻlmasligi kerak.
Suv namunalarining miqdorini yerosti suvlari kimyoviy tarkibi koʻrsatkichlarning katta oʻzgarishida yoki loyihalanayotgan bino va inshootlar hududlarni sanoat hamda boshqa ifloslantiruvchi manbalardan chiqadigan oqovalar bosishi yuz berganda koʻpaytirish lozim.
410. Yerosti suvlari namunalarining kimyoviy tahlillari natijasida aniqlanadigan koʻrsatkichlar tarkibini mazkur SHNQning 117-bandiga va 12-ilovasiga koʻra belgilanishi kerak.
411. Loyiha hujjatlarini (ishchi hujjatlarini) tuzish bosqichida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan muhandis-geologik sharoitlari oʻzgarishlarni prognoz qilish, loyiha hujjatlarini tayyorlash uchun muhandislik-geologiya tadqiqotlarini bajarish, gruntlarning tarkibi va xususiyatlari, geologik va muhandislik-geologiya jarayonlarning paydo boʻlishi va rivojlanish intensivligini (tezligini) raqamli qiymatlarni belgilash bilan miqdoriy prognoz shaklida amalga oshirilishi lozim.
412. Izlanishlar oʻtkaziladigan maydon (hudud, yoʻnalishlar)ning muhandis-geologik sharoitida yuz berishi mumkin boʻlgan oʻzgarishlarning miqdoriy prognozi laboratoriya va dala usullari bilan grunt tarkibini, holatini hamda xususiyatlarini oʻrganish natijalari, mahalliy maʼlumotlardan kelib chiqib amalga oshirilishi kerak.
Tabiiy sharoitda oʻrganish qiyin boʻlgan xavfli geologik va muhandislik-geologiya jarayonlarning rivojlanishini prognoz qilish uchun fizik modellashtirish qoʻllanilishi lozim.
413. Muhandislik-geologiya sharoitlaridagi oʻzgarishlarning miqdoriy prognozini asoslash uchun qoʻshimcha hajmdagi dala va laboratoriya ishlari hamda izlanishlar (loyihalashtirilgan bino va inshootlar konturitsiya bundan mustasno) amalga oshirilishi kerak.
414. Murakkab muhandis-geologik sharoitlarda, oʻta xavfli, texnik jihatdan murakkab va noyob obyektlarni qurish rejalashtirilgan hududda muhandis-geologik sharoitlarda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan oʻzgarishlarning miqdoriy prognozini tuzish lozim.
415. Ishchi hujjatlar ishlab chiqish uchun texnik hisobotning matnida mazkur SHNQning 219, 307-bandlariga qoʻshimcha ravishda mazkur SHNQning 416 — 422 bandlarida keltirilgan maʼlumotlar boʻlishi kerak.
416. Geologik tuzilishi boʻlimida aniqlik kiritilgan geologik tuzilishning tavsifi va loyihalanayotgan har bir bino (inshoot) yoki ularning guruhlari joylashgan hududida ajratilgan muhandislik-geologiya elementlarning taʼrifi va yotish sharoitlari keltirilishi lozim.
417. Bitta geomorfologik element hududida maydon (yoʻnalish)ning umumiy yoki uning qismlarining (bino va inshootlarning bir necha hududlari uchun umumiy ravishda) taʼrifi keltirilishi kerak.
418. Gidrogeologik sharoitlar boʻlimida gidrogeologik parametrlarga, yerosti suvlari va gruntlarning betonga nisbatan agressivligi va metallarga nisbatan korrozion faolligi oʻrganilishi lozim.
419. Gruntlarning fizik-mexanik xususiyatlari boʻlimida har bir bino (inshoot) yoki ularning guruhlari uchun avval bajarilgan muhandislik izlanishlarini hisobga olgan holda, gruntlar xossalari koʻrsatkichlarining statistik hisoblari natijalari keltirilishi kerak.
Gruntlarning tegishli ishonchlilik chegaralarida tabiiy, deformatsiyaviy, mustahkamlik va kimyoviy xususiyatlarining normativ hamda hisobiy koʻrsatkichlari har bir ajratilgan muhandislik-geologiya element uchun keltirilishi lozim.
420. Oʻziga xos xususiyatli gruntlar boʻlimida loyihalanayotgan bino, inshootlar va ularning guruhlari joylashgan hududlar muhandislik-geologiya sharoitlarining aniqlik kiritilgan tavsifi keltirilishi, har bir ajratilgan muhandislik-geologiya element boʻyicha gruntlarning fizik, deformatsiyaviy, mustahkamlik, kimyoviy va oʻziga xos boshqa xossalarining normativ va hisobiy koʻrsatkichlari aniqlanishi hamda ular oʻzgarishining prognozi, loyihalash va muhandislik muhofazasi boʻyicha takliflar kiritilishi kerak.
421. Fizik-geologik va muhandis-geologik jarayonlar boʻlimida loyihalanadigan inshoot va ular guruhlarining har bir hududi boʻyicha aniqlangan maʼlumotlar, geologik muhit bilan oʻzaro taʼsir doirasidagi jarayonlarning keyingi rivojlanishi boʻyicha aniqlangan prognoz va muhandislik muhofazasi oʻrganilishi lozim.
422. Muhandis-geologik sharoitlar boʻlimida loyihalanadigan bino va inshootlar uchun poydevorlar turlarini tanlash boʻyicha muhandislik-geologiya tavsiyalar, fizik-geologik jarayonlarning faolligiga baho berish, profilaktika chora-tadbirlari va muhandislik muhofaza inshootlari boʻyicha takliflar aniqlanishi lozim.
Noyob bino va inshootlar qurilishi va ulardan foydalanish jarayonida ular asosi deformatsiyalarini kuzatish hamda oʻlchash ishlarini bajarish zarurati toʻgʻrisidagi talablar keltirilishi kerak.
423. Texnik hisobotda muhandis-geologik sharoitlar oʻzgarishining miqdoriy prognozi belgilanishi lozim.
424. Texnik hisobot boʻlimlarining soni, nomlari muhandislik-geologiya sharoitlarning murakkabligiga, izlanishlar maydoni yoki yoʻnalishning uzunligiga, ishlarning maqsadi, yechilishi kerak boʻlgan vazifalarga bogʻliq ravishda oʻzgartirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
425. Avval bajarilgan izlanishlar uchun (loyihaoldi yoki loyiha bosqichlarida) yozilgan texnik hisobotda umumiy maʼlumotlar (fizik-geologik sharoit, muhandislik-geologiya oʻrganilganlik) keltirilgan boʻlsa yoki bu mintaqada loyiha tashkiloti uchun bir necha marta izlanishlar olib borilgan boʻlsa, ushbu maʼlumotlar texnik hisobotda keltirilmasligiga yoʻl qoʻyiladi.
426. Ishchi hujjatlarni ishlab chiqish uchun texnik hisobotning matniy ilovalar tarkibi mazkur SHNQning 218 va 307-bandlari talablariga javob berishi lozim.
Muhandislik-geologiya izlanishlar natijalarini har bir bino (inshoot) yoki hududlar guruhi uchun alohida keltirilishi kerak.
427. Ishchi hujjatlarni ishlab chiqish uchun texnik hisobotning grafik qismida mazkur SHNQning 219 va 307-bandlariga qoʻshimcha ravishda quyidagilar boʻlishi lozim:
loyihalanayotgan obyekt yoki bino va inshootlarning faktik materiallar xaritasi (bu xaritada texnik topshiriqqa ilova qilingan bosh rejaga koʻra bino va inshootlarning konturlari va eksplikatsiyalari);
loyihalanayotgan bino (inshootlar)ning har bir hududi, yoki hududlar guruhi uchun alohida muhandislik-geologiya kesimalar, bu kesimalarda bino (inshoot)larning konturlari va yerosti qismi;
zondlash grafiklari, gruntlarni dala sharoitida oʻrganilgani, filtratsiya ishlari natijalarini qayta ishlash materiallari, geofizik kesimalar va grafiklar, statsionar kuzatuvlar grafiklari va bajarilgan ishlarning boshqa grafik materiallari.
428. Chiziqli inshootlar yoʻnalishlari boʻyicha muhandislik-geologiya kesimalarni muhandislik geodeziya izlanishlari profillari bilan birga qoʻshib chizish kerak.
8-bob. Bino va inshootlarning qurilishi, foydalanish va tugatish davridagi muhandislik geologiya izlanishlari
429. Bino va inshootlar qurilishi, ulardan foydalanish, tugatish davridagi muhandislik-geologiya izlanishlar obyekt hududida geologik muhit ayrim koʻrsatkichlarining holati va oʻzgarishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olishni taʼminlashi lozim.
430. Qurilish davrida qurilish oʻyiqlari va inshootlar asoslarining geologik hujjatlarini yuritish va grunt ishlarining bajarilishi boʻyicha geotexnik nazorat amalga oshirilishi kerak.
431. Izlanishlar ishlarining tarkibi va hajmini izlanishlar dasturida, qurilish xandaqlarini hujjatlashtirish natijalarini va ushbu SHNQning talablarini hisobga olgan holda belgilash kerak.
432. Muhandislik-geologiya izlanishlariga beriladigan texnik topshiriq mazkur SHNQning 5-bandi talablariga qoʻshimcha ravishda quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi lozim:
qurilish ishlarining bajarilish bosqichlari va muddatlarini;
qoʻllaniladigan texnik vositalarni;
qurilishning har bir bosqichida nazorat olib borishning talab qilinadigan vazifalari va ketma-ketligini;
izlanishlar natijalarini taqdim etish tartibini;
olingan natijalarni qurilish ishlarini ishlab chiqarish bilan bogʻlash masalalarni tezkor hal qilinishni.
433. Texnik topshiriqqa hudud boʻyicha asosni tayyorlash muhandislik-geologiya xaritalari va kesimalari, oʻyiqlar chuqurligi koʻrsatilgan bosh reja, belgilangan qurilish ishlarini olib borish grafigi ilova qilinishi kerak.
434. Texnik topshiriqda tajriba ishlarining maxsus turlarini (gruntlar xususiyatlarini sunʼiy yoʻl bilan yaxshilash) bajarish toʻgʻrisida talablar qoʻyilishi lozim.
435. Qurilish davrida olib boriladigan muhandislik-geologiya izlanishlari, loyiha hujjatlarida koʻrsatilishi va quyidagi hollarda bajarilishi kerak:
III va IV-toifali bino va inshootlar (noyob bino va inshootlar) hamda murakkab muhandis-geologik sharoitli hududlarda II-toifali bino va inshootlar qurilishida;
shaharning tor joylaridagi qurilishlarda;
asos gruntlarining texnik melioratsiyasi boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda va bino, inshootlarga sunʼiy yoʻl bilan asos yaratishda;
yerosti suvlari rejimini va xavfli fizik-geologik hamda muhandislik-geologiya jarayonlar rivojlanish dinamikasining statsionar kuzatuvlarini davom ettirish (yoki yangidan boshlash), shuningdek ular rivojlanishi va faollashishini prognoz qilishda;
izlanishlar tugallangani bilan obyekt qurilishi orasida uzoq vaqt oʻtgani sababli hamda boshqa obyektlar hududi yoniga qurilganda, ular yangi qurilish natijasida zarar koʻradigan boʻlsa yoki yangi qurilish (gidrotexnik qurilish, yerlarning suvini quritish, qishloq xoʻjalik ekinlarini sugʻorish va boshqalar) geologik muhitning jiddiy oʻzgarishini keltirib chiqarsa;
obyektlar qurilishi davrida kutilmagan holatlar (bino va inshootlar deformatsiyasi, loyiha hujjatlarida qabul qilingan hamda amalda aniqlangan muhandis-geologik sharoitlar orasidagi farqlar, xandaqlar va oʻyiqlarni yerosti suvlari bosishi, ular yonbagʻirlarining oʻpirilishi) sodir boʻlsa;
obyektlar bosh rejalarining oʻzgarishi, bino va inshootlar konturlari izlanishlar olib borilgan konturlarga nisbatan surilgan boʻlsa;
obyektlar yuqori darajadagi xavfli zonalarda quriladigan boʻlsa.
436. Izlanishlar QR 02.01-23 talablariga koʻra, qurilish uchun tayyorlangan xandaqlarda, sunʼiy oʻyiqlarda, transheyalarda, muhandislik tayyorlash ishlari olib borilgan hududlarda, yuvma yoki toʻkma gruntli grunt inshootlari hududlarida, ular qurilishi jarayonida, grunt massivlari mustahkamlangandan va melioratsiya qilingandan soʻng amalga oshirilishi kerak.
437. Qurilish davrida muhandislik-geologiya izlanishlari olib borilganda loyiha hujjatlarida qabul qilingan va amalda aniqlangan muhandis-geologik sharoitlarning qanchalik mos kelganini aniqlash lozim.
438. Xandaqlar, transheyalar va boshqa oʻyiqlarni tekshirish hamda gruntlarning qatlamlanishini, ularning tarkibini, yerosti suvlarining sizib chiqishini hujjatlashtirish kerak.
439. Izlanishlar tarkibiga xandaqlar, transheyalar devorlari hamda tubining tavsifini yozish, ularning rasmini chizish va suratga olish, 1:500-1:50 masshtablardagi batafsil kesimalar va xaritalar tuzish, yerosti suvlari paydo boʻlgan va barqaror turib qolgan chuqurliklarni, gruntlarning toʻyingan kapillyar zonasini roʻyxatga olish hamda oʻyiqlarga kelib tushadigan suvlarning xususiyatlarini, suvni chiqarib olish miqdorini, shuningdek buning uchun qoʻllanilgan usulning samaradorligini aniqlash kerak.
440. Suv oqimlari va sanoat chiqindilari toʻplovchilarini oʻrab turuvchi va suvni tartibga soluvchi toʻgʻonlar (dambalar), baland toʻshamalar va chuqur oʻyiqlar, shuningdek avtomobil yoʻllari, temir yoʻllar va boshqa chiziqli inshootlar trassalari quriladigan hududlarda muhandislik-geologik hujjatlashtirish va qurilish kotlovanlari hamda transheyalarida kuzatuv ishlari tegishli turdagi qurilish uchun idoraviy qurilish normalarini inobatga olgan holda amalga oshirilishi kerak.
441. Loyiha hujjatlarida qabul qilingan va amalda aniqlangan muhandis-geologik sharoitlar orasida jiddiy farqlar topilganda, agar ular qabul qilingan loyiha yechimlariga oʻzgartirish kiritadigan boʻlsa, bunda loyihani toʻgʻrilash uchun yetarli hajmda muhandislik-geologiya izlanishlarini bajarish kerak.
442. Amalda aniqlangan va loyihadagi muhandis-geologik sharoitlar orasida jiddiy farqlar topilganda, muhandislik-geologiya izlanishlari xulosalarida loyiha yechimlariga aniqlik kiritish toʻgʻrisidagi takliflar boʻlishi kerak.
443. Qurilish davrida muhandislik-geologiya izlanishlari olib borilganda grunt ishlari qurilishi (gruntlarni joyiga yotqizib toʻshash, zichlash va suv yordamida yotqizish), yuvma yoki toʻkma gruntli asoslarda muhandislik tayyorlash ishlari olib borilishi, muntazam ravishda barpo qilinadigan togʻ jinslari uyumlari (otvallari) va grunt inshootlari hududlari sifatining geotexnik nazorati amalga oshirilganda ularning sifatini quyidagi yoʻllar bilan baholash lozim:
gruntlarning amalda aniqlangan quruq holdagi zichligi koʻrsatkichlarini ularning loyihadagi miqdorlari bilan solishtirish;
zichlangan gruntlarning amalda aniqlangan namligi koʻrsatkichlarini ularning optimal namligi miqdorlari bilan solishtirish.
444. Qumli va yirik boʻlakli gruntlarning granulometrik tarkibi aniqlanishi lozim.
445. Gruntlarning zichligini aniqlash uchun quyidagi dala-ekspress usullarini qoʻllash kerak:
vibrozondlash kichik (gabaritli zondlarni, zarbli, botirib kirgiziladigan);
geofizik, zichlik-namlikni aniqlovchi yadroviy usullarni;
krilchatka yordamida aylanma kesish tajribalarini;
zichlik-namlikni keskir silindr yoki (tarkibida har xil aralashma boʻlgan qumli va yirik boʻlakli gruntlar uchun) maxsus shurflarda aniqlash usullarini.
446. Gruntlarni tekshirish QR 02.01-23 talablariga asosan amalga oshirilishi kerak.
447. Asoslar gruntlarining texnik melioratsiyasi (ularni mustahkamlash) boʻyicha nazorat mustahkamlangan gruntlar namunalarini, bur-quduqlardan olingan laboratoriya sharoitida yoki xandaqlar tubida bajariladigan dala sinovlari maʼlumotlari asosida amalga oshirilishi lozim.
448. Yer ostiga chuqurlashtirilib qurilgan inshootlarda, drenaj va boshqa inshootlar qurish maqsadida xandaqlar kovlanganda, qurilish uchun suv sathini pasaytirish boʻyicha chora-tadbirlar samaradorligini nazorat qilish, maxsus kovlangan gidrogeologik bur-quduqlarda bajariladigan kuzatuvlar asosida amalga oshirilishi kerak.
449. Obyektlarning qurilishi davrida muhandis-geologik sharoitlar oʻzgarishining, gidrogeologik sharoitlar oʻzgarishining va fizik-geologik hamda muhandislik-geologiya jarayonlar rivojlanish dinamikasining yoki yangi jarayonlar paydo boʻlishining statsionar kuzatuvlari mazkur SHNQning 108 — 116-bandlariga asosan amalga oshirilishi lozim.
450. Qurilish davrida bajariladigan maxsus muhandislik-geologiya tadqiqotlari (kuzatuvlari)ni quyidagi vazifalarni yechish uchun amalga oshirilishi kerak:
xandaqlar (oʻyiqlar) chetidagi gruntlarning nurash tezligini va barqarorligini, ularning oʻzini tutishini (nurash intensivligini) muntazam ravishda kuzatuvlar asosida aniqlash;
texnogen taʼsirlar ostida togʻ jinslari massivlari parametrlarining oʻzgarishini, xandaqlar va tunnellarda geofizik tadqiqotlarni, seysmoakustik tadqiqotlarni bajarish;
yonbagʻir va suffoziya jarayonlari rivojlanishini, xandaqlar chetidagi gruntlarning siqib chiqarilishi va qalqib chiqishini kuzatish;
gruntlar belgilangan talablarga javob bermagan hollarda grunt inshootlarini suv yordamida yotqizish tajribasining fragmentida sinovlar oʻtkazish;
gruntlarni yer ostida zichlash, mustahkamlash usullari bilan bino va inshootlar asosida muhandislik tayyorlash ishlarini olib borish.
451. Obyektlarning qurilishi va ulardan foydalanish davrlarida izlanishlar olib borilganda, mazkur SHNQning 140-bandi keltirilgan vazifalarni yechish maqsadida, mavjud bino va inshootlar poydevori asosini tekshirish lozim.
452. Mavjud bino va inshootlar poydevori asosini tekshirish uchun shurf va bur-quduqlar kovlash, gruntlar va yerosti suvlari namunalarini olish, zondlash ishlarini va geofizik tadqiqotlar va boshqa muhandislik-geologiya izlanishlarini bajarish hamda bino va inshootlar poydevori asosi deformatsiyasi va yerosti suvlari rejimini statsionar kuzatish ishlarini olib borish kerak.
453. Shurflarning chuqurligini, ochiladigan poydevor tubidan 0,5 — 1,0 m chuqurroq kovlashni hisobga olib belgilash lozim.
454. Shurflarni bino va inshootlar asosi poydevoriga koʻndalang ravishda kovlash kerak.
455. Barcha kovlangan shurflarda ular devorlarining va asos poydevori gruntlarining rasmini chizish (1:20 yoki 1:50 masshtablarda) va suratga olish lozim.
456. Monolitlarni ochiladigan poydevor tubida joylashgan gruntlarning barcha turlari qatlamidan bevosita poydevor tubidagi va unga qarama-qarshi tomondagi qatlamlardan olish kerak.
457. Shurflar yordamida ochilgan poydevorlarning konstruksiyasi, materiali va holati aniqlanishi lozim.
458. Togʻ kovlamalarini kovlash jarayonida bino va inshootlar poydevor asosidagi gruntlarning tuzilmasi va holati (namlash, muzlash, yuvilib ketish, yumshash) buzilishining oldini olish chora-tadbirlari koʻrilishi kerak.
459. Mavjud bino va inshootlar poydevori asosini tekshirish natijalari asosida tuziladigan texnik hisobotda mazkur SHNQning 207 — 219-bandlarga qoʻshimcha ravishda quyidagilar keltirilishi kerak:
bino va inshootlarning qurilishi va ulardan foydalanish davrlarida geologik muhitning, gidrogeologik sharoitlar, gruntlarning deformatsiyaviy va mustahkamlik xususiyatlarining oʻzgarishi va bu oʻzgarishlarning avval qilingan prognozga mos kelganligi;
poydevorlar tubida va ularning taʼsir zonasidan tashqarida alohida-alohida ajratilgan muhandis-geologik elementlari uchun gruntlarning normativ va hisobiy koʻrsatkichlari;
avvalgi yillarda bajarilgan izlanishlar maʼlumotlarga asosan, bu bino va inshootlar qurilgunga qadar aniqlangan muhandis-geologik elementlari uchun gruntlarning normativ va hisobiy koʻrsatkichlari.
460. Bino va inshootlardan foydalanish davrida geologik muhit ayrim koʻrsatkichlarining statsionar kuzatuvlarini (lokal monitoring) olib borishni izlanishlarning avvalgi bosqichlarida tuzilgan kuzatuv punktlari (bur-quduqlar, postlar, nuqtalar) tarmogʻi asosida, ular boʻlmaganda yangi tuziladigan kuzatuv punktlari asosida amalga oshirish kerak.
461. Kuzatishlar xavfli fizik-geologik va muhandislik-geologiya jarayonlar rivojlanishining monitoringini olib borish, bino va inshootlar deformatsiyalarini aniqlash va bino va inshootlar barqarorligiga salbiy taʼsir etuvchi boshqa omillarni kuzatish uchun olib borilishi lozim.
462. Statsionar kuzatuvlarni geofizik va geodezik usullar, zondlash, laboratoriya sinovlari va bino va inshootlar asosida hamda xavfli fizik-geologik va muhandislik-geologiya jarayonlar tarqalgan hududlarda oʻrnatilgan oʻlchov uskunalari yordamida amalga oshirilishi kerak.
463. Kuzatuv tarmoqlarining zichligi, kuzatuvlarni olib borish usullari va davriyligi, inshootning oʻziga xos xususiyatlaridan, muhandislik-geologiya hamda gidrogeologik sharoitlardan, jarayonlar sodir boʻlishining tezligi (intensivligi)dan kelib chiqib, izlanishlar dasturida belgilanishi lozim.
464. Gruntlar va yerosti suvlarining ifloslanish darajasini hamda ifloslantiruvchi koʻrsatkichlarning tarkibini aniqlash uchun ularning kimyoviy tahlilini amalga oshirish kerak.
465. Muhandislik-geologiya izlanishlari natijalarini mazkur SHNQning 207 — 219-bandlariga asosan tuziladigan texnik hisobotda keltirilishi lozim.
466. Loyiha hujjatlari ishlab chiqish uchun bajarilgan muhandislik-geologiya izlanishlarda tuzilgan miqdoriy prognozning ishonchliligini bino va inshootni qurish, ulardan foydalanish davrida bajariladigan izlanishlar natijalariga koʻra tekshirish kerak.
467. Korxona, bino va inshootlarni tugatish davrida bajariladigan izlanishlar hududlarning sanatsiyasi (sogʻlomlashtirish) hamda rekultivatsiyasi (gruntlarni, yerlarni qaytadan tiklash) boʻyicha loyiha yechimlarini asoslash uchun, shuningdek izlanishlar natijasida texnik hisobot tuzish uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni olishni taʼminlashi kerak.
468. Muhandislik-geologiya izlanishlarining tarkibi va hajmini, izlanishlar dasturida belgilanishi lozim.
469. Izlanishlar davomida quyidagilar amalga oshirilishi kerak:
geologik muhitda aholi sogʻligi uchun xavfli boʻlgan ifloslantiruvchi moddalarning mavjudligini aniqlash;
ifloslantiruvchi moddalarni zararsizlantirish va utillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
grunt qatlamining holatini tekshirish va hududning ayrim hududlarida gruntlar va gruntlarni almashtirish, obyektni tugatishdan sodir boʻladigan xavfni baholash toʻgʻrisida takliflar kiritish.
470. Gruntli qurilish materiallari hamda obyekt tugallangandan soʻng amalga oshiriladigan yerni tiklash materiallari uchun grunt izlanishlari SHNQ 1.02.07-19 talablariga asosan bajarilishi lozim.
471. Obyekt tugatilgandan soʻng hududni sogʻlomlashtirishga qaratilgan hududni quritish va boshqa meliorativ choralarni amalga oshirish zarurati bilan bogʻliq boʻlgan geologik muhitning alohida koʻrsatkichlarini oʻrganish, dasturda koʻzda tutilgan kompleks yoki alohida ish turlarini bajarish asosida olib borilishi kerak.
472. Obyektlarni qurish va ulardan foydalanish davrida olib borilgan muhandislik-geologiya izlanishlar natijasiga koʻra tuziladigan texnik hisobot mazkur SHNQning 207 va 298-bandlariga qoʻshimcha ravishda quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi lozim:
hudud qurilishi uchun asos muhandislik tayyorgarligi qabul qilinganligi toʻgʻrisida dalolatnoma va xulosalarni;
asos gruntlarida oʻtkazilgan texnik melioratsiyaning sifati toʻgʻrisida xulosalarni;
gruntlarni karyerdan kovlab olish toʻgʻrisidagi xulosalarni;
suv yordamida yotqizilgan gruntlarning qavatma-qavat nazorati va suv yordamida yotqizib tayyorlangan alohida hududlarni qabul qilingani toʻgʻrisida maʼlumotlarni;
qurilish ishlarini tashkil qilish va ishlab chiqishning usullariga aniqlik kiritish, gruntlarni sunʼiy yoʻl bilan mustahkamlash texnologiyalari, profilaktik va muhofaza chora-tadbirlarini ishlab chiqish boʻyicha takliflarni.
9-bob. Oʻziga xos gruntlar tarqalgan hududlarda muhandislik geologiya izlanishlarini olib borish
473. Oʻziga xos grunt turlari va ularning asosiy xususiyatlari mazkur SHNQning 14-ilovasiga asosan amalga oshirilishi lozim.
474. Qurilish uchun muhandislik-geologiya izlanishlarini murakkab sharoitlarda va oʻziga xos sharoitga ega boʻlgan hududlarda (iqtisodiyot tarmoqlarining obyektlarini joylashtirish koʻzda tutilgan yer qaʼri lahimlarida, Orol dengizining shelf zonasi va boshqalar) mazkur SHNQga qoʻshimcha ravishda muhandislik-geologiya izlanishlarini SHNQ 1.02.23-2022 talablari hisobga olinishi kerak.
475. Muhandislik-geologiya izlanishlari loyihalanayotgan hudud (maydon, hudud, yoʻnalish)ning muhandislik-geologiya sharoitining kompleks ravishda oʻrganish (hududning relyefi, geologik tuzilishi, geomorfologik va gidrogeologik sharoiti, gruntlar tarkibi, holati va xususiyatlari, geologik va muhandislik-geologiya jarayonlar, oʻzlashtirilgan (qurilish olib borilgan) hududlarning oʻzgarishlari)ni taʼminlashi lozim.
476. Geologik muhitdan ratsional foydalanish va muhofaza qilishni hisobga olgan holda obyektlarni loyihalash, qurish, ulardan foydalanish uchun yetarli hamda zarur materiallarni olish maqsadida, loyihalanayotgan obyektlar bilan geologik muhitning oʻzaro taʼsir doirasida muhandis-geologik sharoitlar oʻzgarish ehtimolligini prognoz qilishni taʼminlash muhandislik-geologiya sharoitni kompleks oʻrganish doirasiga kirishi kerak.
477. Oʻziga xos gruntlar va xavfli geologik jarayonlar tarqalgan hududlarda olib boriladigan muhandislik-geologiya izlanishlari tarkibiga mazkur SHNQning 14-bandida keltirilgan ish turlari va kompleks tekshirishlar kirishi lozim.
478. Qurilishi loyihalanayotgan hududning muhandis-geologik va gidrogeologik sharoitlari toʻgʻrisidagi materiallarni yigʻish, tahlil qilish va umumlashtirish ishlari loyihaoldi va loyiha hujjatlari ishlab chiqishning barcha bosqichlarida, avvalgi bosqich natijalarini hisobga olgan holda olib borilishi kerak.
479. Yigʻilishi, qayta ishlanishi kerak boʻlgan materiallar va ularning tarkibi mazkur SHNQning 15-bandiga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
480. Avvalgi yillarda bajarilgan izlanishlar tugagandan loyiha boshlangunga qadar 2-3 yildan koʻp vaqt oʻtgan boʻlsa ulardan foydalanish imkoniyati geologik muhit, gidrogeologik sharoitlar, relyefning oʻzgarganligi va texnogen taʼsirlar mazkur SHNQning 9-jadvalini hisobga olgan holda belgilanishi lozim.
481. Muhandislik-geologiya izlanishlari dasturi tuzilgunga qadar oʻtkaziladigan koʻzdan kechirish tarzidagi (rekognossirovka) tekshirishlar natijalariga koʻra aniqlanishi kerak.
482. Avvalgi yillarda bajarilgan barcha izlanishlarning materiallari geologik muhitning texnogen taʼsirlar natijasida oʻzgarish dinamikasini tiklash uchun foydalanilishi lozim.
483. Avvalgi yillardagi bajarilgan izlanishlar maʼlumotlar va boshqa maʼlumotlarni yigʻish, qayta ishlash, tahlil qilish va umumlashtirish natijasida izlanishlar dasturi va texnik hisobotni tuzishda oʻrganilayotgan hudud muhandis-geologik sharoitlarining oʻrganilish darajasi va bu materiallardan loyihaoldi va loyiha masalalarini yechish uchun (uning qachon bajarilganligini hisobga olgan holda) foydalanish imkoniyati baholanishi kerak.
484. Yigʻilgan materiallar asosida oʻrganilayotgan hududning muhandis-geologik sharoitlari toʻgʻrisida ishchi gipoteza shakllantirilishi va ushbu sharoitlarning murakkablik darajasi belgilanishi lozim.
Bu maʼlumotlarga asosan qurilish obyektining izlanishlar dasturida qidiruv ishlarining tarkibi, hajmi, ularni bajarish uslubi va texnologiyasi belgilanishi lozim.
485. Muhandis-geologik sharoitlarning murakkablik darajasini mazkur SHNQning 1-ilovasida keltirilgan alohida olingan omillarga (ularning asosiy loyiha yechimiga) taʼsirini hisobga olgan holda belgilash kerak.
486. Yerni masofadan turib zondlash maʼlumotlarining deshifrovkasi va aerovizual kuzatuvlar katta maydonlardagi (uzunlikdagi) hududlarning muhandis-geologik sharoitlarini oʻrganish va baholash hamda bu sharoitlarning oʻzgarish dinamikasini oʻrganish zarurati tugʻilganda qoʻllanilishi lozim.
487. Yerni masofadan turib zondlash maʼlumotlarining deshifrovkasi va aerovizual kuzatuvlarini mazkur SHNQning 23 — 25-bandlariga koʻra amalga oshirilishi kerak.
Deshifrovka materiallariga koʻra yerdan turib tekshirishlar natijasida aniqlik kiritilgan geomorfologik xarita tuzilishi lozim.
488. Izlanishlarni amalga oshirish davrida muhandis-geologik koʻzdan kechirish tarzidagi (rekognossirovka) tekshiruvlarning vazifalariga quyidagilar kirishi lozim:
izlanishlar hududini koʻzdan kechirish;
hudud relyefini koʻz bilan chamalab (vizual) baholash;
mavjud ochilmalarning, tabiiy ochilmalar, jarliklar, karyerlar, qurilish kovlamalari tavsifini yozish;
suv chiqadigan joylar tavsifini yozish;
geodinamik jarayonlarning tashqi koʻrinishini yozish;
gidrogeologik va ekologik sharoitlarning geobotanik indikatorlari tavsifini yozish.
489. Koʻzdan kechirish tarzidagi (rekognossirovka) tekshirish yoʻnalishlari aerofoto va sʼyomkaning boshqa turlari natijasida ajratilgan asosiy konturlarni kesib oʻtishi kerak.
490. Tabiiy ochilmalar mavjud boʻlmagan yoki ular yetarli boʻlmagan hollarda qoʻshimcha dala ishlarini amalga oshirish (aerovizual kuzatuvlar, alohida kovlamalarni kovlash, geofizik tadqiqotlar, zondlash, gruntlar, yerosti suvlari namunalarini olish va ularning laboratoriya tahlili) izlanishlar dasturida asoslanishi lozim.
491. Hududni koʻzdan kechirish tarzidagi (rekognossirovka) tekshirish yoʻnalish kuzatuvlari yoʻli bilan amalga oshirilishi va ular boshqa dala ishlaridan oldin bajarilishi kerak.
492. Yoʻnalish kuzatuvlari oʻrganilayotgan hudud muhandis-geologik sharoitlarining asosiy holatlarini aniqlash va oʻrganish uchun koʻzdan kechirish tarzidagi (rekognossirovka) tekshiruvlari, muhandis-geologik sʼyomkasini bajarish jarayonlari mazkur SHNQning 31 — 39-bandlariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
493. Togʻ kovlamalari va bur-quduqlarni kovlash mazkur SHNQning 41 — 56-bandlariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
494. Izlanishlar dasturida belgilanadigan bur-quduqlarni burgʻilash usullari burgʻilashning yuqori darajadagi samaradorligini, grunt qatlamlari chegaralarini belgilashdagi zarur aniqlikni (xatoliklar 0,25 — 0,50 m dan oshmasligi), gruntlarning turlari, yotish sharoiti, tarkibi, holati va xususiyatlarini, ularning oʻziga xos teksturasini tabiiy sharoitda yotgan holatda oʻrganishni taʼminlashi lozim.
495. Shnek bilan burgʻilashni uning kesim tavsifini belgilashda yoʻl qoʻyiladigan xatoliklar va grunt qatlamlari orasidagi kontaktlarni belgilashdagi aniqliklar past (xatoliklar 0,5 — 0,75 m va undan ham yuqori) boʻlgani sababli, izlanishlar dasturida asoslanishi lozim.
496. Shaxta va shtolnyalar yuqori darajadagi masʼuliyatli va noyob bino hamda inshootlarni loyihalashda, shuningdek yer qaʼri lahimlarida joylashtiriladigan iqtisodiyot obyektlarida, izlanishlar dasturida asoslanganda kovlanishi lozim.
Shaxta va shtolnyalarda togʻ jinslarining yotish sharoiti, suv bilan toʻyinganlik darajasi, ularning harorati, saqlanganlik darajasi, geologik tuzilmalar va uzilmalarning xususiyatini oʻrganish hamda namunalar olish, togʻ jinslarining xususiyatlarini oʻrganish va boshqa maxsus ishlarni bajarish kerak.
497. Ishlar tugallangandan soʻng barcha togʻ kovlamalari yoʻq qilinishi, shurf va dudkalar gilli gruntlar bilan shibbalab toʻldirilishi, bur-quduqlar gil yoki sement-qumli aralashma bilan tabiiy muhit ifloslanishining va fizik-geologik hamda muhandis-geologik jarayonlar faollashishining oldini olish maqsadida, berkitish hamda rekultivatsiya ishlari bajarilishi lozim.
498. Geofizik tadqiqotlar oʻziga xos gruntlar tarqalgan hududlarda muhandislik-geologiya izlanishlarini olib borishda muhandislik-geologiya izlanishlarining barcha bosqichlari mazkur SHNQning 57 — 60-bandlariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
499. Gruntlarni dala sharoitlarida tadqiq qilish oʻziga xos gruntlar tarqalgan hududlarda muhandislik-geologiya izlanishlarini olib borish mazkur SHNQning 61 — 75-bandlariga muvofiq bajarilishi lozim.
500. Gidrogeologik tadqiqotlar muhandislik-geologiya izlanishlari mazkur SHNQning 76 — 107-bandlariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
501. Statsionar kuzatuvlar oʻziga xos gruntlar tarqalgan hududlarda muhandislik-geologiya izlanishlarini olib borish mazkur SHNQning 108 — 116-bandlariga muvofiq bajarilishi lozim.
502. Gruntlarning laboratoriya tadqiqotlari oʻziga xos gruntlar tarqalgan hududlarda muhandislik-geologiya izlanishlarini olib borish mazkur SHNQning 117 — 123-bandlariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
10-bob. Choʻkuvchan gruntlar tarqalgan hududlarda muhandislik-geologiya izlanishlarini olib borish
503. Choʻkuvchan gruntlar tarqalgan hududlarda loyihaoldi hujjatlari ishlab chiqish uchun muhandislik-geologiya izlanishlari olib borilganda quyidagilar aniqlanishi va mazkur SHNQning 207 — 219-bandlariga qoʻshimcha ravishda quyidagilar texnik hisobotda koʻrsatilishi kerak:
choʻkuvchan gruntlarning tarqalgan joylari va ularning maʼlum geomorfologik elementlar va relyef shakllariga bogʻliqligi;
relyefning oʻziga xos shakllari (tovoq shaklidagi choʻkmalar, suffoziya choʻkmalari) va ularning maʼlum geomorfologik elementlarga bogʻliqligi;
choʻkuvchan qatlamning qalinligi;
koʻmilgan gruntlarning, karbonatli va gipsli tuzilmalarning, yumronqoziq inlarining mavjudligi va ularning tarqalganligi;
oʻxshash sharoitli hududlarda gruntlarning choʻkuvchanlik xususiyatlarini oʻrganish va xandaqlarda oʻtkazilgan tajriba-namlash sinovlarining natijalari;
gruntlarning choʻkuvchanlik xususiyatlari;
choʻkuvchanlik boʻyicha grunt sharoitlarining turi;
namlash manbalari, amaldagi bino va inshootlardagi mavjud deformatsiyalarning holati va xususiyati.
504. Loyihaoldi hujjatlari uchun gruntlarning choʻkuvchanlik xususiyatlari (gruntlarning oʻz ogʻirligi ostida va qoʻshimcha bosim ostidagi nisbiy choʻkuvchanligi, choʻkuvchanlikning boshlangʻich bosimi) laboratoriya sharoitlarida tekshirishlarga asosan aniqlanishi kerak.
505. Har bir geomorfologik elementda shurflar (dudkalar) kovlash va gruntlarning choʻkuvchanlik xususiyatlarini aniqlash uchun har bir litologik qatlamdan kamida uchtadan monolit olish lozim.
506. Loyiha va ishchi hujjatlar bosqichi uchun muhandislik-geologiya izlanishlariga beriladigan texnik topshirigʻida mazkur SHNQning 5-bandida keltirilgan talablarga qoʻshimcha ravishda asos va poydevorlar, loyiha yechimlari hamda choʻkuvchanlikka qarshi belgilanadigan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar berilishi kerak.
507. Loyiha hujjatlari uchun izlanishlarda mazkur SHNQning 298, 307-bandlariga qoʻshimcha ravishda quyidagilar aniqlanishi va texnik hisobotda koʻrsatilishi lozim:
mikrorelyefning xususiyati, choʻkuvchanlik jarayoni hamda hodisalarining rivojlanishi (tovoq shaklidagi choʻkmalarning, adirlararo choʻkmalarning, taqirlarning, shoʻrtob va shoʻrlangan yerlarning oʻlchamlari va shakllari);
lyoss yotqiziqlari va choʻkuvchan qatlamning qalinligi, ularning maydon uzra oʻzgarishi;
lyoss yotqiziqlari tuzilma (vertikal va gorizontal boʻyicha makrogʻovaklarning xususiyati, ularning chuqurlik va maydon uzra joylashishi, agregatliligi, changliligi) hamda tarkib (ingichka qatlamlilik, darzlilik, konkretsiyalar, gips toʻplamlarining mavjudligi)ining oʻziga xos xususiyatlari;
10 foizli NCl da qaynash darajasi, karbonatlarning kesimda taqsimlangani;
choʻkuvchan qatlamning siklli tuzilishi, qatlamlar va ular komplekslari orasidagi kontaktlarning oʻziga xos xususiyatlari;
gruntlar tarkibi va xususiyatlarining tavsifi va ular choʻkuvchanligining miqdoriy koʻrsatkichlari;
granulometrik tarkibi (tahlillarga tayyorlashning har xil sxemalarida);
gruntlarning tabiiy namlik va toʻliq suvga toʻyintirilgan holatlaridagi deformatsiyaviy va mustahkamlik xususiyatlari;
choʻkuvchan gruntlarning filtratsiya xususiyatlari;
gruntlarning oʻz ogʻirligi natijasida choʻkishi;
choʻkuvchanlik boʻyicha grunt sharoitlarining turi;
choʻkuvchanlikning maydon va chuqurlik boʻyicha oʻzgarishi;
relyefning pasaygan joylarida gruntlarning choʻkuvchanlik xususiyatlari;
ajratilgan muhandislik-geologik elementlarida choʻkuvchan gruntlarning tabiiy namlik va toʻliq suvga toʻyintirilgan holatlaridagi choʻkuvchanlik, deformatsiyaviy va mustahkamlik xususiyatlari koʻrsatkichlarining normativ qiymatlari;
choʻkuvchan boʻlmagan toʻshama gruntlarning joylashish chuqurligi, litologik tarkibi va koʻrsatkichlari, ularning filtratsiya xususiyatlarini (qoʻshimcha topshiriq boʻyicha) baholash.
508. Loyiha uchun izlanishlarda togʻ kovlamalari har bir geomorfologik elementda muhandislik-geologiya kesimlar (boʻylama va koʻndalang) oʻtkazish imkoniyatini hamda tovoq shaklidagi choʻkmalar va ular oraligʻini, suffoziya voronkalarni hisobga olgan holda joylashtirilishi kerak. Bunda, togʻ kovlamalari suv yoki gilli eritmalardan foydalanmagan holda kovlanishi lozim.
509. Loyiha uchun izlanishlarda togʻ kovlamalarining bir qismini shurflar va dudkalar tashkil qilishi kerak.
Har bir muhandislik geologik elementlar doirasida joylashgan shurflar va dudkalardagi choʻkuvchan gruntlardan kamida oltitadan monolit olinishi lozim.
510. Choʻkuvchan qatlamning qalinligi 25 m dan ortiq boʻlganda hamda suvli gorizont ochilganda, grunt olgichlar (gruntonoslar) bilan monolitlar olib shurf va dudkalarning chuqurligini bur-quduqlar yordamida oxirigacha yetkazilishi kerak.
511. Monolitlar va namunalarni togʻ kovlamalaridagi har bir muhandislik geologik elementdan, biroq 1-2 m dan kam boʻlmagan oraliqdan olinishi zarur.
Monolitlar tovoq shaklidagi choʻkmalar va ularning orasida joylashgan togʻ kovlamalaridan olinishi lozim.
512. Laboratoriya sharoitida choʻkuvchan gruntlarning quyidagi fizik-mexanik xususiyatlari aniqlanishi kerak:
gruntlarning oʻz ogʻirligi va umumiy bosim (oʻz ogʻirligi va loyihalanayotgan bino va inshootlardan va maydon tekislangan holatlarda toʻkma gruntlar ogʻirligidan paydo boʻladigan bosim) natijasida nisbiy choʻkuvchanligi;
boshlangʻich choʻkish bosimi;
boshlangʻich choʻkish namligi;
nisbiy choʻkuvchanlikning bosimga bogʻliqligi;
gruntlar choʻkuvchanlik xususiyatlarining maydon va chuqurlik boʻyicha oʻzgarish darajasi;
tabiiy namlik va toʻliq suvga toʻyintirilgan holatlaridagi deformatsiya moduli;
choʻkuvchan gruntlarning tabiiy namlik va toʻliq suvga toʻyintirilgan holatlaridagi mustahkamlik xususiyatlari (solishtirma ilashish va ichki ishqalanish burchagi);
suvda eruvchan tuzlar;
gruntlarning fizik xususiyatlari.
513. Laboratoriya sharoitida choʻkuvchan gruntlar oʻrganilganda ularning granulometrik va mikroagreget tarkiblari GOST 12536-2014, Oʻz DSt ASTM D 6913:2022 (ASTM D6913/D6913M-17, IDT) talablariga koʻra aniqlanishi lozim.
514. Laboratoriya sharoitida sinovlar oʻtkazib, choʻkuvchanlik boʻyicha grunt sharoitlarining turini aniqlashda bur-quduqlar va shurflardan olingan monolitlar boʻyicha gruntlarning oʻz ogʻirligidan tushgan bosim ostida aniqlangan nisbiy choʻkuvchanlik koʻrsatkichlaridan foydalanish kerak.
515. Bur-quduqlardan olingan monolitlar boʻyicha aniqlangan natijalarni, ularning shurflardan olingan monolitlar boʻyicha natijalari bilan mos kelishini hisobga olish lozim.
516. Xandaqlarda tajriba-namlash sinovlarini ommaviy tarzda yangi oʻzlashtiriladigan maydonlarda va yirik obyektlarni loyihalashda, choʻkuvchanligi II tur grunt sharoitli hududlarda, quyidagilarni hisobga olgan holda amalga oshirish kerak:
choʻkuvchanlik boʻyicha grunt sharoitlari turini;
gruntlar choʻkuvchan qatlamining qalinligini;
gruntlarning oʻz ogʻirligidan tushgan bosim ostida choʻkishi boshlanadigan chuqurlikni;
gruntlarning oʻz ogʻirligidan tushgan bosim ostida choʻkish miqdorini;
boshlangʻich choʻkish bosimini;
namlash boshlangandan har xil vaqt oʻtgandan keyingi namlik va namlik darajasi miqdorlarini;
choʻkuvchan qatlamni toʻliq namlash uchun ketgan vaqt va buning uchun zarur boʻlgan suv hajmini;
poydevor asosini tayyorlash dastlabki namlash yoʻli bilan amalga oshirilganda choʻkishning rivojlanishi uchun ketadigan vaqtni.
517. Gruntlarning choʻkuvchanlik xususiyatlari katta oʻzgarishlarga uchraydigan hududlarda tajriba-namlash sinovlari oʻtkazilganda, sinovlarni kichik yuzali xandaqlarda tezkor namlash yoʻli bilan amalga oshirilishi lozim.
Bunda, olingan natijalarni bir yoki ikkita hududlarda amalga oshiriladigan katta yuzali xandaqlarni namlash natijalari bilan solishtirish kerak.
518. Xandaqlarda tajriba-namlash sinovlari bilan birga namlangan choʻkuvchan gruntlarni pressiometrlar va aylanma kesish yordamida sinash ishlarini bajarish lozim.
519. Gruntlarni shtamplar yordamida asosni namlab sinash ishlarini GOST 20276-2012 talablariga koʻra, III va IV-toifali bino va inshootlarni loyihalashda deformatsiya modulini, shtamp tagidagi gruntlarning namlanish natijasida choʻkish miqdorini, boshlangʻich choʻkish bosimini, nisbiy choʻkuvchanlikni aniqlash uchun amalga oshirilishi lozim.
520. Qurilish tugallangan hududlarda izlanishlarni, bino va inshootlar qurilishi hamda ulardan foydalanish davrlarida muhandis-geologik sharoitlarda yuz bergan oʻzgarishlarni (holati, deformatsiyalar, bino-inshootlar asos va poydevorlari hamda konstruktiv sxemalari texnik yechimlarining xususiyatlari, ularning notekis choʻkishlarga sezgirligi) hisobga olgan holda bajarish lozim.
521. Ishchi hujjatlarni ishlab chiqish uchun bajariladigan muhandislik-geologiya izlanishlari mazkur SHNQning 415 — 427-bandlariga qoʻshimcha ravishda quyidagilar aniqlanishi va texnik hisobotda koʻrsatilishi kerak:
alohida olingan bino va inshootlar hududlarining, choʻkuvchan qatlamining qalinligi, gruntlarning oʻz ogʻirligidan tushgan bosim ostida choʻkish ehtimoli koʻrsatilgan holda, choʻkuvchanlik boʻyicha grunt sharoitlarining turi;
har bir muhandislik geologik element uchun choʻkuvchan gruntlarning tabiiy namlik va toʻliq suvga toʻyintirilgan holatlaridagi deformatsiyaviy hamda mustahkamlik xususiyatlari koʻrsatkichlarning normativ va hisobiy qiymatlari;
grunt suvlari rejimi oʻzgarishini baholash;
har xil bosim ostida nisbiy choʻkuvchanlikning chuqurlik boʻyicha oʻzgarish grafigi;
hududdagi choʻkuvchan gruntlar qatlamida muvaqqat suvli gorizontlar mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumotlar;
obyektdan foydalanish davrida paydo boʻlish ehtimoli boʻlgan muvaqqat suvli gorizontlarning joylashish oʻrni va chuqurligi;
alohida olingan hududlarda choʻkuvchanlik jarayon va hodisalarining paydo boʻlishini baholash;
choʻkuvchanlikka qarshi chora-tadbirlar hamda poydevorlar turini tanlash boʻyicha taklif va tavsiyalar.
522. Texnik topshiriqqa muvofiq grunt asoslari va grunt tayanchlari qurilishi uchun gruntlar oʻrganilishi va hisobotda ularning bir xillik darajasi, zichligi, maksimal zichligi, suv oʻtkazuvchanligi keltirilishi kerak.
Asosning choʻkuvchan gruntlarini kimyoviy va fizikaviy-kimyoviy usullar bilan mustahkamlash, qoʻshimcha ravishda ularning kimyoviy-mineral tarkibi, suv oʻtkazuvchanligi, muhitning vodorod koʻrsatkichi (rN) aniqlanishi va texnik hisobotda keltirilishi lozim.
Loyihalanayotgan II — IV-toifali alohida olingan bino va inshootlarning hududlarida kovlanadigan togʻ kovlamalari choʻkuvchan gruntlar qatlamini toʻliq kesib oʻtishi kerak.
523. Choʻkuvchanlik turi — I boʻlgan gruntlarda loyihalanayotgan I-toifali binolar (inshootlar) va chiziqli inshootlar yoʻnalishlari mazkur SHNQning 320 — 325-bandlari va 5-jadval talablari bilan chegaralanilishi lozim.
524. Qoziq tayanchlar choʻkuvchan boʻlmagan grunt toʻshamalariga birlashtirib (taqab) loyihalanishi lozim boʻlgan hollarda togʻ kovlamalari choʻkmaydigan va qoyatosh boʻlmagan gruntlarni 10 m dan kam boʻlmagan chuqurlikkacha kesib kovlanishi kerak.
525. Choʻkuvchanlik turi — II boʻlgan gruntlarning ustida bino va inshootlarni loyihalashda, qurilishdan oldin hududlarni namlash moʻljallanganda xandaqlarni tajriba-namlash sinovlarini oʻtkazish lozim.
Bunda, xandaqlarda tajriba-namlash sinovlari bilan birga namlangan choʻkuvchan gruntlarni pressiometrlar, zondlash, shtamplar va aylanma kesish yordamida sinash ishlarini bajarish lozim.
526. Choʻkuvchanlik turi — I va II boʻlgan gruntlarda, choʻkuvchan gruntlarni zichlash yoki mustahkamlash (shibbalash, silikatlash, sementlash) moʻljallangan boʻlsa, qoʻshimcha ravishda gruntlarning filtratsiya xususiyatlarini, zichlanishga moyilligini, kimyoviy tarkibini (maxsus texnik topshiriq boʻyicha) hamda mustahkamlangan gruntlarning xususiyatlarini aniqlash uchun tajriba ishlari amalga oshirilishi kerak.
527. Choʻkuvchanlik turi — II boʻlgan gruntlarda loyihalanayotgan II — IV-toifali bino va inshootlar hududlarida kovlanadigan togʻ kovlamalaridan, gruntlarning oʻz ogʻirligi va inshoot ogʻirligidan tushgan bosimlar yigʻindisi boshlangʻich choʻkish bosimidan koʻp boʻlgan zonada har 1 m oraliqda, undan kam boʻlganda har 2 m oraliqda, monolitlar olinishi lozim.
528. IV-toifali bino va inshootlarni loyihalashda laboratoriya sharoitlarida olingan choʻkuvchan gruntlarning tabiiy namlik va toʻliq suvga toʻyintirilgan holatlaridagi deformatsiya moduli, nisbiy choʻkuvchanligi va boshlangʻich choʻkish bosimi qiymatlariga aniqlik kiritish uchun dala sharoitida GOST 20276-2012 talablariga koʻra maxsus shurflarda yuzasi 5000 cm2 boʻlgan shtamplar yordamida sinov-tajriba ishlari amalga oshirilishi lozim.
529. Qurilish davrida asos choʻkuvchan gruntlarini zichlash va mustahkamlash natijalarini nazorat qilish maqsadida ularning tabiiy va optimal namligini, namlanish darajasini, zichligi va maksimal zichligini, boshlangʻich choʻkish bosimini (chuqurlik boʻyicha va mustahkamlangan qatlamdan pastki qatlam uchun) aniqlash hamda zichlangan va mustahkamlangan gruntlarning tabiiy namlik, toʻliq suvga toʻyintirilgan holatlaridagi deformatsiyaviy, shuningdek mustahkamlik xususiyatlari (solishtirma ilashish va ichki ishqalanish burchagi)ni aniqlash lozim.
11-bob. Koʻpchuvchan gruntlar tarqalgan hududlarda muhandislik-geologiya izlanishlarini olib borish
530. Koʻpchuvchan gruntlar tarqalgan hududlarda loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish uchun quyidagilar aniqlanishi va mazkur SHNQning 207, 219-bandlariga qoʻshimcha ravishda texnik hisobotda koʻrsatilishi kerak:
koʻpchuvchan gruntlarning tarqalgan joylari va ularning qalinligi, litologik hamda mineral tarkibi;
darzliklar zonasining qalinligi;
relyefning oʻziga xos shakllari, koʻpchuvchan gruntlar bilan bogʻliq jarayon va hodisalar mavjudligi;
nisbiy erkin koʻpchuvchanlik va qurish natijasida kirishish;
gruntlarni nisbiy erkin koʻpchuvchanlik boʻyicha tasniflash.
531. Koʻpchuvchan gruntlarda loyihalash boʻyicha tavsiyalarda qurilish obyektiga koʻpchuvchan jarayonining taʼsirini baholab, hududning qurilishni rivojlantirish imkoniyati va maqsadga muvofiqligini belgilashda, qurilish obyekti joylashadigan hududni tanlashda va koʻpchuvchan jarayonining taʼsirini bartaraf qilish yoki kamaytirish choralarining xususiyatini aniqlashda hisobga olinishi lozim.
532. Texnik hisobotning keyingi bosqichlarida olib boriladigan muhandislik-geologiya izlanishlari, maxsus ishlar va tadqiqotlar olib borishi toʻgʻrisida tavsiyalar berilishi kerak.
533. Loyiha uchun muhandislik-geologiya izlanishlarida mazkur SHNQning 298 va 307-bandlariga quyidagilar qoʻshimcha qilinishi va hisobotda keltirilishi lozim:
koʻpchuvchan gruntlar bilan bogʻliq boʻlgan jarayonlar va hodisalarning mavjudligi, ularning ayrim geomorfologik elementlar bilan bogʻliqligi;
koʻpchuvchan gruntlarning yotish sharoitlari, koʻpchuvchan gruntlar qatlamining qalinligi, mineral va litologik tarkibi, tuzilishi (changsimon va qumli materiallar linzalari, choʻntak va qatlamchalarining mavjudligi);
qoplama va toʻshama gruntlarning tuzilishi hamda tarkibini oʻziga xos xususiyatlari, yotish xususiyati va sharoitlari;
qurigandan soʻng hosil boʻladigan yoriqlarning eni, chuqurligi va tarqalish yoʻnalishi, darzliklar zonasining qalinligi;
nisbiy erkin koʻpchuvchanlik;
gruntning koʻpchishdan keyingi namligi;
koʻpchish bosimi;
bosim ostida nisbiy koʻpchuvchanlik;
gruntning chiziqli choʻkish;
gruntning hajmiy choʻkish;
gruntning choʻkish chegarasidagi namligi;
obyektlardan foydalanish davrida koʻpchuvchan gruntlar xususiyatlarining oʻzgarishini baholash;
ajratilgan muhandislik geologik elementlarida koʻpchuvchan gruntlarning tabiiy namlik va toʻliq suvga toʻyintirilgan holatlaridagi deformatsiyaviy hamda mustahkamlik xususiyatlari koʻrsatkichlarining normativ va hisobiy qiymatlari.
534. Qoʻshimcha topshiriq boʻyicha quyidagilar aniqlanishi kerak:
koʻpchish paytidagi gorizontal bosim;
gruntlarning ogʻirlik boʻlmagan holda va berilgan ogʻirliklar ostidagi kesish kuchiga (siljitish kuchiga) qarshiligi;
gruntlarning ogʻirlik boʻlmagan holda va berilgan ogʻirliklar ostidagi deformatsiya moduli;
gruntlarning eritmalar (loyihalanayotgan obyektlardan chiqadigan texnogen suvlar va sanoat oqovalari) taʼsirida koʻpchishi.
535. Koʻpchuvchan gruntlarning xususiyatlarini bur-quduq, shurf va dudkalardan olingan monolitlar boʻyicha oʻrganish kerak.
Koʻpchuvchan gruntlar juda chuqur (20 m dan chuqurroqda) joylashgan taqdirda bur-quduqlardan olingan monolitlar boʻyicha oʻrganilishi lozim.
536. Har bir ajratilgan muhandislik geologik elementlari uchun koʻpchuvchan gruntlar xususiyatlari koʻrsatkichlarining miqdori oltitadan kam boʻlmasligi kerak.
537. Koʻpchuvchan gruntlarni dala sharoitida oʻrganish ishlari (shtamplar yordamida namlab, sinov-tajriba ishlarini amalga oshirish, xandaqlarda tajriba namlash ishlari va boshqalar) yirik va murakkab obyektlar boʻyicha, ommaviy qurilish olib boriladigan oʻrta hamda kuchli koʻpchuvchan gruntlar tarqalgan hududlarda loyiha va ishchi hujjatlar uchun izlanishlarda bajarilishi lozim.
538. Boshqa hollarda koʻpchuvchan gruntlarni dala sharoitida oʻrganish zarurati izlanishlar dasturida belgilanishi lozim.
539. Tajriba xandagʻining oʻlchami koʻpchish zonasining qalinligidan kam boʻlmasligi, biroq 8x8 m dan kam boʻlmasligi kerak.
Xandaqlarda chuqurlik va yuzaki belgilar (markalar) oʻrnatilishi va zaruriy holatlarda shtamp sinovlari bajarilishi lozim. Oʻlchamlari tadqiqot dasturi bilan belgilanadigan maxsus xandaqlardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
540. Koʻpchuvchan gruntlarning tarqalgan hududlarida, koʻpchish jarayonining statsionar kuzatuvlarini olib borish kerak.
Bunda, gruntning qurishi, ayrim darzliklarning yorilish dinamikasi va chuqurligi, grunt namligining oʻzgarishi kuzatib borilishi lozim.
541. Ishchi hujjatlar uchun izlanishlarda loyihalanayotgan bino va inshootlar hududlarining muhandis-geologik sharoitlariga 310-band talablariga koʻra aniqlik kiritish va mazkur SHNQning 415 — 428-bandlariga qoʻshimcha ravishda texnik hisobotda ularning natijalari keltirilishi kerak.
12-bob. Boʻshang gruntlar tarqalgan hududlarda muhandislik-geologiya izlanishlarini olib borish
542. Boʻshang gruntlar turli xil moddiy tarkibli va genezislardan iborat boʻlgan gruntlar (balchiqlar (botqoq gruntlari), sapropellar, torflar, torflashgan gruntlar, oquvchan qayishqoq, oquvchan changsimon va gilli gruntlar) tushunilishi lozim.
543. Boʻshang gruntlar tarqalgan hududlarda muhandislik-geologiya izlanishlari ularning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda olib borilishi kerak.
544. Gruntlarning oʻziga xos xususiyatlari quyidagilar kirishi lozim:
katta qiymatlarga ega boʻlgan gʻovaklik va namlik;
kam darajadagi mustahkamlik va kuchli siqilish xususiyati hamda zichlanganda konsolidatsiyaning (mustahkam birlashtiruvchi) uzoq davom etishi va siljiganda mustahkamligining pasayishi;
gruntlarning tabiiy tuzilishi buzilganda hamda zichlanish va qurish (quritilish) jarayonlarida mustahkamlik, deformatsiya va filtratsiya xususiyatlarining keskin oʻzgarishi;
dinamik taʼsirlarga sezgirlik;
qurish (quritilish) jarayonida kirishish natijasida yoriqlar (darzliklar) paydo boʻlishi;
aeratsiya zonasida organik birikmalarning, oʻsimlik qoldiqlari va ularning chirish mahsulotlarining barqaror emasligi;
gruntlarning va yerosti suvlarining beton hamda metallarga nisbatan yuqori darajada agressivligi va korrozion faolligi;
yuqori darajadagi gidrofilligi va past darajadagi suv qaytarish xususiyati;
mustahkamlik, deformatsiyaviy va filtratsiya xususiyatlarining anizotropligi;
dinamik taʼsirlar natijasida suyulish va tiksotrop mustahkamligini yoʻqotishga moyilligi;
yorqin namoyon boʻlgan reologik xususiyatlarining mavjudligi;
aeratsiya zonasida oʻsimlik qoldiqlarining chirishi;
tabiiy gaz (metan)ning mavjudligi.
545. Izlanishlar davomida olingan materiallar quyidagilarni taʼminlash uchun kerak:
boʻshang gruntlarni bino va inshootlar asosi sifatida saqlab qolish yoki ularni olib tashlash, almashtirish hamda qoziq tayanchlar yordamida kesib oʻtish zaruratini baholashni;
hududni muhandislik tayyorlash va yondosh hududni obodonlashtirish usullarini belgilashni;
qurilish amalga oshiriladigan hududda muhandis-geologik sharoitlarining oʻzgarish ehtimolini hisobga olgan holda barpo etiladigan bino va inshootlarni foydalanish ishonchliligini taʼminlovchi asos turini tanlashni;
belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan ishlarning hajmi va texnologiyasini aniqlashni.
546. Boʻshang gruntlar tarqalgan hududlarda loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish uchun izlanishlar olib borilganda 1:10000-1:5000 masshtablarda muhandis-geologik sʼyomka bajarilishi va mazkur SHNQning 207 — 219-bandlariga qoʻshimcha tarzda quyidagilar texnik hisobotda koʻrsatilishi lozim:
torflar, torflashgan gruntlar uchun — botqoqlarning genezisi va geomorfologik turlari, botqoq gruntlarining tarqalganligi va qalinligi, botqoq yuzi, mineral tubining relyefi va nishabligi, uni suv bilan taʼminlaydigan manbalar, ayrim hududlarning suvga toʻlganligi, botqoq yotqiziqlarining hamda toʻshama mineral gruntlarning tarkib va xususiyatlari;
har xil turdagi koʻmilgan gruntlar uchun — genezisi, chuqurligi, yotish sharoiti, tarkibi, xususiyatlari hamda toʻshama va qoplama gruntlarning tarkibi va xususiyatlari;
torflar va torflashgan gruntlar uchun — organik moddalarining tarkibi, ularning chiriganlik darajasi.
547. Torflar uchun chiriganlik darajasini, tashqi belgilarini quyidagi 10-jadvalda keltirilgan talablarni hisobga olgan holda, toʻliq suv sigʻdirishi yoki gʻovaklik koeffitsiyenti boʻyicha aniqlanishi kerak.
548. Loyiha uchun izlanishlarda quyidagilar aniqlanishi va mazkur SHNQning 298 va 307-bandlariga qoʻshimcha ravishda texnik hisobotda koʻrsatilishi kerak:
torfning turi (pastki, yuqorigi);
torflangan gruntlarning turlari, ularning tarkibi va xususiyatlari;
qatlamni suv bilan taʼminlaydigan manbalar (atmosfera, grunt, yerusti yoki aralash turdagi suvlar);
https://neolex.uz/uz/laws/law-7206222
