“Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari toʻgʻrisida”gi QL-1207-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (“Banklardagi omonatlarni himoyalash kafolatlari toʻgʻrisida”) (4981-IV-son)
17.10.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 13-avgustda birinchi oʻqishda qabul qilingan “Banklardagi omonatlarni himoyalash kafolatlari toʻgʻrisida”gi QL-1207-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini “Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari toʻgʻrisida” degan yangi nom bilan ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqishga doir Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasining taklifi maʼqullansin.
2. Mazkur qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2024-yil 17-oktabr,
4981-IV-son
