Mavjud manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi xabarnoma, ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi deklaratsiyalar va manfaatlar toʻqnashuvini hisobga olish reyestrining namunaviy shakllarini tasdiqlash haqida (3569-son)
05.11.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 5-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3569]
Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonunining 9-moddasiga muvofiq buyuraman:
1. Mavjud manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi xabarnoma, ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi deklaratsiyalar va manfaatlar toʻqnashuvini hisobga olish reyestrining namunaviy shakllari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
3. Ushbu buyruq 2024-yil 6-dekabrdan eʼtiboran kuchga kiradi.
Direktor A. BURXANOV
Toshkent sh.,
2024-yil 21-oktabr,
65-son
Kelishildi:
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. ZAXIDOV
2024-yil 30-sentabr
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Direktorning birinchi oʻrinbosari A. MUSAYEV
2024-yil 27-sentabr
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Raisi K. RAFIKOV
2024-yil 27-sentabr
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining 2024-yil 21-oktabrdagi 65-son buyrugʻiga ILOVA
Mavjud manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi xabarnoma, ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi deklaratsiyalar va manfaatlar toʻqnashuvini hisobga olish reyestrining
NAMUNAVIY SHAKLLARI
Ushbu namunaviy shakllarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi (bundan buyon matnda xodim deb yuritiladi) — davlat organlarida va mahalliy davlat hokimiyati organlarida, davlat muassasalarida, davlat maqsadli jamgʻarmalarida, shuningdek ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz miqdorda va undan ortiq boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlarida mehnat shartnomasi (kontrakt) asosida yoxud saylab qoʻyiladigan yoki tayinlanadigan lavozimlarda mehnat (xizmat) faoliyatini amalga oshirayotgan boshqaruv xodimi;
xodimga aloqador shaxslar (bundan buyon matnda aloqador shaxslar deb yuritiladi) — xodimning yaqin qarindoshlari hamda xodim va (yoki) uning yaqin qarindoshlari qaysi yuridik shaxsning ustav fondi (ustav kapitali) aksiyalariga yoki ulushlariga egalik qilsa yoxud unda boshqaruv organining rahbari yoki aʼzosi boʻlsa, oʻsha yuridik shaxs;
manfaatlar toʻqnashuvi — shaxsning shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorligi uning oʻz lavozim yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga taʼsir koʻrsatayotgan yoxud taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari, qonuniy manfaatlari oʻrtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan (mavjud manfaatlar toʻqnashuvi) yoki yuzaga kelishi mumkin boʻlgan (ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvi) vaziyat;
yaqin qarindoshlar — ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, oʻgʻillar, qizlar, er-xotinlar, shuningdek er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari.
1-bob. Mavjud manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi xabarnomaning NAMUNAVIY SHAKLI
* Xodim unga aloqador shaxslarning (xodimning yaqin qarindoshlari yoki xodimning yaqin qarindoshlari ustav fondi (ustav kapitali) aksiyalariga yoki ulushlariga egalik qiladigan yoxud boshqaruv organi rahbari yoki aʼzosi boʻlgan yuridik shaxs) identifikatsiya ID-kartasi (biometrik pasporti), JSHSHIR, STIR boʻyicha maʼlumotlarni olish imkoniyatiga ega boʻlmasa, u tomonidan tegishli pozitsiyalarda “maʼlumotga ega emasman” deb izoh koʻrsatilishi mumkin.
2-bob. Xodimning ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi deklaratsiyasining NAMUNAVIY SHAKLI
* Xodim unga aloqador shaxslarning (xodimning yaqin qarindoshlari yoki xodimning yaqin qarindoshlari ustav fondi (ustav kapitali) aksiyalariga yoki ulushlariga egalik qiladigan yoxud boshqaruv organi rahbari yoki aʼzosi boʻlgan yuridik shaxs) identifikatsiya ID-kartasi (biometrik pasporti), JSHSHIR, STIR boʻyicha maʼlumotlarni olish imkoniyatiga ega boʻlmasa, u tomonidan tegishli pozitsiyalarda “maʼlumotga ega emasman” deb izoh koʻrsatilishi mumkin.
