“Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (4930-IV-son)
14.10.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi “Nodavlat umumiy oʻrta taʼlim jarayoniga tadbirkorlik subyektlarini jalb qilish va ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1230-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 483-moddasiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1240-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida” degan yangi nom bilan bitta qonun loyihasiga birlashtirsin.
2. Mazkur qonun loyihasi koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari U. INOYATOV
Toshkent sh.,
2024-yil 14-oktabr,
4930-IV-son
