“Nodavlat umumiy oʻrta taʼlim jarayoniga tadbirkorlik subyektlarini jalb qilish va ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1230-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (4952-IV-son)
15.10.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2024-yil 24-sentabrda kiritilgan “Nodavlat umumiy oʻrta taʼlim jarayoniga tadbirkorlik subyektlarini jalb qilish va ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1230-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini maromiga yetkazsin va ikkinchi oʻqishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari U. INOYATOV
Toshkent sh.,
2024-yil 15-oktabr,
4952-IV-son
