“595-modda. Xalq tabobati toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-991-son) · Sana: 05.11.2024 · Amalda
Xalq tabobati sohasida faoliyat olib borish uchun tegishli huquqqa ega boʻlmagan shaxs tomonidan fuqarolarga tibbiy tashxis qoʻyish va ularni davolash xizmatlarini koʻrsatish hamda mazkur xizmatlarni omma oldida targʻib qilish, basharti jinoyat alomatlari mavjud boʻlmasa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xalq tabobati yoʻnalishida ruxsat etilmagan usullarni qoʻllagan holda fuqarolarga tibbiy tashxis qoʻyish va ularni davolash xizmatlarini moddiy qimmatliklar olish yoki mulkiy manfaatdor boʻlish evaziga koʻrsatish, shuningdek mazkur xizmatlarni omma oldida targʻib qilish, basharti jinoyat alomatlari mavjud boʻlmasa, —
bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi”;
2) 245-moddaning birinchi qismidagi “594” raqami “594, 595” raqamlari bilan almashtirilsin.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 7-iyunda qabul qilingan “Reklama toʻgʻrisida”gi OʻRQ-776-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2022-yil, № 6, 571-modda; 2024-yil, № 2, 108-modda) 45-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Xalq tabobati yoʻnalishida ruxsat etilmagan usullarni qoʻllagan holda fuqarolarga tibbiy tashxis qoʻyish va ularni davolash xizmatlarini reklama qilish taqiqlanadi”;
uchinchi qism toʻrtinchi qism deb hisoblansin.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
