“594-modda. Maʼrifiy faoliyatni amalga oshirish tartibini buzish
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga maʼrifiy faoliyatni amalga oshirish tartibini belgilashga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-990-son) · Sana: 05.11.2024 · Amalda
Maʼrifiy faoliyatni bunday faoliyat bilan shugʻullanish huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan amalga oshirish yoxud maʼrifiy faoliyatni amalga oshirish boʻyicha qonunchilikda belgilangan cheklovlarga rioya etmaslik, basharti jinoyat alomatlari, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa huquqbuzarliklar alomatlari mavjud boʻlmasa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan boʻlsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
2) 245-moddaning birinchi qismidagi “593” raqami “593, 594” raqamlari bilan almashtirilsin;
3) 248-modda toʻrtinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “593” raqami “593, 594” raqamlari bilan almashtirilsin.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrda qabul qilingan “Taʼlim toʻgʻrisida”gi OʻRQ-637-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 9, 538-modda; 2021-yil, 4 songa ilova, № 10, 968-modda; 2023-yil, № 11, 923-modda; 2024-yil, № 2, 101-modda) quyidagi qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritilsin:
1) quyidagi mazmundagi 141-modda bilan toʻldirilsin:
