Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisini oʻtkazish toʻgʻrisida (4985-IV-son)
17.10.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 16-moddasiga, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi 2024-yil 18-oktabr kuni videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilishi belgilansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi loyihasiga quyidagi masalalar kiritilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri I. Abduraxmonovning “Qishloq xoʻjaligida samarasiz bogʻlar va boshqa ekin yerlari oʻrnida sanoatlashgan bogʻlarni barpo etish hamda qishloq xoʻjaligi sohasini qoʻllab-quvvatlashda imtiyozli kreditlar ajratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axboroti haqida;
“Ekologik ekspertiza, atrof-muhitga taʼsirni baholash va strategik ekologik baholash toʻgʻrisida”gi QL-1200-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (“Ekologik ekspertiza va atrof-muhitga taʼsirni baholash toʻgʻrisida”) (ikkinchi oʻqish);
“Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari toʻgʻrisida”gi QL-1207-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (“Banklardagi omonatlarni himoyalash kafolatlari toʻgʻrisida”) (ikkinchi oʻqish);
“Mikromoliyalashtirish faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1208-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (“Mikromoliyalashtirish sohasi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”) (ikkinchi oʻqish);
“Oziq-ovqat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi QL-1217-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi oʻqish);
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jonli ijro sanʼatini yanada rivojlantirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1237-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jonli ijro sanʼatini yanada rivojlantirishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”) (ikkinchi oʻqish);
“Rus tili boʻyicha xalqaro tashkilotni taʼsis etish toʻgʻrisidagi Shartnomani (Bishkek, 2023-yil 13-oktabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-1245-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (birinchi oʻqish).
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2024-yil 17-oktabr,
4985-IV-son
