Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatlari hamda ularning tarkibi va mazmuni toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida (3567-son)
04.11.2024
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024 yil 4-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3567]
Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-noyabrdagi PQ-419-son “Hisobot taqdim etish va arxiv hujjatlarini saqlash tartib-taomillarini maqbullashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2024-yil 9-yanvardagi PQ-8-son “Tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat organlariga hisobot va statistik maʼlumotlarni taqdim etish jarayonlarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatlari hamda ularning tarkibi va mazmuni toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur buyruq 2025-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2024-yil 8-oktabr,
181-son
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 8-oktabrdagi 181-son buyrugʻiga 1-ILOVA
Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatlari hamda ularning tarkibi va mazmuni toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom buxgalteriya hisobi subyektlari (budjet va sugʻurta tashkilotlari, tijorat banklari va nobank kredit tashkilotlari bundan mustasno) (bundan buyon matnda tashkilot deb yuritiladi) tomonidan moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatlari hamda ularning tarkibi va mazmunini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom bilan tasdiqlanadigan moliyaviy hisobot shakllari tashkilotlarning konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotini tuzishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
2. Yillik moliyaviy hisobotning hisobot davri kalendar yilning 1-yanvaridan boshlanadi va 31-dekabrida yakunlanadi. Moliyaviy hisobotni tuzishda hisobot sanasi hisobot davrining oxirgi kalendar kuni hisoblanadi.
3. Oʻzbekiston Respublikasida barcha tashkilotlar moliyaviy hisobotni Oʻzbekiston Respublikasi valyutasi — soʻmda taqdim etishlari kerak, agar qonunchilik hujjatlarida boshqa tartib nazarda tutilmagan boʻlsa.
Chet el valyutasidagi aktivlar va majburiyatlar qiymatini soʻmlarda qayta hisoblash ushbu chet el valyutasining soʻmga nisbatan Markaziy bankning kursi boʻyicha amalga oshiriladi.
4. Moliyaviy hisobot shakllari rahbar va buxgalteriya hisobi hamda moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs yoki bosh buxgalter tomonidan imzolanadi.
Agar rahbar buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini oʻz zimmasiga olgan boʻlsa, u bosh buxgalter oʻrniga ham imzo qoʻyadi.
2-bob. Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatlari
5. Hisobot yilida tugatilgan, qayta tashkil etilgan yoki qoʻshib yuborilgan tashkilot yil boshidan tugatish (qayta tashkil etish, qoʻshib yuborish) paytigacha boʻlgan davr uchun yillik moliyaviy hisobotning amaldagi shakllari boʻyicha hisobot taqdim etadi.
6. Hisobot yilining 1-oktabriga qadar yangi tashkil etilgan tashkilotlar moliyaviy hisobotda, ular oʻrnatilgan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan oyning 1-sanasidan boshlab hisobot yilining 31-dekabriga qadar muddatdagi, hisobot yilining 1-oktabridan keyin tashkil etilgan tashkilotlar esa — davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan boshlab keyingi yilning 31-dekabrigacha (31-dekabr ham kiradi) muddatdagi mablagʻlar va ularning manbalarini koʻrsatadilar (koʻrsatilgan tartib tugatilgan (qayta tashkil etilgan) tashkilotlar va ularning alohida boʻlinmalari bazasida tashkil etilgan tashkilotlarga tatbiq etilmaydi).
7. Tashkilotlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan davlat organlariga yillik moliyaviy hisobotni taqdim etadilar. Buxgalteriya hisobining milliy standartlariga (bundan buyon matnda BHMS deb yuritiladi) asosan tuzilgan yillik moliyaviy hisobot hisobot yilidan keyingi yilning 1-martidan kechiktirmay, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga (International Financial Reporting Standards) (bundan buyon matnda MHXS deb yuritiladi) asosan tuzilgan yillik moliyaviy hisobot hisobot yilidan keyingi yilning 1-mayidan kechiktirmay taqdim etiladi.
3-bob. Moliyaviy hisobotlarning tarkibi va mazmuni
8. Moliyaviy hisobotlarning mazmuni va tarkibi BHMS hamda MHXSga asosan tuziladigan moliyaviy hisobotlarning shakllarida belgilanadi.
9. BHMSga asosan tuzilgan yillik moliyaviy hisobot shakllari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq buxgalteriya balansi;
mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq moliyaviy natijalar toʻgʻrisida hisobot;
mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq xususiy kapital toʻgʻrisidagi hisobot;
mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq pul oqimlari toʻgʻrisida hisobot;
izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar (moliyaviy hisobotga izohlar).
10. Mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yillik moliyaviy hisobot buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotni oʻz ichiga oladi.
11. MHXSga asosan tuzilgan yillik moliyaviy hisobot shakllari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq moliyaviy holat toʻgʻrisidagi hisobot;
mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq foyda yoki zarar va boshqa umumlashgan daromad toʻgʻrisidagi hisobot;
mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq xususiy kapitaldagi oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi hisobot;
mazkur Nizomning 8-ilovasiga muvofiq pul mablagʻlari harakati toʻgʻrisidagi hisobot (bilvosita usul);
ahamiyatli hisob siyosati va boshqa tushuntirish maʼlumotlaridan iborat izohlar (moliyaviy hisobotga izohlar).
12. Moliyaviy hisobotni MHXSga muvofiq tayyorlaydigan tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2022-yil 10-noyabrdagi 61-son “Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllash uchun moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari va unga tushuntirishlar matnini tan olish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3400, 2022-yil 9-dekabr) bilan tasdiqlangan MHXSlar va unga tushuntirishlar matnlari asosida moliyaviy hisobotlarni tayyorlaydi va BHMS boʻyicha moliyaviy hisobotni taqdim etmaydi.
13. Moliyaviy hisobotlar shakllarida barcha rekvizitlar, satrlar va ustunlar toʻldirilishi lozim. Moliyaviy hisobotlar shakllarini toʻldirishda ularning toʻliq toʻldirilishi va kiritilgan maʼlumotlarning ishonchliligi taʼminlanishi lozim. Tashkilotda tegishli maʼlumotlar mavjud boʻlmaganligi sababli u yoki bu satr (ustun) toʻldirilmagan taqdirda, ushbu satr (ustun) chizib qoʻyiladi.
14. Moliyaviy hisobotni MHXSga muvofiq tayyorlaydigan tashkilotlar mazkur Nizom bilan taqdim qilinishi belgilangan moliyaviy hisobotlardan tashqari eʼlon qiladigan moliyaviy hisobotlar shakllarini, ularni taqdim etish tartibi va usullarini hisob siyosati bilan belgilashi mumkin.
4-bob. Yakuniy qoida
15. Mazkur Nizom talablarini buzishda aybdor shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatlari hamda ularning tarkibi va mazmuni toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Tashkilotning toʻliq nomiFaoliyat turiTashkiliy-huquqiy shakliElektron pochta manziliSoliq toʻlovchining identifikatsion raqami (STIR)Oʻlchov birligi, ming soʻmTaqdim qilingan sana (kun/oy/yil)
BUXGALTERIYA BALANSI20___ yil 31-dekabr holatiga koʻra(ming soʻmda)AKTIVSatr kodihisobot davri boshigahisobot davri oxirigaI. Uzoq muddatli aktivlarAsosiy vositalar:Boshlangʻich (qayta tiklash) qiymati (0100, 0300)010Eskirish summasi (0200)011qoldiq (balans) qiymati (satr. 010 — 011)012Nomoddiy aktivlar:Boshlangʻich qiymati (0400)020Amortizatsiya summasi (0500)021qoldiq (balans) qiymati (satr. 020 — 021)022Uzoq muddatli investitsiyalar, jami (satr.040+050+060+070+080), shu jumladan:030qimmatli qogʻozlar (0610)040Shoʻba xoʻjalik jamiyatlariga investitsiyalar (0620)050qaram xoʻjalik jamiyatlariga investitsiyalar (0630)060Chet el kapitali mavjud boʻlgan korxonalarga investitsiyalar (0640)070Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar (0690)080Oʻrnatiladigan asbob-uskunalar (0700)090Kapital qoʻyilmalar (0800)100Uzoq muddatli debitorlik qarzlari (0910, 0920, 0930, 0940)110Uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar (0950, 0960, 0990)120I boʻlim boʻyicha jami (satr. 012+022+030+090+100+110+120)130II. Joriy aktivlarTovar-moddiy zaxiralari, jami (satr.150+160+170+180), shu jumladan:140Ishlab chiqarish zaxiralari (1000, 1100, 1500, 1600)150Tugallanmagan ishlab chiqarish (2000, 2100, 2300, 2700)160Tayyor mahsulot (2800)170Tovarlar (2900 dan 2980 ning ayirmasi)180Kelgusi davr xarajatlari (3100)190Kechiktirilgan xarajatlar (3200)200Debitorlar, jami(satr. 220+240+250+260+270+280+290+300+310)210shundan: muddati oʻtgan*211Xaridor va buyurtmachilarning qarzi (4000 dan 4900 ning ayirmasi)220Ajratilgan boʻlinmalarning qarzi (4110)230Shoʻba va qaram xoʻjalik jamiyatlarning qarzi (4120)240Xodimlarga berilgan boʻnaklar (4200)250Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan boʻnaklar (4300)260Budjetga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha boʻnak toʻlovlari (4400)270Maqsadli davlat jamgʻarmalari va sugʻurtalar boʻyicha boʻnak toʻlovlari (4500)280Taʼsischilarning ustav kapitaliga ulushlar boʻyicha qarzi (4600)290Xodimlarning boshqa operatsiyalar boʻyicha qarzi (4700)300Boshqa debitorlik qarzlari (4800)310Pul mablagʻlari, jami (satr.330+340+350+360), shu jumladan:320Kassadagi pul mablagʻlari (5000)330Hisob-kitob schyotidagi pul mablagʻlari (5100)340Chet el valyutasidagi pul mablagʻlari (5200)350Boshqa pul mablagʻlari va ekvivalentlari (5500, 5600, 5700)360qisqa muddatli investitsiyalar (5800)370Boshqa joriy aktivlar (5900)380II boʻlim boʻyicha jami(satr. 140+190+200+210+320+370+380)390Balans aktivi boʻyicha jami (satr.130+390)400PASSIVI. Oʻz mablagʻlari manbalari Ustav kapitali (8300)410Qoʻshilgan kapital (8400)420Rezerv kapitali (8500)430Sotib olingan xususiy aksiyalar (8600)440Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) (8700)450Maqsadli tushumlar (8800)460Kelgusi davr xarajatlari va toʻlovlari uchun zaxiralar (8900)470I boʻlim boʻyicha jami (satr.410+420+430-440+450+460+470)480II. MajburiyatlarUzoq muddatli majburiyatlar, jami (satr.500+520+530+540+550+560+570+580+590)490shu jumladan: uzoq muddatli kreditorlik qarzlari (satr.500+520+540+560+590)491Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga uzoq muddatli qarz (7000)500Ajratilgan boʻlinmalarga uzoq muddatli qarz (7110)510Shoʻba va qaram xoʻjalik jamiyatlarga uzoq muddatli qarz (7120)520Uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar (7210, 7220, 7230)530Soliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar (7240)540Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar (7250, 7290)550Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan boʻnaklar (7300)560Uzoq muddatli bank kreditlari (7810)570Uzoq muddatli qarzlar (7820, 7830, 7840)580Boshqa uzoq muddatli kreditorlik qarzlar (7900)590Joriy majburiyatlar, jami (satr.610+630+640+650+660+670+680+690+700+710+ +720+730+740+750+760)600shu jumladan, joriy kreditorlik qarzlari (satr.610+630+650+670+680+690+ +700+710+720+760)601shundan: muddati oʻtgan joriy kreditorlik qarzlari*602Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga qarz (6000)610Ajratilgan boʻlinmalarga qarz (6110)620Shoʻba va qaram xoʻjalik jamiyatlarga qarz (6120)630Kechiktirilgan daromadlar (6210, 6220, 6230)640Soliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha kechiktirilgan majburiyatlar (6240)650Boshqa kechiktirilgan majburiyatlar (6250, 6290)660Olingan boʻnaklar (6300)670Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarz (6400)680Sugʻurtalar boʻyicha qarz (6510)690Maqsadli davlat jamgʻarmalariga toʻlovlar boʻyicha qarz (6520)700Taʼsischilarga boʻlgan qarzlar (6600)710Mehnatga haq toʻlash boʻyicha qarz (6700)720Qisqa muddatli bank kreditlari (6810)730Qisqa muddatli qarzlar (6820, 6830, 6840)740Uzoq muddatli majburiyatlarning joriy qismi (6950)750Boshqa kreditorlik qarzlar (6950 dan tashqari 6900)760II boʻlim boʻyicha jami (satr.490+600)770Balans passivi boʻyicha jami (satr.480+770)780
* Muddati oʻtgan debitorlik va kreditorlik qarzlari mavjud boʻlgan hollarda ularning rasshifrovkasi Buxgalteriya balansining ilovasiga muvofiq keltiriladi.
Buxgalteriya balansiga ILOVA
MUDDATI OʻTGAN DEBITORLIK VA KREDITORLIK QARZLARI RASSHIFROVKASI20___ yil ____________ holatiga
(ming soʻmda)T/rMuddati oʻtgan qarzdorlikka ega boʻlgan debitor va kreditorlar roʻyxatiMuddati oʻtgan umumiy qarzTashkilotga bogʻliq boʻlmagan sabablar boʻyicha vujudga kelgan muddati oʻtgan qarzlarjamishu jumladanhukumat qarorlariga asosan oldindan haq toʻla-may joʻnatilgan (olingan) mahsulotlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzlardavlat resurslari va jamgʻarmalaridan joʻnatish koʻzda tutilgan xom ashyo va materiallar boʻyicha oʻtkazilgan boʻnak toʻlovlari summasihukumat qarorlari boʻyicha kechiktirilgan qarzlarqonunchilikka muvofiq daʼvolar boʻyicha sud jarayonida koʻrib chiqilayotgan yoki iqtisodiy sud tomonidan kreditorlardan undirish toʻgʻrisida qaror chiqqan qarzlar summasi12345678MUDDATI OʻTGAN DEBITORLIK QARZLARI1.Muddati oʻtgan qarzdorlikka ega boʻlgan debitorlar, jami2.Respublika ichidagi muddati oʻtgan qarzlar, jami2.1.shu jumladan, debitorlar nomi boʻyicha2.2.Ichki idoraviy muddati oʻtgan qarzlar, jami2.2.1.shu jumladan debitorlar nomi boʻyicha3.Respublikadan tashqaridagi muddati oʻtgan qarzlar, jami3.1.shu jumladan debitorlar nomi boʻyichaMUDDATI OʻTGAN KREDITORLIK QARZLARI4.Muddati oʻtgan qarzdorlikka ega boʻlgan kreditorlar, jamix5.Respublika ichidagi muddati oʻtgan qarzlar, jamix5.1.shu jumladan, kreditorlar nomi boʻyichax5.2.Ichki idoraviy muddati oʻtgan qarzlar, jamix5.2.1.shu jumladan kreditorlar nomi boʻyichax6.Respublikadan tashqaridagi muddati oʻtgan qarzlar, jamix6.1.shu jumladan kreditorlar nomi boʻyichax
Mazkur moliyaviy hisobotda koʻrsatilgan maʼlumotlarning ishonchliligini tasdiqlayman:Rahbar____________________________________________________________(F.I.O.)(imzo)Bosh buxgalter____________________________________________________________(F.I.O.)(imzo)Sana (kun/oy/yil)
Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatlari hamda ularning tarkibi va mazmuni toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Tashkilotning toʻliq nomiFaoliyat turiTashkiliy-huquqiy shakliElektron pochta manziliSoliq toʻlovchining identifikatsion raqami (STIR)Oʻlchov birligi, ming soʻmTaqdim qilingan sana (kun/oy/yil)
MOLIYAVIY NATIJALAR TOʻGʻRISIDAGI HISOBOT 20___ yil uchun
(ming soʻmda)Koʻrsatkichlar nomiSatr kodiOʻtgan yilning shu davridaHisobot davridaDaromadlar(foyda)Xarajatlar(zararlar)Daromadlar(foyda)Xarajatlar(zararlar)123456Mahsulot (tovar, ish va xizmat) larni sotishdan sof tushum010xxSotilgan mahsulot (tovar, ish va xizmat) larning tannarxi020xxMahsulot (tovar, ish va xizmat) larni sotishning yalpi foydasi (zarari) (satr.010-020)030Davr xarajatlari, jami (satr.050+060+070), shu jumladan:040xxSotish xarajatlari050xxMaʼmuriy xarajatlar060xxBoshqa operatsion xarajatlar070xxAsosiy faoliyatning boshqa daromadlari090xxAsosiy faoliyatning foydasi (zarari) (satr. 030-040+090)100Moliyaviy faoliyatning daromadlari, jami (satr.120+130+140+150+160), shu jumladan:110xxDividendlar shaklidagi daromadlar120xxFoizlar shaklidagi daromadlar130xxMoliyaviy ijaradan daromadlar140xxValyuta kursi farqidan daromadlar150xxMoliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari160xxMoliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlar (satr.180+190+200+210), shu jumladan:170xxFoizlar shaklidagi xarajatlar180xxMoliyaviy ijara boʻyicha foizlar shaklidagi xarajatlar190xxValyuta kursi farqidan zararlar200xxMoliyaviy faoliyat boʻyicha boshqa xarajatlar210xxUmumxoʻjalik faoliyatining foydasi (zarari) (satr.100+110-170)220Favquloddagi foyda va zararlar230Foyda soligʻini toʻlagunga qadar foyda (zarar) (satr.220+/-230)240Foyda soligʻi250xxFoydadan boshqa soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar260xxhisobot davrining sof foydasi (zarari) (satr.240-250-260)270
Mazkur moliyaviy hisobotda koʻrsatilgan maʼlumotlarning ishonchliligini tasdiqlayman:Rahbar____________________________________________________________(F.I.O.)(imzo)Bosh buxgalter____________________________________________________________(F.I.O.)(imzo)Sana (kun/oy/yil)
Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatlari hamda ularning tarkibi va mazmuni toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Tashkilotning toʻliq nomiFaoliyat turiTashkiliy-huquqiy shakliElektron pochta manziliSoliq toʻlovchining identifikatsion raqami (STIR)Oʻlchov birligi, ming soʻmTaqdim qilingan sana (kun/oy/yil)
XUSUSIY KAPITAL TOʻGʻRISIDAGI HISOBOT 20___ yil uchun
(ming soʻmda)Koʻrsatkichlar nomiSatr kodiUstav kapitaliQoʻshilgan kapitalRezerv kapitaliTaqsimlanmagan foyda(qoplanmagan zarar)Sotib olingan xususiy aksiyalarMaqsadli tushumlar va boshqalarJami123456789Yil boshidagi qoldiq010Qimmatli qogʻozlar emissiyasi020xxxxUzoq muddatli aktivlarni qayta baholash030xxxxxUstav kapitalini shakllantirishda paydo boʻlgan valyuta kursi farqlari040xxxxxRezerv kapitaliga ajratmalar050xxxxJoriy yilning taqsimlanmagan foydasi (zarari)060xxxxxTekinga olingan mol-mulk070xxxxxMaqsadli foydalanish uchun olingan mablagʻlar080xxxxxHisoblangan dividendlar090xxxxxXususiy kapital shakllanishining boshqa manbalari100Yil oxiridagi qoldiq 110Xususiy kapitalining koʻpayishi (+) yoki kamayishi (-)120MAʼLUMOT UCHUN:Chiqarilgan aksiyalar soni, dona 130xxxxxxshu jumladan:imtiyozli131xxxxxxoddiy132xxxxxxAksiyaning nominal qiymati140xxxxxxMuomaladagi aksiyalar soni, dona150xxxxxxshu jumladan:imtiyozli151xxxxxxoddiy152xxxxxx
Mazkur moliyaviy hisobotda koʻrsatilgan maʼlumotlarning ishonchliligini tasdiqlayman:Rahbar____________________________________________________________(F.I.O.)(imzo)Bosh buxgalter____________________________________________________________(F.I.O.)(imzo)Sana (kun/oy/yil)
Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatlari hamda ularning tarkibi va mazmuni toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Tashkilotning toʻliq nomiFaoliyat turiTashkiliy-huquqiy shakliElektron pochta manziliSoliq toʻlovchining identifikatsion raqami (STIR)Oʻlchov birligi, ming soʻmTaqdim qilingan sana (kun/oy/yil)
PUL OQIMLARI TOʻGʻRISIDA HISOBOT 20___ yil uchun
(ming soʻmda)Koʻrsatkichlar nomiSatr kodiKirimChiqimOperatsion faoliyatMahsulot (tovar ish va xizmat) larni sotishdan kelib tushgan pul mablagʻlari010Material tovar ish va xizmatlar uchun mol yetkazib beruvchilarga toʻlangan pul mablagʻlari020Xodimlarga va ular nomidan toʻlangan pul mablagʻlari030Operatsion faoliyatning boshqa pul tushumlari va toʻlovlari040Jami operatsion faoliyatning sof pul kirimi/chiqimi (satr 010-020-030+/-040)050Investitsiya faoliyatiAsosiy vositalarni sotib olish va sotish060Nomoddiy aktivlarni sotib olish va sotish070Uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarni sotib olish va sotish080Investitsion faoliyatning boshqa pul tushumlari va toʻlovlari090Jami: investitsion faoliyatning sof pul kirimi/chiqimi (satr 060+/-070+/-080+/-090)100Moliyaviy faoliyatOlingan va toʻlangan foizlar110Olingan va toʻlangan dividendlar120Aksiyalar chiqarishdan yoki xususiy kapital bilan bogʻliq boʻlgan boshqa instrumentlardan kelgan pul tushumlari130Xususiy aksiyalarni sotib olganda va ularni sotganda pul toʻlovlari va tushumlari140Uzoq va qisqa muddatli kredit va qarzlar boʻyicha pul tushumlari va toʻlovlari150Moliyaviy ijara boʻyicha pul tushumlari va toʻlovlari160Moliyaviy faoliyatning boshqa pul tushumlari va toʻlovlari170Jami: moliyaviy faoliyatning sof pul kirimi/chiqimi (satr 110+/-120+130-140+/-150+/-160-1-/-170)180Soliqqa tortishToʻlangan foyda soligʻi190Toʻlangan boshqa soliqlar200Jami toʻlangan soliqlar (satr 190+200)210Jami moliyaviy-xoʻjalik faoliyatining sof pul kirimi/chiqimi (satr 050+/-100+/-180-2 10)220Chet el valyutasidagi pul mablagʻlarini qayta baholashdan yuzaga kelgan kurs farqlari saldosi221Yil boshidagi pul mablagʻlari230Yil oxiridagi pul mablagʻlari240
Chet el valyutasidagi pul mablagʻlarining harakati toʻgʻrisida maʼlumot
Koʻrsatkichlar nomiSatr kodiMiqdoriYil boshiga qoldiq250 Kelib tushgan valyuta mablagʻlari, jami (satr 261+262+263+264), shu jumladan260 Sotishdan olingan tushum261 Konvertatsiya qilingan262 Moliyaviy faoliyat boʻyicha263 Boshqa manbalar264 Sarflangan valyuta mablagʻlari, jami (satr 271+272+273), shu jumladan270 Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlovlar271 Moliyaviy faoliyat boʻyicha toʻlovlar272 Boshqa maqsadlar uchun273 Chet el valyutasidagi pul mablagʻlarini qayta baholashdan yuzaga kelgan kurs farqlari saldosi280 Yil oxiridagi qoldiq (satr. 250+260-270+/-280)290
Mazkur moliyaviy hisobotda koʻrsatilgan maʼlumotlarning ishonchliligini tasdiqlayman:Rahbar____________________________________________________________(F.I.O.)(imzo)Bosh buxgalter____________________________________________________________(F.I.O.)(imzo)Sana (kun/oy/yil)
Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatlari hamda ularning tarkibi va mazmuni toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Tashkilotning toʻliq nomiFaoliyat turiTashkiliy-huquqiy shakliElektron pochta manziliSoliq toʻlovchining identifikatsion raqami (STIR)Oʻlchov birligi, ming soʻmTaqdim qilingan sana (kun/oy/yil)
Moliyaviy holat toʻgʻrisidagi hisobot 20___ yil 31-dekabr holatiga
(ming soʻmda)Koʻrsatkichlar nomiSatr kodi*Izoh**(tartib raqami)20__ y. ___ ________ holatiga20__ y. ___ ________ holatigaAktivlarxxxUzoq muddatli aktivlar0100xxxAsosiy vositalar0110Foydalanish huquqidagi aktivlar0120Investitsiya koʻchmas mulki0130Nomoddiy aktivlar0140Uzoq muddatli biologik aktivlar0150Geologik qidiruv va baholash aktivlari0160Savdo va boshqa uzoq muddatli debitorlik qarzlar0170Ijara boʻyicha uzoq muddatli debitorlik qarzlar0180Xaridorlar bilan shartnomalar boʻyicha uzoq muddatli aktiv0190Kechiktirilgan soliq aktivlari0200Shoʻba tashkilotlarga investitsiyalar0210Taʼsir ostidagi tashkilotlar va qoʻshma korxonalarga investitsiyalar0220Amortizatsiyalangan qiymat boʻyicha baholanadigan uzoq muddatli moliyaviy aktivlar0230Boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan uzoq muddatli moliyaviy aktivlar 0240Foyda yoki zarar orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan uzoq muddatli moliyaviy aktivlar 0250Boshqa uzoq muddatli moliyaviy aktivlar0260Boshqa uzoq muddatli aktivlar0270Jami uzoq muddatli aktivlar (satr. 0110+0120+0130+0140+0150+0160+0170+0180+0190+0200+0210+0220+0230+0240+0250+0260+0270)0280Joriy aktivlar0300xxxZaxiralar0310Qisqa muddatli biologik aktivlar0320Savdo va boshqa qisqa muddatli debitor qarzlar0330Ijara boʻyicha qisqa muddatli debitorlik qarzlar0340Xaridorlar bilan shartnomalar boʻyicha qisqa muddatli aktiv0350Oldindan toʻlovlar (boʻnaklar)0360Foyda soligʻi boʻyicha joriy aktivlar0370Boshqa soliqlar va yigʻimlar boʻyicha joriy aktivlar0380Amortizatsiyalangan qiymat boʻyicha baholanadigan qisqa muddatli moliyaviy aktivlar0390Boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qisqa muddatli moliyaviy aktivlar0400Foyda yoki zarar orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qisqa muddatli moliyaviy aktivlar0410Boshqa qisqa muddatli moliyaviy aktivlar0420Pul mablagʻlari va uning ekvivalentlari0430Boshqa qisqa muddatli aktivlar0440Jami joriy muddatli aktivlar (satr. 0310+0320+0330+0340+0350+0360+0370+0380+0390+0400+0410+0420+0430+0440)0450Sotish uchun moʻljallangan aktivlar (hisobdan chiqariladigan guruhlar)0460Jami aktivlar (satr. 0280+0450+0460)0470Xususiy kapital va majburiyatlarxxxXususiy kapital0500xxxUstav kapitali0510Qoʻshilgan kapital0520Rezerv kapitali0530Taqsimlanmagan foyda (Qoplanmagan zarar)0540Boshqa umumlashgan daromadning komponentlari0550Xususiy kapitalning boshqa komponentlari0560Jami xususiy kapital (satr. 0510+0520+0530+0540+0550+0560)0570MajburiyatlarxxxUzoq muddatli majburiyatlar0600xxxSavdo va boshqa uzoq muddatli kreditorlik qarzlar0610Ijara boʻyicha uzoq muddatli majburiyatlar0620Xaridorlar bilan shartnomalar boʻyicha uzoq muddatli majburiyat0630Uzoq muddatli baholangan majburiyatlar0640Xodimlarning uzoq muddatli daromadlari0650Kechiktirilgan daromadlar 0660Kechiktirilgan soliq majburiyatlari0670Davlat grantlari0680Amortizatsiyalangan qiymat boʻyicha baholanadigan uzoq muddatli moliyaviy majburiyatlar0690Foyda yoki zarar orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan uzoq muddatli moliyaviy majburiyatlar 0700Boshqa uzoq muddatli moliyaviy majburiyatlar0710Boshqa uzoq muddatli majburiyatlar0720Jami uzoq muddatli majburiyatlar (satr. 0610+0620+0630+0640+0650+0660+0670+0680+0690+0700+0710+0720)0730Joriy majburiyatlar0800xxxSavdo va boshqa qisqa muddatli kreditorlik qarzlar0810Ijara boʻyicha qisqa muddatli majburiyatlar0820Xaridorlar bilan shartnomalar boʻyicha qisqa muddatli majburiyat0830Qisqa muddatli baholangan majburiyatlar0840Xodimlarning qisqa muddatli daromadlari0850Kechiktirilgan daromadlar0860Davlat grantlari 0870Toʻlanadigan dividendlar0880Olingan avanslar0890Foyda soligʻi boʻyicha joriy majburiyatlari0900Boshqa soliqlar va yigʻimlar boʻyicha joriy majburiyatlar0910Amortizatsiyalangan qiymat boʻyicha baholanadigan qisqa muddatli moliyaviy majburiyatlar0920Foyda yoki zarar orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qisqa muddatli moliyaviy majburiyatlar 0930Boshqa qisqa muddatli moliyaviy majburiyatlar0940Boshqa qisqa muddatli majburiyatlar0950Jami joriy majburiyatlar (satr. 0810+0820+0830+0840+0850+0860+0870+0880+0890+0900+0910+0920+0920+0940+0950)0960Sotish uchun moʻljallangan hisobdan chiqariladigan guruhlarga kiritilgan majburiyatlar0970Jami majburiyatlar (satr. 0730+0960+0970)0980Jami xususiy kapital va majburiyatlar (satr. 0570+0980)0990
* Zaruriy hollarda satrlar bilan toʻldirilishi mumkin.
** Moliyaviy hisobotning moddasiga tegishli izohlarning tartib raqami.
Mazkur moliyaviy hisobotda koʻrsatilgan maʼlumotlarning ishonchliligini tasdiqlayman:Rahbar____________________________________________________________(F.I.O.)(imzo)Bosh buxgalter____________________________________________________________(F.I.O.)(imzo)Sana (kun/oy/yil)
Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatlari hamda ularning tarkibi va mazmuni toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
Tashkilotning toʻliq nomiFaoliyat turiTashkiliy-huquqiy shakliElektron pochta manziliSoliq toʻlovchining identifikatsion raqami (STIR)Oʻlchov birligi, ming soʻmTaqdim qilingan sana (kun/oy/yil)
Foyda yoki zarar va boshqa umumlashgan daromad toʻgʻrisidagi hisobot 20___ yil uchun
(ming soʻmda)Koʻrsatkichlar nomiSatr kodi*Izoh**20___ y. yil uchun20___ y. yil uchunFoyda va zararlar0100xxxTushum0110Sotish tannarxi0120( )( )Yalpi foyda (zarar) (satr. 0101-0102)0200Operatsion faoliyatning boshqa daromadlari0210Sotish xarajatlari0220( )( )Maʼmuriy xarajatlar0230( )( )Aktivlarni qadrsizlanishidan zararlar0240Operatsion faoliyatning boshqa xarajatlari0250( )( )Operatsion faoliyat foydasi (zarari) (satr. 0200+0210-0220-0230-0240-0250)0300Taʼsir ostidagi tashkilotlar va qoʻshma korxonalarning foydasining (zararining) tashkilotga tegishli ulushi0310Qarzlar va moliyaviy ijara boʻyicha foizlar shaklidagi xarajatlar 0320( )( )Valyuta kursi farqidan foyda (zarar) 0330Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari0340Moliyaviy faoliyat boʻyicha boshqa xarajatlari0350( )( )Foyda soligʻi toʻlangunga qadar foyda yoki zarar (satr. 0300+/-0310-0320+/-0330+0340-0350)0400Foyda soligʻi, jami (satr. 0420+0430), shu jumladan:0410( )( )Joriy foyda soligʻi xarajati0420( )( )Kechiktirilgan soliq xarajati (daromadi)0430( )( )Davom etayotgan faoliyatdan foyda (zarar) (satr. 0400-0410)0500Tugatilgan faoliyatdan foyda (zarar)0510Hisobot davri uchun sof foyda (zarar) (satr. 0500+0510)0600Boshqa umumlashgan daromadlar0700xxxQayta baholash modeliga muvofiq baholanadigan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar uchun qayta baholash natijasida qiymatning oʻsishidagi oʻzgarishlar0710Taʼsir ostidagi tashkilotlar va qoʻshma korxonalarning boshqa umumlashgan daromadining (zararining) tashkilotga tegishli ulushi0720Reklassifikatsiya qilinmaydigan moddalar boʻyicha foyda soligʻi taʼsirlari0730( )( )Keyingi davrlarda foyda yoki zararda reklassifikatsiya qilinmaydigan boshqa umumlashgan daromadlar (foyda soligʻi taʼsirlarini chegirgan holda) (satr. 0710+/-0720-0730)0800Chet eldagi boʻlinmani boshqa valyutaga oʻtkazishda yuzaga keladigan kurs farqlari0810Boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan moliyaviy instrumentlarni qayta baholash natijasida qiymatning oʻsishidagi oʻzgarishlar0820Pul oqimini xejlash0830Chet eldagi boʻlinmaga sof investitsiyalarni xejlash0840Keyingi davrlarda foyda yoki zararda reklassifikatsiya qilinishi mumkin boʻlgan moddalar boʻyicha foyda soligʻi taʼsirlari0850( )( )Keyingi davrlarda foyda yoki zararda reklassifikatsiya qilinishi mumkin boʻlgan boshqa umumlashgan daromadlar (foyda soligʻi taʼsirlarini chegirgan holda) (satr. 0810+/-0820+/-0830+/-0840-0850)0900Hisobot davri uchun jami boshqa umumlashgan daromadlar (satr. 0800+0900)1000Hisobot davri uchun jami umumlashgan daromad (0600+1000)1010Bir aksiyaga toʻgʻri keladigan foyda (soʻmda):1020xxxbazaviy koʻrsatkich1030suyultirilgan koʻrsatkich1040
* Zaruriy hollarda satrlar bilan toʻldirilishi mumkin.
** Moliyaviy hisobotning moddasiga tegishli izohlarning tartib raqami.
Mazkur moliyaviy hisobotda koʻrsatilgan maʼlumotlarning ishonchliligini tasdiqlayman:Rahbar____________________________________________________________(F.I.O.)(imzo)Bosh buxgalter____________________________________________________________(F.I.O.)(imzo)Sana (kun/oy/yil)
Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatlari hamda ularning tarkibi va mazmuni toʻgʻrisidagi nizomga 7-ILOVA
Tashkilotning toʻliq nomiFaoliyat turiTashkiliy-huquqiy shakliElektron pochta manziliSoliq toʻlovchining identifikatsion raqami (STIR)Oʻlchov birligi, ming soʻmTaqdim qilingan sana (kun/oy/yil)
Xususiy kapitaldagi oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi hisobot 20___ yil uchun
(ming soʻmda)Koʻrsatkichlar nomiSatr kodi*Izoh**(izohning tartib raqami)Ustav kapitaliQoʻshilgan kapitalRezerv kapitaliTaqsimlanmagan foyda(qoplanmagan zarar)Boshqa umumlashgan daromadning komponentlariXususiy kapitalning boshqa komponentlariJami xususiy kapital12345678910Oldingi hisobot davrining 1-yanvar holatiga qoldiq0100Hisob siyosatidagi oʻzgarishlar0110Qayta hisoblangan qoldiq (satr. 0100 +/-0100)0120Oldingi hisobot davri uchun sof foyda (zarar)0200Oldingi hisobot davri uchun boshqa umumlashgan daromad, jami (satr. 0220+/-0230+/-0240+/-0250+/-0260+/-0270+/-0280), shu jumladan:0210Qayta baholash modeliga muvofiq baholanadigan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar uchun qayta baholash natijasida qiymatning oʻsishidagi oʻzgarishlar (soliq taʼsirlarini chegirgan holda)0220Taʼsir ostidagi tashkilotlar va qoʻshma korxonalarning boshqa umumlashgan daromadining (zararining) tashkilotga tegishli ulushi0230Belgilangan toʻlovlar boʻyicha pensiya dasturlarini qayta baholash natijasida qiymatning oʻsishidagi oʻzgarishlar0240Chet eldagi boʻlinmani boshqa valyutaga oʻtkazishda yuzaga keladigan kurs farqlari0250Boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan moliyaviy instrumentlarni qayta baholash natijasida qiymatning oʻsishidagi oʻzgarishlar0260Pul oqimini xejlash0270Chet eldagi boʻlinmaga sof investitsiyalarni xejlash0280Mulkdor bilan bogʻliq operatsiyalar, jami (satr. 0300+0310+0320+/-0330-0340+/-0350+/-0360+/-0370), shu jumladan:0290Aksiyalarga asoslangan toʻlov operatsiyalariga asosan aksiyalarning chiqarilishi0300Oʻz ulushli instrumentlarining (aksiyalarining)i chiqarilishi0310Biznes birlashuvi bilan bogʻliq ulushli instrumentlarining chiqarilishi0320Chiqarilgan konvertatsiyalanadigan instrumentlarning ulushli komponenti (soliq taʼsirlarini chegirgan holda)0330Hisoblangan dividendlar0340Qayta sotib olingan xususiy aksiyalar0350Taqsimlanmagan foydaga oʻtkazish0360Xususiy kapitaldagi boshqa oʻzgarishlar0370Oldingi hisobot davrining 31-dekabr holatiga qoldiq (satr. 0120+/-0200+/-0210+/-0290)0380Hisob siyosatidagi oʻzgarishlar0390Qayta hisoblangan qoldiq (satr. 0380+/-0390)0400Hisobot davri uchun sof foyda (zarar)0410Hisobot davri uchun boshqa umumlashgan daromad, jami (satr. 0430+/-0440+/-0450+/-0460+/-0470+/-0480+/-0490), shu jumladan:0420Qayta baholash modeliga muvofiq baholanadigan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar uchun qayta baholash natijasida qiymatning oʻsishidagi oʻzgarishlar (soliq taʼsirlarini chegirgan holda)0430Taʼsir ostidagi tashkilotlar va qoʻshma korxonalarning boshqa umumlashgan daromadining (zararining) tashkilotga tegishli ulushi0440Belgilangan toʻlovlar boʻyicha pensiya dasturlarini qayta baholash natijasida qiymatning oʻsishidagi oʻzgarishlar0450Chet eldagi boʻlinmani boshqa valyutaga oʻtkazishda yuzaga keladigan kurs farqlari0460Boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan moliyaviy instrumentlarni qayta baholash natijasida qiymatning oʻsishidagi oʻzgarishlar0470Pul oqimini xejlash0480Chet eldagi boʻlinmaga sof investitsiyalarni xejlash0490Mulkdor bilan bogʻliq operatsiyalar, jami (satr. 0510+0520+0530+/-0540-0550+/-0560+/-0570+/-0580), shu jumladan:0500Aksiyalarga asoslangan toʻlov operatsiyalariga asosan aksiyalarning chiqarilishi0510Oʻz ulushli instrumentlarining (aksiyalarining)i chiqarilishi0520Biznes birlashuvi bilan bogʻliq ulushli instrumentlarining chiqarilishi0530Chiqarilgan konvertatsiyalanadigan instrumentlarning ulushli komponenti (soliq taʼsirlarini chegirgan holda)0540Hisoblangan dividendlar0550Qayta sotib olingan xususiy aksiyalar0560Taqsimlanmagan foydaga oʻtkazish0570Xususiy kapitaldagi boshqa oʻzgarishlar0580Hisobot davrining 31-dekabr holatiga qoldiq (satr. 0400+/-0410+/-0420+/-0500)0590
* Zaruriy hollarda satrlar bilan toʻldirilishi mumkin.
** Moliyaviy hisobotning moddasiga tegishli izohlarning tartib raqami.
Mazkur moliyaviy hisobotda koʻrsatilgan maʼlumotlarning ishonchliligini tasdiqlayman:Rahbar____________________________________________________________(F.I.O.)(imzo)Bosh buxgalter____________________________________________________________(F.I.O.)(imzo)Sana (kun/oy/yil)
Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatlari hamda ularning tarkibi va mazmuni toʻgʻrisidagi nizomga 8-ILOVA
Tashkilotning toʻliq nomiFaoliyat turiTashkiliy-huquqiy shakliElektron pochta manziliSoliq toʻlovchining identifikatsion raqami (STIR)Oʻlchov birligi, ming soʻmTaqdim qilingan sana (kun/oy/yil)
Pul mablagʻlari harakati toʻgʻrisidagi hisobot (bilvosita usul) 20___ yil uchun
(ming soʻmda)Koʻrsatkichlar nomiSatr kodi*Izoh**(izohning tartib raqami)20___ y. yil uchun20___ y. yil uchunOperatsion faoliyat boʻyicha pul oqimlari0100xxxFoyda soligʻi toʻlangunga qadar foyda (zarar)0110Tuzatishlar:0120xxxMoliyaviy xarajatlar (+)0130Moliyaviy daromadlar (-)0140Aktivlarga hisoblangan eskirish va ularning qadrsizlanish xarajatlari (+)0130Savdo va boshqa debitorlik qarzlarining qadrsizlanishi (+)0140Tovar moddiy zaxiralarining qadrsizlanishi boʻyicha xarajatlar (+)0150Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarishdan foyda(-)/ zarar(+)0160Investitsiya koʻchmas mulkining haqqoniy narxi oʻzgarishidan foyda(-)/ zarar(+)0170Valyutasi kursi farqidan sof foyda(-)/ zarar(+)0180Baholangan majburiyatlar uchun rezevrlar boʻyicha foyda(-)/ zarar(+)0190Taʼsir ostidagi tashkilotlar va qoʻshma korxonalarning foydasining (-) (zararining)(+) tashkilotga tegishli ulushi 0200Davlat grantlari boʻyicha daromadlar (-) 0210Operatsion faoliyatning boshqa naqd pulsiz operatsiyalariga tuzatishlar0220Aylanma kapitaldagi oʻzgarishlar (satr. 0110+0130-0140+0150+/-0160+/-0170+/-0180+/-0190+/-0200+/-0210+/-0220)0230xxxTovar moddiy zaxiralarining oʻsishi (-)/ kamayishi (+)0240Savdo va boshqa qisqa muddatli debitorlik qarzlarining oʻsishi (-)/ kamayishi (+)0250Savdo va boshqa qisqa muddatli kreditorlik qarzlarining oʻsishi (+)/ kamayishi (-)0260Boshqa qisqa muddatli aktivlarning oʻsishi (-)/ kamayishi (+)0270Boshqa qisqa muddatli majburiyatlarning oʻsishi (+)/ kamayishi (-)0280Operatsion faoliyatdan olingan pul mablagʻlari (satr. 0230+/-0240+/-0250+/-0260+/-0270+/-0280)0290Toʻlangan foizlar0300Toʻlangan foyda soligʻi0310Operatsion faoliyatdan sof pul oqimlari (satr. 0290-0300-0310)0320Investitsiya faoliyati boʻyicha pul oqimlari0400xxxAsosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va boshqa uzoq muddatli aktivlarni sotishdan pul tushumi0410Asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va boshqa uzoq muddatli aktivlarning xaridi uchun pul chiqimi0420Boshqa tashkilotlarning ulushli va qarz instrumentlarini sotishdan pul tushumi0430Boshqa tashkilotlarning ulushli va qarz instrumentlarini xarid qilish uchun pul chiqimi0440Olingan davlat grantlari 0450Olingan foizlar0460Olingan dividentlar0470Moliyaviy ijara boʻyicha tushumlar0480Investitsiya faoliyatining boshqa pul tushumlari va toʻlovlari0490Investitsiya faoliyatdan sof pul oqimlari (satr. 0410-0420+0430-0440+0450+0460+0470+0480+/-0490)0500Moliyaviy faoliyatdan pul oqimlari0600xxxAksiyalar chiqarishdan yoki xususiy kapital bilan bogʻliq boʻlgan boshqa instrumentlardan kelgan pul tushumlar0610Uzoq va qisqa muddatli kredit va qarzlar boʻyicha pul tushumlari 0620Uzoq va qisqa muddatli kredit va qarzlar boʻyicha pul toʻlovlari0630Moliyaviy ijara boʻyicha toʻlovlar0640Toʻlangan dividentlar0650Moliyaviy faoliyatning boshqa pul tushumlari va toʻlovlari0660Moliyaviy faoliyatdan sof pul oqimlari (satr. 0610+0620-0630-0640+/-)0670Valyuta ayirboshlash kurslaridagi oʻzgarishlarning taʼsirlari0700Pul mablagʻlari va ularning ekvivalentlarining balans qiymatidagi oʻzgarishlarning taʼsirlari0800Pul mablagʻlari va ularning ekvivalentlarining sof oʻsishi (kamayishi) (satr. 0320+/-0500+/-0670+/-0700+/-0800)0900Hisobot davri boshiga pul mablagʻlari va ularning ekvivalentlari1000Hisobot davri oxiriga pul mablagʻlari va ularning ekvivalentlari1010
* Zaruriy hollarda satrlar bilan toʻldirilishi mumkin.
** Moliyaviy hisobotning moddasiga tegishli izohlarning tartib raqami.
Mazkur moliyaviy hisobotda koʻrsatilgan maʼlumotlarning ishonchliligini tasdiqlayman:Rahbar____________________________________________________________(F.I.O.)(imzo)Bosh buxgalter____________________________________________________________(F.I.O.)(imzo)Sana (kun/oy/yil)
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 8-oktabrdagi 181-son buyrugʻiga 2-ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2000-yil 15-iyunda 47-son bilan tasdiqlangan Choraklik va yillik moliyaviy hisobot taqdim etish muddatlari toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 942, 2000-yil 3-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 13-son).
2. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2002-yil 12-iyuldagi 85-son “Choraklik va yillik moliyaviy hisobot taqdim etish muddatlari toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 942-1, 2002-yil 22-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 14-son).
3. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2002-yil 27-dekabrdagi 140-son “Moliyaviy hisobot shakllari va ularni toʻldirish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1209, 2003-yil 24-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 1-2-son).
4. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2003-yil 17-oktabrdagi 118-son “Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2002-yil 27-dekabrdagi 140-sonli “Moliyaviy hisobot shakllari va ularni toʻldirish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1209-1, 2003-yil 12-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 21-22-son).
5. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2004-yil 9-dekabrdagi 129-son “Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2002-yil 27-dekabrdagi 140-sonli “Moliyaviy hisobot shakllari va ularni toʻldirish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1209-2, 2004-yil 20-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 519-modda).
6. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2005-yil 6-maydagi 45-son “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002-yil 27-dekabrdagi 140-sonli “Moliyaviy hisobot shakllari va ularni toʻldirish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻining 7-ilovasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1209-3, 2005-yil 19-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 19-20-son, 145-modda).
7. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2007-yil 12-apreldagi 39-son “Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2002-yil 27-dekabrdagi 140-sonli “Moliyaviy hisobot shakllari va ularni toʻldirish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1209-4, 2007-yil 19-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 21-son, 218-modda).
8. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2012-yil 11-sentabrdagi 68-son “Moliyaviy hisobot shakllari va ularni toʻldirish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1209-5, 2012-yil 11-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 41-42-son, 489-modda).
9. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2015-yil 18-maydagi 44-son “2-sonli shakl “Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot”ga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1209-6, 2015-yil 21-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 20-son, 265-modda).
10. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2016-yil 19-oktabrdagi 80-son “Moliyaviy hisobot shakllari va ularni toʻldirish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1209-7, 2016-yil 3-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 44-son, 517-modda).
11. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 17-noyabrdagi 155-son “Moliyaviy hisobot shakllari va ularni toʻldirish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1209-8, 2017-yil 14-dekabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.12.2017-y., 10/17/1209-8/0413-son).
12. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 1-fevraldagi 16-son “Moliyaviy hisobot shakllari va ularni toʻldirish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1209-9, 2018-yil 1-mart) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.03.2018-y., 10/18/1209-9/0844-son).
13. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 23-yanvardagi 10-son “Moliyaviy hisobot shakllari va ularni toʻldirish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1209-10, 2019-yil 15-fevral) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2019-y., 10/19/1209-10/2613-son).
