Respublikada 2024-2025-yillarda elektromobillardan foydalanish infratuzilmasini kengaytirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida (732-son)
01.11.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Elektromobillardan foydalanish infratuzilmasini rivojlantirish, ushbu yoʻnalishda investorlar uchun qulay sharoitlar yaratish hamda elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalaridan foydalanuvchilarni qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini joriy qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Avtoturargohlar, ijtimoiy soha obyektlari va davlat idoralarida elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalarini oʻrnatishning maqsadli koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
Savdo va biznes markazlari, umumiy ovqatlanish korxonalari, mehmonxona va koʻp kvartirali uy-joylar atrofida elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalarini oʻrnatishning maqsadli koʻrsatkichlari 2-ilovaga muvofiq;
Avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalarida elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalarini oʻrnatishning maqsadli koʻrsatkichlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Energetika vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining quyidagi takliflari maʼqullansin:
2025-yil 1-fevraldan yangi loyihalashtiriladigan davlat organlari, savdo va biznes markazlari, koʻngilochar va dam olish maskanlari, avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari, mehmonxonalar, xalqaro va davlat ahamiyatidagi avtomobil yoʻllari boʻyidagi infratuzilma obyektlarida avtoturargohlarning kamida 5 foizini (lekin, bitta joydan kam boʻlmagan holda) elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalarini (keyingi oʻrinlarda — stansiyalar) joylashtirish uchun ajratish;
aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini, yuqori va past kuchlanishli tarmoqlarni modernizatsiya, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash dasturlarini ishlab chiqishda stansiyalar hamda ularning yagona elektr energetikasi tizimiga yuklamasini inobatga olish;
yakka tartibdagi va koʻp kvartirali uy-joylar hududida, shu jumladan, koʻp kvartirali uy-joylar avtoturargohlarida eng yuqori quvvati 22 kVt boʻlgan stansiyalarni oʻrnatish;
tadbirkorlik subyektlari tomonidan mavjud koʻp kvartirali uy-joylarning faqat avtoturargohlarida stansiyalar oʻrnatish.
3. Davlat tasarrufida boʻlgan boʻsh turgan, shuningdek, davlat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, davlat ishtirokidagi korxonalar hududida stansiyalarni oʻrnatish joyini “K-SAVDO” AAT orqali elektron onlayn-auksionga (keyingi oʻrinlarda — auksion) chiqargan holda ijaraga berishga ruxsat etilsin. Bunda:
a) oʻrnatish joylari quyidagi mezonlarda “yashil” va “sariq” toifalarga boʻlinadi:
stansiyalarni qurish uchun barcha sharoitlar mavjud boʻlgan oʻrnatish joylari “yashil” toifa;
stansiyalar uchun qoʻshimcha kommunikatsiya tarmoqlarini qurish talab etiladigan oʻrnatish joylari “sariq” toifa sifatida belgilanadi va qoʻshimcha kommunikatsiya tarmoqlarini qurish ishlari auksion gʻolibi tomonidan amalga oshiriladi;
b) hududlarda elektr taʼminotining texnik holati va mavjud quvvatlardan kelib chiqib, stansiyalar oʻrnatiladigan hududlar 120 oygacha foydalanish huquqi asosida auksion orqali sotilishi yoki ijaraga berilishi mumkin.
4. Belgilansinki, ijaraga beriladigan joyda 6 oy mobaynida auksion gʻolibi tomonidan stansiyalar oʻrnatilmagan taqdirda, ijara shartnomasi belgilangan tartibda bekor qilish choralari koʻriladi hamda ushbu yer uchastkasi, koʻchmas mulk (koʻchmas mulkning bir qismi) qaytadan auksionga chiqariladi.
5. Energetika vazirligi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan birgalikda 2024-yil yakuniga qadar yagona energetika tizimida quvvat tanqisligi davrlarida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan tadbirkorlar va aholi oʻrnatadigan stansiyalar isteʼmol quvvatini kamaytirish imkoniyatini yaratish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
6. Kadastr agentligi 2025-yil 1-fevralga qadar yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan “Yer-elektron” AATning ochiq portali orqali stansiyalarni joylashtirish boʻyicha yer uchastkasini ajratish yuzasidan takliflar kiritish imkoniyatini taʼminlasin.
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
bir oy muddatda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan birgalikda stansiyalarni joylashtirish imkoniyati mavjud yer uchastkalarida texnik jihatdan elektr tarmoqlariga ulanish yuzasidan sharoitlar mavjudligini aniqlasin;
ikki oy muddatda Kadastr agentligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda hududlarda, shu jumladan, tadbirkorlik hamda shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun tanlanib, binolarni qurish uchun rad etilgan va koʻrib chiqish jarayonida turgan yer uchastkalarida stansiyalarni oʻrnatish imkoniyatini oʻrganib chiqsin;
uch oy muddatda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Soliq qoʻmitasi bilan birgalikda stansiyalarni joylashtirish imkoniyati mavjud boʻlgan oʻrnatish joylari ushbu qarorga ilovalarda keltirilgan maqsadli koʻrsatkichlarga muvofiq auksion savdolariga chiqarilishini taʼminlasin.
8. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi bilan birgalikda uch oy muddatda elektromobillarga texnik xizmat koʻrsatish ustaxonalarini hamda chetdan olib kirilayotgan va mahalliy ishlab chiqarilgan elektromobillarning ehtiyot qismlarini sotish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlovchi mexanizmlarni ishlab chiqsin hamda amaliyotda qoʻllash choralarini koʻrsin.
9. Ichki ishlar vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
joriy yil yakuniga qadar hududlarda stansiyalarni mavjudligini koʻrsatuvchi yoʻl belgilarini oʻrnatishni taʼminlasin;
ikki oy muddatda stansiyalardan maqsadsiz foydalanishning oldini olish, stansiyalar maydonlarini band qilish holatlarini bartaraf etish va taʼsir choralarini koʻrish yuzasidan tegishli qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish kiritish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
10. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Energetika vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda hududlarda elektr taʼminotining texnik holati va mavjud quvvatlardan kelib chiqib, stansiyalar oʻrnatiladigan hududlarni maxsus shartlar hamda 120 oyga foydalanish huquqi asosida auksion orqali sotish yoki ijaraga berish tartibini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
11. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi bir oy muddatda stansiyalar uchun elektr energiyasi tarifini yagona elektr energetikasi tizimining yuklamasidan kelib chiqib, vaqt zonalari boʻyicha taqsimlash yuzasidan taklif kiritsin.
12. Yoqilgʻi-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish boʻyicha respublika shtabi mazkur qarorda belgilangan chora-tadbirlarning oʻz vaqtida va toʻliq ijro etilish yuzasidan tizimli nazorat oʻrnatsin.
13. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda energetika vaziri J. T. Mirzamahmudov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 1-noyabr,
732-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-noyabrdagi 732-son qaroriga 1-ILOVA
Avtoturargohlar, ijtimoiy soha obyektlari va davlat idoralarida elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini oʻrnatishning
maqsadli koʻrsatkichlari
T/rHududlarIjtimoiy soha obyektlari va davlat idoralariXalqaro va davlat ahamiyatidagi avtomobil yoʻllariga tutash hududlarda joylashgan elektr uzatish tarmoqlari, transformator punktlari va podstansiyalari yaqinida oʻrnatishKoʻngilochar va dam olish maskanlarida oʻrnatishAvtomobil turar joylarida oʻrnatishoʻrnatish rejasioʻrnatish rejasioʻrnatish rejasioʻrnatish rejasi2024-yil2025-yil2024-yil2025-yil2024-yil2025-yil2024-yil2025-yilRespublika boʻyicha:1 0172 03329502935891232501.Qoraqalpogʻiston Respublikasi6112312918372.Andijon viloyati64127231019353.Buxoro viloyati561112371417344.Jizzax viloyati255023613375.Qashqadaryo viloyati37732413256136.Navoiy viloyati57113121021497.Namangan viloyati53106241020368.Samarqand viloyati5410735153118369.Surxondaryo viloyati3468236125910.Sirdaryo viloyati204112491211.Toshkent viloyati71142353773102012.Fargʻona viloyati5611324163351113.Xorazm viloyati3061231020102014.Toshkent shahri399798471402813571
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-noyabrdagi 732-son qaroriga 2-ILOVA
Savdo va biznes markazlari, umumiy ovqatlanish korxonalari, mehmonxona va koʻp kvartirali uy-joylar atrofida elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalarini oʻrnatishning
maqsadli koʻrsatkichlari
T/rHududlarUmumiy ovqatlanish korxonalaridaSavdo va biznes markazlaridaMehmonxonalardaKoʻp kvartirali uy-joylar avtoturargohlaridaoʻrnatish rejasioʻrnatish rejasioʻrnatish rejasioʻrnatish rejasi2024-yil2025-yil2024-yil2025-yil2024-yil2025-yil2024-yil2025-yilRespublika boʻyicha:6212513251 2662 5327 86415 7291.Qoraqalpogʻiston Respublikasi51112621243747492.Andijon viloyati3611601194619223.Buxoro viloyati91811921844629254.Jizzax viloyati2411541082745485.Qashqadaryo viloyati4711731475091 0186.Navoiy viloyati2512551113987967.Namangan viloyati2512611234539058.Samarqand viloyati49121472938081 6159.Surxondaryo viloyati36016913939679210.Sirdaryo viloyati2301316221342611.Toshkent viloyati611251402797311 46212.Fargʻona viloyati510111042077201 44113.Xorazm viloyati25137114245591014.Toshkent shahri1325122474941 6103 220
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-noyabrdagi 732-son qaroriga 3-ILOVA
Avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalarida elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalarini oʻrnatishning
maqsadli koʻrsatkichlari
T/r Hududlar AGTKSH (metan) AGTSH (propan) AYQSh (benzin) oʻrnatish rejasi oʻrnatish rejasi oʻrnatish rejasi 2024-yil 2025-yil 2024-yil 2025-yil 2024-yil 2025-yil Respublika boʻyicha: 81 100 37 46 67 69 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 3 5 2 3 2 3 2. Andijon viloyati 4 4 2 2 2 3. Buxoro viloyati 3 5 2 3 3 3 4. Jizzax viloyati 2 2 5. Qashqadaryo viloyati 4 7 5 5 3 3 6. Navoiy viloyati 3 3 2 2 7. Namangan viloyati 12 10 4 3 10 8 8. Samarqand viloyati 9 12 10 11 12 11 9. Surxondaryo viloyati 6 12 4 6 6 6 10. Sirdaryo viloyati 4 4 1 2 2 3 11. Toshkent viloyati 7 8 1 7 8 12. Fargʻona viloyati 11 12 4 5 8 7 13. Xorazm viloyati 7 7 3 1 4 8 14. Toshkent shahri 6 9 2 2 8 5
