Oʻzbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar haqida (496-3-son)
24.05.2001
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2001-yil 24-mayda 496-3-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonunining 3, 7 va 51-moddalariga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. 1998-yil 8-oktabrda 496-raqam bilan davlat roʻyxatiga olingan “Oʻzbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar toʻgʻrisida”gi Nizomning 8.5-bandi chiqarib tashlansin;
8.6—8.19-bandlar tegishli ravishda 8.5—8.18-bandlar deb hisoblansin.
2. Toʻlov tizimi va axborotlashtirish departamenti (K.M.Umarov)ga 10 kun muddatda ushbu oʻzgartirishlarni Respublika Adliya vazirligiga davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etish yuklatilsin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish rais oʻrinbosari M.R. Jumagaldiyev zimmasiga yuklatilsin.
Markaziy bank raisi F.M. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2001-yil 14-may,
11/5-son
