42-modda. Qattiq holdagi foydali qazilmalarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnomaning amal qilish muddati
Yer qaʼri toʻgʻrisida (O‘RQ-987-son) · Sana: 31.10.2024 · Amalda
Qattiq holdagi foydali qazilmalarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnoma quyidagi muddatlarga beriladi:
1) foydali qazilmalarning asosiy turlari boʻyicha — besh yilgacha;
2) noruda foydali qazilmalar boʻyicha — ikki yilgacha.
Asosiy qattiq holdagi foydali qazilmalarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnomaning amal qilish muddati yer qaʼridan foydalanuvchining arizasiga koʻra ikki marta toʻrt yilga uzaytirilishi mumkin.
Noruda foydali qazilmalarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnomaning amal qilish muddati har bir alohida holda ushbu Qonunning 110-moddasida belgilangan tartibda ikki marta ikki yilga uzaytirilishi mumkin.
Qattiq holdagi foydali qazilmalarni geologik jihatdan oʻrganishga doir ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirishda ruxsatnomaga kiritilgan kadastr kvadratlarining miqdori ellik foizga kamaytiriladi.
