163-modda. Yer qaʼri toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Yer qaʼri toʻgʻrisida (O‘RQ-987-son) · Sana: 31.10.2024 · Amalda
Yer qaʼri toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Yer qaʼridan belgilangan normalar va talablarni buzgan holda foydalanganlik natijasida davlatga yetkazilgan zararning oʻrni qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda qoplanadi.
Quyidagilar yer qaʼridan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar hisoblanadi:
1) agar yer qaʼridan foydalanuvchi qattiq holdagi foydali qazilmalarni geologik jihatdan oʻrganish loyihasini, rekognossirovka qilish ishlari loyihasini, uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganish loyihasini, qattiq holdagi foydali qazilmalar konini oʻzlashtirish loyihasini, uglevodorodlar konini oʻzlashtirish loyihasini, yer ostida saqlash loyihasini, yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini tugatish boʻyicha rejani, yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarish boʻyicha rejani, yer uchastkasini tiklash boʻyicha rejani, muayyan holga qarab, ushbu Qonunda belgilangan muddatda taqdim etmagan boʻlsa;
2) agar qattiq holdagi foydali qazilmalarni geologik jihatdan oʻrganish loyihasi, rekognossirovka qilish ishlari loyihasi, uglevodorodlarni geologik jihatdan oʻrganish rejasi, qattiq holdagi foydali qazilmalar konini oʻzlashtirish loyihasi, uglevodorodlar konini oʻzlashtirish loyihasi, yer ostida saqlash loyihasi, yer qaʼridan foydalanish oqibatlarini tugatish boʻyicha reja, yer qaʼri uchastkasini foydalanishdan chiqarish boʻyicha reja, yer uchastkasini tiklash boʻyicha reja yuzasidan, muayyan holga qarab, yer qaʼridan foydalanish boʻyicha tegishli faoliyat bilan bevosita bogʻliq jiddiy buzilishlar mavjud boʻlsa, ularni bartaraf etib boʻlmasa yoki, agar ularni bartaraf etish mumkin boʻlsa-yu, lekin bu haqda xabardor qilingan paytdan eʼtiboran toʻqson kun ichida bartaraf etilmagan boʻlsa yoxud, agar yer qaʼridan foydalanuvchi qoidabuzarliklarni bartaraf etish ustida astoydil ishlay boshlagan boʻlsa-yu, lekin ularni bartaraf etish uchun toʻqson kundan ortiq vaqt talab qilinsa;
3) agar yer qaʼridan foydalanuvchida oʻz ekologik majburiyatlarining jiddiy buzilishlari mavjud boʻlib, ularni bartaraf etib boʻlmasa yoki, agar ularni bartaraf etish mumkin boʻlsa-yu, lekin bu haqda xabardor qilingan paytdan eʼtiboran toʻqson kun ichida bartaraf etilmagan boʻlsa yoxud, agar yer qaʼridan foydalanuvchi qoidabuzarliklarni bartaraf etish boʻyicha astoydil ishlay boshlagan boʻlsa-yu, lekin ularni tugatish uchun toʻqson kundan ortiq vaqt talab qilinsa;
