1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va qoʻllanilish sohasi
Yer qaʼri toʻgʻrisida (O‘RQ-987-son) · Sana: 31.10.2024 · Amalda
Ushbu Qonunning maqsadi yer osti boyliklariga egalik qilish va ularni tasarruf etish, shuningdek yer qaʼridan foydalanish hamda uni muhofaza qilish chogʻida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ushbu Qonunning amal qilishi yer qaʼridan foydalanishda yuzaga keladigan, yer, suv (bundan sanoat ahamiyatiga molik yer osti suvlari mustasno), oʻsimlik va hayvonot dunyosidan, atmosfera havosidan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish bilan bogʻliq boʻlgan munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ushbu Qonun va sohaga oid qonunchilik tegishli salohiyatga ega boʻlgan institutlar koʻmagida bozorga yoʻnaltirilgan investitsiyalarni jalb etish vositasida Oʻzbekiston Respublikasining foydali qazilmalarini barqaror oʻzlashtirish uchun geologik maʼlumotlarni tartibga solish va boshqarishning zamonaviy usullariga asoslangan huquqiy asosni taʼminlaydi.
