SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida (01/2-64-son)
28.08.2024
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 2-oktabrda hisobga olindi, hisob raqami 301]
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-oktabrdagi 577-son “Qurilish sohasiga oid talablarni soddalashtirish hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2 Ayrim shaharsozlik normalari va qoidalari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Energetika vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi hamda “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi bilan kelishilgan.
4. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir v.b. Sh. XIDOYATOV
Toshkent sh.,
2024-yil 28-avgust,
01/2-64-son
Kelishildi:
Favqulodda vaziyatlar vaziri A. KULDASHEV
2024-yil 22-avgust
Energetika vaziri J. MIRZAMAHMUDOV
2024-yil 26-iyul
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi rais B. YUSUPALIYEV
2024-yil 23-iyul
“Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi rais oʻrinbosari B. BOBOKULOV
2024-yil 23-iyul
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A. ABDUXAKIMOV
2024-yil 13-avgust
Togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri B. ISLAMOV
2024-yil 24-iyul
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2024-yil 28-avgustdagi 01/2-64-son buyrugʻiga 1-ILOVA
SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari
Mazkur shaharsozlik normalari va qoidalari (bundan buyon matnda SHNQ deb yuritiladi) korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlarini loyihalash hamda ulardan foydalanishga oid talablarni belgilaydi.
Ushbu SHNQning talablari portlovchi moddalar va portlatish vositalarini ishlab chiqarish va ularni saqlash korxonalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
1-bob. Shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar
1. Ushbu SHNQda quyidagi shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar keltirilgan:
SHNQ 2.01.01-22 “Loyihalash uchun iqlimiy va fizikaviy-geologik maʼlumotlar”;
SHNQ 2.01.02-04 “Bino va inshootlarning yongʻin xavfsizligi”;
QMQ 2.01.03-19 “Seysmik hududlarda qurilish”;
SHNQ 2.01.04-18 “Qurilish issiqlik texnikasi”;
SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish”;
SHNQ 2.01.07-21 “Yuklamalar va taʼsirlar”;
SHNQ 2.04.13-24 “Qozonxonalar”;
SHNQ 2.02.05-22 “Dinamik yuklamali dastgohlarning poydevorlari”;
SHNQ 2.01.09-24 “Qazilma ishlari olib borilgan va choʻkuvchan gruntli hududlarda bino va inshootlarni loyihalash”;
SHNQ 2.01.19-22 “Portlab-yonish va yongʻin xavfi boʻlgan xonalar, binolar va tashqi qurilmalar toifalarini aniqlash”;
SHNQ 2.02.01-24 “Bino va inshootlarning zaminlari”;
SHNQ 2.02.03-21 “Qoziqli poydevorlar”;
SHNQ 2.03.01-24 “Beton va temir-beton konstruksiyalar”;
SHNQ 2.03.04-22 “Oshirilgan va yuqori haroratlar taʼsiri sharoitlarida ishlash uchun moʻljallangan beton va temir-beton konstruksiyalar”;
SHNQ 2.03.05-23 “Poʻlat konstruksiyalar. Loyihalash talablari”;
SHNQ 2.03.07-21 “Tosh va armaturalangan toshli konstruksiyalar”;
SHNQ 2.03.10-24 “Tomlar va tom qoplamalari”;
SHNQ 2.03.11-24 “Bino va inshootlarning qurilish konstruksiyalarini korroziyadan himoya qilish”;
SHNQ 2.03.13-24 “Pollar”;
SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish”;
SHNQ 2.04.02-19 “Suv taʼminoti. Tashqi tarmoqlar va inshootlar”;
QMQ 2.04.03-19 “Kanalizatsiya. Tashqi tarmoqlar va inshootlar”;
SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash”;
SHNQ 2.04.09-21 “Bino va inshootlarning yongʻin avtomatikasi tizimi. Loyihalash talablari”;
SHNQ 2.04.15-23 “Fotoelektrik stansiyalar (tizimlar)”;
SHNQ 2.04.16-23 “Quyosh va suv isitish qurilmalari”;
SHNQ 2.04.20-22 “Turar joy obyektlari va jamoat binolarining muhandislik uskunalari uchun kommunikatsiya va dispetcherlash tizimlari. Loyihalash talablari”;
SHNQ 2.04.17-19 “Turar-joy va jamoat binolarini elektr jihozlari”;
SHNQ 2.05.02-23 “Avtomobil yoʻllari. Loyihalash talablari”;
SHNQ 2.07.02-24 “Qurilish obyektlarini nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalar ehtiyojini inobatga olgan holda loyihalashtirish”;
SHNQ 2.07.01-23 “Aholi punktlarining hududlarini rivojlantirish va qurishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish”;
SHNQ 2.08.02-23 “Jamoat binolari va inshootlari”;
SHNQ 2.08.04-22 “Maʼmuriy binolar”;
SHNQ 2.09.03-23 “Omborxonalar. Loyihalash meʼyorlari”;
SHNQ 2.09.19-22 “Neft va neft mahsulotlari omborxonalari”;
SHNQ 2.05.03-22 “Koʻpriklar va quvurlar”;
SHNQ 2.04.08-22 “Gaz taʼminoti. Loyihalash talablari”;
SHNQ 1.03.02-23 “Hududlarni rivojlantirish va qurishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish toʻgʻrisidagi shaharsozlik hujjatlarining tarkibi va mazmuni”;
OʻzDSt 886:2022 “Poʻlatli marsh zinalar, maydonchalar va toʻsiqlar”;
SanQvaN 0317-15 “Respublika davolash-profilaktika muassasalarida chiqindilarni toʻplash, saqlash va utilizatsiya qilishning sanitariya qoidalari va normalari”;
GOST 14202-69 Sanoat korxonalarining quvur oʻtkazgichlari. Tanituvchi boʻyoqlar, ogohlantiruvchi belgilar va markalaydigan shchitlar (rasmiy manba: Truboprovodi promishlennix predpriyatiy” Opoznavatelnaya okraska, preduprejdayushiye znaki i markirovochnie shitki);
GOST 12.4.026-2015 Mehnatni muhofaza qilish standartlari, xavfsizlik belgilari. Foydalanish maqsadi va qoidalari. Umumiy texnik talablar va xususiyatlar. Sinov usullari (rasmiy manba: Sistema standartov bezopasnosti truda. Sveta signalnie, znaki bezopasnosti i razmetka signalnaya. Naznacheniye i pravila primeneniya. Obshiye texnicheskiye trebovaniya i xarakteristiki. Metodi ispitaniy);
GOST 534-78 Tayanchli koʻpriksimon kranlar. Oraliqlar (rasmiy manba: Krani mostovie opornie. Proleti);
GOST 1451-77 Yuk koʻtarish kranlari. Shamol yuklari. Meʼyorlar va aniqlash usullari (rasmiy manba: Krani gruzopodyemnie. Nagruzka vetrovaya. Normi i metod opredeleniya);
GOST 26633-2015 Ogʻir va mayda toʻldiruvchili betonlar. Texnik shartlar (rasmiy manba: Betoni tyajelie i melkozernistie. Texnicheskiye usloviya);
GOST 17032-2022 Neft mahsulotlari uchun gorizontal poʻlat idishlar. Turlari va asosiy oʻlchamlari (rasmiy manba: Rezervuari stalnie gorizontalnie dlya nefteproduktov. Tipi i osnovnie 1575-87 razmeri);
GOST 25772-2025 Zinapoyalar, balkonlar, tomlar va zinapoya maydonchalari uchun metall toʻsiqlar. Umumiy texnik shartlar (rasmiy manba: Ograjdeniya metallicheskiye lestnits, balkonov, krish, lestnichnix marshey i ploshadok. Obshiye texnicheskiye usloviya);
GOST 33984.1-2023 Yoʻlovchi yoki yuk va yoʻlovchi tashish liftlari (rasmiy manba: Lifti. Lifti dlya transportirovaniya lyudey ili lyudey i gruzov. Obshiye trebovaniya bezopasnosti k ustroystvu i ustanovke);
GOST 33652-2019 Yoʻlovchi va jismoniy imkoniyati cheklangan yoʻlovchilar tashish liftlari (rasmiy manba: Lifti. Spetsialnie trebovaniya bezopasnosti i dostupnosti dlya invalidov i drugix malomobilnix grupp naseleniya);
GOST 34305-2017 (EN 81-72:2015) Yoʻlovchi liftlar. Yongʻin oʻchiruvchilar uchun liftlar (rasmiy manba: Lifti passajirskiye. Lifti dlya pojarnix);
GOST 8823-2018 Yuk liftlari. Asosiy parametrlari va oʻlchamlari (rasmiy manba: Lifti gruzovie. Osnovnie parametri i razmeri);
GOST 28911-2021 Liftlar. Boshqarish moslamalari, signalizatsiya va qoʻshimcha oʻrnatmalar (rasmiy manba: Lifti. Ustroystva upravleniya, signalizatsii i dopolnitelnie prisposobleniya);
GOST 1510-2022 Neft va neft mahsulotlari. Belgilash, qadoqlash, saqlash va tashish (rasmiy manba: Neft i nefteprodukti. Markirovka, upakovka, transportirovaniye i xraneniye);
GOST 34233.1-2017 Idishlar va qurilmalar. Mustahkamlikka hisoblash meʼyorlari va usullari. Umumiy talablar (rasmiy manba: Sosudi i apparati. Normi i metodi rascheta na prochnost. Obshiye trebovaniya);
GOST 9238-2022 Temir yoʻl harakati tarkibining oʻlchamlari va binolarning yaqinligi (rasmiy manba: Gabariti jeleznodorojnogo podvijnogo sostava i priblijeniya stroyeniy);
GOST 28448-90 Koʻchma elektr konsolli kranlar. Turlari (rasmiy manba: Krani konsolnie elektricheskiye peredvijnie);
GOST 16663-80 Sharikli mahkamlashli puanson tutqichlari. Konstruksiyasi va oʻlchamlari (rasmiy manba: Derjavki s sharikovim krepleniyem puansonov. Konstruksiya i razmeri);
GOST 12.2.022-80 Mehnatni muhofaza qilish standartlari tizimi. Konveyerlar. Umumiy xavfsizlik talablari (rasmiy manba: Sistema standartov bezopasnosti truda. Konveyeri. Obshiye trebovaniya bezopasnosti);
GOST 12.0.003-2015 Mehnat xavfsizligi standartlari tizimi (MXST). Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari. Tasnifi (rasmiy manba: Sistema standartov bezopasnosti truda (SSBT). Opasnie i vrednie proizvodstvennie faktori. Klassifikatsiya);
GOST 28984-2011 Qurilishda oʻlchamlarni modulli muvofiqlashtirish. Asosiy qoidalar (rasmiy manba: Modulnaya koordinatsiya razmerov v stroitelstve. Osnovnie polojeniya).
2-bob. Atamalar, taʼriflar va qisqartmalar
2. Ushbu SHNQda quyidagi atamalar va ularning taʼriflari qoʻllanilgan:
antresol — turli maksadlar (ishlab chikarish, maʼmuriy-maishiy yoki muxandislik uskunalari) uchun muljallangan xonalar joylashtirilgan bino ichidagi maydon;
bino — funksional maqsadiga qarab har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishga moʻljallangan, tayanch, toʻsma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat qurilish tizimi;
binoning umumiy maydoni — barcha qavatlar (yer usti, jumladan texnik, sokol va yerosti) maydonlarining yigʻindisi bilan belgilanadi, bunga ichki maydon doirasida oʻlchangan antresol, ichki ochiq javonlarning barcha qavatlari, rampa, galereya va boshqa binolarga oʻtish joylari kiradi;
binoning muhandislik uskunalari — suyuqlik, gaz va elektr energiya yetkazib berish va ishlab chiqarishni taʼminlab beruvchi uskunalar hamda kommunikatsiyalar (suv quvurlari, gaz, issiqlik, elektr, kanalizatsiya, ventilyatsiya uskunalari) tizimi;
mobil bino — konstruksiyasi bir joydan ikkinchi joyga koʻchirishga imkon beruvchi hamda korxonaddan komplekt holda yetkazib beriladigan vaqtinchalik bino yoki inshoot;
texnik qavat — muhandislik uskunalarni joylashtirish uchun binoning pastki (texnik yertoʻla), yuqori (texnik chordoq) yoki oʻrta qismida joylashgan qavat;
fonar — ishlab chiqarish xonalarini havo almashishi va yuqoridan tabiiy yoritilishini taʼminlash maqsadida binoning ustiga qurilgan, oyna koʻrinishdagi binoning konstruktiv elementi;
ishlab chiqarish obyektlari (binolari) — xodimlar va texnologik asbob-uskunalar ishlashi uchun zarur shart-sharoitlar taʼminlanadigan ishlab chiqarishni joylashtirish uchun moʻljallangan binolar hamda inshootlar;
inshoot — har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarish, moddiy qimmatliklarni joylashtirish va saqlash, odamlarning vaqtincha boʻlishi (harakatlanishi), shuningdek uskunalar yoki kommunikatsiyalarni joylashtirish (oʻtkazish, ulash) uchun moʻljallangan, tayanch, toʻsma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat hajmiy, yassi yoki chiziq tarzidagi qurilish tizimi;
qoʻshimcha qurilma — binoning ishlab chiqarish qismidan yongʻinga qarshi toʻsiq konstruksiyalari bilan ajratilgan bir qismi;
tutash qurilgan va qoʻshib qurilgan qurilmalar — maʼmuriy va maishiy binolarni joylashtirish uchun moʻljallangan binoning bir qismi, ishlab chiqarish binosi ichida butun balandligi va kengligi boʻylab (tutash qurilgan), balandligi yoki kengligining bir qismi (qoʻshib qurilgan) va yongʻinga qarshi toʻsiqlar bilan ajratilgan qismi;
qattiq maishiy chiqindilar — jismoniy shaxslarning hayoti va faoliyati hamda yuridik shaxslarning ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlmagan faoliyati natijasida hosil boʻluvchi organik va noorganik chiqindilar, shuningdek, ularning hududida va obodonlashtirish obyektlaridagi tabiiy jarayonlar natijasida hosil boʻluvchi chiqindilar (oziq-ovqat va oʻsimlik chiqindilari, toʻqimachilik mahsulotlari, oʻrash-joylash (qadoqlash) materiallari, shisha, rezina, qogʻoz,plastmassa, yogʻoch chiqindilari, oʻzining foydalanish xususiyatlarini yoʻqotgan uy-roʻzgʻor buyumlari, supurindi, shuningdek, qattiq yoqilgʻida ishlovchi maishiy pechkalar va isitish bugʻqozonlaridan foydalanish natijasida hosil boʻluvchi chiqindilar);
suyuq maishiy chiqindilar — jismoniy shaxslarning hayoti va faoliyati hamda yuridik shaxslarning faoliyati natijasida hosil boʻluvchi chiqindilar (oqova suvlar, chiqindi toʻkiladigan oʻralar va septiklarda yigʻilgan turli xil suyuq chiqindilar, ishlab chiqarish jarayonida hosil boʻladigan yuvindi chiqindilari, markazlashmagan kanalizatsiyaning najas chiqindilari);
yirik gabaritli maishiy chiqindilar — jismoniy va maʼnaviy jihatdan eskirgan mebellar, maishiy texnikalar (sovutkichlar, kir yuvish mashinalari, televizorlar va shu kabilar), tashkiliy texnikalar (kompyuterlar, printerlar va shu kabilar), texnik uskunalar, avtotransport vositalarini almashtirish natijasida hosil boʻladigan qattiq maishiy chiqindilar, shuningdek, daraxt va butalarni kesish hamda agrotexnik ishlov berishda hosil boʻladigan chiqindilar (daraxt va buta shox-shabbalari, kesish ishlari qoldiqlari, barglar va boshqalar) va oʻlchamlari boʻyicha 0,75 m3 hajmli konteynerlarga joylashtirishning imkoni boʻlmagan qurilish chiqindilari;
qurilish chiqindilari — bino va inshootlar, shu jumladan, muhandislik kommunikatsiyalarini hamda ishlab chiqarish obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va buzish ishlarini amalga oshirishda hosil boʻladigan chiqindilar;
yer osti inshootlari — tirgovuch devorlar, yertoʻlalar, yer osti yoʻlaklari va kanallar, tushiriladigan quduqlar;
yer usti inshootlari — etajerkalar va maydonchalar, ochiq kranli estakadalar, texnologik quvurlar uchun alohida turadigan tayanchlar va estakadalar, galereyalar va estakadalar;
suyuqlik va gazlar uchun idish qurilmalar — neft va neft mahsulotlarini saqlash uchun moʻljallangan rezervuarlar va gazgolderlar;
sochiluvchan materiallar uchun idish qurilmalar — bordonlar, bunkerlar, siloslar va silos korpuslari;
baland inshootlar — gradirnyalar, foydali qazilmalarni qazib olish uchun korxonalarning minorali koprlari, moʻrilar, tortuvchi minoralar, suv minoralari;
sanoat inshootlari — yerosti va usti, suyuqlik va gazlar, sochiluvchan materiallar uchun idish qurilmalar hamda baland inshootlar;
yongʻinga qarshi toʻsiq — xonalar, binolar va inshootlar oʻrtasida yongʻin tarqalishini oldini olish uchun moʻljallangan yongʻin xavfsizligini taʼminlash vositasi, meʼyorlangan olovbardoshlik darajasiga va yongʻin xavfi sinfiga ega qurilish konstruksiyasi, binoning hajmdor elementi yoki boshqa muhandislik-texnik vosita;
tutunga qarshi shamollatish tizimi — yongʻinda binolar va inshootlarni tutun bosib ketish xavfini, shuningdek yongʻinning odamlarga va moddiy boyliklarga taʼsir etuvchi xavfli omillarining oldini olish yoki cheklash uchun moʻljallangan oʻzaro aloqada ishlovchi texnik vositalar majmui;
evakuatsiya — odamlarning uyushgan tarzda yongʻinning xavfli omillari taʼsiri ehtimoli mavjud boʻlgan xonalardan bevosita tashqariga yoki xavfsiz hududga mustaqil harakatlanib chiqib ketish jarayoni.
3. Ushbu SHNQda quyidagi belgilanishlar va qisqartmalar qoʻllanilgan:
YONM — qurilish ashyolari yonmaydigan;
YON — yonuvchan;
Yo1 — kuchsiz yonuvchan;
Yo2 — moʻtadil yonuvchan;
Yo3 — meʼyorida yonuvchan;
Yo4 — kuchli yonuvchan;
N2 — yongʻin vaqtida havo bosimi mavjud zina katagiga;
F 5.1 — ishlab chiqarish bino va korxonalari, ishlab chiqarish va laboratoriya xonalari, ustaxonalar;
R — koʻtarib turish qobiliyatini yoʻqotishi;
E — butunlikni yoʻqotishi;
I — issiqlik oʻtkazmaslik qobiliyatini yoʻqotishi;
K0 — yongʻinga xavfli boʻlmagan;
K1 — kam yongʻinga xavfli boʻlgan;
K2 — doimiy yongʻinga xavfli boʻlgan;
K3 — yongʻinga xavfli boʻlgan;
L1 — har bir qavatdagi tashqi devorda oynavandli yoki ochiq tuynuk bilan;
L2 — oynavand yoki ochiq tuynuk orqali tabiiy yoritiladigan.
3-bob. Umumiy qoidalar
4. Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlarining grunt hamda poydevorlari SHNQ 2.01.09-24 ga muvofiq loyihalash lozim.
5. Yongʻin xavfsizligi xamda yongʻin oʻchirish maqsadlari uchun tashki suv taʼminoti SHNQ 2.01.02-04 hamda SHNQ 2.04.02-19 ga asosan amalga oshirilishi kerak.
6. Yongʻin avtomatikasi SHNQ 2.04.09-21 ga asosan amalga oshirilishi lozim.
7. Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlarining asoslari SHNQ 2.02.01-24 ga asosan loyixalash kerak.
8. Dinamik yukli dastgohlarning poydevorlarini loyihalash SHNQ 2.02.05-22 ga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
9. Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlarini nogironligi boʻlgan shaxslarga moslab SHNQ 2.07.02-24 ga asosan loyixalash kerak.
10. Qurilishning, foydali va hisoblangan maydoni, qurilish hajmi, umumiy maydoni, binoning balandligi va qavatlarini aniqlashda, sokol va yertoʻla qavatlarida maʼmuriy va maishiy binolarning xonalarini joylashtirish SHNQ 2.08.02-23 ga muvofiq boʻlishi lozim.
11. Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlarda liftlarni loyihalash va ularni oʻrnatish hamda xavfsizlik talablarini taʼminlash, shuninglek nogironligi boʻlgan shaxslarni harakatlanishi uchun xavfsizlik talablarini taʼminlash GOST 33984.1-2023 ga asosan amalga oshirilishi kerak.
12. Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlarida signal ranglari hamda xavfsizlik belgilarini GOST 12.4.026-2015 va GOST 14202-69 buyicha quvurlarni markalash belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirish kerak.
13. Yangi qayta qurilayotgan korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlarining poʻlat konstruksiyalarini SHNQ 2.03.05-23 ga muvofiq loyixalash lozim.
14. Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlaridan foydalanish davrida elektr energiyasini va issiqlik energiyasini tejalishi SHNQ 2.04.15-23 ga asosan hamda quyosh energiyasidan foydalangan holda maishiy ehtiyojlar uchun yassi va quvursimon quyosh kollektorlari, issiq suv taʼminoti qurilmalarini loyihalash SHNQ 2.04.16-23 ga asosan amalga oshirilishi kerak.
15. Avtoturargohlarda elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari SHNQ 2.07.01-23 ga muvofiq loyihalash lozim.
16. Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlarini tabiiy xamda suʼniy yoritish SHNQ 2.01.05-24 ga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
17. Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlarining temir-beton konstruksiyalari SHNQ 2.03.01-24 hamda SHNQ 2.03.04-22 talablariga muvofiq loyihalash kerak.
18. Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlarini SHNQ 2.03.11-24 ga muvofiq korroziyadan himoya qilish lozim.
19. Portlab-yonish va yongʻin xavfi boʻlgan xonalar, bino va inshootlar hamda tashqi qurilmalar toifalarini aniqlash SHNQ 2.01.19-22ga muvofiq loyihalash kerak.
20. Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlarining iqlimiy parametrlarini va fizikaviy-geologik maʼlumotlarini SHNQ 2.01.01-22 ga muvofiq aniqlash lozim.
21. Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlarda isitish, ventilyatsiya va havoni konditsiyalash tizimlarini loyihalash SHNQ 2.04.05-22ga muvofiq amalga oshirish kerak.
22. Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlarining meʼmoriy yechimlari, shaharsozlik, hududining iqlim sharoitlarini hamda yon-atrofdagi obyektlarni inobatga olgan xolda binolarga toʻsiqsiz kirish yullarini taʼminlash lozim.
23. Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlarini funksional talablaridan, texnologik jarayonidan, qurilish maydonining oʻlchamidan hamda obyektning qiymatidan kelib chiqib loyihalash kerak.
24. Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlarda tutunga qarshi shamollatish tizimlari SHNQ 2.04.05-22ga muvofiq loyihalash lozim.
25. Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlarining meʼmoriy yechimlari, shaharsozlikni, hududning iqlim sharoitlarini hamda yon-atrofdagi obyektlarni, binolarga toʻsiqsiz kirishni inobatga olgan holda ishlab chiqish lozim.
26. Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlarini loyihalash jarayonida quyidagilar inobatga olish lozim:
sanitariya-gigiyena sharoitlarining taʼminlanishini;
hudud, boʻlinma oʻlchami, yoʻlak joylari va hududni kelgusida kengaytirish imkoniyatlarini;
oʻtish joylarining balandliklarini;
funksional maydonlarning bir-biri bilan bogʻliqligini, ishlab chiqarish hajmini va ishlab chiqarish shovqinlarini;
tashqi (fasad) koʻrinishini;
mahsulotlarni ishlab chiqarishni va (yoki) ishlov berishni;
bino tashqarisida va ichida harakatlanuvchi transportlarni, uskunalarni va saqlash usullarini;
yuklanishlarni;
chiqindilarni toʻplash, vaqtincha saqlash uchun moʻljallangan maxsus joy ajratish va maxsus poligonlarga joylashtirishini.
27. Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlardan foydalanish davrining barcha bosqichlarida xavfsizlik va xizmat qilish talablarini inobatga olib loyixalash kerak.
28. Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlarining yoʻlaklari hamda odamlar kam foydalanadigan xonalarda harakatni sezuvchi datchikli yoritish chiroqlari boʻlishi lozim.
29. Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlarining xonalarini sokol va yer toʻla qavatlarida SHNQ 2.08.02-23ga muvofiq joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
30. Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlarini sel xavfi boʻlgan hududlarida, oʻta choʻkuvchi gruntlarda, koʻchki va boʻshliqli joylarida SHNQ 2.01.09-24 hamda SHNQ 2.01.01-22 talablariga muvofiq loyihalash lozim.
31. Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlarini energiya resurslaridan samarali foydalanish yechimlarini hamda muqobil energiya manbalarini qoʻllashni inobatga olgan holda loyihalash lozim.
32. Avtoturargox maydonlarining 5 foizini (bunda kamida bitta joy) elektromobil va gibrid avtomobillarni quvvatlantirish stansiyalarini inobatga olgan holda loyihalash kerak.
33. Seysmik faol hududlarda yangi qurilishi rejalashtirilayotgan xavflilik toifa III va IV boʻlgan obyektlarda gaz va elektr tarmoqlarini kuchli zilzila paytida avtomatik bloklash tizimi oʻrnatilishi lozim.
4-bob. Ishlab chiqarish binolari
1-§. Asosiy qoidalar
34. Mazkur bobga ishlab chiqarish va laboratoriya binolari, ishlab chiqarish va laboratoriya xonalari, ustaxonalar, funksional yongʻin xavfliligi F5.1 sinfiga mansub, funksional yongʻin xavfi boʻyicha boshqa binolarga qoʻshib qurilgan qurilmalar yaratilishi va ishlatilishining barcha bosqichlarida rioya etish kerak.
35. Ishlab chiqarish binosini quyidagilarni inobatga olib loyixalash kerak:
sanitariya-gigiyena sharoitlarining taʼminlanishini;
ishlab chiqarishni tashkil qilishga imkon qadar koʻmaklashishini;
kompanovka (tuzilmasi) boʻyicha sodda boʻlishini;
qurilishning tejamliligiga koʻmaklashishini;
foydalanish jarayonida va ishlab chiqarishni kengaytirishda texnologik uskunalarni joylashuvini oʻzgartirish imkoniyatini;
qurilishning zichligini oshirishga va ixcham boʻlishiga yordam beruvchi birlashtirish yoʻli bilan bir tom ostidagi ishlab chiqarish joylarini, shuningdek yordamchi xonalarni birlashtirilishini;
turli qavatdagi binolarda ishlab chiqarishni joylashtirish variantlarining texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari natijalariga koʻra va yuqori darajadagi meʼmoriy yechimlarini taʼminlanishini hisobga olgan holda bino balandligini oʻrnatilgan chegara doirasida qabul qilinishini;
tashqi toʻsiq konstruksiyalarining maydonini qisqarishini hisobga olgan holda binoning hajmiy-rejaviy yechimlarini qabul qilinishini;
tabiiy va sunʼiy yoritish loyihalari normalariga muvofiq yorugʻlik darchalari maydonlarini qabul qilinishini;
faol tebranuvchi uskunalar yoki tashqi tebranish manbalarining qurilish konstruksiyalari, texnologik jarayonlar va ishchilarga boʻlgan dinamik taʼsirini kamaytirish zarurligini hisobga olgan holda hajmiy-rejaviy yechimlarni ishlab chiqilishini.
36. Ishlab chiqarish binolarining konstruksiyalarini loyihalashda, bino va inshootlarning tahminiy xizmat muddati foydalanish davri davomida, buzulgunga qadar butun yuklar va boshqa taʼsirlarga bardoshliligini inobatga olish lozim.
37. Ishlab chiqarish korxonalarining hududini rejalashtirishda sexlar va ishlab chiqarish maydonlarining joylashuvi, ishlab chiqarish talablari va texnologik jarayon ketma-ketligi taʼminlangan holda sexlar va maydonlar oʻzaro bogʻlanishi kerak.
38. Ishlab chiqarish binosining umumiy maydoniga quyidagilar kirmaydi:
kommunikatsiyalarga xizmat koʻrsatish uchun oʻtish talab etilmaydigan chiqib turgan konstruksiyalarning boʻrtib chiqqan qismi ostigacha 1,8 m dan kam balandlikdagi texnik yertoʻlalar maydoni, ushbu SHNQning 59-bandiga asosan loyihalashda xizmat koʻrsatish xodimlari uchun kommunikatsiyalarga kirish uchun oʻtish joyi nazarda tutilishi talab etilmaydigan osma shiftlar usti;
kran osti yoʻllari;
kranlar;
konveyerlar;
monorelslar va fonarlarga xizmat koʻrsatish maydonchalari.
Ishlab chiqarish binosining qavatlarni egallagan xonalar maydoni umumiy maydon deb olish lozim.
39. Ishlab chiqarish binosining qavatini belgilashda har qanday qavati maydonining 40 foizdan ortigʻini tashkil etgan maydonchalar, ochiq javonlar va antresollar hisobga olinishi kerak.
40. Ishlab chiqarish binosining qurilish hajmi ±0.000 belgidan yer usti qismining qurilish hajmi yigʻindisi bilan aniqlanishi kerak.
Ishlab chiqarish binosining yer osti va yer usti qismlarining qurilish hajmi toʻsuvchi konstruksiyalarning tashqi yuzasi maydonida binoning har bir qismidagi yoritish va aeratsion fonarlari qoʻshilgan xolda aniqlanishi lozim.
41. Ishlab chiqarish binosida texnologik jarayon normalarida belgilangan miqdorda xomashyo tarqatish omborlarini (oraliq omborlarini) bevosita ishlab chiqarish binosida ochiq holda yoki turli toʻsiqlar ortida joylashtirish kerak.
Texnologik loyiha normalarida bunday maʼlumotlar mavjud boʻlmasa, unda yuklar miqdori smena ehtiyojining 1,5 barobaridan koʻp boʻlmasligi lozim.
42. Texnologik jarayonni va xonadagi mikroiqlim talablarini bajarishda energiya resurslaridan oqilona foydalanishni taʼminlanishi inobatga olish lozim. Texnologik jarayonni amalga oshirish va binolarning mikroiqlimiga qoʻyiladigan talablarni bajarish, energiya resurslaridan tejamkor foydalanishni taʼminlashni hisobga olgan holda amalga oshirish kerak.
43. Isitiladigan ishlab chiqarish binolarida texnik topshiriq koʻra, ish vaqtidan tashqari holatda ishlab chiqarish binolarning haroratini pasaytirishga yoʻl qoʻyiladi.
44. Ishlab chiqarish binolarini isitish tizimlari issiqlik oqimini boshqarish moslamalari bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
45. Tashqi havo harorati -15°S va undan past boʻladigan hududlarda binolarga kirish joylarida tamburlar, shlyuzlar yoki havo oqimini (sovuq havoning kirishini va issiq havoning chiqishini) toʻsuvchi qurilmalarni inobatga olish kerak.
46. Ishlab chiqarish binolarining meʼmoriy yechimlarini shaxarsozlik, qurilish hududining iqlim sharoitlari va yon-atrofdagi qurilishlarini hisobga olib, shuningdek binolarga qarshiliksiz kirish buyicha talablarni inobatga olib qabul qilish lozim.
Interyerlar pardozining rangini tanlashda GOST 14202-69 hamda GOST 12.4.026-2015 talablarini inobatga olish lozim.
47. Ishlab chiqarish binosining umumiy maydoni barcha qavatlar (yer usti, jumladan texnik, sokol va yer osti) maydonlarining yigʻindisi bilan belgilanishi kerak. Bunga ichki maydonda oʻlchangan antresol, ichki ochiq javonlarning barcha qavatlari, rampa, galereya va boshqa binolarga oʻtish joylari kirishi lozim.
2-§. Hajmiy-rejaviy va konstruktiv yechimlar
48. Ishlab chiqarish binolarining hajmiy-rejaviy yechimlari, ishlab chiqarishni rekonstruksiya qilish va texnik qayta jihozlash, texnologik jarayonlarni oʻzgartirish va mahsulotning yangi turlariga oʻtish imkoniyatini taʼminlashi lozim.
Qurilish konstruksiyalari ehtimoliy xavfli taʼsirlarni hisobga olgan holda mustahkam va ishonchli hamda tegishli hisob-kitoblar asosida progressiv tusga ega yemirilishlar va qulashlarga chidamli boʻlishi kerak.
49. Bir qavatli binoning balandligi poldan tayanchdagi gorizontal koʻtarib turuvchi konstruksiyalarning quyi qismigacha kamida 3 m boʻlishi lozim.
Koʻp qavatli bino qavatining balandligi, qavatning zina maydoni polidan yuqori qavat zinasi maydoni poligacha, texnik qavat balandligini istisno qilganda 3,3 m boʻlishi kerak.
50. Xonalarda poldan orayopma (tomyopma) konstruksiyasining boʻrtib chiqqan qismining ostigacha 2,2 m, odamlar muntazam oʻtib turuvchi joylarda va evakuatsiya yoʻllaridagi poldan kommunikatsiya va uskunalarning boʻrtib chiqqan qismlari ostigacha 2 m dan, odamlar muntazam oʻtmaydigan joylarda kamida 1,8 m boʻlishi kerak.
51. Transport vositalarining bino ichiga kirishi zarurati boʻlganda oʻtish balandligi kommunikatsiya va uskunalarning boʻrtib chiqqan qismlari konstruksiyalarining ostigacha kamida 4,2 m boʻlishi kerak. Yongʻin-qutqaruv avtomobillari uchun oʻtish yoʻllari quyidagicha boʻlishi lozim:
balandligini kamida 4,25 m;
kengligi kamida 3,5 m.
52. Ishlab chiqarish binolarida avtomatik yongʻin signalizatsiyasi yoki oʻchirish tizimi ishga tushgandan soʻng, eng yaqin yongʻin-qutqaruv qismining dispetcherlik xizmatiga parallel ravishda signalni chiqarishni hisobga olish kerak.
53. Katta oraliqli ishlab chiqarish binolarining qurilishi, hajmiy-rejaviy yechimlari va hududning iqlim sharoitiga bogʻliq holda harorat, seysmik va choʻkish choklari inobatga olish lozim.
54. Ishlab chiqarish binolari konstruksiyalarining yuk koʻtarish qobiliyatiga foydalanish davrida koʻrsatkichlari vaqt mobaynida hisobiy oʻzgarishi taʼsir qilmasligini inobatga olib loyihalash lozim. Bunda, atrof-muhit taʼsirlarini ham hisobga olish kerak.
55. Shikastlanishlarni oldini olish maqsadida quyidagi chora tadbirlarni inobatga olish lozim:
binoga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan xavf-xatarni oldini olish, bartaraf etish yoki kamaytirilishini;
potensial xavflarga kam sezuvchan konstruktiv shakllarni tanlanishini;
konstruktiv shakllar va loyiha yechimlaridan foydalanish, alohida element yoki konstruksiya bir qismining ishdan chiqishi yoki tasodifiy olib tashlanishi butun konstruksiyaning ishdan chiqishiga olib kelmasligini;
iloji boricha, dastlabki belgilarsiz buzilishi mumkin boʻlgan yuk koʻtaruvchi konstruktiv tizimlarni istisno qilinishini;
konstruktiv elementlarni ishonchli bogʻlanishini.
56. Konstruktiv yechimlar qurilish va foydalanishning barcha bosqichlarida ishlab chiqarish binolarining, shuningdek ularning alohida elementlarining mustahkamligi, deformatsiyasi va fazoviy oʻzgarmasligini taʼminlash zarurligini hisobga olgan holda qabul qilish lozim.
57. Ishlab chiqarish binolarida harorat choklari mazkur SHNKning 1-ilovasidagi 1-jadvalga muvofiq inobatga olish kerak. Agar jadvalda koʻrsatilgan koʻrsatkichlardan oshgan boʻlsa, konstruksiyaning mos keluvchi hisoblarini bajarish kerak.
58. Muqobil muzlash va erishga duchor boʻladigan konstruksiyalar uchun, loyihalashda betonning sovuqbardoshlilik va suv oʻtkazuvchanlik markalari koʻrsatilishi kerak.
Betonning loyiha markasi inshootning foydalanish paytida harorat rejimiga qarab belgilanadi, qurilish maydonidagi tashqi havoning qishki hisoblangan harorati qiymatlari SHNQ 2.01.01-22 talablariga asosan olinishi lozim.
59. Havo muhiti koʻrsatkichlarini texnologiya shartlari boʻyicha bir maromda ushlab turilishi talab etiladigan ishlab chiqarish binolarida muhandislik uskunalari hamda kommunikatsiyalarini joylashtirishda xizmat koʻrsatuvchi odamlar uchun oʻtish yoʻllarini inobatga olish talab etiladi.
Koʻrsatilgan kommunikatsiyalarga xizmat koʻrsatish uchun lyuk va vertikal temir narvonlarni loyihalashga yoʻl qoʻyiladi. Texnik qavatlar texnologiya shartlariga koʻra mazkur qavatlarda joylashgan muhandislik uskunalar, kommunikatsiyalar va yordamchi texnologik qurilmalarga xizmat koʻrsatish uchun balandligi mazkur SHNQning 50-bandiga muvofiq boʻlgan oʻtish yoʻllarini qurish kerak.
60. Ishlab chiqarish binolari ichiga temir yoʻlni olib kirishda GOST 9238-2022 talablarini hisobga olgan holda, loyihaning texnologik qismiga muvofiq amalga oshirishga yoʻl qoʻyiladi.
61. Temir yoʻl relsi kallaklarining yuqori qismi toza pol belgisida boʻlishi kerak.
62. Ishlab chiqarish binolarida joylashadigan xomashyo va tayyor mahsulot omborlari, shuningdek yuk platformalarini ushbu SHNQ talablariga asosan loyihalash lozim.
63. Balandligi 15 m dan yuqori boʻlgan koʻp qavatli ishlab chiqarish binolarida yerning rejaviy belgisidan eng yuqori qavat poli sirti belgisigacha boʻlgan (texnik qavatni hisobga olmaganda) va 15 m dan yuqori belgida doimiy ish joyi va uskunalar mavjud boʻlib, ularga smenada uch martadan koʻp xizmat koʻrsatish kerak boʻlsa, yoʻlovchi liftlar hisobga olinishi kerak.
64. Yuk tashuvchi liftlar loyihalash liftlarning tuzilishi va ularni xavfsiz ishlatish qoidalari, GOST 8823-2018 hamda GOST 28911-2021 talablariga muvofiq, amalga oshirish kerak.
65. Liftlarning soni va yuk koʻtarish imkoniyatini yoʻlovchilar va yuk oqimidan kelib chiqib qabul qilish lozim. Bunda 15 m dan balandda joylashgan barcha qavatlarda ishlovchilar soni (eng koʻp odam ishlaydigan smena hisobidan) 30 nafardan koʻp boʻlmagan binolar uchun bitta liftni hisobga olish kerak.
66. Binoning ikkinchi va undan yuqori qavatlarida oʻrindiqli aravachadan va qoʻltik-tayoqdan foydalanadigan nogironligi mavjud boʻlgan shaxslarga birinchi qavatda ular uchun ish joyi tashkil qilishning imkoniyati boʻlmasa, binoda yoʻlovchi lift inobatga olinishi kerak. Lift kabinasi oʻlchamlari quyidagilardan kam boʻlmasligi lozim:
eni — 1,1 m;
uzunligi — 2,1 m;
eshik oʻrnining kengligi — 1,5 m.
67. Yoʻlovchi hamda yuk tashuvchi liftlarni oʻrnatish va loyihalashda xavfsizlik va himoya choralarini bajarish GOST 33984.1-2023 hamda GOST 33652-2019 (EN 81-70:2018) talablariga muvofiq amalga oshirish lozim.
68. Liftning kirish eshigi va kabinasiga undan foydalanish qoidalari, koʻrsatmalari va belgilari koʻrsatilgan peshtaxtalar joylashtirilishi kerak.
69. Yer toʻladan chiqishlar koʻtarma-transport uskunalarining ishlash maydonidan tashqarida boʻlishi kerak.
70. Tamburlar va tambur-shlyuzlar enini oraliqlar enidan kamida 0,5 m dan (oraliqning har bir tomonidan 0,25 m dan) qabul qilinishi lozim. Bunda chuqurligi eshik yoki darvoza enidan kamida 0,2 m dan kattaroq, lekin 1,2 m dan oshmagan boʻlishi lozim. Oʻrindiqli aravachadan va qoʻltiq tayoqdan foydalanadigan ishlovchi nogironlar uchun, tambur va tambur shlyuzlar chuqurligini kamida 1,8 m dan qabul qilinishi kerak.
71. Derazalar va fonarlar oynalarini taʼmirlash va tozalash uchun, koʻchma yoki qoʻlda tashiladigan moslamalardan (qoʻshimcha narvon, maydoncha, teleskopik koʻtargichdan) foydalanish, texnologik uskunalarni joylashtirish shartlariga yoki binoning umumiy balandligiga koʻra mumkin boʻlmasa, mazkur ishlarni xavfsiz bajarilishini taʼminlaydigan statsionar qurilmalardan foydalanish hisobga olishnishi kerak. Ushbu qurilmalarning qoʻllanilishi loyihaning texnologik qismida asoslangan boʻlishi lozim.
72. Fonarlar va ularning turlari (zenit, P-koʻrinishdagi, shaffof, aeratsion) loyiha bilan texnologik jarayonlarning xususiyatlari, sanitariya-gigiyenik va ekologik talablarga muvofiq qurilish hududining iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda belgilanishi lozim.
73. Fonarlar shamoldan himoya qilingan boʻlib, ularning uzunligi 120 m dan oshmasligi kerak. Fonarlar yon tomonlari orasidagi va fonar bilan tashqi devor orasidagi masofa kamida 6 m boʻlishi lozim. Fonarlar tabaqalarini avtomatik tarzda ochilishida (binolarga kirishda ochish mexanizmlarini oʻz ichiga olgan holda) ularni har qanday holatda qoʻl yordamida ochish mexanizmlari bilan ham taʼminlangan boʻlishi lozim.
74. Fonarlarlarni oʻrnatishda metall toʻrli himoya qurilmalarini inobatga olib loyihalash kerak.
75. Ichki tarnovlariga ega boʻlgan binolar tomlarida toʻsiqlar sifatida panjaradan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi. Panjaraning balandligi 0,6 m dan kam boʻlganda qoʻshimcha toʻrli toʻsiq bilan tom yuzasidan 0,6 m balandlikkacha koʻtarilishi kerak.
76. Darvozalarni masofadan turib va avtomatik tarzda ochilishida ularni xar qanday holatda qoʻl yordamida ham ochilishi taʼminlangan boʻlishi kerak.
Darvoza ichki oʻlchamlarini transport vositalari gabaritlaridan:
balandligi boʻyicha kamida 0,2 m (yukli xolatda);
eniga 0,6 m dan kattaroq qilib qabul qilinishi lozim.
77. Zina kataklaridagi marshlarning nishablarini zina eni 0,3 m boʻlganda kamida 1:2 qabul qilinishi lozim.
Yertoʻla uchun marshlarning nishablarini zina eni 0,26 m boʻlganda 1:1,5 qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi.
78. Ichki tarafi ochiq boʻlgan (zina kataklari devorlari mavjud boʻlmaganda) zinalar nishabi 1:1 dan koʻp boʻlmasligi lozim.
Ochiq boʻlgan zinalar nishabligini bir oʻrinli ish joyiga oʻtish uchun 2:1 gacha oshirishga yoʻl qoʻyiladi.
10 m gacha boʻlgan balandlikdagi uskunalarni koʻrikdan oʻtkazish uchun eni 0,6 m boʻlgan vertikal zinalarni loyihalashga yoʻl qoʻyiladi.
79. Nogironligi mavjud boʻlgan shaxslar uchun evakuatsiya yoʻlidagi zinalarning nishabligi 1:2 dan koʻp bulmasligi kerak.
80. Balandligi yerning rejaviy belgisidan karniz yoki panjara tepasigacha 10 m va undan ortiq boʻlgan binolarda tomga chiqish uchun (har bir toʻliq va toʻliq boʻlmagan 40000 m2 tomyopmaga) bitta chiqish yoʻli loyihalanishi lozim:
bir qavatli binolar uchun — tashqi ochiq poʻlat narvon;
koʻp qavatli binolar uchun — zina kataklarida qurilgan narvon.
Tomga chiqish uchun yuqori qavat balandligi maydonida zina kataklari boʻlishi maqsadga muvofiq boʻlmasa, bino balandligi yerning rejaviy belgisidan yuqori qavatning toza poligacha 30 m dan koʻp boʻlmagan binolarda zina maydonchasi orqali zina kataklaridan tomga chiqish uchun tashqi ochiq poʻlat narvon loyihalanishiga yoʻl qoʻyiladi.
3-§. Yongʻin xavfsizligi
81. Ishlab chiqish binolarini yongʻindan himoya qilish hamda odamlarning xavfsizligi bino va inshootlarning olovbardoshlilik darajasi, fuksional yongʻin xavfi boʻyicha tasniflanishini hisobga olgan holda SHNQ 2.01.02-04 ga muvofiq taʼminlanishi kerak.
82. Portlab-yonish va yongʻin xavfiga ega ishlab chiqarish va omborxona binolari, xonalari bunda ulardagi mavjud portlash va yongʻin xususiyatiga ega moddalar va ashyolarning miqdoridan kelib chiqib hamda ularda joylashgan ishlab chiqarish xavfliligiga koʻra portlashga xavfi mavjud moddalarning va ashyolarning texnologik jarayonlarni hisobga olgan holda SHNK 2.01.19 talablariga muvofiq bajarilgan hisob-kitoblar asosida loyihaning texnologik qismida belgilanishi lozim.
83. Yongʻin xaqida avtomatik ravishda xabar berish va oʻchirish qurilmalari, yongʻin toʻgʻrisida tovushli va ovozli xabar berish tizimlari amaldagi normativ hujjatlar, shuningdek belgilangan tartibda tasdiqlangan maxsus roʻyxat talablariga muvofiq koʻzda tutilishi kerak.
84. Olovbardoshlik darajasi, konstruktiv yongʻin xavfliligining sinfi, binoning balandligi va toʻsiq maydoni ushbu SHNQning 2-ilovasidagi 5-jadval boʻyicha qabul qilish lozim.Toʻsiq maydoni binoning tashqi devorlari yoki yongʻinga qarshi devor bilan chegaralangan maydoni bilan belgilanishi kerak.
Maydonlar, ochiq javonlar va antresollar, har qanday belgida xona poli maydonining 40 foizdan koʻp boʻlgan maydon mavjud boʻlganda, qavat maydoni koʻp qavatli binolar uchun qavat sonidan kelib chiqib belgilash lozim.
Xonalarni ushbu SHNQning 2-ilovasidagi 1-jadvalda koʻrsatilgan avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmalari bilan jihozlashda xona maydonini 100 foizga koʻpaytirishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda olovbardoshlik darajasi lV va V boʻlgan binolar bundan mustasno.
Qoʻshni qavatlar orayopmalarida ochiq texnologik oraliqlar mavjud boʻlsa, ushbu qavatlarning umumiy maydoni yigʻindisi ushbu SHNQning 1-ilovasidagi 1-jadvalda koʻrsatilgan qavat maydonidan oshib ketmasligi kerak.
V toifasiga mansub binoda V1 toifali xona mavjud boʻlsa, ushbu SHNQning 2-ilovaning 1-jadvalida koʻrsatilgan yongʻin boʻlmasi maydonida bino balandligi va qavat maydonini 25 foizga kamaytirish lozim.
Binolarning olovbardoshlik darajasi va yongʻin xavfliligi sinfining birikmasi hisobga olingan holatlardagi bino toifalari va yongʻinga qarshi boʻlmalar uchun talablar ushbu SHNQning 2-ilovasining 1-jadvalida belgilangan. Mazkur jadvalda koʻrsatilmagan boshqa birikmalarda, qavat maydoni va bino balandligi mazkur toifadagi binolar uchun ushbu koʻrsatkichlarning eng yomoni SHNQ 2.01.02-04 ga muvofiq qabul qilinishi kerak.
85. Olovbardoshlik darajasi IV va yongʻindan xavflilik sinfi S2 boʻlgan bir qavatli binolarda umumiy maydoni 300 m2 dan koʻp boʻlmagan A va B toifali xonalarni joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda koʻrsatilgan xonalar yongʻinga qarshi 1-turdagi toʻsiqlar va 3-turdagi orayopmalar bilan ajratilishi lozim. Ushbu xonalardagi tashqi devorlarning sinfi KO va K1 boʻlishi kerak.
Olovbardoshlik darajasi IV, yongʻindan xavflilik sinfi S2 va SZ, toifasi A va B, maydoni 75 m2 koʻp boʻlmagan bir qavatli mobil binolarni loyihalanishiga yoʻl qoʻyiladi.
86. Bir binoda yoki bir xonada portlash-yongʻin va yongʻin xavfliligi turlicha boʻlgan texnologik jarayonlar joylashtirilganda portlash va yongʻin tarqalishini oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar hisobga olinishi lozim. Ushbu chora-tadbirlarning samaradorligi SHNQ 2.01.02-04 ga asosan loyihaning texnologik qismida kursatilishiga yul quyiladi. Agar koʻrsatilgan chora-tadbirlar samaradorligi yetarli boʻlmasa, unda portlash-yongʻin va yongʻin xavfliligi turlicha boʻlgan texnologik jarayonlarni alohida xonalarga joylashtirish kerak. Bunda turli A, B, V1, V2, VZ toifalarga mansub xonalarni bir biridan ajratish, shuningdek ushbu xonalarni V4, G va D toifadagi xonalardan va yoʻlaklardan quyidagi turdagi yongʻinga qarshi toʻsiqlar va yongʻinga qarshi orayopmalar bilan ajratish lozim:
olovbardoshlik darajasi I boʻlgan binolarda yongʻinga qarshi 1-turdagi toʻsiqlar 2-turdagi yongʻinga qarshi orayopmalar (qavatlar orasidagi va yertoʻla ustidagi);
olovbardoshlik darajasi II va III boʻlgan binolarda yongʻinga qarshi 1-turdagi toʻsiqlar, olovbardoshlik darajasi IV, yongʻin xavflilik sinfi SO, S1 binolarda 2-turdagi;
olovbardoshlik darajasi IV, yongʻin xavflilik sinfi S2, SZ, xona toifali V1-VZ boʻlgan binolarda yongʻinga qarshi 2-turdagi toʻsiqlar, A va B toifaga mansub xonalar 84-bandiga muvofiq;
3-turdagi yongʻinga qarshi orayopmalar (qavatlar orasidagi va yertoʻla ustidagi).
87. Yertoʻlaga V1-VZ toifaga mansub xonalar joylashtirilganda xar biri 3000 m2 dan koʻp boʻlmagan maydon qismi yongʻinga qarshi 1-turdagi toʻsiqlar (pardevor) bilan ajratiladi, bunda har bir qismning eni (tashqi devordan hisoblaganda) 30 m dan oshmasligi lozim. Koʻrsatilgan xonalar eni kamida 0,75 m va balandligi kamida 1,2 m deraza va tutunga qarshi shamollatish tizimi qurilmasi uchun eni kamida 0,8 m va uzunligi 1.8 m boʻlgan priyamkasi bilan inobatga olinishi lozim.
Derazalar maydonining yigʻindisini xona poli maydonining kamida 0,2 foizda qabul qilinishi lozim. Maydoni 1000 m2 dan koʻp boʻlgan xonalarda kamida 2 ta deraza hisobga olish lozim.
Yertoʻlalar ustidagi orayopmalarning olovbardoshlik chegarasi REI 45 dan kam boʻlmasligi kerak.
Ishlab chiqarish binolarining yertoʻlalarining hajmiy-rejaviy va konstruktiv yechimlar SHNQ 2.01.02-04 ga asosan olinishi kerak.
Yoʻlaklarning eni 2 m dan kam boʻlmasligi va bevosita tashqariga yoki alohida zina katagi orqali chiqish imkoniyatiga ega boʻlishi kerak. Xonalarni yoʻlaklardan ajratib turuvchi toʻsiqlar yongʻinga qarshi 1-turda bajarilishi lozim.
V1-VZ toifaga mansub xonalari boʻlgan yertoʻlalar, ishlab chiqarish texnologiyasi talablariga asosan, tashqi devorlarga yaqin joylashishi mumkin emas, ularning har birini maydonning 1500 m2 dan koʻp boʻlmagan qismini SHNQ 2.04.05-22 ga asosan tutunga qarshi shamollatish tizimlari boʻlgan yongʻinga qarshi toʻsiqlar bilan ajratilishi kerak.
88. A va B toifaga mansub xonalarga barcha turdagi lokomotivlarning, V1-V2 toifadagilarga va A va B toifalariga mansub xonalardagi barcha qavatlar liftlarining oldida doimiy ravishda havo berib turiladigan 1-turdagi tambur-shlyuzlar nazarda tutilishi kerak.
A va B toifalariga mansub binolar liftlarining mashina boʻlimlarida SHNQ 2.04.05-22 hamda SHNQ 2.01.02-04 ga muvofiq doimiy havo berib turilishi, shuningdek yoʻlovchilarni evakuatsiya qilish uchun UPS qurilmasi inobatga olinishi lozim.
89. Yengil alangalanuvchi, yonuvchi va zaharli suyuqliklari boʻlgan apparatlar, qurilmalar va uskunalar oʻrnatilgan orayopmalar va texnologik maydonlarning uchastkalari yonmaydigan materiallardan yasalgan boshi berk bortlarga yoki tagliklarga ega boʻlishi lozim. Bort balandligi va bortlar yoki tagliklar oraligʻidagi maydon loyihaning texnologik qismida belgilanishi kerak.
90. Yonuvchanlik Yo3 va Yo4 guruhlariga mansub materiallardan yasalgan yorugʻlik oʻtkazuvchi elementli zenit fonarlarini, faqat olovbardoshlik darajasi I, II va III yongʻin xavflilik klassi SO boʻlgan binolarda, yongʻin xavfliligi YONM va Yo1 boʻlgan materiallardan yasalgan qoplamali V4, G va D toifadagi xonalarda hamda mayda shagʻaldan himoya qoplamasi boʻlgan oʻramli tol bilan yopilgan xonalarda qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
Bunday fonarlarning yorugʻlik oʻtkazuvchi elementlarining umumiy maydoni umumiy qoplamali maydonning 15 foizdan oshmasligi kerak, shuningdek, har bir fonar oraligʻining maydoni:
12 m2 dan koʻp boʻlmasligi kerak (yorugʻlik oʻtkazuvchi elementning solishtirma ogʻirligi 20 kg/m2 dan koʻp boʻlmaganda);
yorugʻlik oʻtkazuvchi elementning solishtirma ogʻirligi 10 kg/m2 dan koʻp boʻlmaganda har bir fonar oraligʻining maydoni 18 m2 dan koʻp boʻlmasligi lozim.
Bunda oʻramli tol mayda shagʻaldan himoya qoplamali boʻlishi kerak.
Ushbu fonarlar oʻrtasidagi masofa quyidagicha boʻlishi kerak:
oraliqlar maydoni 6-18 m2 gacha boʻlganda 6 m dan;
oraliqlar maydoni 6 m2 gacha boʻlganda esa, fonarlar oʻrtasidagi masofa 3 m dan kam boʻlmasligi lozim.
Fonarlar bir guruhga yigʻilganda ular bir dona fonar sifatida qabul qilinadi va unga nisbatan barcha koʻrsatilgan cheklanishlar tegishli boʻladi.
Yo3 va Yo4 guruhlariga mansub materiallar bilan toʻldirilgan yorugʻlik oʻtkazuvchi zenit fonarlari oraligʻida bino qoplamasining boʻylama va koʻndalang yoʻnalishi boʻyicha har 54 m da eni 6 m dan kam boʻlmagan uzilishlar tashkil qilinishi kerak.
Yongʻinga qarshi devordan koʻrsatilgan zenit fonarlarigacha boʻlgan masofa gorizontal boʻyicha kamida 5 m dan boʻlishi lozim.
91. Yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari oʻtishi uchun moʻljallangan 3-turdagi zinalarning eni kamida 0,7 m boʻlishi kerak.
92. Turli toifalarga mansub xonalarni binolar ichiga joylashtirish va ularni bir-biridan ajratish, evakuatsiya yoʻllari va chiqish joylariga boʻlgan talablar, tutunga qarshi shamollatish tizimlari, shlyuzlar, tambur-shlyuzlar, zina kataklari va zinalar, tomga chiqish joylari loyihalash normalari talablariga muvofiq qabul qilinishi lozim.
Olovbardoshlik darajasi I va II, konstruktiv yongʻin xavflilik sinfi SO boʻlgan bir qavatli binolarda zarur hollarda 1-turdagi yongʻinga qarshi toʻsiqlar bilan oʻralgan va yongʻin holatida havo bilan taʼminlab turadigan evakuatsiya yoʻlaklarini qurishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda evakuatsiya yoʻlining uzunligini hisoblashda yoʻlak uzunligi hisobga olinmaydi.
93. A va B toifalarga mansub binolarda yengil olib (yechib) qoʻyiladigan toʻsuvchi konstruksiyalar inobatga olish lozim.
Yengil olib qoʻyiluvchi konstruksiyalar sifatida deraza oynalari va fonarlardan foydalaniladi. Oynaband maydoni yetarli boʻlmaganda yengil olib qoʻyiladigan konstruksiyalar sifatida poʻlat, aluminiy va asbestsement listlar bilan qoplangan konstruksiyalar va sovuq oʻtkazmaydigan materiallardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi. Yengil olib qoʻyiladigan konstruksiyalar maydoni hisob-kitob qilish orqali aniqlanishi lozim. Hisob-kitob maʼlumotlari mavjud boʻlmasa, yengil olib qoʻyiladigan konstruksiyalar maydoni quyidagicha berilishi maqsadga muvofiq:
A toifaga mansub bino uchun 1 m3 hajmga kamida 0,05 m2;
V toifaga mansub bino uchun kamida 0,03 m2 ni tashkil etilishi kerak.
Oynasining qalinligi 3,4 va 5 mm hamda maydoni mos ravishda 0.8, 1 va 1.5 m dan kam boʻlmasa, deraza yengil olib qoʻyiladigan konstruksiyalar qatoriga kiradi. Armirlangan oyna yengil olib qoʻyiladigan konstruksiyalar qatoriga kiritilmaydi.
Yengil olib qoʻyiladigan konstruksiyalar qoplamasi uchun oʻramli gilamni har bir kartasi kupi bilan 180 m boʻlgan oʻlchamda qirqilishi lozim.
Yengil olib qoʻyiladigan konstruksiyalar qoplamasi ogʻirligidan tushadigan hisoblangan yuk 0,7 kPa (70 kgs/m) dan koʻp boʻlmasligi kerak.
4-§. Shamollatish va havoni konditsionerlash tizimlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
94. Har bir yongʻindan himoya boʻlinmasi alohida shamollatish tizimlari bilan taʼminlanishi lozim. Shamollatish tizimlari xizmat koʻrsatilayotgan yongʻindan himoya boʻlinmasi chegaralarida joylashgan boʻlishi kerak.
95. Shamollatish tizimlari yonmaydigan materiallardan ishlangan boʻlishi, yongʻinga qarshi toʻsiqlardan (devorlar, toʻsinlar) oʻtganda esa mos olovbardoshlik darajasiga ega boʻlgan yongʻinni toʻxtatib qoluvchi klapanlar bilan jihozlanishi kerak.
96. Shamollatish tizimlarining vertikal kollektorga ulanadigan joylarida yongʻinni toʻxtatib qoluvchi klapanlar oʻrnatilishi lozim.
97. Shamollatish tizimlarining yongʻin bardoshliligi kamida 0,5 h ga teng boʻlish, yongʻinga qarshi toʻsiqdan kesib oʻtadigan qismi esa — yongʻinga qarshi toʻsiqning yongʻin bardoshligidan past boʻlmasligi kerak.
98. Vertikal shamollatish tizimi yongʻin bardoshlilik darajasi 180 min teng boʻlgan shaxatalardan oʻtkazilishi lozim.
99. Yongʻin qutqaruv boʻlinmalari xizmat qiladigan shamollatish tizimlari yongʻin yuz berganligi haqidagi signal kelib tushgandan soʻng avtomatik ravishda oʻchirilishi kerak.
100. Yer ustidagi xonalar orqali tranzit tartibida oʻtadigan yer osti avtoturargohlarning muhandislik kommunikatsiyalari (suv quvurlari, kanalizatsiya va metall quvurlardan yasalgan issiqlik taʼminoti tizimlaridan tashqari) yongʻin bardoshlilik darajasi 180 min dan kam boʻlmagan qurilish konstruksiyalari bilan izolyatsiya qilinishi lozim. Yerosti avtoturargohlardan tranzit tartibida oʻtadigan yer ustidagi muhandislik kommunikatsiyalar ham yongʻin bardoshlilik darajasi 180 min dan kam boʻlmagan qurilish konstruksiyalari bilan izolyatsiya qilinishi kerak.
5-§. Yongʻin oʻchirish maqsadlari uchun tashqi suv taʼminoti
101. Tashqi yongʻinni oʻchirishni taʼminlash uchun shahar suv quvurlari tarmogʻidan 150 m radiusda joylashgan kamida 3 ta yongʻin oʻchirish gidrantlarini hisobga olish kerak. Ular kamida 100 l/s suv sarflaydigan maxsus avtonasos yordamida suv olish imkoniyatiga ega boʻlishi kerak. Yongʻin oʻchirish gidrantlari oʻrnatilgan joylar bino fasadida nurli koʻrsatkichlar bilan belgilanishi va tashqi yoritgichlar elektr taʼminoti tarmogʻiga ulangan boʻlishi lozim.
102. Ichki yongʻinga oʻchirish suv quvurlaridan (har bir zonada) bino fasadiga quruq quvurlar (diametri 80 mm biriktiriluvchi qalpoqchali patrubok) yongʻin avtonasoslarini ulash uchun, tashqaridan boshqariladigan klapan va zulfinlar chiqarilishi kerak. Patrubkalar oʻrnatiladigan joylar nurli koʻrsatkich va piktogrammalar bilan belgilanishi kerak.
6-§. Bino va xonalardan evakuatsiya qilish
103. Quyidagilar kamida ikkita evakuatsiya chiqish yoʻllariga ega boʻlishi kerak:
eng koʻp ishchi ishlaydigan smenada xodimlar soni 5 dan ortiq boʻlsa A va B toifalariga mansub xonalar;
ishchilar soni 25 dan ortiq yoki maydoni 1000 m2 dan ortiq boʻlsa — V toifasiga mansub xonalar;
uskunalarga xizmat koʻrsatishga moʻljallangan ochiq javonlar va maydonchalari boʻlib, yarus maydoni 100 m2 dan koʻp boʻlgan A va V toifalariga mansub xonalar va yarus maydoni 400 m2 dan koʻp boʻlgan boshqa toifalarga mansub xonalar;
eng koʻp ishchi ishlaydigan smenadagi xodimlar soni 5 dan ortiq boʻlganda A va B toifali qavatlarda;
ishchilar soni 25 ta boʻlgan V toifali qavatlarda kamida ikkitadan evakuatsiya chiqish joylari boʻlishi shart.
104. Agar A, B va V1 toifalarga mansub xonalarda tez alangalanadigan suyuqliklar ishlab chiqarilsa, ishlatilsa yoki saqlansa, xonalarning pollarini yonmaydigan yoki yonuvchanlik guruhi Yo1 boʻlgan materiallardan ishlanishi lozim.
105. 50 kishidan ortiq odam evakuatsiya qilinishi mumkin boʻlgan gorizontal maydonlariga evakuatsiya yoʻllari va panduslarining ichki oʻlchamlari umumiy yoʻlak uchun kamida 1,2 m boʻlishi lozim.
106. A va B toifalariga mansub binolarda L1 turidagi zina kataklarini loyihalashda A va B xonalardan qavatlar yoʻlaklariga chiqishda doimiy havo berib turiladigan tambur-shlyuzlar hisobga olinishi kerak.
107. Olovbardoshlik darajasi IV va V, konstruktiv yongʻin xavflilik sinfi S2 va SZ boʻlgan binolarda evakuatsiya chiqishlar ishlab chiqarish xonalari orqali oʻtishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
A va B toifalariga mansub xonaga xizmat koʻrsatishga moʻljallangan, muhandislik uskunasi boʻlgan, doimiy ish joyisiz hamda A va B toifalariga mansub xona orqali bitta evakuatsiya chiqish joyiga ega boʻlgan xonaning eng uzoq nuqtasigacha boʻlgan masofa 25 m dan oshib ketmasligi lozim.
V, G va D toifalariga mansub xonadan chiqadigan evakuatsiya yoʻllari oʻz ichiga A va B toifalariga mansub xonalar tambur-shlyuzlari orqali oʻtadigan uchastkani koʻshmasligi kerak.
108. Balandligi toʻrt qavatdan yuqori boʻlmagan V4, G, va D toifalariga mansub tutash qurilgan va mavjud bino ichiga qurilgan qurilmalar ichida joylashgan xonalarning zina katagidan evakuatsiya chiqishlari, ular tutash qurilgan va mavjud bino ichiga qurilgan qurilmalarning ikki tomonida joylashgan boʻlsa (agar tutash qurilgan va mavjud bino ichiga qurilgan qurilmalar binoni izolyatsiyalangan qismlarga ajratsa), V4, G, va D toifalariga mansub xonalar orqali tashkil etilishiga yoʻl qoʻyiladi.
109. Olovbardoshlik darajasi I, II, III va IV, yongʻin xavflilik sinfi SO va ST boʻlgan binolarning antresollari va tutash qurilgan (mavjud bino ichiga qurilgan) qurilmalarlarda, shuningdek doimiy ish joyi mavjud boʻlmagan va binoning muhandislik uskunalari joylashishi uchun moʻljallangan, olovbardoshlik darajasi IV, yongʻin xavflilik sinfi S2 va Sz boʻlgan bir qavatli mobil binolar antresollarida joylashgan V4, G va D toifali xonalaridan evakutsion chiqishlarni V, G va D toifali xonalarda joylashgan yonmaydigan materialdan yasalgan 2-turdagi zinalar nazarda tutilishiga yoʻl qoʻyiladi. Bunda muhandislik uskunalari joylashgan xonaning eng uzoq nuqtasidan binoning evakuatsiya chiqishigacha boʻlgan masofa ushbu SHNQning 2-ilovasidagi 2-jadvalda berilgan qiymatlardan oshmasligi kerak. Xonaning eng uzoq nuqtasidan zinaga chiqish joyigacha boʻlgan masofa 25 m dan oshmaydigan, yonmaydigan materiallardan yasalgan 2 va 3-turdagi zinali ushbu xonalardan chiqishda bitta chiqish joyini tashkil qilishga yoʻl qoʻyiladi.
110. Balandligi 25 m gacha boʻlgan ishlab chiqarish binolarida, agar har bir qavatda (birinchi qavatdan tashqari) smenada eng koʻp ishlovchilarning soni quyidagilardan oshmasa:
15 kishidan — har qanday toifali xonalari boʻlgan koʻp qavatli binolarda;
50 kishidan — V1-V3 toifali xonalari boʻlgan ikki qavatli binolarda;
100 kishidan — shu kabi, V4, G va D toifalariga mansub binolarda 3-turdagi zinalardan ikkinchi evakuatsiya chiqish sifatida foydalanilishiga yoʻl qoʻyiladi.
111. Ushbu SHNQning 87-bandiga muvofiq bajarilgan yertoʻlaning har bir qismida kamida ikkita evakuatsiya chiqishlarni hisobga olish kerak.
112. Xonadagi eng uzoq ish joyidan bevosita xonadan tashqariga yoki zina katagiga chiqadigan eng yaqin evakuatsiya chiqishgacha boʻlgan masofa mazkur SHNQning 2-ilovasidagi 2-jadvalda belgilangan qiymatdan oshmasligi kerak.
Maydoni 1000 m2 dan koʻp boʻlgan xonalar uchun ushbu ilovaning 2-ilovasi 2-jadvalda belgilangan masofaga tashqariga yoki zina katagigacha boʻlgan yoʻlak uzunligi ham qoʻshiladi.
Agar xonadan evakuatsiya chiqish yoʻlakka, tashqariga yoki zina katagiga qoʻshni xona orqali olib chiqsa, unda ushbu xonadagi eng uzoq ish joyidan qoʻshni xonadan chiqishgacha boʻlgan masofa koʻshni xonalardan birining eng xavfli toifasi boʻyicha qabul qilinishi kerak.
Odamlar oqimining zichligi umumiy oʻtish joyidan evakuatsiya qilinayotgan odamlar sonining mazkur oʻtish joyi maydoniga nisbati bilan aniqlash lozim.
A va B toifalariga mansub xonalar uchun masofalar yengil alangalanuvchi yoki yonuvchi suyuqliklar toʻkiladigan 50 m2 ga teng maydonni hisobga olgan holda belgilanishi lozim. Ushbu SHNQning 2-ilovasi 1-jadvalida koʻrsatilgan maydonning boshqa qiymatlarida masofa 50/F koeffitsentiga koʻpaytirish kerak. Bu yerda: F — loyihaning texnologik qismida aniqlab beriladigan suyuqlik toʻkilishi mumkin boʻlgan maydon.
Xona hajmining oraliq qiymatlarida masofa chiziqli interpolyatsiya bilan aniqlash kerak.
Masofa balandligi 6 m gacha boʻlgan xonalar uchun belgilangan (bir qavatli binolar uchun balandlik ferma pastigacha qabul qilinadi);
Xona balandligi 6 m dan koʻp boʻlsa, masofa quyidagicha uzayadi:
12 m boʻlsa 20 foizga;
18 m boʻlsa 30 foizga;
24 m boʻlsa 40 foizga, lekin A, B toifalariga mansub xonalar uchun 140 m dan va V toifa uchun 240 m dan koʻp boʻlmasligi kerak.
Xona balandligining oraliq qiymatlarida masofa uzayishi chiziqli interpolyatsiya bilan aniqlanishi lozim.
Mazkur SHNQning 2-ilovasi 1 — 4-jadvallarida bino toifalari va yongʻinga qarshi boʻlmalari uchun binoning olovbardoshlilik darajasi va yongʻin xavfliligining sinfi mujassamligida nazarda tutilgan talablar belgilangan. Jadvalda inobatga olinmagan boshqa mujassamliklarda masofa va odamlar soni mazkur toifadagi xonalar uchun ushbu koʻrsatkichlardan eng yomoni qabul qilinishi lozim.
113. Ichki ochiq javonlar va maydonchalar, kamida ikkita ochiq poʻlat narvonga ega boʻlishi kerak.
A va B toifalarga mansub xonalar uchun polning maydoni 108 m2;
V1-V4, G va D toifalariga mansub xonalar uchun polning maydoni 400 m2 dan oshmasa faqat bitta narvonni loyihalashga yoʻl qoʻyiladi.
Binodan chiqishdagi maydonchaning eng uzoq nuqtasidan va ochiq javonning eng yaqin evakuatsiya chiqishgacha boʻlgan masofani ushbu SHNQning 2-ilovasi 2-jadvali boʻyicha 2-turdagi zina yoʻli uzunligini hisobga olgan holda qabul qilish lozim.
Maydonchalar va ochiq javonlarning maydoni har qanday belgida qavat maydonidan 40 foizga koʻp boʻlib, ularda doimiy ish joylari mavjud boʻlsa, evakuatsiya chiqishlarni zina kataklari orqali tashkil etilishi kerak.
Evakuatsiya chiqish yoʻllarining birida 3-turdagi zina nazarda tutilishiga yoʻl qoʻyiladi.
114. Olovbardoshlik darajasi IV, yongʻin xavflilik sinfi S2 va SZ boʻlgan bir yoki ikki qavatli binoning eng uzoq ish joyidan eng yaqin evakuatsion chiqishigacha boʻlgan masofani quyida keltirilgan koʻrsatkichlardan koʻproq qabul qilmaslik lozim:
V1-VZ toifalarga mansub xonalari boʻlgan bir qavatli binolarda 50 m, V4, G va D toifalar uchun 80 m;
V1-VZ toifalarga mansub xonalari boʻlgan ikki qavatli binolarda 40 m, V4, G va D toifalar uchun 60 m;
Agar xonalar ichida uskunalar bilan band boʻlmagan pol maydoni, eng koʻp ishchi ishlaydigan smenada har bir ishchiga 75 m2 va undan ortiqni tashkil etsa koʻrsatilgan masofalarni 50 foizga oshirishga yoʻl qoʻyiladi.
V1-V4, G, va D toifali xonalari boʻlgan bir qavatli binolarda koʻrsatilgan masofani saqlashning imkoniyati boʻlmasa evakuatsiya chiqishlarni bino tashqi perimetrining har 72 m ga joylashtirilishi kerak.
Ikkinchi qavatdan evakutsiya qilinayotgan odamlar sonidan kelib chiqib zina marshining eni, shuningdek eshik, yoʻlak yoki evakuatsiya yoʻliga oʻtish joylarining eni 100 kishiga 0,6 m hisobidan qabul qilinishi, biroq 0,85 m dan kam boʻlmasligi kerak.
115. Eshikdan yoʻlak boʻyicha 1000 m2 dan koʻp boʻlmagan maydonga ega boʻlgan eng uzoq xona enidan, to tashqariga yoki zina katagiga eng yaqin chiqishgacha masofa mazkur SHNQning 2-ilova 3-jadvalida koʻrsatilgan qiymatdan oshmasligi kerak.
Bir qavatda turli toifaga mansub xonalar joylashtirilganda, eng uzoqdagi xona eshigidan tashqariga chiqish joyigacha yoki eng yaqin zina katagigacha boʻlgan masofa xavflilikning yuqoriroq toifasi boʻyicha belgilanishi lozim.
Yoʻlakdagi odamlar oqimining zichligi xonadan yoʻlakka evakutsiya qilinayotgan odamlar sonining ushbu yoʻlak maydoniga nisbati bilan aniqlanishi lozim. Bunda xonadan umumiy yoʻlakka ochiladigan eshiklar uchun umumiy yoʻlakning eni:
eshik bir tomonlama joylashtirilganda — eshik tabaqasi eninining yarmigacha;
eshik ikki tomonlama joylashtirilganda — eshik tabaqasining enigacha kamaytirib qabul qilinishi kerak.
116. Xonalardagi evakuatsiya chiqishi (eshigi)ning eni, ushbu eshik orqali evakuatsiya qilinadigan odamlar umumiy soniga, ushbu SHNQning 2-ilovasi 4-jadvalida belgilangan 1m chiqish (eshik) eniga toʻgʻri keladigan odamlar soniga qarab, biroq agar ishlovchilar ichida nogironligi boʻlgan shaxslar mavjud boʻlsa 0,9 m dan kam boʻlmagan holda qabul qilish lozim.
Xona hajmining oraliq qiymatlarida chiqishning 1 m eniga toʻgʻri keladigan odamlar soni interpolyatsiya yoʻli bilan aniqlash kerak.
Balandligi 6 m boʻlgan xonadan evakuatsiya chiqish (eshik)ning 1 m eniga toʻgʻri keladigan odamlar soni,bino balandligi:
12 m da 20 foizga,
18 m da 30 foizga,
24 m da 40 foizga kupayadi;
Xona balandligining oraliq qiymatlarida chiqishning 1 m eniga toʻgʻri keladigan odam sonining koʻpayishi interpolyatsiya yoʻli bilan aniqlash kerak.
117. Yoʻlakdan tashkariga yoki zina katagiga evakuatsiya chiqish (eshik)ning eni, ushbu chiqish orqali evakuatsiya qilinuvchi odamlarning umumiy soniga, shuningdek ushbu SHNQning 2-ilovasi 5-jadvalida belgilangan chiqish (eshik)ning 1 m eniga toʻgʻri keladigan odamlar soniga qarab, lekin 0,8 m dan kam, agar ishlovchi nogironlig boʻlgan shaxslar mavjud boʻlsa 0,9 m dan kam boʻlmagan holda qabul qilish lozim.
Korxonada nogironligi boʻlgan shaxslar mexnatidan foydalanish mumkin boʻlgan boshqa turdagi ishlar mavjud boʻlsa evakuatsiya chiqish koʻrsatkichlari 25 foizga koʻpayishi kerak.
118. Nogironligi boʻlgan ishlovchilar boʻlganda zina marshining eni kamida 1,2 m boʻlishi lozim.
119. 2-turdagi N2 tutamaydigan zina kataklari G va D toifali binolarda balandlik boʻyicha har 30 m da va V toifaga mansub binolarda (zina katagi hajmidan tashqari zina katagining bir qismidan boshqa qismiga oʻtgan holdagi) ham 20 m da ikki marsh balandlikkacha yongʻinga qarshi berk pardevor bilan ajratilishi kerak.
120. Xona va yoʻlaklarda yongʻin xavfsizligi choralari boʻyicha SHNQ 2.04.05-22talablariga muvofiq tutunga qarshi shamollatish tizimlarini inobatga olish lozim.
121. Tutunga qarshi shamollatish tizimlar hisobini bajarishda inobatga olinadigan zenit fonarlari koplama maydoni boʻyicha bir tekisda joylashgan boʻlishi kerak.
5-bob. Maʼmuriy va maishiy binolar
1-§. Asosiy qoidalar
122. Ushbu bob talablariga balandligi 50 m gacha boʻlgan maʼmuriy va maishiy binolarni hamda yangi, kengaytirilayotgan, rekonstruksiya qilinayotgan va texnik jihatdan qayta qurilayotgan maʼmuriy va maishiy binolarning tegishli xonalarini loyihalashga nisbatan tatbiq qilinadi.
123. Nogironligi boʻlgan shaxslar mehnatidan foydalanish imkoniyati hisobga olingan korxonalarda maʼmuriy va maishiy vazifa bajaradigan binolar va xonalarni loyihalashda SHNQ 2.07.02-24 ga asosan amalga oshirish lozim.
124. Maʼmuriy va maishiy binolar, odamlarning sogʻligini hayotini, mulki va atrof-muhitni muhofoza qilinishi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanilishi, energiya tejalishi, shuningdek mehnat jarayoni uchun qulay sharoitlar yaratilishi maqsadida, ularning hayotiy siklining barcha bosqichlarida xavfsizligi taʼminlanishi kerak.
125. Maʼmuriy va maishiy binolar quyidagi talablarni inobatga olib loyixalash kerak:
boshliq va boshqaruv xodimlari toʻlaqonli ishini;
xodimlarning kundalik extiyojlarini qondirilishini;
mehnat jarayonining salbiy oqibatlarini bartaraf etilishini;
zararli ishlab chiqarish jarayonlari taʼsiridan kelib chiqadigan salbiy taʼsirlarni bartaraf etilishi boʻyicha profilaktika choralarni koʻrilishini;
barcha turdagi korxonalarda, sanitariya-maishiy, tibbiy xizmat, umumiy ovqatlanishni.
126. Maʼmuriy va maishiy binolar, ularning asosi va yuk koʻtaruvchi konstruksiyalari loyiha muddati davri va foydalanish davomida, qurilish yoki rekonstruksiya vaqtida duch kelishi mumkin boʻlgan yuklarga bardoshli boʻlishi kerak.
127. Maʼmuriy va maishiy binolar shunday loyihalash va qurilishi kerakki, foydalanish davrida binoda yongʻin kelib chiqish havfini oldini olish yoki kamaytirish, yongʻin sodir boʻlganda esa hodimlarni, mulkni va atrof muhitni yongʻinning zararli taʼsirlaridan himoya qilish va (yoki) ushbu omillarning taʼsirini cheklash imkoniyati boʻlishi lozim.
128. Binoning hajmiy-loyihaviy va konstruktiv yechimlari, evakuatsiya yoʻllaridagi yuza plitalari, shuningdek ichki muhandislik tizimlarining elementlari olov va uning xavfli omillarini yongʻin oʻchogʻining tarqalish extimolini chegaralashi kerak.
129. Maʼmuriy va maishiy binolar va ularning elementlari, odamlarni shu jumladan nogironligi boʻlgan shaxslarni, shuningdek binodan oʻz vaqtida evakuatsiya qilishning iloji boʻlmagan ishchilar va tashrif buyuruvchilarni xavfsiz hududga evakuatsiya qilgunga qadar konstruksiyalarning olovbardoshliligini saqlash kerak.
130. Maʼmuriy va maishiy binolar, ularning ichki muhiti ishchilar va tashrif buyuruvchilarga uning xizmat qilish muddati davomida odamlar boʻlgan paytda fizik, kimyoviy, biologik va boshqa zararli omillarning nomaqbul taʼsiri boʻlmasligi kerak. Hududlarni rivojlantirish atrof-muhitga taʼsirini hisobga olgan holda odamlarning yashashi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishi kerak.
131. Binolar va uning elementlari, muhandislik tizimlari xonalarda qulay mikroiqlimni yaratilishi, haroratni, namlikni va havo oqimini, shuningdek, devorlarning ichki yuzalarining haroratiga qoʻyiladigan talablarga muvofiqligini, tashqi tusiq konstruksiyalarning issiqlikga chidamliligi va pol sirtlarining issiqlik oʻzlashtirishini inobatga olib loyihalash lozim.
132. Bino atmosferadagi namlikni xonalarga oʻtkazmasligi, zaxlikning paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymasligi kerak. Suv taʼminoti tizimi va ichki quvur oʻtkazgich tizimlari teshilishi va iflos qilishi mumkinligini inobatga olgan holda, kanalizatsiya tizimlari va tarmoqlari oqava suvlarni suv taʼminoti tizimlariga, yerga tushmasdan va atrof-muhitni ifloslantirmasdan chiqarib yuborilishi taʼminlashi lozim.
133. Tovush izolyatsiyasi, suniy yoritilganlik va tabiiy insolyatsiya bino xonalaridagi katnashuvchilarning sogʻligiga zarar yetkazish xavfiga yoʻl qoʻymaydigan sharoitlarni yaratishi kerak. Bino faoliyati davomida atrof-muhitga salbiy taʼsir koʻrsatmasligi kerak.
134. Maʼmuriy va maishiy binolarda, shuningdek uning hududida odamlarning, shu jumladan nogironligi boʻlgan shaxslarning harakatlanish yoʻlaklari, zinapoyalar, oraliqlar, qiya va sirpanchiq yuzalar, baland va past joylashgan elementlari, transportlarning harakatlari, xavf tugʻdirmagan holda qulaylik yaratilishi kerak.
135. Maʼmuriy va maishiy binolar va tashqi tusiq qurilish konstruksiyalari, ventilyatsiya va havoni tozalash, isitish hamda sovutish, shuningdek yoritish tizimlari issiqlikni saqlash va energiyani tejash rejimida ishlashi kerak.
136. Xonalar maydonining oʻlchamlarida ushbu meʼyorlarda belgilangan oʻlchamlardan chetga chiqishga yoʻl qoʻyiladi:
maydonining meʼyori 12 m2 va undan ortiq boʻlgan xonalar uchun 10 foizgacha,
maydonining meʼyori 12 m2 dan kam boʻlgan xonalar uchun 15 foizgacha.
Meʼyorlarning bunday pasaytirilishi koʻrsatib oʻtilgan xonalarda faoliyat jarayonining yomonlashishiga olib kelmasligi kerak.
137. Binolarda muhandislik uskunalarining quyidagi turlari uchun xonalar va qurilmalar inobatga olinishi kerak:
SHNQ 2.04.05-22 va yongʻin xavfsizligi boʻyicha normativ hujjatlar talablariga muvofiq loyihalashtiriladigan isitish, shamollatish va konditsiyalashtirish uchun;
SHNQ 2.04.01-22 va yongʻin xavfsizligi boʻyicha normativ hujjatlar talablariga muvofiq loyihalashtiriladigan ichki vodoprovod va kanalizatsiya uchun;
elektr taʼminoti, elektr yoritish, avtomatik yongʻin signalizatsiyasi qurilmalari va yongʻin toʻgʻrisida xabar beruvchi tizimlar, kuchsiz tok bilan ishlaydigan telefon, radio tarmogʻi hamda ichki va tashqi videokuzatuv, shuningdek vaqtni koʻrsatuvchi qurilmalar va boshqa aloqa turlari uchun loyihalashga topshiriq boʻyicha. Binolarning elektr taʼminoti, kuch uskunalari va elektr bilan yoritilishi SHNQ 2.01.05-24, SHNQ 2.04.17-19 hamda yongʻin xavfsizligi boʻyicha normativ hujjatlar talablariga muvofiq loyihalash kerak;
mazkur normalar, GOST 34305-2017 va yongʻin xavfsizligi boʻyicha normativ hujjatlarga muvofiq hisobga olingan passajir liftlari uchun;
ushbu SHNQning 155-bandiga binoan hamda SHNQ 2.08.02-23 va yongʻin xavfsizligi boʻyicha normativ hujjatlar talablariga muvofiq hisobga olingan chiqindi toʻplovchi kamerali, chiqindi tortadigan tik quvurlar uchun.
138. Maʼmuriy va maishiy binolarda nogironligi boʻlgan shaxslarning mehnatidan foydalanilishini hisobga olgan holda SHNQ 2.07.02-24 ga asosan loyixalash kerak.
139. Maʼmuriy, maishiy, ishlab chiqarish, yordamchi va omborxonalar SHNQ 2.01.02-04 ga muvofiq bitta yoki bir nechta yirik binolarga birlashtirilishi kerak.
Koʻp qavatli ishlab chiqarish va omborxona binolarida maʼmuriy-maishiy vazifalarni bajaradigan xonalardan iborat qavat tashkil qilishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda A va B toifadagi binolar bundan mustasno.
140. Sanoat korxonalari, sanoat klasterlari va industrial parklar tarkibidagi maʼmuriy va maishiy xonalar alohida turgan binolarda, ishlab chiqarish binolarining yonidan qurilgan qurilmalar, qoʻshimcha qurilmalar, ichiga oʻrnatilgan qurilmalarda joylashtirish kerak.
Hududiy sanoat klasterlari tarkibidagi maʼmuriy-maishiy binolarni har bir obyektda ishlovchilarga va sanoat infratuzilmasiga xizmat koʻrsatadigan maʼmuriy muassasalarga yagona integrallashgan ijtimoiy-maishiy xizmat koʻrsatish tizimi sifatida loyihalash lozim.
Maʼmuriy va ijtimoiy-maishiy infratuzilma xizmat koʻrsatish obyektlarini maksimal darajada blokirovka qilish, ulardan foydalanishda ishlovchilarning vaqtini minimal darajada sarflanishini hisobga olgan holda joylashtirish asosida tashkil qilinishini taʼminlashi, hamda binolar ichidagi ish joylari yaqinida, obyektlar joylashgan kvartallar chegarasida xizmat koʻrsatilishini, shuningdek hududiy sanoat klasteriga xizmat koʻrsatilishini oʻz ichiga olishi kerak.
141. Maʼmuriy-maishiy xonalar sanoat korxonasi uchun moʻljallangan yotoqxonalar, sanoat klasterlari va industrial parklar bilan bir binoda birlashtirilganda, yotoqxonalar yongʻinga qarshi alohida boʻlmaga birlashtirilishi kerak.
142. Maʼmuriy-maishiy xonalar tarkibida sport mashgʻulotlari uchun xonalar inobatga olinishi kerak. Sport zallarini taqab qurilgan, qoʻshimcha qurilgan, qoʻshimcha-taqab qurilgan holda loyihalashga yoʻl qoʻyiladi.
143. Binolar va xonalarning rang jihatdan yechimini tanlashda SHNQ 2.01.05-24 ga muvofiq amalga oshirish lozim. Bitta xonada birlashtirilgan har xil funksional zonalar, umumiy ranglar yechimidan kelib chiqqan holda, har xil ranglar bilan ajratilishi lozim. Kirish guruhlari, oʻtish yoʻlaklari, umumiy foydalanish zonalarining ranglar yechimida korxona ranglaridan foydalanishga yoʻl qoʻyilishi mumkin. Qisqa vaqt boʻlishga moʻljallangan xonalar (maishiy xonalar, yuvinish xonalari, sanuzellar, rekreatsion joylar, yoʻlaklar, ovqatlanish zallari, ovqat qabul qilish xonalari)da yorqin ranglar gammasidan va bir-biridan keskin farq qiladigan (kontrast) ranglardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda SHNQ 2.07.02-24 talablarini hisobga olish kerak. Kontrast ranglarning qoʻllanishi odamlar uchun, shu jumladan zaif koʻradigan, kam harakat aholi guruhlari uchun xonada harkatlanishni qiyinlashtirmasligi kerak.
144. Maʼmuriy va maishiy binolarni modulli konstruksiyalarda qurishda hajmiy loyihaviy va konstruktiv yechimlar GOST 28984-2011 ga asosan ishlab chiqish kerak.
Modulli binolarning balandligi ikki qavatdan oshmagan va funksional vazifalarini hisobga olgan holda GOST 22853-86 talablariga mos boʻlishi lozim.
Modulli binolarning uch va undan ortiq qavatlari va funksional vazifalaridan kelib chiqib SHNQ 2.01.02-04 ga muvofiq loyixalash kerak.
2-§. Hajmiy-loyihaviy va konstruktiv yechimlar
145. Korxonalar maʼmuriy va maishiy binolarining, shu jumladan yonida qurilgan va qoʻshimcha qurilgan bloklarining hajmiy-loyihaviy yechimlarini ishlab chiqishda SHNQ 2.01.01-22, SHNQ 2.01.02-04, QMQ 2.01.03-19, SHNQ 2.01.04-18, SHNQ 2.03.10-24, SHNQ 2.03.13-24, SHNQ 2.01.19-22 hamda SHNQ 2.08.02-23 ga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Qavatlar soni va yongʻinga qarshi boʻlmalarning maydoni binolar, taqab qurilgan qurilmalar va ichiga oʻrnatilgan qurilmalarning olovbardoshliligi darajasiga qarab mazkur SHNQning 2-ilovasi 6-jadvaldagi koʻrsatkichlarga muvofiq qabul qilinishi lozim.
Ichga oʻrnatilgan qurilma, qoʻshimcha qurilma — ishlab chiqarish binosi chegarasida binoning yongʻinga qarshi toʻsiqlar (devorlar, pardevorlar) bilan ajratiladigan qismi hajmi 4 m3 dan kam boʻlmasligi kerak.
146. Alohida turgan, shu jumladan balandligi 28 m va undan ortiq boʻlgan maʼmuriy binolarni SHNQ 2.08.02-23, SHNQ 2.08.04-22, SHNQ 2.01.02-04, SHNQ 2.01.04-18, SHNQ 2.03.10-24 hamda SHNQ 2.03.13-24 talablariga muvofiq loyihalash kerak. Umumiy, foydali va hisobiy maydonni, qurilish hajmini hisoblash qoidalari SHNQ 2.08.02-23 boʻyicha qabul qilish lozim.
147. Maʼmuriy va maishiy binolarning xonalari poldan shiftgacha boʻlgan balandligi:
kamida 3,0 m boʻlishi kerak;
pasaytirilgan balandlikni qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi kamida 2,7 m boʻlishi kerak.
Majlislar zallari va oshxonalarning balandligi SHNQ 2.08.02-23 talablariga muvofiq olinishi lozim.
Qoʻshimcha qurilgan xonalarning balandligi 2,4 m (poldan shiftgacha) deb qabul qilinishiga yoʻl qoʻyiladi. Bunda shunday xonada hozir boʻlgan bitta odamga havo muhitining hajmi kamida 4 m3 boʻlishi kerak.
148. Yoʻlaklarning poldan to orayopmalar, uskunalar va kommunikatsiyalardagi chiqib turgan konstruksiyalarning pastigacha boʻlgan balandligi SHNQ 2.08.02-23 ga muvofiq qabul qilinishi kerak, ularning balandligi kamida 2,2 m boʻlishi lozim.
Texnik qavatlar yoʻlaklarining balandligini uskunalar, muhandislik tarmoqlari va ulardan foydalanish shartlarini hisobga olib qabul qilish lozim. Bunda xizmat koʻrsatish xodimlarining oʻtish joylarida sof balandligi kamida 1,8 m boʻlishi lozim.
149. Ishlab chiqarish binolarining qoʻshimcha qurilgan xonalarida dam olish va isinish (yoki sovutish), yuvinish xonalari, hojatxonalar (shaxsiy gigiyena kabinkalari bilan), dushxonalar, ichadigan suv taʼminoti qurilmalari, ustalar (xodimlar)ning ishlab chiqarish shartsharoitlariga binoan ish joylariga yaqin joylashtirish kerak boʻlgan xonalari, V, G va D toifali xonalarda esa chekish joylarining joylashtirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Olovbardoshliligi IV darajali binolarda qoʻshimcha qurilgan xonalarni tashqi devorlar yonidagi antresollar va maydonchalarda joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi (hojatxonalar, ayollarning shaxsiy gigiyena kabinkalari, qoʻl vannalari kabinkalari, yuvinish xonalari va yarimdush kabinkalari bundan mustasno).
150. Binoga kirishda xona polining sathi kirish oldidagi trotuar sathidan kamida — 0,15 m baland boʻlishi kerak.
Xonalarni yogʻindan himoyalashning tegishli choralari koʻrilgan hollarda binoga kirishdagi pol sathi kamida — 0,15 m dan kam olishga (shu jumladan, chuqurlashtirilgan joyni trotuar sathidan pastroq qilishga) yoʻl qoʻyiladi.
Binoga kirishda poyabzalni tozalash, yuvish uchun qurilma hisobga olinishi yoʻl qoʻyiladi.
151. Korxonaning maʼmuriy binosidagi kirish zonasining tuzilishi, tashqi zinapoyalar va panduslar tuzilishi SHNQ 2.08.02-23 ga muvofiq berishi kerak.
152. Binoga kirishda tamburlar loyihalanishi kerak. Tamburning oʻrnatilishi quyidagicha:
eni kamida 1,8 m;
chuqurligi kamida 1,6 m boʻlishi lozim.
153. Vestibyul maydoni odam eng koʻp ishlaydigan smenada bitta xodimga 0,2 m2 hisobidan kelib chiqib, biroq 18 m2 dan kam boʻlmagan holda qabul qilinishi lozim. Vestibyullarda garderobxonalar loyihalash topshirigʻiga asosan hisobga olinishi lozim.
154. Majlislar va madaniy-ommaviy chora-tadbirlar uchun zallarni ushbu SHNQning 1-ilovasi 7-jadvalidagi koʻrsatkichlarni hisobga olgan holda bino qavatlari boʻyicha joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
155. Koʻp qavatli maʼmuriy binolarda SHNQ 2.08.02-23 ga muvofiq yoʻlovchi liftlar inobatga olinadi. Liftlar soni hisoblar asosida belgilanadi, biroq ikkitadan kam boʻlmasligi kerak. Bunda liftlardan birini yuk tashuvchi sifatida qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi.
Liftlardan birining kabinasi uzunasiga 2,1 m dan, eniga 1,1 m dan, eshigining eni 0,9 m dan kam boʻlmasligi kerak.
Yuk-yoʻlovchi tashuvchi liftlar texnologik talablarga binoan (loyihalash topshirigʻiga muvofiq) inobatga olinishi kerak.
Ikkinchi va yuqoriroq qavatda oʻrindiqli aravachalardan foydalanadigan nogironligi boʻlgan shaxslar uchun moʻljallangan xonalar mavjud boʻlgan hollarda, liftlar va boshqa tik harakatlanadigan transport vositalari koʻzda tutilishi lozim.
156. Lift joylashgan xollning eni:
liftlar bir qator joylashganda lift kabinasining eng kichik uzunligining 1,3 qismidan kam boʻlmasligi;
ikki qator joylashganda — qarama-qarshi qatordagi liftlardan birining kabinasining eng kichik uzunligining ikkilangan qiymatidan kam boʻlmasligi kerak. Kabinasining uzunligi 2,1 m va undan ortiq boʻlgan liftlar oldidagi xollning eni 2,5 m dan kam boʻlmasligi lozim.
Yertula va sokol qavatlarda lift shaxtalaridan chiqishlar, yongʻin paytida havo bosimi hosil qilingan holda, tanbur-shlyuzlar orqali tashkil qilinishi kerak.
157. Binolarda yigʻish-terish ashyolarini saqlash, tozalash va quritish uchun issiq va sovuq suv taʼminoti bilan jihozlangan xonalar koʻzda tutilishi hamda ular, odatga koʻra, hojatxonalar yonida joylashtirilishi kerak. Ushbu xonalarning maydoni qavat maydonining har bir 100 m2 ga 0,6 m2 hisobida, biroq 4 t2dan kam boʻlmagan holda olinishi lozim. Qavat maydoni 400 m2 dan kam boʻlsa,yonma-yon ikkita qavatga bitta shunday xonani inobatga olinishiga yoʻl qoʻyiladi.
158. Koʻp qavatli binolarda hojatxonalar, yuvinish, dush xonalari xuddi shunday vazifani bajaradigan xonalarning tepasida joylashtirilishi kerak. Texnik xonalar tepasida joylashtirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
159. Koʻp qavatli maʼmuriy binolarda chiqindi tortadigan quvurlarning oʻrnatilishi loyihalash topshirigʻiga asosan inobatga olish lozim.
160. Ishlab chiqarish binolari va alohida turgan maʼmuriy-maishiy binolar oʻrtasidagi oʻtish joylari yerdan, yer ustidan, shuningdek yer ostidan oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Har birida bir smena davomida 30 kishidan ortiq hodimlar boʻlmagan isitiladigan ishlab chiqarish binolari va alohida turgan maishiy binolar oʻrtasidagi alohida isitiladigan oʻtish joylari hisobga olinishi kerak. Bunda ishlab chiqarish binolarida ustki kiyimni saqlash (uchun ilgichlar bilan jihozlangan) garderobxonalar loyixalanishi lozim.
Oʻtish joylari-yoʻlaklar (galereyalar)ning balandligi va eni SHNQ 2.08.02-23 hamda ushbu SHNQga asosan inobatga olib qabul qilinishi kerak.
161. Transport uchun yer usti oʻtish joyini tuzishda ikki boshi ochiq oʻtish joyini quyidagicha loyixalash kerak:
balandligi kamida — 4,5 m;
eni kamida (yorugʻda) — 3,5 m.
Bu talab yoʻlovchilar uchun usti ochiq transport yurmaydigan oʻtish joylari uchun taalluqli emas.
162. Oshxonalar texnik talablar boʻyicha mazkur SHNQning 219-bandi va SHNQ 2.08.02-23 talablariga muvofiq loyihalash kerak. Oshxona zallari va oziq-ovqat bloklari 1-qavatda joylashtirish kerak.
163. Sokol va yertoʻla qavatlarda SHNQ 2.08.02-23 talablariga muvofiq (texnologik loyihalashning sanitariya-gigiyena talablari va normalaridan kelib chiqib) maʼmuriy va maishiy binolarning xonalarini joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
164. Maʼmuriy va maishiy binolar yoki bloklarda omborxonalarni SHNQ2.09.03-23 hamda SHNQ 2.01.02-04 talablariga muvofiq joylashtirish lozim.
3-§. Yongʻin xavfsizligi
165. Maʼmuriy va maishiy xonalar olovbardoshliligi I, II, III va IV darajali va V, G va D toifali (portlash-yongʻin xavfi boʻyicha) ishlab chiqarish yoki ombor binolarining ichga oʻrnatilgan qurilmalarida va qoʻshimcha qurilmalarida joylashishiga yoʻl qoʻyiladi.
Olovbardoshliligi I va II darajali taqab qurilgan qurilmalarni olovbardoshliligi I va II darajali ishlab chiqarish (omborxona) binosidan 1-turdagi EI 45 yongʻinga qarshi pardevorlar bilan ajratish kerak.
Olovbardoshliligi II darajadan past boʻlgan taqab qurilgan qurilmalarni, shuningdek olovbardoshliligi II darajadan past boʻlgan ishlab chiqarish binolariga taqab qurilgan qurilmalarni A va B toifali xonalar va binolarga taqab qurilgan qurilmalarni 1-turdagi REI 150 yongʻinga qarshi devorlar bilan ajratish lozim. Olovbardoshliligi III darajali taqab qurilgan qurilmalarni olovbardoshliligi III darajali ishlab chiqarish binolaridan 2-turdagi REI 45 yongʻinga qarshi devorlar bilan ajratishga yoʻl qoʻyiladi.
Olovbardoshliligi I va II darajali ichga oʻrnatilgan qurilmalarni V, G va D toifadagi ishlab chiqarish xonalaridan yongʻinga qarshi 1-turdagi EI 45 pardevorlar bilan olovbardoshliligi III darajali binolarda yongʻinga qarshi 2-turdagi REI 45 devorlar bilan ajratishga yoʻl qoʻyiladi. Koʻrsatilgan devorlar KO yoki K1 sinfiga mansub boʻlishi kerak.
Qoʻshimcha qurilmalarning qavatlari ikkitadan oshmasligi va V, G va D toifadagi ishlab chiqarish xonalaridan yongʻinga qarshi REI 45 devorlar va yongʻinga qarshi REI 45 orayopmalar bilan ajratish kerak.
Yongʻinga qarshi 1-turdagi EI 45 pardevorlar va yongʻinga qarshi 2-turdagi REI 45 devorlar bilan ajratiladigan ichga oʻrnatilgan qurilmalarning, shuningdek qoʻshimcha qurilmalar va ishlab chiqarish xonalarining jamlama maydoni mazkur SHNQda oʻrnatilgan yongʻinga qarshi boʻlinmaning maydonidan oshmasligi kerak.
166. Yertoʻlalardan evakuatsiya chiqishlarni, bevosita tashqariga chiqadigan alohida zinapoya kataklari orqali tuzish koʻzda tutiladi. Yertoʻladan chiqishni zinapoya katagining qolgan qismidan 1-turdagi EI 45 yongʻinga qarshi yaxlit pardevor bilan ajratilgan umumiy zinapoya kataklarining tashqariga chiqishlari orqali tashkil qilishga yoʻl qoʻyiladi. Yertoʻla va birinchi qavat oʻrtasidagi aloqani birinchi qavat yoʻlagiga olib boradigan alohida zinapoyalar orqali amalga oshirish lozim.
167. Binodan bitta evakuatsiya chiqishini (eshik) quyidagi hollarda inobatga olish kerak:
bir paytning oʻzida koʻpi bilan 50 nafar odam hozir boʻlgan istalgan qavatda joylashgan xonadan, agar xona polining eng uzoq nuqtasidan chiqishgacha boʻlgan masofa 25 m dan oshmasa;
umumiy maydoni 300 m2 dan oshmagan bir qavatli binoning hamma xonalarida ishlovchilar soni 50 nafardan oshmasa;
binoning olovbardoshlilik darajasi, qavatlari soni va eng koʻp aholi jamlangan qavatdan evakuatsiya qilinadiganlarning soni ushbu SHNQning 2-ilovasi 8-jadvalida koʻrsatilgan maʼlumotlarga mos kelsa va agar ushbu qavatdan, SHNQ 2.01.02-04 hamda SHNQ 2.08.02-23 talablariga muvofiq bajariladigan 3-turdagi zinapoyaga ikkinchi chiqish tashkil qilingan boʻlsa.
168. Sanitariya-maishiy va maʼmuriy xonalardan evakuatsiya qilinayotganlar soni smenada ishlayotganlar soniga, oshxonalar, majlislar va kengashlar zallaridan evakuatsiya qilinayotganlar soni zallardagi 25 foizga koʻpaytirilgan joylar soniga mos boʻlishi lozim.
169. Oʻtish joylari, yoʻlaklar va evakuatsiya yoʻllaridagi boshqa gorizontal maydonlarining eni evakuatsiya qilinadiganlar oqimlarining zichligi 1 m2 ga koʻpi bilan 5 nafar odam hisobidan qabul qilinishi lozim. Bunda xonadagi oʻtish joylarining eni kamida 1,2 m boʻlishi kerak.
Yoʻlak yoki boshqa binoga oʻtish joyi quyidagicha loyixalash kerak:
eni 1,8 m dan kam boʻlishi kerak;
uzunligi 30 m gacha boʻlgan yoʻlak enini 1,6-1,5 m deb qabul qilinishiga yoʻl qoʻyiladi.
Xonalar va yoʻlaklardan zinapoya kataklariga evakuatsiya chiqish eni, shuningdek zinapoya marshlarining eni, ushbu chiqishdan evakuatsiya qilinayotganlar sonidan kelib chiqib, binolarning quyidagi olovbardoshlilik darajasiga qarab, chiqish (eshik) enining 1 m ga hisoblanib belgilanishi kerak (tomosha zallariga ega binolar bundan mustasno):
I, II 165 odam/min dan ortiq emas;
III 115 odam/min dan ortiq emas;
IV 80 odam/min dan ortiq emas.
Zinapoya marshlarining eni eng koʻp odam joylashgan qavatdan zinapoya katagiga chiqish enidan kam boʻlmasligi 1,35 m dan kam boʻlmasligi, koʻpi bilan 50 nafar odamga xizmat koʻrsatadigan zinapoyalar uchun 1,2 m dan kam boʻlmasligi (5 nafargacha odamga moʻljallangan alohida xonalar uchun 1,0 m boʻlishi) lozim.
170. Zinapoya kataklari yoki tashqi chiqishlar oraligʻida yoʻlak boʻylab eshikdan eng uzoqda joylashgan xonaning eshigidan eng yaqin zinapoya katagi yoki tashqariga chiqish joyigacha boʻlgan masofa ushbu SHNQning 2-ilovasi 9-jadvalida koʻrsatilgan qiymatdan oshmasligi lozim (hojatxonalar, yuvinish xonalari, dush xonalar, chekish xonalari bundan mustasno).
171. Zinapoya kataklari oʻrtasidagi yoʻl qoʻyilgan masofalar ortib ketgan taqdirda, ichiga oʻrnatilgan qurilmalar va qoʻshimcha qurilmalarda ishlab chiqarish xonalarida yongʻin paytida tutun qoplamaydigan 2 chi yoki 3 chi turdagi zinapoya kataklarini koʻzda tutish lozim. Bunda koʻrsatib oʻtilgan zinapoya kataklaridan olovbardoshlilik darajasi I-III boʻlgan G va D toifadagi binolar (xonalar)ga evakuatsiya chiqishlarni inobatga olib loyixalash lozim.
Boshi berk yoʻlakka chiqiladigan xonalardan zinapoya katagiga chiqishgacha boʻlgan masofani 2-martaga qisqartirilishi kerak.
172. Yoʻlaklarni 2-turdagi yongʻinga qarshi toʻsiqlar bilan 60 m dan oshmagan uzunlikdagi boʻlmalarga ajratish lozim. Koʻp qavatli binolarda yer ustidagi qavatlarda joylashgan yoʻlaklar (evakuatsiya yoʻllari) yoʻlak toretslaridan yoki yorugʻlik choʻntaklari (xollar) orqali tabiiy yoritilishiga yoʻl qoʻyiladi.
173. Ishlab chiqarish binolarining antresollari yoki maydonchalarida joylashtiriladigan qoʻshimcha qurilgan xonalardan ishlab chiqarish xonalariga ochiq zinalardan chiqishlar tashkil qilinishiga yoʻl qoʻyiladi.
Qoʻshimcha qurilgan xonalarning chiqishlaridan tashqariga chiqishlargacha boʻlgan masofalar ushbu SHNQ ga muvofiq portlash-yongʻin chiqish va yongʻin chiqish jihatdan xavfli xonalar toifasiga bogʻliq holda qabul qilinishi lozim.
174. Istalgan nuqtadan mazkur xonaning eng yaqin evakuatsiya chiqishigacha boʻlgan masofa olovbardoshliligi quyidagicha bulishi kerak:
I va II darajasiga mansub binolarda 25 m dan;
III darajali binolarda 15 m dan;
IV darajali binolarda 12 m dan oshmasligi lozim.
175. Binolar, taqab qurilgan qurilmalar, ichiga oʻrnatilgan qurilmalar va qoʻshimcha qurilmalarda har bir qavatda ochiladigan oynavand oraliq (proyom)lari boʻlgan 1-turdagi L1 oddiy zinapoya kataklari hisobga olinishi lozim.
Qavatlar soni uchtadan oshmagan olovbardoshlilikning I va II darajasiga mansub binolarda zinapoya kataklarining 50 foizi tabiiy yorugʻlik tepadan tushadigan 2-turdagi L2 zinapoya kataklari sifatida koʻzda tutiladi. Bunda zinapoya marshlari oʻrtasidagi masofa kamida 1,5 m boʻlishi kerak.
Asosiy (bosh) zinapoyalarni, qolgan (ikkitadan kam boʻlmagan) zinapoyalar odatiy zinapoya kataklari — L1 da joylashtirilgan boʻlsa, binoning butun balandligi boʻylab ochiq holda loyihalashga yoʻl qoʻyiladi. Bunda ochiq zinapoyalar joylashtirilgan vestibyullar va har qavatdagi xollar yondosh xonalar va yoʻlaklardan yongʻinga qarshi EI 45 pardevorlar bilan ajratilgan boʻlishi lozim.
176. Yerusti va yerosti qavatlarda joylashgan hamda tabiiy jihatdan yoritilmaydigan xonalar va yoʻlaklardan SHNQ 2.04.05-22ga asosan tutunga qarshi shamollatish, tortuvchi ventilyatsiya tizimlari inobatga olib loyixalash kerak.
Tashki devorlarga yopishgan yerosti xonalaridan tutunni yorugʻlik oraliq (proyomlari) yonidagi oʻyiqlar (priyamkalar) orqali chiqarib yuborilishi lozim.
177. Zinapoya kataklarining ichki devorlaridagi oynavand eshiklar va ularning tepasidagi framugalarni olovbardoshlilikning hamma darajasiga mansub binolarda qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi. Bunda toʻrt qavatdan balandroq binolarda armaturalangan oyna qurilgan boʻlishi kerak.
178. Odamlar muttasil boʻladigan xonalarning hamda texnik va gigiyenik talablarga binoan quyosh nurlarining tushishi va oʻta isib ketishiga yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan xonalarning yorugʻlik oraliqlari yonmaydigan materiallardan tayyorlangan, quyoshdan saqlaydigan qurilmalar bilan taʼminlanishi lozim.
Quyoshdan saqlaydigan qurilmalarning konstruksiyalari yongʻin oʻchiruvchilarning xonaga kirishiga va binodan odamlarning evakuatsiya qilinishiga toʻsqinlik qilmasligi kerak.
179. 75 nafardan ortiq odamga moʻljallangan zallar devorlari, pardevorlari va shiftlari yuzalarini qoplash va bezash yonmaydigan yoki Yo1 guruhga mansub kuchsiz yonadigan materiallardan amalga oshirilishi lozim.
180. Alohida turgan maʼmuriy-maishiy binolar, taqab qurilgan, ichiga oʻrnatilgan, qoʻshimcha qurilmalarning hamma xonalari, qavatlar sonidan qatʼiy nazar, yongʻinga qarshi avtomatik signalizatsiya bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Bunda nam jarayonlar kechadigan xonalar bundan mustasno.
Balandligi 28 m dan ortiq binolar avtomatik yongʻin oʻchirish moslamalari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Yongʻin toʻgʻrisida xabar berish, odamlarni ogohlantirish va evakuatsiya qilish tizimlari SHNQ 2.04.09-21 talablariga muvofiq loyihalash lozim.
6-bob. Maʼmuriy va maishiy binolarining xonalari
1-§. Maʼmuriy boshqaruv va konstruktorlik xonalari
181. Korxonalarning maʼmuriy binolarida boshqaruv, konstruktorlik, axborot-texnik va oʻquv vazifasini bajaradigan, mehnat muhofazasi, madaniy-maʼrifiy va ijtimoiy vazifani bajaridagan xonalar joylanishi kerak.
Umumiy zavod maʼmuriy binolari va sex maʼmuriy xonalarining tarkibi loyihalash topshirigʻiga asosan belgilanishi lozim.
Boshqaruv xizmatlari va konstruktorlik xonalari quyidagicha qabul qilish kerak:
bir nafar boshqaruv xodimiga — 4 m2;
bir nafar konstruktorlik xodimiga — 6 m2;
ishlayotgan nogironligi bulgan shaxslarga 5,65 va 7,65 m2.
Ish joylarini elektron asbob-uskunalar bilan jihozlanishi va ish xonalarida jamoaviy foydalanish moslamalarini joylashtirishda, xonalardan foydalanish boʻyicha texnik shartlar talablariga muvofiq, ularning maydonlarini kattalashtirishga yoʻl qoʻyilishi mumkin.
Tashrif buyuruvchilar uchun qabul xonalari quyidagicha loyixalash kerak:
bir nafar ishlovchiga moʻljallangan xona maydoni kamida — 12 m2;
uch nafar ishlovchiga moʻljallangan xonalar maydoni kamida — 15 m2.
Rahbar xonasi oldida qabulxona inobatga olinishi lozim:
bitta xona uchun qabulxona maydoni kamida — 9 m2;
ikkita xona uchun 12-18 m2.
Gabaritlari katta asbob-uskuna joylashtirilgan xonalar (konstruktorlik byurolari, laboratoriyalar) maydonlari texnologik shart-sharoitlarga koʻra belgilanishi kerak.
182. Majlislar zallari va universal vazifalarni bajaradigan xonalarning sigʻimi (muhandis-texnik xodimlarning sonini hisobga olgan holda) loyihalash topshirigʻiga asosan belgilash lozim.
Xodimlar soni 100-150 nafar boʻlganida, majlislar oʻtkazish uchun zal maydoni 40-50 m2 boʻlgan xona inobatga olib loyixalanishi kerak.
Muzokaralar (suhbatlar) uchun moʻljallangan xonaning maydoni kamida 40-50 m2 boʻlishi lozim.
Konferensiya zalining maydoni (zaldagi bitta joy uchun 1,3-1,5 m2 hisobidan) kamida 50 m2 boʻlishi kerak.
200 ta va undan ortiq oʻringa moʻljallangan tomosha zallarining maydoni zaldagi bitta joy uchun 0,7-0,9 m2 hisobidan qabul qilinishi lozim.
100 ta va undan ortiq oʻringa moʻljallangan tomosha zalidagi bitta oʻringa 0,3 m2 hisobidan qabul qilish lozim. Bunda eni kamida 2,4 m boʻlishi kerak.
Ishlaydiganlar qatorida nogironligi boʻlgan shaxslar uchun oʻrindiqli aravachalardan foydalanadiganlar boʻlgan holda majlislar zallarida har bir oʻringa kamida 1,65 m2 boʻlgan qoʻshimcha maydonni inobatga olish kerak.
Majlislar zallari va muzokaralar olib boriladigan xonalardan 30 m masofada hojatxonalar boʻlishi taʼminlanishi lozim.
2-§. Axborot-texnik va oʻquv xonalari
183. Axborot-texnik vazifasini bajaradigan xonalar — ilmiy-texnik kutubxonalar, arxivlar, loyiha texnika kabinetlari, axborot markazlarining xonalari SHNQ 2.08.02-23 ga asosan loyihalash kerak.
Yopiq saqlanadigan kutubxona fondlari va arxiv hujjatlari xonalarining maydoni 1 mingta saqlash birligiga kamida 2,5 m2 boʻlishi zarur.
Ochiq saqlanadigan kutubxona fondlarining maydoni 1 mingta saqlash birligiga 4,5-5,0 m2 ni tashkil qilinishi lozim. Kutubxonaning umumiy maydoni kamida 15m2 boʻlishi kerak.
Kutubxona yoki arxiv xodimining bitta joyiga 6 m2 dan kam boʻlmagan maydon, bitta tashrif qiluvchining ish joyiga kamida 3 m2 boʻlgan maydon inobatga olinishi lozim.
Arxivning umumiy madoni kamida 8 m2 boʻlishi lozim. Kutubxonalar va arxivlarda kompyuterlardan foydalanadigan tashrif qiluvchilarning ishlashi uchun bitta ish joyiga 4-6 m2 hisobidan joylar inobatga olinishi kerak.
Katta formatdagi materiallar saqlanadigan loyiha-texnik kabinetlarning maydoni texnologik talablar boʻyicha saqlash hajmlari inobatga olingan holda belgilanadi.
184. Mehnat muhofazasi xonalarining maydoni korxonada ishlovchilarning roʻyxat boʻyicha sonidan kelib chiqib quyidagicha boʻlishi kerak:
1000 nafargacha odam sonida kamida 25 m2 boʻlgan hajmda;
ishlovchilar soni 1000 nafardan ortiq boʻlsa, kamida 50 m2 boʻlgan hajmda qabul qilinadi.
Qurilish maydonlari, transportga xizmat koʻrsatish punktlari va shu kabi boshqa holatlarda mehnat muhofazasi kabinetining maydoni 12-18 m2 ni tashkil qilishiga yoʻl qoʻyiladi
185. Tegishli asbob uskuna oʻrnatilgan nusxa koʻchirish-koʻpaytirish xizmati xonalarining maydoni kamida 12 m2 boʻlishi kerak. Nusxa koʻchirish-koʻpaytirish xizmati buyurtmalarini qabul qilish va berish xonasining maydoni bitta ish oʻrniga 6-8 m2 hisobidan qabul qilinishi kerak. Biroq kamida 12 m2 boʻlishi lozim.
186. Aloqa qurilmalari (asbob-uskunalari) — avtomatik telefon stansiyalari va radiouzellar va boshqalar joylashtiriladigan xonalarning maydoni texnologik talablar boʻyicha asbob-uskuna gabaritlari inobatga olinib belgilanishi kerak.
187. Korxonalarda oʻtkaziladigan nazariy oʻquv mashgʻulotlari uchun oʻquv xonalar loyixalanishi inobatga olinishi kerak. Mashgʻulot uchun xona maydoni kamida 20 m2 boʻlishi lozim. 15-20 nafar kishiga moʻljallangan kabinet 36-40 m2 maydonga ega boʻlishi kerak. Xonalarning soni va maydoni loyihalash topshirigʻiga asosan belgilanishi lozim.
3-§. Jamoat va madaniy-maʼrifiy vazifalarini bajaradigan xonalar
188. Alohida korxonalarning maʼmuriy binolari yoki maʼmuriy bloklaridagi jamoat (kasaba uyushmasi) va madaniy-maʼrifiy vazifalarni bajaradigan xonalar loyihalash topshirigʻiga asosan belgilanishi kerak:
ishlovchilar soni 100 nafargacha boʻlgan korxonalarda kasaba uyushmasi organi xonasining maydoni kamida — 15 m2;
ishlovchilar soni 400-500 nafar boʻlsa, kamida — 24 m2 boʻlishi lozim.
189. Kasaba uyushmasining majlislari va boshqa madaniy-ommaviy tadbirlar uchun moʻljallangan zallar bir smenada 30 foiz ishlovchi hisobidan loyihalashtiriladi (zaldagi bitta oʻrin uchun 0,9-1,2 m2 maydon hisobidan).Zallarning turi, sigʻimi, maydoni, asbob-uskunasi loyihalash topshirigʻi asosida belgilanishi kerak.
Bitta ishlab chiqarish binosida joylashtiriladigan bir nechta sex uchun ushbu sexlarning birida bitta smenada ishlaydiganlarning eng koʻp soni boʻyicha hisoblangan umumiy majlislar zali loyihalanishi, umumiy majlislar zali koʻpi bilan beshta sex uchun moʻljallanishi lozim.
4-§. Maishiy binolar va xonalar
190. Maishiy xonalar (sanitariya-gigiyena, oshxonalar, garderobxonalar, bufetlar va boshqalar) ning tarkibi texnologik asoslovlar va talablar boʻyicha (instruksiyalarga muvofiq) korxonada ishlovchilar sonidan, smenada ishlovchilar sonidan (eng koʻp sonli smena yoki smenaning qismi boʻyicha) kelib chiqib belgilanishi kerak.
Maishiy xonalarning tarkibi va maydonini aniqlashda smenalar soni, eng koʻp sonli smenada ishlovchilar soni, ishlayotgan erkaklar va ayollarning oʻzaro nisbati (ishlab chiqarish jarayonlarining guruhlari boʻyicha) hisobga olinishi lozim. Smenaning soni va tarkibi konkret shart-sharoitlar boʻyicha aniqlanishi lozim.
191. Bevosita ishlab chiqarishda band boʻlgan ishlovchilar uchun moʻljallangan sanitariya-maishiy xonalari ishlab chiqarish jarayonlarining texnologik xususiyatlari va asbob-uskuna tarkibiga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablari inobatga olinib ushbu SHNQ ning 3-ilovasiga muvofiq loyihalanishi kerak.
188. Sanitariya-maishiy xonalar tarkibiga quyidagilar kiritilishi lozim:
garderobxonalar;
dush xonalari;
yarimdushlarni tashkil qilish va ichimlik suv taʼminotini tashkil qilish uchun joylar;
yuvinish xonalari;
hojatxonalar;
ayollarning shaxsiy gigiyena xonalari;
isinish yoki sovutish uchun, shuningdek maxsus kiyimga ishlov berish, uni saqlash va berish uchun xonalar.
Mazkur xonalarga qoʻshimcha ravishda yana boshqa sanitariya-maishiy xonalari va asbob-uskunalar inobatga olinishi lozim.
192. Maishiy xonalarning geometrik parametrlari, asbob-uskuna oʻrtasidagi oʻtish yoʻllarining minimal eni ushbu SHNQning 9-ilovasi koʻrsatkichlariga mos kelishi kerak.
193. Korxonalardagi sanitariya-maishiy xonalarning tarkibi va maydoni texnologik talablar mazkur SHNQning 4-ilovasi koʻrsatkichlariga muvofiq xizmat koʻrsatilayotganlarning asbob-usukuna birligiga nisbatan hisobiy soni inobatga olinib qabul qilinishi lozim.
Ishlab chiqarish jarayonlarining 1v, 2v, 2g va 3b guruhlari uchun uy va maxsus kiyimlar garderobxonalari ushbu guruhlarning har biri uchun alohida boʻlishi kerak. Maxsus kiyim va poyabzal (maxsus kimim-bosh) tarkibi loyihaning texnologik qismida belgilanishi kerak.
Garderobxonalar oldida maxsus kiyim omborlari, hojatxonalar, navbatchi xodimlar uchun tozalash jihozlariga joy ajratilgan xonalar, poyabzalni tozalash joylari koʻzda tutilishi lozim. Maxsus kiyimlarni tozalash yoki zararsizlantirish har bir smenadan keyin amalga oshirilishi kerak boʻlgan hollarda, garderobxonalar oʻrniga maxsus kiyim-bosh tarqatiluvchi xonalar koʻzda tutilishi lozim. Poyabzal va kiyimlarni (maxsus kiyimlarni) tozalash va zararsizlantirish har bir smenadan keyin amalga oshirilishi kerak boʻlgan hollarda, garderobxonalar oʻrniga maxsus kiyim tarqatiluvchi xonalarni inobatga olib loyixalanishi kerak.
Korxonada roʻyxatga binoan ishlayotganlar soni 50 nafargacha boʻlsa, hamma ishlab chiqarish jarayonlari uchun umumiy garderobxona tashkil qilinishiga yoʻl qoʻyiladi.
194. Dushxonalar ochiq dush xonalari sifatida jihozlanadi, dush kabinkalarining bir qismi (15-25 foiz yoki koʻprogʻi) yopiq turda tashkil qilinishiga yoʻl qoʻyiladi.
Ochiq xonalar oraligʻidagi ikki tomondan oʻtiladigan dushxonalar 1v, 3b guruhga mansub ishlab chiqarish jarayonlarida, shuningdek texnologik talablari boʻyicha inobatga olinishi kerak.
Koʻp qavatli maʼmuriy va ishlab chiqarish binolarida hojatxonalar har bir qavatda boʻlishi kerak. Hojatxonalar ustma-ust ikkita qavatda ishlovchilar soni 30 nafar yoki undan kamroq boʻlsa, ishlovchilar soni koʻproq boʻlgan qavatlardan birida joylashtirilishi mumkin. Uchta qavatda ishlovchilar soni 10 kishidan kam boʻlsa, uch qavatga bitta hojatxona koʻzda tutilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Smenada ishlovchilar soni 15 kishidan oshmagan hollarda bitta hojatxona oʻrnatish kerak.
Hojatxonalar bloki tarkibida oʻrindiqli-aravachadan foydalanadigan nogironligi boʻlgan shahslar uchun alohida kabina inobatga olinishi lozim.
Ayollar sanitariya uzelida shaxsiy gigiyena kabinasi joylashtirilishi (qoʻl yuvgich, unitaz va bide bilan jihozlangan) uning maydoni sanitariya uskunalarini joylashtirilishiga qarab belgilanadi. Bitta shaxsiy gigiyena xonasi ishchi smenadagi 60-70 nafar ayolga moʻljallanadi, biroq ayollar sanitariya uzeli tarkibida bittadan kam boʻlmasligi lozim.
195. Ishlab chiqarish binolaridagi ish joylaridan hojatxonalar, chekish joylari, isitish yoki sovutish xonalari, yuvinish xonalari hamda ichimlik suvi taʼminoti qurilmalarigacha boʻlgan masofa 75 m dan oshmasligi kerak.
Ish joylaridan kiyim almashtirish xonalari (garderoblar) va dush xonalarigacha boʻlgan masofa 100 m dan oshmasligi lozim.
Korxona maydonida ushbu koʻrsatilgan masofalar 150 m dan oshmasligi kerak.
196. Maxsus kiyimlar uchun garderobxonalar, dushxonalar va dushxona dahlizlari, yuvinish xonalari, hojatxonalar, quritish xonalari, maxsus kiyimlarni changsizlantirish va zararsizlantirish xonalarining devorlari va pardevorlari kamida 2 m balandlikda boʻlishi va ularni yuvish vositalaridan foydalanib issiq suv bilan yuvsa boʻladigan materiallardan qilingan boʻlishi lozim.
Koʻrsatib oʻtilgan xonalarning devorlari va pardevorlari 2 metrlik belgidan baland boʻlishi, shuningdek shiftlari suvga chidamli qoplamaga ega boʻlishi lozim.
197. Maxsus kiyimlarni yuvish uchun ishlab chiqarish korxonalari qoshida yoki korxonalar guruhi uchun kimyoviy tozalash boʻlimiga ega boʻlgan kirxonalar inobatga olib loyihalanishi lozim.
Xonalarning tarkibi va maydonlari texnologik talablar boʻyicha, qoʻllanayotgan asbob-uskuna, sanitariya talablariga binoan ishlov berish hajmlari inobatga olinib belgilanishi kerak.
Kichik quvvatdagi kirxonalar va kimyoviy tozalash xonalarining taxminiy tarkibi SHNK 2.08.02-23 da keltirilgan. Kirxonaga tashrif qiluvchilar va maxsus kiyimlarni taʼmirlash uchun bitta ish joyiga 9 m2 hisobidan xonalar inobatga olinib loyihalanishi lozim.
198. Kiyimlar va poyabzal punktlari roʻyxatdagi har 1000 nafar kishi uchun poyabzal taʼmiri boʻyicha bitta ish joyi va kiyimlar taʼmiri boʻyicha ikkita ish joyi hisobidan koʻzda tutilishi kerak.
199. Markazlashgan, maxsus kiyimlar va shaxsiy himoya vositalari omborini tashkil qilish zarurati loyihalash topshirigʻiga asosan belgilanishi kerak. Omborxonalarni loyihalanishida SHNQ 2.09.03-23, SHNQ 2.01.02-04 hamda SHNQ 2.01.19-22 talablariga muvofiq olinishi kerak.
5-§. Tibbiyot xonalari
200. Sanoat korxonalarida tibbiyot xonalari, shuningdek loyihalash topshirigʻiga asosan sogʻlomlashtirish xizmati xonalari — bugʻxonalar (saunalar), jismoniy tarbiya zallari, gidromassajli basseynlar, ingalyatoriyalar, fatoriyalar, qoʻl va oyoq vannalari, davolovchi dushlar uchun xonalar, ish vaqtida qisqa muddatli dam olish yoki psixolog xonasi inobatga olib loyihalanishi lozim.
201. ishlovchilarning tibbiyot xonalarining maydoni ishlovchilarning sonidan quyidagicha boʻlishi kerak:
30 — 100 nafar ishlovchilar uchun, maydoni — 12-14 m2;
100 — 150 nafar ishlovchilar uchun,maydoni — 16 m2;
200 — 300 nafar ishlovchilar uchun,maydoni — 20 m2.
Tibbiyot xonalari sovuq va issiq suv bilan taʼminlangan qoʻl yuvgich (umivalnik) boʻlishi lozim.
202. Tibbiyot xonalari sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq mehnat muhofazasi talablari inobatga olingan holda koʻzda tutilishi kerak.
Bitta tibbiyot xonasida xizmat koʻrsatiladiganlar soni quyidagicha qabul qilinishi kerak:
yerosti ishlarida — koʻpi bilan 500 nafar kishi;
kimyo, togʻ-kon, koʻmir va neftni qayta ishlash sanoati korxonalarida — koʻpi bilan 1200 nafar kishi;
boshqa sohalardagi korxonalar — koʻpi bilan 1700 nafar kishi.
Tibbiyot xonalari ushbu SHNQning 5-ilovasiga muvofiq loyihalanishi kerak.
Tibbiyot xonalari maʼmuriy-maishiy yoki ishlab chiqarish binolarining birinchi qavatida joylashtirilishi lozim.
Kutish vestibyuli, yara bogʻlash xonalari, shifokorlar qabulxonalari, fizioterapiya xonalari, bemorlar vaqtincha boʻladigan xonalar gabaritlari SHNQ 2.08.02-23 talablariga muvofiq loyihalanishi kerak.
203. Bugʻlanadigan xonalar (saunalar) olovbardoshlilikning I va II darajasiga mansub maʼmuriy-maishiy binolarda SHNQ 2.08.02-23 ga asosan boʻlishi lozim.
204. Tibbiyot xonalari tarkibida ingalyatoriyalar va fotariyalar boʻlishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda, har bir xonaning maydoni kamida 14 m2 boʻlishi lozim.
205. Qoʻl vannalari qoʻllarga taʼsir qiladigan titrash (vibratsiya) bilan bogʻliq ishlab chiqarish jarayonlarida koʻzda tutiladi.
Smenada ishlaydigan va qoʻl vannalaridan foydalanadiganlar soni 100 nafar va undan koʻproq kishidan iborat boʻlsa, qoʻlvannalari va elektr qoʻl kuritgichlar bilan jihozlangan alohida xonalarda joylashtirilishiga yoʻl qoʻyiladi;
Qoʻl vannalarini ishlab chiqarish xonalarining alohida ajratilgan zonalarida joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
Qoʻl vannalari uchun moʻljallangan xonalarning maydonlari bitta vannaga 1,5 m2 hisobidan qabul qilinadi, vannalar soni smenada ishlovchilarning qoʻl vannadan fodalanadigan uch nafariga kamida 1 ta boʻlishi lozim.
206. Oyoqlar gidromassaji uchun qurilmalari boʻlgan oyoq vannalari tik turib ishlash yoki oyoqlarga taʼsir qiladigan vibratsiya bilan bogʻliq ishlab chiqarish jarayonlarida koʻzda tutilishi kerak.
Oyoq vannalari yoki garderobxonalarda bitta vannaga 1,5 m2 maydon hisobidan joylashtirilishi kerak.
Vannalarning soni texnologik hisob-kitob boʻyicha qabul qilinishi lozim.
207. Ish vaqtida dam olish joylari, shuningdek ruhiy yengillashish xonalari tibbiyot xonalarida kiyimlar uchun garderobxonalarda joylashtirilishi mumkin.
Qisqa vaqt dam olish joylarini sexlarning maxsus ajratilgan maydonlarida joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi va bu yerlarda shovqin darajasi 45 DBA dan yuqori boʻlmasligi va havo muhitining tegishli gigiyenik parametrlarining taʼminlanishi talab qilinadi (taxminan jamoat xonalaridagidek).
Dam olish va ruhiy yengillashish uchun moʻljallangan xonalarda dam olish kreslolari hamda massaj kreslolalari, mahsus tetiklashtiruvchi ichimliklarni tayyorlash va tarqatish uchun joylar, shuningdek trenajyorlarni oʻrnatish uchun joylar (bitta trenajyorga kamida 6 m2) koʻzda tutilishi lozim.
208. Tibbiyot xonalarida hosil boʻladigan tibbiyot chiqindilari bilan bogʻliq ishlar SanQvaN 0317-15ga asosan amalga oshirilishi lozim.
6-§. Umumiy ovqatlanish va savdo-maishiy xizmat koʻrsatish binolarining xonalari
209. Ishlab chiqarish korxonalarida ishlovchilarni umumiy yoki parhezli ovqat bilan taʼminlash texnologik asoslovlar va loyihalash topshirigʻiga asosan belgilanishi kerak.
Bitta smenada ishlaydiganlar soni kamida 30 kishigacha boʻlsa, korxonalarda ovqat qabul qilish uchun xona tashkil qilishga yoʻl qoʻyilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Bitta smenada ishlaydiganlar soni 30 kishidan — 200 nafargacha boʻlsa, bufetlar va
kafeteriylar inobatga olinishi mumkin;
Tarkibi ushbu SHNQning 7-ilovasiga muvofiq belgilanishi kerak.
Bir smenada ishlaydiganlar soni 200 va undan ortiq kishi boʻlsa, oshxonalarni tashkil qilish kerak. Oshxonalarning sigʻimi loyihalash topshirigʻida belgilanishi kerak (taxminiy hisobiy koʻrsatkich — koʻp sonli smenada toʻrt nafar ishlovchiga bitta joy).
Umumiy turdagi va parhezli oshxonalarni SHNQ 2.08.02-23 talablariga muvofiq loyihalash lozim.
Ovqatlanish xonalarining tarkibi va ulardan aholiga xizmat koʻrsatish uchun foydalanish imkoniyati loyihalash topshirigʻida inobatga olinishi lozim.
Ish joylaridan korxonalar maydonchalaridagi umumiy ovqatlanish obyektlarigacha boʻlgan masofa 300 m dan oshmasligi kerak.
210. Ovqatlanish xonasi keluvchilarning bitta joyi uchun 1,3 m2 hisobidan inobatga olinadi (biroq kamida 14 m2 boʻlishi lozim). Xona qoʻlyuvgich, statsionar suv qaynatish uskunasi, elektr plita bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Ishlaydiganlar soni bitta smenada 10 nafar kishidan kam boʻlsa, ovqatlanish xonasi uchun xonada (6 m2 kam boʻlmagan) ovqatlanish joyi inobatga olinishi lozim (bunda ushbu joy oʻrniga xodimlar qoʻlyuvgich bilan jihozlanadi).
211. Ishlaydiganlar soni 1000 nafar va undan ortiq boʻlgan ishlab chiqarish korxonalarida savdo xizmati koʻrsatish va oshpazlik mahsulotlarini sotish punktlari, shuningdek maishiy xizmat koʻrsatish punktlari (kiyim-kechak va poyabzal, maishiy asboblarni taʼmirlash, kirxona va kimyoviy tozalash punktlari va boshqalar) inobatga olinishi lozim.
Savdo xizmati koʻrsatish va oshpazlik mahsulotlarini sotish punktlari roʻyxatga binoan 1000 nafar ishlovchilar soniga ikkitadan kam boʻlmagan ish joyi hisobidan tashkil qilinishi kerak.
Savdo xizmati koʻrsatish, buyurtmalarni tayyorlab berish va oshpazlik mahsulotlarini sotish punkti 20-25 m2 va undan kattaroq savdo zaliga va yordamchi xonalarga ega boʻlishi (rakovina-yuvgich va muzlatgich bilan birga) lozim.
3-5 ishchi oʻringa ega boʻlgan maishiy xizmat koʻrsatish boʻyicha kompleks qabul qilish punkti buyurtmalarni qabul qilish uchun 12 m2 dan kam boʻlmagan vestibyulni, ishlab chiqarish va qoʻshimcha vazifalarni bajaradigan xonalarni oʻz ichiga oladi (ularning maydonlari texnik asoslovlar boʻyicha belgilanadi).
7-bob. Maʼmuriy va maishiy binolarning muhandislik asbob-uskunalari
1-§. Havoni isitish, shamollatish va konditsiyalashtirish
212. Maʼmuriy va maishiy binolar va xonalarning isitish va shamollatish tizimini loyihalash SHNQ 2.04.05-22 talablariga muvofiq amalga oshirish lozim.
213. Maʼmuriy va maishiy binolarning asosiy xonalaridagi (ishchi xonalari va boshqaruv kabinetlari, konstruktorlik byurolari, oʻquv markazlari, kutubxonalar, arxivlar, konferenszallar, ishlovchilarga xizmat koʻrsatish xonalari, kompyuter texnikalari uchun xonalar, umumiy ovqatlanish, savdo, maishiy xizmat koʻrsatish xonalari, tibbiy punktlar xonalari va boshqalar) hisobiy temperatura va havo almashinuvi yilning sovuq mavsumi uchun SHNQ 2.08.02-23 talablariga muvofiq xonalarning vazifasidan kelib chiqib qabul qilinishi lozim.
Yilning issiq mavsumida ushbu xonalardagi havoning hisobiy parametrlari loyihalash topshirigʻida belgilanishi lozim.
214. Maʼmuriy va maishiy binolarning yordamchi xonalaridagi havoning hisobiy temperaturasi va havo almashinuv karraligi yilning sovuq mavsumi uchun SHNQ 2.08.02-23 boʻyicha, shuningdek mazkur SHNQning 10-ilovasi boʻyicha qabul qilinishi lozim.
215. Yordamchi va sanitariya-gigiyena vazifasini bajaradigan xonalar uchun havo harorati va namligi yilning issiq mavsumida normalashtirilmaydi.
216. Dushxonalardan chiqarib yuboriladigan havo oʻrnini toʻldirish uchun havoning oqib kirishini garderobxonalarda inobatga olish kerak.
Dushxonalar, dushxona dahlizlari va garderobxonalar devorlari va pardevorlarining ustki qismida jalyuzali panjaralarni oʻrnatish inobatga olish kerak.
217. Yilning issiq mavsumida tashqi havoning honalarga ochiladigan derazalar orqali tabiiy kirib kelishini inobatga olib loyihalanishi kerak. Derazasiz xonalar uchun tashqi havoni sunʼiy uzatish tizimlari orqali, shuningdek tashqi havoga ishlov berish zarurati tugʻilganda, uzatish inobatga olinishi lozim.
218. Havoni bevosita xonalardan tabiiy yoki sunʼiy havo haydash tizimlari bilan chiqarib tashlash inobatga olinishi lozim. Dushxonalar va uchta hamda undan ortiq sanitariya asboblari boʻlgan sanitariya uzellari uchun sunʼiy havo xaydaydigan tortish tizimlari loyihalanishi kerak.
219. Garderobxonalardan havo dushxonalar orqali chiqarib yuborilishi kerak. Agar garderobxonaning talabdagi havo almashinuvi dushxonadagi havo almashinuvdan ortiq boʻlsa, havo dushxona orqali, ushbu dushxona uchun belgilangan hajmda, chiqarib yuborilishi tavsiya qilinadi, farqi esa bevosita gardeborxonadan chiqarib yuboriladi.
220. Tibbiyot xonalari, dushxonalar, sanitariya uzellari uchun tortuvchi ventilyatsiyaning alohida tizimlari inobatga olinishi lozim. Garderobxonalar qoshidagi dushxonalar va sanitariya uzellari uchun birlashtirilgan tortuvchi ventilyatsiyani tashkil qilishga yoʻl qoʻyiladi.
221. Garderobxonalarda loyihalash topshirigʻi boʻyicha ishdan tashqari vaqtda maxsus kiyimlarni quritish uchun havo (namlik) tortuvchi ventilyatsiya bilan jihozlangan shkaflarni oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda har bir shkafdan 10 m3 /h hajmda havo kelib turishi talab qilinadi.
2-§. Suv taʼminoti va kanalizatsiya
222. Maʼmuriy va maishiy binolarda xoʻjalik-ichimlik, yongʻinga qarshi va issiq suv taʼminoti, kanalizatsiya va oqava quvurlar inobatga olinishi SHNQ 2.08.02-23, SHNQ 2.01.02-04 hamda SHNQ 2.04.01-22 talablariga muvofiq loyihalanishi lozim.
Xoʻjalik-maishiy ehtiyojlar uchun qoʻshimcha ravishda quyosh issiqligi suv taʼminoti qurilmalaridan foydalanish kerak. Quyosh issiqligi suv taʼminoti qurilmalarini loyihalashtirish uchun SHNQ 2.04.01-22 hamda SHNQ 2.04.16-23 talablariga muvofiq loyihalanishi kerak.
3-§. Elektr texnikasi qurilmalari
223. Maʼmuriy va maishiy binolarda elektr asbob-uskunalari, elektr chiroqlari, shahar telefon aloqasi qurilmalari va boshqa elektr texnikasi qurilmalarini SHNQ 2.08.02-23, SHNQ 2.01.02-04, SHNQ 2.04.17-19, SHNQ 2.01.05-24, SHNQ 2.04.20-22 hamda Elektr qurilmalarini oʻrnatish qoidalari talablariga muvofiq oʻrnatish kerak.
Qoʻshimcha elektr taʼminotini taʼminlash uchun SHNQ 2.04.15-23 talablariga muvofiq fotoelektr stansiyalaridan foydalanish kerak.
224. Maʼmuriy va maishiy binolar mahalliy (ichki) telefon aloqasi qurilmalari, mahalliy simli eshittirish qurilmalari, avtomatlashtirish va dispetcherlashtirish tizimlari hamda boshqa turdagi qurilmalar bilan jihozlanishi lozim.
Ishlovchilar soni 10 nafar kishidan kam boʻlgan alohida binolar uchun shahar telefon aloqasi qurilmasini inobatga olmasa ham boʻladi. Bunda maʼmuriy boshqaruv binolari bundan mustasno.
4-§. Gaz taʼminoti
225. Maʼmuriy va maishiy binolarning gaz taʼminoti tizimlarini SHNQ 2.08.02-23 hamda SHNQ 2.04.08-22 talablariga muvofiq loyihalash lozim.
8-bob. Sanoat korxonalari inshootlari
1-§. Asosiy qoidalar
226. Ushbu 8-bob talablari yangi va rekonstruksiya qilinadigan sanoat korxonalari inshootlariga nisbatan tatbiq etiladi.
sanoat korxonalari inshootlari quyidagi guruhlarga ajratilishi kerak:
yer osti inshootlari;
tirgovuch devorlar;
yertoʻlalar;
yer osti yoʻlaklari va kanallar;
tushiriladigan quduqlar;
suyuqlik va gazlar uchun idish qurilmalar;
neft va neft mahsulotlari uchun rezervuarlar;
gazgolderlar;
sochiluvchan materiallar uchun idish qurilmalar;
bordon (zakrom)lar;
bunkerlar;
sochiluvchan materiallarni saqlash uchun siloslar va silos korpuslari;
yer usti inshootlari;
etajerkalar va maydonchalar;
ochiq kranli estakadalar;
texnologik quvurlar uchun alohida turadigan tayanchlar va estakadalar;
galereyalar va estakadalar;
yuk tushirish temir yoʻl estakadalari;
baland inshootlar;
gradirnyalar;
foydali qazilmalarni qazib olish uchun korxonalarning minorali koprlari;
moʻrilar;
tortuvchi minoralar;
suv minoralari.
227. Ushbu bob talablari maxsus (portlovchi moddalar ishlab chiqariladigan va saqlanadigan, maxsus yonuvchi mahsulotlar saqlanadigan, fuqarolarni himoya qilish va boshqalar) inshootlarga, shuningdek ishlatish muddati 5 yilgacha boʻlgan inshootlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
228. Zilzilaliligi 9 va undan yuqori balldan koʻp boʻlgan yerlarda shu yerlik xom ashyo resurslarini ishlash bilan bogʻliq boʻlmagan va axoliga bevosita xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlmagan sanoat korxonalari va inshootlar qurilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Bunday korxonalarni qurishga, faqatgina ularni qurish texnik iqtisodiy tomondan maqsadga muvofiqligi ularni kamroq zilzilalili hududlarda joylashuvini solishtirilishi natijalari haqidagi maʼlumotlar bilan asoslab berilgandagina yoʻl qoʻyiladi.
Bunday hududlarda qurilishni zarurligi tasdiqlanganda qimirlaydigan (mobil) bino va inshootlarni kurish kerak.
229. Suv taʼminoti va kanalizatsiya uchun idish qurilmalarni SHNQ 2.04.02-19 hamda QMQ 2.04.03-19 talablarga muvofiq loyhalash lozim.
230. Loyihalashlashtirishda quyidagilarni amalga oshirish kerak:
inshootni, shuningdek qurilishning hamma bosqichlarida (tayyorlash, montaj) va foydalanishda alohida elementlarni kerakli mustahkamligini, chidamliligini va barqarorligini taʼminlovchi konstruktiv sxemalarni qoʻllash;
maxalliy qurilish materiallari va qurilmalaridan maksimal va tejamli fodalanish;
bir maydonchaga yigʻiladigan qurilmalar uchun boʻlgan qurilish mahsulotlari va materiallari tanlashda, umummaydon unifikatsiyasi talablariga rioya qilish;
inshootlarni toʻsish qurilmalari materiallarini, oʻrab turuvchi qurilma arxitekturasi, ishlovi va rangi bilan moslashtirish;
moʻrilardan va tortuvchi minoralardan chiquvchi atmosferani ifloslantiruvchi moddalardan, neft bugʻlanuvchi moddalardan va neft mahsulotlaridan, shuningdek, gruntga rezervuar va quvurlardan oqib kiruvchi suyuqliklardan ifloslanishni oldini olish choralarini koʻrgan holda, atrof muhitni saqlash talablariga rioya qilish.
231. Inshootlarning qurilish konstruksiyalari hisob-kitobi va loyihalanishi SHNQ 2.01.07-21, SHNQ 2.02.01-24, SHNQ 2.03.01-24, SHNQ 2.03.05-23 hamda SHNQ 2.03.11-24 talablariga muvofiq bajarish lozim.
Muntazam 50 oS dan baland boʻlgan texnologik haroratlar taʼsirida ishlashga moʻljallangan beton va temir-beton inshootlarni loyihalashda, SHNQ 2.03.04-22 talablariga muvofiq harorat taʼsirini inobatga olib loyihalash kerak.
Texnologik va klimatik haroratlar qoʻshma taʼsirida balandlik kesimi boʻylab 40 oS dan baland farqlar yuzaga keladigan, muntazam 50 oS dan past boʻlgan texnologik haroratlar taʼsirida boʻladigan, statik holatda aniqlab boʻlmaydigan temir-beton inshootlar qurilmalarini loyihalashtirishda inshoot elementlaridagi harorat kuchini hisobga olinishi lozim. Bu kuchni aniqlash uchun materiallarning fizikaviy-mexanik xususiyatlariga boʻlgan harorat taʼsirini hisobga olmagan holda SHNQ 2.03.04-22 talablaridan foydalanilish kerak.
232. Zilzilaliligi 7 va undan ortiq ball boʻlgan yerlarda qurishga moʻljallangan inshootlar konstruksiyalari va asosini hisob-kitobi zilzila taʼsirlarini inobatga olinib QMQ 2.01.03-19 talablariga asosan asosiy va maxsus yuk(nagruzka)lar uygʻunligiga oʻtkazilishi lozim.
234. Inshootlarni qoʻshni binolar, inshootlar reja oʻqlari va yoʻllar boʻylab parallel joylashtirilishi kerak. Bunda, inshootlarning reja oʻqlarini binolar ustunlarining unifikatsiyalashtirilgan toʻri bilan moslashtirilishi kerak.
235. Kanallar, galereyalar, estakadalar va tunnellar trassalari uzunligi qisqa boʻlishi hamda burilishlari, yoʻllar bilan kesishuv joylari soni minimal boʻlishi, shuningdek, SHNQ 1.03.02-23 talablariga muvofiq oʻrnatilishi lozim.
236. Piyodalar yer osti yoʻllari, galereyalar va estakadalar oʻlchamlariga quyidagilar kiritilishi lozim:
tunnellar va galereyalar balandligi pol sathidan to chiqib turuvchi yopma yoki qoplama konstruksiyasigacha — kamida 2,0 m (qiyalik tunnel va galereyalarda balandlikni tik yoʻnalish boʻylab oʻlchanishi kerak);
tunnellar, galereyalar va estakadalar eni — bir yoʻnalishda 1m, lekin 1,5 m dan kam boʻlmagan kenglikka 2000 odam/h oʻtkazuvchanlik xususiyatini hisobga olinishi bilan loyihalanishi kerak.
237. Konveyerli tunnellar, galereyalar va estakadalarning ichki oʻlchamlari GOST 12.2.022-80 talablariga muvofiq qabul qilinishi lozim.
Quduqlarda, ochiq kon (karyer)larda, shuningdek, maydalash, yanchish va yanchish-saralash fabrikalarida joylashgan galereya va estakadalar oʻlchamlarni “Foydali qazilmalarni maydalash, saralash, boyitish hamda ruda va konsentratlarni maydalashda ishlarning yagona xavfsizlik qoidalari”ga muvofiq holda qabul qilinishi kerak.
Konveyerli galereyalarni ichki oʻlchamlarini belgilashda oʻrnatilgan konveyerlarni ishlatish mobaynida kattaroq oʻlchamli boshqa konveyerlarga almashtirish imkoniyatini yaratish maqsadida galereya eni kengligini zahirasini hisobga olishga yoʻl qoʻyiladi.
238. Kabellar joylashishi kerak boʻlgan yertoʻlalar, kanallar, tunnellar,galereyalar va estakadalarni yelektr qurilmalarni tuzatilishi qoidalari (YEUTQ) talablariga muvofiq loyihalanishi lozim.
239. Issiq suv va bugʻ quvurlarini oʻrnatish uchun moʻljallangan kanallar, tunnellar va estakadalarni Sanoatkontexnazorat tomonidan tasdiqlanlangan amaldagi Issiq suv va bugʻ quvurlarini oʻrnatish va ulardan xavfsiz foydalanish qoidalariga asosan loyihalanishi kerak.
240. Kranli ochiq va yuk tushirish temir yoʻl estakadalarni loyihalashda ishlovchilarni yomon ob-havo taʼsiridan saqlash uchun xonalar koʻzda tutilgan boʻlishi kerak. Bu maqsadda qoʻshni binolar xonalari yoki estakadaga birlashgan binolar xonalaridan, agarda eng uzoq ishchi joylaridan to bu xonalargacha boʻlgan masofa 300 m dan oshmasa foydalanishga yoʻl qoʻyiladi. Xonalar ushbu SHNQ talablarini inobatga olib loyhalanishi lozim.
241. Yomon ob-havo taʼsirida muntazam namlikka uchraydigan inshootlarning beton va temir-beton qurilmalari gorizontal tarkibiy qismlarida (peshtoqlarida, qatorlarida va boshqalarda) suvni osonlik bilan oqib tushishini taʼminlovchi gidroizolyatsiya va novlar boʻlishi kerak.
242. Temir yoʻl yuk tushirish estakadalarining xizmat koʻrsatish maydonchalari, ochiq kranli estakadalar, tortish minoralari va boshqa inshootlarning toʻshamalarini shunday loyihalash kerakki, yurganda sirpanishga yoʻl qoʻymaslik uchun, yomgʻir va erigan suvlarni oqib ketishi taʼminlanishi kerak. Bunda poʻlat toʻshama boʻlganda O'zDSt 886:2022 talablariga binoan panjarani hisobga olish lozim.
243. Yertoʻlalar, tunnellar, kanallar, tayanch devorlari va boshqa yer osti inshootlari loyihalarida QR 02.01-23 talablariga binoan grunt bilan qoplanishi va zichlanishi zarurligi haqida koʻrsatmalar keltirilgan boʻlishi kerak.
244. Ochiq inshootlar poʻlat tayanchlarining tayanch taxtachalari pastki qismi yerning rejalashtirilgan sathidan kamida 150 mm balandda joylashgan boʻlishi lozim.
245. Binokorlik qurilmalarini va texnologik uskunalarni beton va temir-beton qurilmalarga (poydevor betonini 50 oS haroratgacha qizdirgan holda poydevorga, yuk tushuvchi pollarga, devorlarga va boshqalar) anker boltlar bilan, ularni qoʻllash qoʻllanmasiga binoan maxkamlanishi kerak.
Asoslab berilgandagina, qurilmani poydevorga maxkamlashning boshqa usullarini (masalan, titrashni soʻndirgichlarda, yelim va boshqalarda) qoʻllashga ruxsat berilishi lozim.
246. Elektr toklari taʼsirida boʻladigan yer osti inshootlari SHNQ 2.03.11-24 ga asosan elektr tokidan yemirilishidan himoyalangan boʻlishi kerak. Inshootning poʻlat qurilmalari yerga ulangan (zazemleniya) boʻlishi kerak.
247. Neft va neft mahsulotlari uchun yer osti va yer usti rezervuarlarini, baland inshootlarni va gazgolderlarni loyihalanishida, talablariga asosan chaqmoqdan himoya chorasi koʻrilishi kerak.
248. Baland inshootlar (siloslar, suv minoralari, gradirenlar, moʻrilar, tortuvchi minoralar, koʻmir va ruda shaxtalar minorali koperlari) loyihalarida, agar ular aerodromlar va havo trassalari yaqinida joylashgan boʻlsa holda uchuvchi obyektlarni xavfsizligini taʼminlovchi choralari (inshootlarni chiroq bila oʻrash, belgilash boʻyogʻi bilan boʻyash) koʻrilishi kerak.
249. Inshootlarni joylashtirishda, baland, yer usti, yer osti inshootlarini va idish qurilmalarni (neft va neft mahsulotlari uchun rezervuarlarni) qurilish shakllanishiga, shu jumladan zavod ichkarisidagi maydonlarga, magistrallarga va yoʻllarga, tayanch devorlarini qurganda esa — vertikal loyihalashtirish elementlari shakllanishiga va atrofni obodonlashishiga meʼmoriy-kompozitsiyaviy taʼsiri inobatga olinishi lozim.
250. Moʻrilarni, tortish minoralarini, gradirnyalarni va boshqa baland inshootlarni, binoning eng uzun tuynuksiz devorlari tomonida joylashtirish kerak. Bu inshootlar, binonig yorugʻlik tushadigan teshigi boʻlgan devorlaridan, ularning loyihadagi diametri yoki binoga qaragan tomonining uzunligidan kam boʻlmagan masofada va sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga binoan joylashtirilishi kerak.
251. Moʻrilar, tortish minoralarini, gradirnyalar va boshqa, yaqin yerda alohida turgan baland inshootlar bir birlaridan, oʻz balandliklari uzunliklaridan koʻp boʻlmagan masofada, agarda u 120 m dan oshmasa, yoki u 120 m dan oshadigan boʻlsa, shu balandlikning yarmidan oshmasa, sirtining boʻlinishi, tamgʻa rangi, koʻrinishi va rangi bir xilda boʻlishi va svetofor maydonchalari bir turda boʻlishi lozim.
252. Baland, yer usti va idish (chuqurlashtirilmagan) inshootlarni loyihalashda, korxonaning umumiy arxitekturaviy qaroriga binoan ularning rangini ishlab chiqilishi kerak.
2-§. Yongʻin xavfsizligi
253. Xonalar, bino va inshootlarning yongʻin xavfi boʻyicha toifalari SHNQ 2.01.19-22 talablariga muvofiq aniqlanishi kerak. Mazkur toifalar loyiha-smeta va foydalanish hujjatlarda nazarda tutilishi kerak.
Xonalar, bino va inshootlarning yongʻin xavfi boʻyicha toifasi binoni (yongʻinga qarshi boʻlmani), inshootni, xonani hamda tashqi qurilmani yongʻin (portlash) xavfini tasniflash orqali aniqlanishi lozim.
254. Zichligi havoga nisbatan 0,8 dan koʻp boʻlgan portlovchi yoki toksik gazlar, shuningdek portlovchi kukun ishlatiladigan yoki vujudga keladigan tashqi qurilmalar mavjud boʻlgan A va B turdagi binolarda hamda maydonlarda yertoʻlalar, tunnellar va kanallarni loyihalashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Istisno tarzida A va B turdagi bino va maydonlarda ochiq, sayoz chuqurlar va ariqchalar oʻtkazishga, agar bularsiz texnologik jarayon talablarini qondirib boʻlmagandagida yoʻl qoʻyiladi.
Bunday xollarda ochiq, sayoz chuqurlar va ariqchalar toʻxtovsiz havo urib turuvchi yoki havo tortuvchi ventilyatsiya bilan taʼminlanishi kerak. Ochiq chuqurchalardan boʻlgan zinachalar soni, ularning maydoni 50 m2 dan koʻp yoki uzunligi 30 m dan koʻp boʻlganda ikkitadan kam boʻlmasligi kerak.
Ochiq chuqurlardan chiqish joylari binoning poli sathida, chuqurlarning qarama qarshi tomonlarida joylashgan boʻlishi kerak.
Bugʻ va gazlar zichligi havoga nisbatan 0,8 boʻlgan moddalar ishlatiladigan yoki qayta ishlanadigan ishlab chiqarishlarda, chuqurligi 0,5 m dan koʻp boʻlmagan shamollatilmaydigan kanallar oʻtkazishga yoʻl qoʻyiladi.
255. Tunnellarda va galereyalarda zaxarli, yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar, zaxarli va yonuvchi gazlar oʻtkazuvchi quvurlar, bugʻ issiqlik quvurlari tarmoqlarini, shuningdek, barcha turdagi tranzit kabellar oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
256. Odamlarni kabelli inshootlar (xonalar) orqali evakuatsiya qilishni moʻljallash, shuningdek, kabelli inshootlar orqali havo quvurini tranzit oʻtkazishiga yoʻl qyoʻilmaydi. Kabelli inshootlar yongʻindan soʻng tutunni bartaraf qilishga moʻljallangan moʻljallangan tutunga qarshi shamollatish tizimi bilan taʼminlangan boʻlishi kerak. Bu maqsadda PUE ga binoan kabelli inshootlarni umum tutunga qarshi shamollatish tizimi ishlatilishiga yoʻl qoʻyiladi.
257. Yertoʻlalar yopmasidagi montaj va foydalanish uchun boʻlgan ochiq oʻrinlar toʻgʻri toʻrtburchak shaklida boʻlishi kerak. Montaj uchun ochiq oʻrinlarni yertoʻla yopma qurilmasi tepa sathida, xuddi yopma kabi olovbardoshlilik chegarasiga ega boʻlgan, yechiladigan plitalar bilan yopish kerak. Foydalanish ochiq oʻrinlarini sex toza polining belgisi sathida yechiladigan plitalar bilan yopilishi kerak.
258. Yertoʻlalardan evakuatsion chiqishlar va V, G va D turdagi xonalarga oʻtadigan narvonlar (zinalar) va V turdagi yertoʻla xonalariga yoki yonuvchi ashyoli omborlarga, shuningdek, yonuvchan oʻramdagi yonmaydigan materiallarga boʻlgan yongʻinga qarshi talablar ushbu SHNQ ga asosan boʻlishi kerak.
259. Katta hajmdagi yongʻin oʻchirish vositalari boʻlganda, kabelli yertoʻlalar va yertoʻlalarning kabelli qavatlari yongʻinga qarshi pardevor bilan hajmi 3000 m3 dan koʻp boʻlmagan qismlarga ajratilgan boʻlishi kerak.
260. Yertoʻlaning har bir qismidan, kabelli yertoʻladan yoki yertoʻlaning kabelli qavatidan kamida ikkita chiqish yoʻli boʻlishi kerak. Chiqish yoʻllari xonanig qarama qarshi tomonlarida joylashgan boʻlishlari lozim.
Chiqish joylari shunday joylashgan boʻlishi kerakki, 25 m dan uzun boʻlgan boshi berk yoʻlaklar boʻlmasligi kerak. Eng uzoqdagi ishchi joyidan to eng yaqin chiqishgacha boʻlgan masofa 75 m dan oshmasligi kerak. Ikkinchi chiqishni xuddi oʻsha sathda (qavatda) joylashgan V, G va D turdagi qoʻshni xona (yertoʻla, yertoʻla qavati, tunnel) orqali moʻljallash mumkin. V turdagi xonaga chiqqanda evakuatsiya yoʻlining jami uzunligi 75 m dan oshmasligi lozim.
261. Kabelli yertoʻlalardan (yertoʻlalarning kabelli qavatlaridan) chiqish eshiklari va qismlar orasidagi eshiklar yonmaydigan boʻlishi, eng yaqin chiqish joyiga tomon ochiladigan va oʻzi yopiladigan qurilmali boʻlishlari kerak. Eshiklar zich yopiladigan boʻlishi lozim.
262. Yertoʻlalarning kabelli qavatlaridan evakuatsiya chiqishlar, toʻgʻridan-toʻgʻri tashqariga olib chiqadigan alohida zina katagi orqali boʻlishi kerak. Yer usti qavatlarga olib chiqadigan umumiy zina katagidan fodalanishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda, yertoʻla xonalari uchun birinchi qavat sathida, zina katagidan tashqariga chiqadigan va zina katagining boshqa qismidan bir qavat balandlikka olovbardoshlilik chegarasi 1 soatdan kam boʻlmagan darchasiz pardevor bilan ajratilgan alohida yoʻl boʻlishi kerak.
Toʻgʻridan-toʻgʻri tashqariga chiqishlar qurishni iloji boʻlmagan taqdirda G va D turdagi xonalarga qurishga yoʻl qoʻyiladi.
263. Hajmi qanday boʻlishidan qatʼiy nazar moy yertoʻlalarida va hajmi 100 m3 dan koʻp boʻlgan kabelli yertoʻlalarda avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmalari boʻlishi kerak. Hajmi yuqoridagidan kichikroq boʻlgan kabelli yertoʻlalarda avtomatik signalizatsiya tizimi boʻlishi lozim. Energetik obyektlar (TETS, GRES, TES, GES va boshqalar) kabelli yertoʻlalari, hajmidan qatʼiy nazar, avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmalari bilan jihozlanishi kerak.
264. Yerning loyiha belgilaridan 1 m dan koʻp chuqurlikka, 400 m2 dan koʻp boʻlmagan yuza bilan tushirilgan A, B va V turdagi alohida turadigan bir qavatli nasos stansiyalari (yoki boʻlinmalar) qurishga yoʻl qoʻyiladi.
Bunday xonalarda quyidagilar boʻlishi kerak:
xonalardan ajratilgan zina orqali bitta evakuatsiya chiqish polining yuzi 54 m2 dan koʻp;
xonaning qarama qarshi tomonlarida joylashgan ikkita evakuatsiya chiqish, polining yuzi 54 m2 dan koʻp.
Ikkinchi chiqish A, B va V turdagi xonalardan ajratilgan, quduqda joylashgan vertikal narvon orqali boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi.
265. Sexlar oraligʻi kabelli tunnellaridan chiqishlar, shamollatish kameralari bilan qoʻshilgan yer usti qismi bilan boʻlishi kerak. Bu chiqishlardagi narvonlar vertikal boʻlishi va yer usti qismidagi eshiklar tashqariga ochilishi kerak. Chiqish kamerasi tunnelning (qismning) asosiy qismidan yonmaydigan yongʻinga qarshi pardevor bilan ajratilgan boʻlishi kerak.
266. Sexlar ichkarisidagi kabelli tunnellardan chiqishlar (binoning tepa qavatlariga olib chiqadigan) zina kataklaridan yoki faqat birinchi qavatga olib boruvchi zinalardan boʻlishi lozim. Zina va zina kataklari bevosita tashqariga yoki birinchi qavat xonasiga olib chiqadigan boʻlishlari kerak. Chiqish uchun (tepa qavatlarga olib chiqadigan) umumiy zina katagidan foydalanilganda, kabelli tunnellar uchun zina katagida zina katagining boshqa qismidan olovbardoshliligi 1 h boʻlgan yonmaydigan pardevor bilan ajratilgan alohida tashqariga chiqish boʻlishi kerak. Agar chiqish uchun binoning birinchi qavatiga olib chiqadigan alohida zina moʻljallangan boʻlsa, u yongʻinga qarshi pardevorlar bilan toʻsilgan boʻlishi kerak. Bunda, agar birinchi qavat sathida ochiq oʻrin quriladigan boʻlsa, tunneldan chiqishda zinaga tambur moʻljallanishi kerak. Kabelli tunnellardan chiqadigan zinapoya sathida, shuningdek boshqa yertoʻla xonalaridan chiqishni tashkil qilish uchun ishlatilishiga yoʻl qoʻyiladi.
267. Konveyerli, kommunikatsion va kabelli tunnellardan chiqishlar tashqariga (aholi yashaydigan punkt, korxona maydoniga va boshqalar) yoki olovbardoshlilik darajasi boʻyicha G va D turdagi xonalarga chiqadigan boʻlishi kerak.
Kabelli tunnellardan chiqishdagi eshiklar tunneldan chiqish tomonga ochiladigan boʻlishi va oʻzi yopiladigan qulf bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Agar chiqishlar tashqariga boʻlsa, eshiklar yonuvchi materialdan tayyorlangan boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Bunda olovbardoshlilik chegarasi meʼyorlanmaydi.
Agar chiqishlar xonaga boʻlsa, eshiklar oʻzi qulflanadigan, zich yopiladigan boʻlishi va 0,6 h dan kam boʻlmagan olovbardoshlilik chegarasiga ega boʻlishi kerak.
Sex ichidagi (binolar ichkarisida) tunnellardagi qulflar, agar bu elektrotexnik yoki kabelli bino boʻlsa, tunnellardan ham, xonadan ham kalitsiz ochiladigan boʻlishi kerak. Agar kabelli tunneldan chiqish boshqa qoʻshni ishlab chiqarish xonasiga olib chiqadigan boʻlsa, qulflar faqat tunneldan kalitsiz ochiladigan boʻlishi lozim.
Tashqi yoki yongʻinga qarshi devorlar va A, B va V turdagi qoʻshni xonalarni ajratadigan devorlar (pardevorlar) ostidagi kanallarda, yonmaydigan materiallardan, devorlarning olovbardoshligiga toʻgʻri keladigan, lekin 0,75 h dan kam boʻlmagan yaxlit diafragmalar oʻrnatilishi kerak.
Qoʻshni xonalarni ajratuvchi devorlar tagidan yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar yoki yonuvchi gazlar oʻtadigan quvur yoʻllari oʻtkazish uchun moʻljallangan kanallarda devor oʻqining har tomoniga tepasigacha 1 m dan kam boʻlmagan uzunlikka kanalning butun balandligi barobarida qum toʻkilgan boʻlishi kerak. Kanal uzunligi boʻylab har 80 m da, uzunligi 2 m dan kam boʻlmagan qumli toʻkmalar (toʻsiqlar) xosil qilinishi lozim.
Yertoʻla havo oʻtkazish kanallarida diafragmalar oʻrniga yongʻinni berkitish klapanini oʻrnatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
268. Tunnellarni 150 m dan koʻp boʻlmagan qismlarga ajratilsa, tunnellarda (kabelli va piyodalar uchun boʻlgan tunnellardan tashqari) moy uzatgich oʻtkazishga (masalan, qora metallurgiya zavodlaridagi prokat sexlarida) yoʻl qoʻyiladi.
Qismlar orasidagi pardevorlar 0,75 soatdan kam boʻlmagan olovbardoshlilik chegarasiga ega boʻlishi va pardevorlardagi eshiklar esa — 0,6 h dan kam boʻlmagan olovbardoshlilik chegarasiga ega boʻlishi kerak.
269. Kabelli tunellar va kanallarni olovbardoshlilik chegarasi 0,75 h dan kam boʻlmagan materiallardan qurilishi kerak.
Kabelli tunnellarni yongʻinga qarshi yonmaydigan pardevorlar bilan qismlarga ajratilishi lozim. Tunnel qismi uzunligi 150 m dan uzun boʻlmasligi, moy toʻldirilgan kabellar mavjud xollarda esa — 120 m dan uzun boʻlmasligi kerak.
Qismlar orasidagi eshiklar yongʻinga qarshi, qulfsiz oʻzi yopiladigan, zich yopiladigan boʻlishi va eng yaqin chiqish tomonga ochiladigan boʻlishi kerak.
270. Kanallarni yechiladigan yonmaydigan yopmalar (plitkalar, lotoklar va boshqalar) bilan loyihalanishi lozim.
Poli parketli xonalarda (masalan, boshqaruv shitlari xonalarida) kamida 0,5 soat olovbardoshlilik chegarasini taʼminlovchi, qora issiq yoyilgan tunuka yoki yupqa listli tom qoplama poʻlat bilan usti qoplangan, tagidan yonmaydigan yoki qiyin yonadigan material bilan himoyalangan parketli yogʻoch shchitlardan kabelli kanallar yopmasi qurilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Yopmalar koʻtarish moslamasi bilan jihozlangan boʻlishlari kerak. Yopmaning alohida qoʻlda koʻtariladigan elementi massasi 50 kg dan oshmasligi kerak. Ishlab chiqarish binolarida va elektr binolarda kanallarni sex koʻtarish — tashish qurilmalari (koʻpriksimon, osma bir qobiqli yuk koʻtargichlar chigʻir va boshqalar) ishlash maydonida, shuningdek binodan tashqarida harakatlanuvchi koʻtarish-tashish qurilmalari ishlash maydonida joylashganida, yopma elementining massasi meʼyorlanmaydi.
271. Kabelli tunnellarning har bir qismi yongʻinni oʻchirish yoki yongʻin signalizatsiyasi tizimidan yuborilgan impulslar taʼsirida avtomatik tarzda oʻchadigan mustaqil shamollatish tizimi bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
272. Avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmalari bilan quyidagi ichki hajmi 100 m3 boʻlgan sexlar ichkarisidagi tunnellarni jihozlanishi kerak:
kabelli tunnellar;
12 dan koʻp kabel oʻtkazilgan aralash turdagi (kabel oʻtkazilgan) tunnellar.
Avtomatik yongʻin oʻchirish signalizatsiyasi quyidagi joylarda boʻlishi kerak:
ichki hajmi 20 dan 100 m3 gacha boʻlgan sexlar ichkarisidagi tunnellarda;
5 dan to 12 tagacha kabel oʻtkazilgan sexlar ichkarisidagi aralash turdagi tunnellarda;
ichki hajmi 50 m3 dan koʻp boʻlgan sexlar aro kabelli tunnellarda;
12 tadan koʻp kabel oʻtkazilgan sexlar aro aralash turdagi tunnellarda.
273. Sexlar aro kabelli tunnellardagi yongʻinlarni aynan yongʻin oʻchogʻiga suv yoki koʻp hajmda koʻpik purkaguvchi harakatlanuvchi vositalar — yongʻinqutqaruv avtomobillari yoki koʻchmas (statsionar) oʻrnatilgan suv purkagichli yoki koʻpik purkagichli quruq naychali (quvurli) tizimlar yordamida oʻchirilishi kerak.
Harakatlanuvchi texnikadan har bir qism ichiga yongʻin oʻchirish vositalarini uzatish uchun tunnellardan chiqishlardan va ventilyatsion quduqlardan foydalanilishi lozim.
Agar tunneldan chiqishlar va ventilyatsion quduqlar orasidagi masofa 30 m dan oshsa, tunnel ichkarisiga yongʻin oʻchirish moddasini uzatish joylari orasidagi masofa 30 m dan oshmaydigan qilib joylashtirilgan qoʻshimcha tuynuklar moʻljallangan boʻlishi kerak.
Yongʻin oʻchirish vositalarini uzatish tuynuklari 700x700 mm oʻlchamli boʻlishi yoki 700 mm diametrli boʻlishi kerak. Tuynuklar ikktali metall qopqoqlar bilan yopiladigan boʻlishi va uning pastkisi tashqaridan qulfga yopadigan moslama bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Faqat yongʻin oʻchirish vositalarini uzatish uchun moʻljallangan tuynuk qopqoqlari tagida hech qanday narvon yoki band boʻlmasligi kerak.
Tunnelda quruq quvurli va koʻchmas oʻrnatilgan yongʻin oʻchirish tizimlarini oʻrnatishda qoʻshimcha quduq qurilmalari talab qilinmaydi.
274. Jihozlarga (nafas olish apparatlari majmuiga, boshqa asbob-anjomlarga) xizmat koʻrsatish uchun barcha rezervuarlarda statsionar narvonlar, butun perimetr boʻylab:
balandligi kamida — 1 m boʻlgan toʻsiqli;
eni kamida — 0,7 m dan kam boʻlmagan maydonchalar va oʻtish joylari boʻlishi kerak.
Statsionar tomli rezervuarlar quyidagicha loyihalanishi kerak:
neft va neft mahsulotlari uchun toʻyingan bugʻlar bosimi 26,6 kPa (200 mm simob. ustuni.) boʻlgan va undan past;
bugʻlarining chaqnash harorati 28 oS va undan past boʻlgan yengil alangalanadigan neft mahsulotlari uchun, loyihalashga topshirish boʻyicha gazli boʻshliqdagi hisobiy bosim atmosfera bosimidan 70 kPa (7000 mm suv tubi) ga baland va past boʻlgan;
saqlash harorati 20 dan 60 oS gacha kirit. holda boʻlgan isitiladigan neft mahsulotlari uchun, muvofiq asoslab berilgan holda, yonmaydigan materiallardan boʻlgan issiqni oʻtkazmaydigan jihozli;
saqlash harorati 60 dan 90 oS gacha kiritilgan. holda boʻlgan isitiladigan neft mahsulotlari uchun, yonmaydigan materiallardan majburiy issiqni oʻtkazmaydigan jihozli va isitish moslamali;
namlikni koʻtarmaydigan, saqlash harorati 90 oS dan baland boʻlgan neft mahsulotlari uchun, yongʻin xavfsizligining qoʻshimcha talablarini hisobga olgan holda (tom tagiga inert gazlarini uzatish) va yonmaydigan materiallardan issiqni oʻtkazmaydigan jihoz va tashqi isitish tizimni oʻrnatgan holda.
275. Statsionar tomli rezervuarni hisob kitob qilishda gazli boʻshliqdagi bosimni quyidagicha belgilanishi kerak:
oʻtdan saqlagich va ventilyatsion quvur boʻlganda atmosfera bosimidan 0,2 kPa (20 mm suv ustuni) ga baland va past;
oʻtdan saqlagich va saqlagich qopqoq boʻlganda — atmosfera bosimidan 2,5 kPa (250 mm suv. ust.)ga, yoki loyihalash topshirigʻiga binoan undan koʻpga baland va 0,5 kPa (50 mm suv. ust.)ga atmosfera bosimidan past.
276. Yuqori bosimli gazgolderlarning tayanchlarini quyidagicha loyihalash kerak:
sharsimon — ustunli (tirgakli) yoki yaxlit (silindr shaklli, konussimon);
gorizontal — silindr shaklli — yaxlit yoki ustunli;
vertikal silindr shaklli — yaxlit yoki ustunli.
Doimiy hajmli gazgolderlar uchun boʻlgan yuk koʻtaruvchi qurilmalarning olovbardoshlilik chegarasi 2 h dan kam boʻlmasligi kerak.
277. Bunkerlarda yonmaydigan materiallardan boʻlgan yopma boʻlishi kerak. Agar bunkerni yuklash uzluksiz boʻlmagan transport vositalari (vagonlar, avtomashinalar, greyferlar) orqali amalga oshiriladigan boʻlsa, bunker yopmasiz boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi. Yon tomonlaridan va yuklash tomoniga qarama-qarshi tomonda balandligi 1 m dan kam boʻlmagan yaxlit toʻsiq oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
Texnologik boʻshliklarni yopish uchun poʻlat panjara oʻrnatish zarurati va panjaralar kataklarining oʻlchamlari texnologik topshiriq bilan belgilanishi kerak.
278. Siloslarning joylashishi, shakli va oʻlchamlarini ishlab chiqarish texnologiyasi talablariga va yagonalashtirish (unifikatsiya) talablariga binoan, grunt va harorat shartlariga, hamda texnik-iqtisodiy solishtirishlar natijalaridan kelib chiqqan holda va arxitekturaviy-kompozitsiya talablarini hisobga olgan holda qabul qilish lozim.
Silos korpuslarini olovbardoshlilik turi II boʻlgan xizmat koʻrsatish binolari bilan birlashtirishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda siloslar va unga tutashgan binolarning poydevorlarining choʻkish farqi hisobga olinishi kerak.
279. Silos usti xonalaridan kamida ikkita evakuatsion chiqish yoʻli boʻlishi kerak. Evakuatsion zinalarni sathi quyidagicha loyixalash kerak:
eni kamida — 0,8 m va 1:1 dan koʻp boʻlmagan qiyali qilish, mavsadga muvofiq boʻladi;
odamlar evakuatsiyasi uchun ishlatiladigan tashqi zinalar poʻlat sath dan iborat boʻlib:
eni kamida — 0,7 m, sathlarini 1:1 dan koʻp qiya qilmagan holda;
toʻsiq balandligini 1,0 m va balandligi 8 m dan koʻp boʻlmagan masofada joylashgan maydonchali qilib loyihalanishi lozim.
280. Ikkinchi evakuatsion chiqishni silos usti xonasining tomigacha borishi kerak boʻlgan joyi:
eni — 0,7 m dan kam boʻlmagan, 1:1 qiyali;
balandligi — 1,0 m boʻlgan toʻsiq tutqichli ochiq tashqi poʻlat zina orqali moʻljallashga yoʻl qoʻyiladi.
Bino va ishootlarga olib chiquvchi va evakuatsiya chiqishlar bilan taʼminlangan konveyerli galereyalar orqali ham moʻljallashga yoʻl qoʻyiladi. Bu holda konveyerli galereyalar va ular orqali tashiladigan materiallar yonmaydigan boʻlishi kerak.
Siloslarda yonmaydigan materiallar saqlanganda, bir smenada koʻpida 5 kishi ishlaydigan, maydoni 300 m2 boʻlgan silos usti xonalaridan qiyaligi 1:1 boʻlgan ochiq tashqi poʻlat zinaga chiqadigan bitta evakuatsiya chiqishni (ikkinchisini oʻrnatmasdan) moʻljallashga yoʻl qoʻyiladi. Zinalarning toʻsiq qurilmalari yonmaydigan materiallardan boʻlishi lozim.
Silos usti xonalarining maydoni 300 m2 dan koʻp boʻlganda, evakuatsiya chiqishlarning biri sifatida zina katagini ushbu SHNQ ga asosan loyihalanishi kerak.
281. Silos korpuslarini, alohida turadigan siloslarni, silos usti galereyalarini, ustki qurilmalarni (silos usti yopmasi sathidan baland boʻlgan) muvofiq asoslab berilgan holda, olovbardoshliligi 0,25 h dan kam boʻlmagan va olov tarqatish chegarasi nolga teng boʻlgan poʻlat qurilmalardan loyihalashga yoʻl qoʻyiladi.
Poʻlat ustunlar va ustki qurilmalar yopmasi uchun, ikkita yuqori qavatdan tashqari, shuningdek silos tagi qavatlarining yuk koʻtaruvchi qurilmalari uchun (silos devorlari tagi ustunlari va toʻsinlari) shu qurilmalarni 0,75 h dan kam boʻlmagan olovbardoshlilik chegarasini taʼminlovchi yongʻindan himoya moʻljallanishi kerak.
282. Etajerkalar yaqinidan oʻtadigan tranzit texnologik quvur yoʻllarini etajerkalarning qurilmalariga tiralgan maxsus tashqi konsollar yoki traverslar boʻylab oʻtkazish yoki agar belgilangan tartibda tasdiqlangan texnologik va yongʻinga qarshi talablarga zid boʻlmagan holda, yopma qurilmalariga osib qoʻyilishi lozim.
283. Etajerkalarni zilzilalar taʼsirlariga hisoblaganda joylashtirilayotgan jihozning ogʻirligidan tashqari uning geometrik va bikrlilik parametrlari hisobga olinishi kerak.
284. Binolarda joylashtiriladigan etajerkalar va maydonchalarning ustunlari va yopmalarini yonmaydigan materiallardan loyihalanishi lozim.
285. A, B va V turdagi xonali binolarda joylashtiriladigan poʻlat etajerkalar qurilmalari uchun shu qurilmalarni 0,75 h dan kam boʻlmagan olovbardoshliligini taʼminlovchi himoyalar oʻrnatilishi kerak. Shu bilan birga avtomatik yongʻin oʻchirish vositalari moʻljallangan boʻlishi kerak.
A va B turdagi xonalarda alohida poʻlat qurilmalarni uchqun hosil boʻlishidan himoyalash kerak.
286. Yengil alangalanadigan va yonuvchi modda, suyuqlik va gazli quvur yoʻllari uchun boʻlgan alohida turadigan tayanchlar va estakadalar qurilmalari yonmaydigan qilib loyihalanishi lozim.
287. Yongʻinga qarshi maydonlarga mujassamlangan qayta yuklash joylarining galereyalarga tutashish joylarida yongʻinga qarshi eshikli yonmaydigan yongʻinga qarshi pardevorlar boʻlishi kerak.
Yonuvchi materiallarni tashish uchun moʻljallangan, isitiladigan galereyalarda suv pardasi qurilmasi boʻlishi kerak.
288. Yonmaydigan yuklarni tashish uchun moʻljallangan galereyalar uchun evakuatsiya chiqishlar orasidagi masofani 200 m gacha qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi. Galereyalarning yon tomonidan chiqishgacha boʻlgan masofa 25 m dan oshmasligi kerak.
Tashqi ochiq zinalarni poʻlatdan quyidagicha loyixalash lozim:
1,7:1 dan koʻp boʻlmagan qiyali;
0,7 m dan kam boʻlmagan enli qilib bajarishga yoʻl qoʻyiladi.
289. Galereyalardan chiqishlarni qayta yuklash joylari bilan mujassamlashtirishga yoʻl qoʻyiladi. Qayta yuklash joylarining boʻsh hajmiga mazkur yuklash joyi ishchilari uchun yordamchi xonalar joylashtirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Bir smenada koʻpida 5 kishi ishlaydigan, maydoni 300 m2 gacha boʻlgan qayta yuklash joylari binolari uchun qiyaligi 1:1 dan koʻp boʻlmagan, eni 0,7 m dan kam boʻlmagan tashqi poʻlat zinaga chiqadigan bitta evakuatsiya chiqishni koʻzlash mumkin. Zinaning toʻsiq qurilmalari yonmaydigan boʻlishi kerak.
290. Kabellari soni kamida 12 boʻlgan kabelli estakadalar va galereyalarni, hamda I va II turdagi elektr qabul qilgichni taʼmilash uchun boshqa tranzit kabellar kommunikatsiyalardan tashqari oʻtkazish uchun moʻljallangan aralash turdagi galereya va estakadalarni loyihalashtirishda olovbardoshlilik chegarasi 0,75 h dan kam boʻlmagan temir-betondan yoki olovbardoshlilik chegarasi 0,25 h dan kam boʻlmagan poʻlatdan boʻlgan asosiy yuk koʻtaruvchi qurilish qurilmalarini inobatga olinishi kerak.
Galereyalarning toʻsiq qurilmalari olovbardoshliligi 0,25 h dan kam boʻlmagan yonmaydigan materiallardan qabul qilinishi lozim.
291. Kabelli galereyalar shamollatiladigan boʻlishi kerak. Bunda mexanik shamollatish zarurati hisob bilan aniqlanishi lozim.
Galereyalarning shamollatish qurilmalari yongʻin paydo boʻlgan taqdirda havo kirishini toʻxtatish uchun qopqoq bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
292. Kabelli va aralash turdagi (kabel oʻtkazilgan) galereyalarni olovbardoshlilik chegarasi 0,75 h dan kam boʻlmagan yonmaydigan yongʻinga qarshi pardevorlar bilan boʻlinmalarga ajratilishi kerak.
Ushbu pardevorlardagi eshiklarning olovbardoshlilik chegarasi kamida 0,6 h boʻlishi lozim.
Boʻlinmalarning chegaraviy uzunligi — 150 m, moy toʻldirilgan kabellar uchun boʻlgan galereyalarda — 120 m boʻlishi kerak.
Bunday pardevorlar galereyalarni binolarga tutashish joylarida ham boʻlishi kerak.
293. Galereya va estakadalardan chiqishda qiyaligi 1:1 dan koʻp boʻlmagan ochiq poʻlat zinalar boʻlishi kerak.
Chiqish joylarida kabel xoʻjaligiga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlmagan kishilarni galereya yoki estakadaga kirishlarini oldini oluvchi eshiklar boʻlishi lozim. Eshiklar tashqariga ochilishi va galereya yoki estakada ichkarisidan kalitsiz ochiladigan, oʻzi yopiladigan qulf bilan jihozlanishi kerak.
Tashqariga (korxona maydoniga, aholi yashaydigan putktga va boshqalar) olib chiqadigan eshiklarni yonuvchi materialdan tayyorlashga yoʻl qoʻyiladi.
Ichki eshiklar yongʻinga qarshi, oʻzi yopiladigan va zich yopiladigan boʻlishi kerak.
294. Yongʻinni oʻchirish usulini, avtomatik yongʻin signalizatsiya qurilmasini, kabelli galereyalarda avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmalarini ushbu SHNQning 273 va 274-bandlari boʻyicha qabul qilinishi lozim.
295. Gradirnyalarga yongʻin sodir boʻlganda gradirnya suvidan suv bilan taʼminlash qoʻshimcha manbaasi sifatida foydalanish maqsadida yongʻin qutkaruv avtomobillarini qoʻyish uchun maydonchalar va kiraverish yoʻllari inobatga olinishi kerak.
296. Minorali koperlarni va shaxta tepasi binolarini meʼyorlovchi-toʻplovchi hampalar, maʼmuriy-maishiy xizmat xonalari orqali birlashtirishga yoʻl qoʻyiladi. Koʻrsatib oʻtilgan xonalar minorali koperlardan yongʻinga qarshi toʻsiqlar bilan ajratilgan boʻlishi lozim.
Minorali koperlarni boshqa binolar va xonalar bilan birlashtirishda koper devorlaridagi montaj joylariga kirish yoʻli taʼminlanishi kerak.
Minorali koperlarni yonuvchi materiallar, yengil alangalanadigan yonuvchi suyuqliklar va yonuvchi gazlardan foydalanish va saqlash bilan bogʻliq boʻlgan xonalar bilan birlashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
297. Minorali koperlarda, dastak (stvol)ka bevosita bogʻliq boʻlgan va portlash-yongʻin va yongʻin xavfi boʻyicha A turga taalluqli boʻlgan binolarda balandligi 2,0 m dan kam boʻlmagan, mashina zallarida portlash xavfili metan toʻplanmalarni yuzaga kelishini bartaraf etuvchi ventilyatsion metanga qarshi kameralar boʻlishi kerak.
298. Zinalarni SHNQ 2.01.02-04 da talab qilingan olovbardoshlilik chegarasini taʼminlovchi himoyasi boʻlgan poʻlatdan yoki temir-betondan qabul qilish kerak. Poʻlat zinalarning qiyaligini kamida 1:1 qabul qilish lozim. Tor joylarda poʻlat zinalarning qiyaligini 1,7:1 gacha oshirishga yoʻl qoʻyiladi. Zina kataklarining toʻsiq qurilmalari olovbardoshlilik chegarasi 0,75 h dan kam boʻlmagan yonmaydigan materiallardan loyihalash lozim.
299. Zina katagidan A va B turdagi xonalarga chiqishlar oʻzi yopiladigan yongʻinga qarshi eshikli tambur-shlyuz orqali boʻlishi kerak.
300. A, B va V turdagi xonalar boshqa xonalardan yongʻinga qarshi pardevorlar bilan yongʻin xavfi A va B turdagi xonalar esa — shuningdek chang-gaz oʻtkazmaydigan pardevorlar bilan ajratish lozim.
Koʻtariladigan idishlarni joylash uchun moʻljallangan koperlarning hajmi devorlar, pardevorlar yoki metall qoplamalar bilan ajratilgan boʻlishi kerak. Bu qurilmalarga boʻlgan yongʻinga qarshi talablar texnologik loyihalash idora meʼyorlariga muvofiq holda belgilanishi lozim. Lift shaxtalari, zina kataklari, hamda turli turdagi xonalarni ajratib turuvchi devorlar va pardevorlar uchun boʻlgan yongʻinga qarshi chora-tadbirlar SHNQ 2.01.02-04 talablariga javob berishi kerak.
301. Minorali koperlarda oqimlari soni va miqdori SHNQ 2.04.01-22 talablariga muvofiq boʻlgan yongʻinga qarshi suv quvuri boʻlishi lozim.
9-bob. Yer osti inshootlari
1-§. Tirgovuch devorlar
302. Mazkur bob aholi yashash punktlari va sanoat korxonalari maydonlarida, shuningdek, podyezd va ichkari maydon temir va avtomobil yoʻllarida tabiiy grunt asosida quriladigan, alohida turadigan tirgovuch devorlarni loyihalashga oid boʻlgan talablarni belgilaydi.
Ushbu SHNQ talablari gidrotexnik inshootlarning va magistral yoʻllarning tirgovuch devorlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
303. Tirgovuch devorlarni, temir-beton yupqa devor burchak yoki tavr kesimli qilib, shuningdek tirgovuchli va anker boltlar bilan mahkamlanadigan qilib loyihalash lozim.
Yirik tirgovuch devorlarni, asoslab berilgan holda, betondan, tosh betondan, harsang tosh — betondan terishni loyihalashga yoʻl qoʻyiladi.
Zilzilaliligi 7 va undan koʻp ball boʻlgan yerlarda, notoʻgʻri shaklli toshlardan tuziladigan 5 m va undan baland boʻlgan tirgovuch devorlarni har 2 m balandligida toʻgʻri shaklli toshlardan qator terish lozim.
304. Tirgovuch devorlarning oʻlchamlari (umumiy balandligi, tagining kengligi), 0,3 m qilinishi kerak.
305. Tirgovuch devor tagining yerga kirgazish chuqurligi SHNQ 2.02.01-24 talablariga asosan belgilanishi lozim.
Qoyatosh gruntda tirgovuch devorlarning yerga kirish chuqurligi kamida — 0,6 m dan boʻlmasligi kerak va qoyatosh gruntda kamida 0,3 m boʻlishi lozim.
Qoyatosh mavjud boʻlgan taqdirda, yerga kirish chuqurligi kyuvet tubidan belgilanishi kerak.
306. Uzaygan tomon boʻylab tirgovuch devorning tagini gorizontal yoki koʻpida 0,02 qiyalik bilan qabul qilish lozim. Qiyalik katta boʻlgan taqdirda devor tagi, pogʻona balandligini uning uzunligiga nisbatiga koʻpida 1:2 olgan holda zinasimon qilib bajarilishi kerak.
Koʻndalang yoʻnalishda tirgovuch devorning tagi gorizontal boʻlishi yoki toʻldirish tomonga koʻpida 0,125 qiyalik bilan boʻlishi lozim.
307. Konstruktiv oʻzakli yaxlit tosh-beton va beton tirgak devorlarda choʻkishga qarshi choklar orasidagi masofa haroratga nisbatan 10 m dan,
konstruktiv oʻzakli yaxlit beton konstruksiyalarda 20 m dan,
yaxlit va yigʻma-yaxlit temirbeton konstruksiyalarda 25 m dan va yigʻma temirbeton konstruksiyalarda 30 m dan oshmasligi kerak.
Qurilmani hisoblash tekshiruvida haroratdan choʻkishga qarshi choklar orasidagi masofani kengaytirishga yoʻl qoʻyiladi.
Zilzilaliligi 7 va undan koʻp ball boʻlgan yerlardagi yaxlit va yigʻma yaxlit devorlar choklari orasidagi masofa 15 m bilan cheklanishi kerak.
308. Avtomobil transporti yuk rampalari uchun avtomobillar kelish tomonining tirgovuch devorlari balandligi qatnov yoʻli sirtidan yoki ortish-tushirish maydonchasidan 1,2 m ga teng boʻlishi lozim.
Temir yoʻl transporti yuk va piyoda rampalari uchun tirgovuch devorlar balandligi relsning sirti sathidan:
1520 mm izlar uchun 1,1 m ga;
750 mm izlar uchun — 0,75 m ga teng boʻlishi kerak.
Zilzilali yerlarda tirgovuch devorlarning umumiy balandligi, poydevor ostidan hisoblaganda quyidagidan koʻp boʻlmasligi lozim:
beton devorlar:
8 ballik zilzilalilik hisobda — 12 m;
9 ballik xuddi shunday — 10 m.
tosh-beton va qorishmada terilgan tosh devorlar:
10 ballik zilzilalilik hisobda — 12 m;
temir yoʻllarda 9 ballik xuddi shunday — 8 m;
avtomobil yoʻllarida — 10 m.
Tirgovuch devorlarni teskari gumbaz sifatida ishlatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
309. Piyodalar yurishi mumkin boʻlgan yerlarda tirgovuch devorlar 1 m balandlikdagi toʻsiq bilan oʻralgan boʻlishi kerak.
Tirgovuch devor boʻylab avtoyoʻllar joylashgan taqdirda, devor boʻylab, balandligi 0,4 m dan kam boʻlmagan yon toshli, kamida 0,75 m enli yoʻlka boʻlishi lozim.
310. Toʻgʻri yerlarda, eng yaqin temir yoʻl oʻqidan tirgovuch devorning ichki chekkasicha boʻlgan minimal masofa kamida 2,5 m boʻlishi kerak.
311. Temir yoʻl yoʻlagi oʻyiq joylarida eng yaqin temir yoʻl oʻqidan tirgovuch devorning tashqi chekkasigacha toʻgʻri yerlarda, shpal tagi va baland sathda minimal masofa kamida 3,1 m boʻlishi lozim.
312. Temir yul oʻqidan tirgovuch devorgacha boʻlgan eng yaqin egri yul qismlaridagi minimal masofa ushbu SHNQning 11-ilovasi 1-jadvaliga muvofiq holda uzaytirilishi kerak.
313. Tirgovuch devorlarning boʻshligʻini qayta toʻldirish, suv oʻtkazuvchi grunt bilan (qumli yoki yirik parchali) amalga oshirish lozim.Mahalliy bogʻlovchi gruntni — qumli loy va loyli qumni qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi. Boʻshlikni qayta toʻldirish uchun ogʻir va yumshoq loylarni,shuningdek,ogʻirligi boʻyicha 5 foiz dan koʻp organik va eruvchan aralashmali gruntlarni qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi. Toʻldirish gruntlari zichlanishi lozim.
Tirgovuch devorlarning asosida choʻkuvchi gruntlar mavjud boʻlganida qayta toʻldirishni va zichlanishi bilan mahalliy bogʻlovchi gruntlardan (qumli loy, loyli qum) amalga oshirish kerak.
314. Tirgovuch devorlarning toʻldirish tomoniga qaragan tomoninig yuzasi namdan muxofazalovchi qatlam bilan himoyalangan boʻlishi lozim. Namdan muxofazani loyihalash meʼyorlariga muvofiq holda, qatron aralashma bilan boʻyoqli namdan muxofazalashni yoki mastikani qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
Tirgovuch devorlar bino tashqarisida boʻlganda, gruntni tirkalma tomonidan toshdan, shagʻaldan yoki mayda toshdan 0,04 uzunasiga qiyali devor oldi drenajini loyihalash lozim. Tirgovuch devorning 3-6 metrida drenajdan suv chiqib ketishi uchun teshiklar moʻljallangan boʻlishi kerak.
315. Qiyalik yerlarda ob-havo suvlarini xaydash uchun devor chekkasidan tashqarida, grunt tomonida suv xaydash kyuveti oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
316. Tirgovuch devorlarning hisob-kitobini yer osti inshootlarini hisoblash qoʻllanmasiga muvofiq holda bajarish lozim.
317. Zilzilaliligi 7 balldan koʻp boʻlgan yerlarda quriladigan tirgovuch devorlarni uzunasi boʻylab ochiq vertikal choklar bilan boʻlimlarga, har bir boʻlim tagini bir jinsli gruntga joylashishini inobatga olib ajratilishi lozim. Boʻlim uzunligi 15 m dan koʻp boʻlmasligi kerak.
Tirgovuch devorning yondosh boʻlimlari gruntlari har xil sathlarda joylashgan taqdirda, gruntining bir belgisidan ikkinchisiga oʻtishi pogʻona orqali pogʻona balandligini uning uzunligiga nisbati 1:2 bilan olinishi lozim.
318. Tirgovuch devorlarni zilzila taʼsiri kuchiga hisoblashda quyidagilar qabul qilinishi kerak:
masʼuliyatlilik koeffitsiyenti K0 = 1,0 (buyurtmachi qaroriga binoan koʻrsatkich oshirilishi mumkin, lekin K0 = 1,5 dan koʻp emas);
qavatlilik koeffitsiyenti Ke = 1,0;
tebranishlar dekrementi 6= 0,30.
Chegaraviy nisbiy noelastik deformatsiya qiymati s va boshqa koeffitsiyentlar, aniq turdagi obyekt uchun uning maqsadiga va konstruksiyasi elementlarining materiallariga asoslangan holda aniqlash lozim.
319. Deformatsiyalar va yuk koʻtarish xususiyati boʻyicha gruntining hisobi SHNQ 2.02.01-24 talablariga muvofiq loyihalash kerak.
Zoʻriqishlar epyurasi trapetsiyasimon olinishi lozim. Siqilgan maydon yuzasi asosiy yuk uygʻunligida — tirgovuch devori poydevori tovoni umumiy maydonining kamida 75 foizdan boʻlib va maxsus yuklar uygʻunligida kamida 55 foizdan boʻlganida, uchburchaksimon zoʻriqish epyurasiga yoʻl qoʻyilishi lozim.
2-§.Yertoʻlalar
320. Ushbu bob talablari alohida va biriktirilgan ish bajarish yertoʻlalarini loyihalashda rioya qilish kerak.
321. Yertoʻlalar bir qavatli qilib loyihalanilishi lozim. Texnologik talablarga asosan, kabellar oʻtkazish uchun texnik qavatli yertoʻlalar qurilishiga yoʻl qoʻyiladi.
322. Bir oraliqli yertoʻlalarda oraliq oʻlchami 6 m boʻlishi mumkin agar texnologik talablar talab qilsa, oraliq 7,5 m boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi. Koʻp oraliqli yertoʻlalarni 6x6 va 6x9 m ustun toʻrli qilib loyihalash lozim.
323. Yertoʻla polidan to yopmaning plitalari qovurgʻasining pastigacha boʻlgan balandlikni 0,3 m karrali, biroq 3 m dan kam boʻlmaydigan qilib belgilash kerak.
Kabel oʻtkazish uchun boʻlgan yertoʻlalardagi texnik qavat balandligini kamida 2,4 m boʻlishi lozim.
324. Yertoʻlalardagi oʻtish joyi balandligi (toza holda) kamida 2 m dan belgilash kerak.
325. Yertoʻla xonalari poli alohida suv xaydash tizimili kanalizatsiya traplariga (chuqurliglariga) qiya qilib ishlangan boʻlishi kerak. Chuqurliklarni suv oqish va boshqa turdagi kanalizatsiyalar bilan bevosita ulashga yoʻl qoʻyilmaydi.
326. Yertoʻlalar devorlarini vertikal oʻrnatiladigan yuk koʻtaruvchi temir-beton panellardan yoki yaxlit temir-betondan loyihalash lozim. Yertoʻlalar devorlarini temir-beton bloklardan loyihalashga yoʻl qoʻyiladi.
327. Yer osti suvlari mavjud boʻlganda, yertoʻla xonalari namlikdan muxofaza qilishni loyihalash meʼyorlariga asosan namlikdan muxofazalangan boʻlishi kerak.
Asosiy muxofaza sifatida butun yertoʻla poli tagiga qatronli (smolali) drenaj qoʻyilishi lozim.
328. Yertoʻlalarda haroratdan choʻkishga qarshi choklar, yaxlit qurilmali yertoʻlalarda 60 m dan koʻp boʻlmagan va yigʻma va yigʻma-yaxlit qurilmali yertoʻlalarda 120 m dan koʻp boʻlmagan masofada (haroratdan choʻkish deformatsiyalarini hisobga olmagan holda) belgilanishi lozim. Haroratdan choʻkishga qarshi choklar orasidagi chegaraviy masofalarni belgilashda, harorat boʻlinmasining oʻrtasiga vaqtinchalik chok qoʻyilishi kerak.
329. Kotlovan boʻshligʻini qayta toʻldirishni yertoʻlaning ikki qarama qarshi tomonidan 1 m dan koʻp boʻlmagan sathlar farqi bilan bajarish lozim.
330. Polga tushadigan yuk 100 kPa (10 ts/m2) dan koʻp boʻlgan imorat va inshootlarda, yertoʻlalar qurilmasligi kerak.
331. Yertoʻlalarning tashqi devorlari birinchi va ikkinchi guruh chegaraviy xolatlari boʻyicha tirgovuch devorlar moʻljallangan sharoitlarga moʻljallangan boʻlishi lozim.
v=0.5f_1 va v=F_1 boʻlganda, yertoʻlalar devorlari uchun qurilmani chuqurlikda siljishga qarshi turgʻunligining hisob kitobi qilinmasligiga yoʻl qoʻyiladi.
332. Yertoʻla konstruksiyasining hisob sxemasini, gruntning aktiv bosimini va boshqa hisob kitob koʻrsatkichlarni yer osti inshootlarini hisoblash Qoʻllanmasiga binoan qabul qilish kerak.
333. Yertoʻlalardan chiqishda ostona qurilmalariga va pol sathining farqlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Bunda chiqishida 300 mm li zinapoyali yoki pandusli ostonalar boʻlishi kerak boʻlgan moy yertoʻlalari bundan mustasno.
3-§. Tunnellar va kanallar
334. Ushbu bob talablariga ochiq yoʻl bilan quriladigan tunnellar (konveyerli, podshtabelli, piyodalarga moʻljallangan, kommunikatsion, kabelli va aralash turdagi) va kanallarni loyihalashga rioya qilish kerak.
335. Tunnellar, kanallar balandligi va eni (yuk koʻtaruvchi qurilmalarning boʻrtiq qismlari orasi) 0,3 m karrali boʻlishi lozim.
336. Tunnellar va kanallarni bir xildagi temir-beton elementlardan yigʻiladigan qilib loyihalash lozim. Texnologik asoslab berilgan holda, yaxlit temir-betondan boʻlgan tunnellar yoki uning tarkibiy qismlaridan (kamera, burilish burchaklari va boshqalar) foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
Piyodalarga moʻljallangan tunnellarni bezash uchun chidamli, tejamkor, foydalanishda qulay, yonmaydigan, yengil tozalashni va yuvishni koʻtaradigan materiallar ishlatilishi kerak.
337. Eritilgan metall, yonuvchi va yengil alangalanadigan suyuqliklar, yuqori haroratli yoki kabelning ustki qobigʻini yemiradigan suyuqliklar oqishi ehtimoli boʻlgan yerlarda kabelli kanallar qurilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
338. Tunnel va kanallarda kamida 0,002 boʻlgan boʻylama qiyalik va 0,01 dan kam boʻlmagan koʻndalang qiyalik boʻlishi lozim. Tunnellarda, har 100-150 m da suyuqlik yigʻiladigan va kanalizatsiyaga xaydaladigan chuqurliklar boʻlishi lozim; kanallarda suyuqlik yigʻilish chuqurliklari quduqlarda yoki kameralarda boʻlishi kerak.
Piyodalarga moʻljallangan tunnellarning boʻylama qiyaligi 0,04 dan koʻp boʻlmasligi, koʻndalang qiyaligi esa — 0,01 dan koʻp boʻlmasligi kerak.
Asoslab berilgandagina, boʻylama qiyaliksiz pol oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi.
339. Bino va yoʻllardan tashqarida boʻlgan tunnellar va kanallar, yer sirtidan to yopma tepasigacha kamida 0,3 m ga chuqurlashtirilgan boʻlishi lozim.
Faqat xizmatchi xodimlarga yoʻl qoʻyilgan, toʻsilgan hududlarda, kabelli kanallar yopmasining tepa belgisini yerning rejalashtirilgan sathida qoʻyishga yoʻl qoʻyiladi.
340. Avtomobil yoʻllari tagida joylashgan tunnellar va kanallar, yoʻl qoplamasi tepasidan to yopma tepasigacha kamida 0,5 m ga, temir yoʻl tagida joylashgan taqdirda esa — shpal tagidan kamida 1 m ga chuqurlashtirilgan boʻlishi kerak.
341. Tunnellar va kanallar sexlar ichida boʻlgan taqdirda, yopmalar tepasining toza pol belgisidan minimal chuqurlashtirilishini quyidagicha qabul qilish kerak:
tunnellar uchun 0,3 m;
kanallar uchun kanal yopma tepasining belgisini toza pol belgisiga teng holatda qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi.
342. Kanallar va tunnellar hisob kitobini yer osti inshootlarini hisob kitob qilish, qoʻllanmasiga muvofiq holda amalga oshirish kerak.
343. Yer osti suvlarining prognozlangan darajasidan pastda joylashgan tunnellar va kanallarni quyidagi formula boʻyicha hisobiy yuklarga hisoblash kerak:
bu yerda:
SG — tunnel yoki kanalning bir metr uzunligiga taʼsir qiluvchi, yuk boʻyicha mustahkamlik minimal koeffitsiyenti hamma doimiy vertikal hisobiy yuklar summasi;
A — tunnel yoki kanal asosining bir metr uzunlikdagi maydoni;
hw — sizot suvi sathidan to tunnel yoki kanal ostigacha boʻlgan masofa (beton tayyorlovini hisobga olmagan holda);
Yw — 1 ga teng boʻlgan, suvning solishtirma ogʻirligi;
Yf — 1.2 ga teng hisobda olinadigan, yuk boʻyicha mustahkamlik koeffitsiyenti.
344. Konveyerli, kommunikatsion (kabellidan tashqari) tunnellardan chiqishlar 100 m dan kam boʻlmagan oraliqda, lekin ikkitadan kam boʻlmasligi kerak. Alohida sanoat tarmogʻi korxonalarini qurish loyihalanishi boʻyicha meʼyoriy hujjatlarda koʻrsatilgan xollar bundan mustasno.
Kommunikatsiya tunnellardan chiqish joylari vazifasini ichkaridan oson ochiladigan qopqoqlar va qulflash qurilmasi bilan, statsionar narvon yoki bandlar bilan jihozlangan tuynuklar bajarishiga yoʻl qoʻyiladi.
Kabelli tunnellarda, moy bilan toʻldirilgan kabellar boʻlganda chiqishlar orasidagi masofani 120 m gacha va boshqa kabellar boʻlganda 150 m gacha uzaytirishga yoʻl qoʻyiladi.
345. Yonmaydigan materiallar va ruda tashish uchun moʻljallangan shtabel osti tunnellardan (podshtabelnmy tonnel) chiqishlar kamida har 100 m da boʻlishi, biroq omborining yon tomonlarida joylashgan ikkitadan kam boʻlmasigi lozim. Oraliq chiqishlarini qurish uchun boʻylama konveyerlar osti yoki ustidan oʻtadigan va ombor chegarasi tashqarisiga olib chiqadigan chiqishli koʻndalang tunnellar boʻlishi kerak.
346. Boshi berk tunnel oxiridan (kabelli tunnelni hisobga olgan holda) to eng yaqin chiqishgacha boʻlgan masofa 25 m dan oshmasligi lozim.
Uzunligi 50 m gacha boʻlgan tunnellarda bitta chiqish qurishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda boshi berk tunnelning oxiridan to chiqishgacha 25 m dan koʻp boʻlmagan masofani taʼminlashi lozim.
347. Tunnellar tuynuklarini qatnov yoʻllarida joylashtirish, binolarga, inshootlarga, boshqa tuynuklarga quduqlarga taqab va temir yoʻl izidan 2 m dan yaqin masofada joylashtirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
348. Quvur yoʻllarini oʻtkazish uchun moʻljallangan kommunikatsion tunnellarning toʻgʻri ketgan qismida, kamida har 300 m da oʻlchamlari quyidagicha boʻlgan montaj oʻrinlari (proyomlari) boʻlishi lozim:
uzunligi kamida 4 m;
eni oʻtkaziladigan quvurning eng katta diametridan kam boʻlmagan va 0,1 m qoʻshgan holda, lekin 0,7 m dan kam emas.
Montaj oʻrinlarini yigʻma temir-beton plitalar bilan yopish kerak.
349. Tunnellar va kanallar namlikdan muxofaza loyihalanishi meʼyorlariga muvofiq holda, ularga yer osti va yer usti suvlarini kirishidan himoyalangan boʻlishlari lozim.
350. Kabelli tunnelning bir belgisidan ikkinchisiga oʻtishni pandus yordamida 150 dan koʻp boʻlmagan qiyalik bilan yoki 1:1 qiyali zina (narvon) yordamidan boʻlishi kerak. Koʻrsatilgan oʻtish faqat bir qism chegarasida boʻlishi lozim va zina yoki qiyaliklarni bevosita ajratish pardevorlari oldida boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Zina yoki qiya maydon polidan to ajratish pardevorigacha boʻlgan masofa kamida 1,5 m boʻlishi kerak.
351. Barcha turdagi tunnellar reversiv qurilma bilan jihozlangan va chang, tutun va gazlar bilan ifloslanmagan yuzada joylashgan, toʻxtovsiz ishlaydigan asosiy ventilyator qurilma bilan shamollatilishi lozim.
4-§. Tushiriladigan quduqlar
352. Ushbu bob quduqlarni loyihalashga oid boʻlgan talablarni belgilaydi.
353. Tarxda, tushiriladigan quduqlar doira shaklida yoki doira koʻrinishidagi koʻpburchak shaklida boʻlishi lozim. Yaxlit quduqlarni toʻgʻri toʻrtburchak shaklida loyihalashga yoʻl qoʻyiladi. Quduqlar toʻgʻri toʻrtburchak shaklda boʻlganda burchaklari aylana shaklida qilinishi kerak.
354. Doira sifatli quduqlar diametri va toʻgʻri toʻrtburchak shaklli quduqlar tomonlarining oʻlchamlarini quyidagicha qabul qilish kerak:
6 dan 24 m gacha — 3 m karrali;
24 dan 60 m gacha boʻlgani — 6 m karrali. Bu oʻlchamlarni 0,6 m karrali qabul qilinishiga yoʻl qoʻyiladi.
Quduqlarni balandligi boʻyicha oʻlchamini 0,6 m karrali qabul qilinishi mumkin.
355. Tarxda oʻlchamlari nisbati 1:2 dan koʻp boʻlgan toʻgʻri toʻrtburchak shakldagi quduqlarda yuk koʻtaradigan pardevor yoki vaqtinchalik (tushirish paytida) rasporka boʻlishi kerak.
356. Quduqni boshqa inshootlarga tutashganda, inshootlarni choʻkish farqi inobatga olinishi kerak.
357. Quduqlarni, yupqa devorli, tiksotrop qoplamada tushiriladigan qilib loyihalash lozim. Qoyali gruntlarda, shuningdek qoʻchkili, oʻpqonli yoki boʻshliq maydonchalarda qurilishdan tashqari.
358. Quduqlarning yigʻma temir-beton devorlarini tekis panellardan yoki sinfi V25 dan past boʻlmagan ogʻir betondan boʻlgan yirik ichi gʻovak bloklardan loyihalash lozim. Yigʻma qurilmalarni yaxlitlash uchun ishlatiladigan beton yoki qorishma sinfi birlashtirilayotgan elementlar betonining sinfidan past boʻlmasligi kerak.
Quduqlarning yaxlit temir-beton devorlarini sinfi V15 dan past boʻlmagan ogʻir betondan loyihalash lozim.
359. Quduqlarning temir-beton tubi, sinfi V15 dan past boʻlmagan ogʻir betondan yaxlit boʻlishi kerak.
360. Suvli gruntga tushiriladigan quduqlarning betoni W4 dan past boʻlmagan suv oʻtkazmaslik loyiha markasiga ega boʻlishi lozim.
Sovuqbardoshlilik markasi va betonning oʻrtacha zichligini SHNQ 2.03.01-24 talablariga muvofiq qabul qilish lozim.
361. Tushiriladigan quduqlar hisob kitobini yer osti inshootlirini hisob kitob qilish qoʻllanmasiga binoan amalga oshirish kerak.
362. Quduqlarning choʻkishi hisob kitobini SHNQ 2.02.01-24 talablariga muvofiq amalga oshirish lozim.
363. Quduqning namdan muxofazalash konstruksiyasini eng chuqur joylashgan xona poli sathidagi yer osti suvlarining muvozanatdagi suv bosimi qiymatiga asoslangan holda va namdan muxofazalashni loyihalash meʼyorlariga muvofiq boʻlgan quduqning ichki xonalariga boʻlgan talablarga asosan belgilanishi lozim. Devorlarning namdan muxofazasi tepa chegarasini yer osti suvlarini maksimal bashorat qilingan sathidan 0,5 m ga baland belgilanishi kerak.
364. Quduqlarni ich tomondan poʻlat taxtasi namdan muxofaza qilinishi faqat asoslab berilgan holda qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyiladi. Namdan muxofaza hisob kitobi muvozanatdagi toʻla suv bosimiga qilinishi lozim.
10-bob. Suyuqlik va gazlar uchun idish qurilmalar
1-§. Neft va neft mahsulotlari uchun rezervuarlar
365. Ushbu bob talablariga neft va neft mahsulotlari uchun poʻlat va temir-beton rezervuarlarni loyihalashda rioya qilish kerak.
Mazkur SHNQ quyidagi rezervuarlarni loyihalashga taalluqli emas:
maxsus neft va neft mahsulotlari uchun rezervuarlarni;
20 oS haroratda bugʻ elastikligi 93,6 kRa (700 mm smb. ust.) dan baland boʻlgan neft mahsulotlari uchun rezervuarlarni;
havo bosimidan 70 kRa (0,7 Kgs/cm2) ga baland boʻlgan ichki ish bosimi ostida saqlanadigan neft va neft mahsulotlari rezervuarlarini;
togʻ jinslarini ishlash joylarida joylashgan neft va neft mahsulotlari rezervuarlarini hamda kazemat turdagi rezervuarlarni;
barcha turdagi va barcha vazifali bak-akkumulyatorlarni;
texnologik qurilmalar turkumiga kiradigan rezervuarlarni.
366. Yer usti va yer osti rezervuarlarini SHNQ 2.09.19-22 hamda GOST 1510-2022 talablariga muvofiq loyihalash kerak.
367. Rezervuarlarni loyihalashda va foydalanish davrida saqlanilayotgan neft va neft mahsulotlari parlanish oqibatida yoʻqolishini maksimal darajada qisqartirishni, xamda atrof-muhitni himoya qilish talablariga rioya qilishni hisobga olish lozim.
368. Loyihalashda quyidagi turdagi rezervuarlarni qabul qilish kerak:
yer sirtida saqlash uchun — poʻlat va temir-beton, suzuvchi va statsionar tomli (pontonli va pontonsiz) vertikal silindr shaklida;
gorizontal silindr shaklda (poʻlat);
yer ostida saqlash uchun — temir-beton (toʻgʻri toʻrtburchak va silindr shakldagi);
handaq (transheya) koʻrinishidagi;
poʻlat gorizontal silindr shakldagi.
Yer osti rezervuarlarining maksimal foydali hajmi va maydon yuzalarini SHNQ 2.09.19-22 ga asosan qabul qilish lozim.
Rezervuarning foydali hajmini statsionar tomli rezervuarlar uchun rezervuarning gorizontal kesimini uning tubidan to maksimal toʻlish sathigacha boʻlgan balandligiga va suzuvchi qopqoqli yoki pontonli rezervuarlar uchun esa to suzuvchi qurilmalari tagining maksimal koʻtarilish sathigacha boʻlgan balandligiga koʻpaytish yoʻli bilan aniqlanishi kerak.
Rezervuarlarning geometrik hajmini rezervuarning gorizontal kesimini uning devori balandligiga koʻpaytirish bilan aniqlash lozim.
Rezervuarlar guruhlarining sigʻimlarini aniqlashda va yongʻin oʻchirish vositasini tanlashda, rezervuarlarning geometrik hajmlarini olish kerak.
369. Rezervuarlarda SHNQ 2.09.19-22 ga muvofiq yongʻin oʻchirish va sovutish qurilmalari boʻlishi lozim.
Sigʻimi 1000 m3 dan 3000 m3 gacha boʻlgan rezervuarlarga 1 m yer yuzasiga yetmaydigan quruq choʻzish koʻpigi generatorini oʻrnatish kerak.Koʻpik generatorlari soni hisob boʻyicha belgilanishi lozim. Lekin ular ikkitadan kam boʻlmasligi kerak.
370. Rezervuarlar turi va ularda saqlanadigan mahsulotga qarab, GOST 34233.1-2017 ga muvofiq loyihada belgilangan boʻlib, rezervuarlar ichida yoʻl qoʻyilgan bosimni taʼminlovchi moslamalar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
371. Rezervuarlar konstruksiyasi ularni sozlash va boʻyashdan oldin saqlanadigan mahsulot qoldiqlaridan tozalash, shamollatish va gazdan tozalash imkoniyatini oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak.
372. Rezervuarlarda texnologik, yorugʻlik, montaj tuynuklari, shuningdek, darcha-tuynuklar boʻlishi lozim.
Pontonli yoki suzuvchi tomli rezervuarlar devorlarida, suzuvchi qurilmalarni pastdagi holatida ishchilarga ishlashga imkon beradigan darcha-tuynuklar (quvur diametrining eng kichik oʻlchami 600 mm) boʻlishi kerak.
Rezervuarlar devorlaridagi darcha-tuynuklarni, darcha-tuynugi oldidagi kuzatish maydonchasiga oʻtish maydonchasi bilan ulash kerak boʻlgan tashqi narvondan 6 m dan uzoq boʻlmagan masofada joylashtirish kerak. Darcha-tuynuklar soni va turlari loyiha orqali belgilash lozim.
373. Suzuvchi tomli rezervuar devorining tepasidan yoki pontonli rezervuardagi tayanch halqasidan to suyuqlikning maksimal sathigacha boʻlgan masofa kamida 0,6 m boʻlishi kerak.
Statsionar tomli rezervuarlarda penokamera ulangan joy pasidan to suyuqlikning maksimal sathigacha boʻlgan minimal masofani mahsulotning haroratdan kengayishini inobatga olib aniqlanishi va kamida 100 mm qabul qilinishi lozim.
374. Suzuvchi metall tomlar va pontonlarning suzuvchanligi nazorat va xizmat koʻrsatish uchun imkon beradigan ochiq yoki yopiq boʻlinmalarning mavjudligi bilan taʼminlanishi kerak.
Metall boʻlmagan pontonlarning yoki toʻsiqlarning suzuvchanligini pontonlarning shakli va oʻzlari tayyorlanadigan materialning hajmiy ogʻirligi bilan taʼminlanishi lozim.
Suzuvchi tomlar va pontonlarning suzuvchanlik hisob kitobini mahsulotning zichligi shartidan 7 kN/m3 (700 kgs/m3) kelib chiqqan holda amalga oshirish va kondensatdan tushadigan 0,3 kPa (30 kgs/m2) oʻlchamdagi yuk hisobga olinishi kerak.
375. Suzuvchi tomlarda erigan va yomgʻir suvlarini rezervuar chegarasidan tashqariga haydash moslamasi boʻlishi lozim.
376. Suzuvchi tomlar, pontonlar va ularning yoʻnaltiruvchilarida germetizatsiyani taʼminlovchi zichlagichlari (zatvorlar) boʻlishi kerak.
Loyihada koʻrsatilgan haroratda quyuqlashuvchi neft uchun zichlagichlar, neftni devorlardan suzuvchi tomga yoki pontonga oqishini oldini oluvchi moslamalar bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
377. Rezervuarlardagi suzuvchi qopqoqli yoki pontonli zichlagichlarni hech qanday zatvor (ilgak) bilan himoyalanmagan rezervuar devori va suzuvchi tom yoki ponton orasidagi tirqishning ochiq maydoni bilan solishtirganda 70 dan 99 foizgacha yoʻqotishni qisqarishini taʼminlovchi 1,0 10-5 m/s dan kam boʻlgan germetiklik koeffitsiyenti bilan qoʻllanishi kerak.
378. Rezervuarlardagi suzuvchi tomining sigʻimi 5000 m3 va undan koʻp boʻlganda, zatvorning oldinga chiqib turgan elementlari tepasidan 25-30 cm ga baland boʻlmagan, biroq 1 m dan kam boʻlmagan balandlikdagi koʻpikni ushlab qolish uchun poʻlat halqa toʻsiq boʻlishi kerak.
Rezervuar devoridan halqa toʻsigʻini 2 m dan yaqin boʻlmagan masofada joylashishini va uning pastki qismida suzuvchi tom sirtiga zich tutashishi taʼminlanishi lozim.
Rezervuar devori va toʻsiqdan tashkil topgan halqa boʻshligʻidan yomgʻir, qor suvlarini va yongʻin oʻchirishdan soʻng koʻpik hosil qilgich aralashmasini oqizib yuborish uchun toʻsiqning pastki qismida diametri 30 mm boʻlgan va perimetr boʻylab boshqasidan 1 m masofada joylashgan zovur teshiklari boʻlishi kerak.
379. Rezervuarlardan foydalanish davrida suzuvchi tomlar va pontonlarning poʻlat tirgovuch ustunlari balandligini suzuvchi qurilmalarga moslab oʻzgartirilishi imkoniyatini inobatga olib loyihalash kerak.
Tirgovuch ustunlarning balandligini quyidagi shartlarga rioya qilgan holda belgilash lozim:
rezervuar tubidan to suzuvchi tom yoki pontongacha boʻlgan minimal masofa, ishlatish davrida rezervuar ichida oʻrnatilgan jihoz yoki qabul qilish-uzatish, quvur yoʻli quvuri va suzuvchi tomning (qutisimon) quvuri, tubi yoki zatvor kuragi orasida 100 mm li tirqish xosil qilish kerak;
rezervuar tubidan to suzuvchi tomgacha yoki rezervuar devori oldidagi pontongacha boʻlgan masofa, taʼmirlash davrida kamida 2 m boʻlishi lozim.
380. Metall boʻlmagan pontonlarni yonmaydigan tok oʻtkazuvchi materiallardan loyihalanishi yoki statik elektr zaryadlarini boʻshatishini taʼminlovchi moslama bilan jihozlash kerak.
381. Suzuvchi tomlar va pontonlarda bugʻ-havo aralashmasini yoʻqotish va ular tagidagi bosimni, ham suzish paytida, ham pastda qotib turgan holida tartibga solish uskunanalari, shuningdek, statik elektr zaryadlarini boʻshatuvchi uskuna boʻlishi lozim.
382. Gorizontal poʻlat silindr shaklidagi rezervuarlarni gazli boʻshligʻidagi bosimi atmosfera bosimidan baland boʻlgan neft mahsulotlari uchun loyihalanishi va quyidagicha qabul qilinishi kerak:
yassi yon elementlari — 40 kPa (4000 mm suv. ust.) gacha boʻlgan;
konussimon yon elementlari — 70 kPa (7000 mm suv. ust.) gacha boʻlgan.
Rezervuarlarni shuningdek, mazkur bandda koʻrsatilgan, 10 foizgacha boʻlgan chegarada atmosfera bosimidan past boʻlgan bosimga hisob qilinishi lozim.
383. Handaq (transheya) koʻrnishidagi yer osti poʻlat rezervuarlarni faqat toza neft mahsulotlari uchun loyihalashga yoʻl qoʻyiladi.
384. Texnologik talablar boʻyicha rezervuardan foydalanish yaroqlilik chegarasiga toʻgʻri keladigan rezervuar gruntining chegaraviy deformatsiyasini qurilmadan texnologik foydalanish qoidalariga binoan yoki loyihaga berilgan topshiriqqa binoan belgilanishi kerak. Bunda maksimal mutlaq choʻkish 200 mm dan oshmasligi lozim. Bunda ikkita qoʻshni nuqtalarning choʻkishi farqliligi nisbatining ular orasidagi masofaga teng boʻlgan tub tagidagi asosning nisbiy choʻkishi esa, 0,005 dan oshmasligi kerak.
Vertikal silindr shaklidagi rezervuarlar tubining markaziy qismi tagidagi va devor tagidagi choʻkish farqi 0,003 r dan oshmasligi va 100 mm dan (bu yerda r — rezervuar radiusi) koʻp boʻlmasligi kerak. Rezervuarlar ogʻishi pontonli yoki suzuvchi tomli rezervuarlar uchun — 0,002 r dan oshmasligi va ponton yoki suzuvchi tomsiz boʻlgan rezervuarlar uchun 0,004 dan oshmasligi lozim.
385. Yer usti rezervuarlarining tubi tagining belgisini rezervuarlar yaqinidagi yerning rejalashtirilgan sathidan kamida 0,5 m ga baland boʻlishi lozim.
386. Statsionar tomli rezervuarda toʻshama (otmostka) boʻlishi kerak.
387. Yer usti rezervuarlarini zilzila taʼsiri kuchiga hisoblashda quyidagilar qabul qilinishi lozim:
masʼuliyat (muhimlilik) koeffitsiyenti Ko=1,5;
qavatlilik koeffitsiyenti Ke=0,75;
tebranishlar dekrementi 6= 0,30.
Chegaraviy nisbiy noellastik deformatsiya qiymati s va boshqa koeffitsiyentlar konkret obyekt uchun uning qiymati va qurilma elementlari materialiga asosan aniqlash lozim.
388. Oxirigacha suyuqlik bilan toʻldiriladigan yoki quyilgan suyuqlik balandligining diametriga nisbati ikkitadan koʻp boʻlgan vertikal yumaloq silindr shaklli va sferik rezervuarlarni hisoblanishida, suyuqlik qattiq jism sifatida koʻriladi.
389. Reduksiya koeffitsiyentini (r) aniqlanishi uchun konstruktiv tizimning va uning qismlarining nisbiy noellastik deformatsiyalari quyidagicha:
N/dmin >5 boʻlganda s=2
N/dmin<1.5 boʻlganda s=10 — temir-beton qurilmalar uchun va s=15 — poʻlat qurilmalar uchun.
Tizim oʻlchamlarining oraliq qiymatlari uchun s qiymatini interpolyatsiya usuli bilan olish.
Bu yerda:
N — rezervuar (apparat) balandligi;
dmin — rezervuarning (apparatning) tashqi diametridan (oʻlchamlaridan) eng kichigi.
2-§. Poʻlat rezervuarlar
390. Vertikal va gorizontal silindr shaklli rezervuarlarning asosiy oʻlchamlarini (diametri, balandligi, uzunligi) poʻlatni minimal solishtirma sarfini, sanoat tayyorlash usullarini inobatga olib, gorizontal rezervuarlar uchun GOST 17032-2022 talablarini inobatga olib poʻlat listining uzunligi va eniga karrali belgilash lozim.
391. Vertikal rezervuarlar devorining balandligini 18 m dan koʻp boʻlmaydigan qilib belgilanishi kerak. Rezervuarlarni qoziqlarga oʻrnatganda, rezervuar tubi va yer sathi orasidagi qoziq orasi boʻshligʻini grunt bilan toʻldirilishi lozim.
12 m va unindan baland rezervuarlarni (tub tagiga sepilgan modda balandligini hisobga olgan holda) bikrlik xalqalari tagiga jolashtiriladigan suv chiqarish statsionar halqalari bilan jihozlanishi lozim. Agar bikrlik halqalarida suv oqib chiqishi mumkin boʻlgan teshiklar boʻlsa, suv chiqarish halqasini tepa bikrlik halqasi tagiga joylashtirilishi kerak.
392. Poʻlat rezervuarlarni loyihalashda, ularni tayyorlashda va yigʻishda listlarni uchma-uch ulash yoʻli bilan oʻrash usulini qoʻllash moʻljallanishi lozim.
393. Rezervuarlar konstruksiyasi hisobini SHNQ 2.03.05-23 talablariga asosan amalga oshirish kerak. Bunda poʻlat markalari rezervuarlarning alohida elementlarini quyidagi guruhlarga kiritilishi bilan qabul qilish kerak:
guruh 1 — 10 ming m3 va undan koʻp sigʻimli rezervuarlar tubi chetlari (okrayka) va devorlar, rezervuarlar tomi fasonkalar;
guruh 2 — sigʻimliligi 10 ming m3 dan past boʻlgan rezervuarlar tubi chetlari (okrayka) va devorlar, qoplamalar, qoplama tayanch halqalari va bikrlik halqalari, tubning markaziy qismlari, barcha sigʻimli rezervuarlarning suzuvchi qopqoqlari va pontonlari.
394. Vertikal silindr shaklli poʻlat rezervuarlarni hisoblashda qurilmani grunt bilan oʻzaro taʼsirida qurilmada hosil boʻladigan zoʻriqishni hisobga olish lozim.
395. Ish shartlari koeffitsiyenti qiymatini ushbu SHNQ ning 11-ilovasi 2-jadvali boʻyicha qabul qilish kerak.
Ushbu SHNQning 11-ilova 3-jadvalida keltirilgan qoʻshimcha koeffitsiyentlar - ni hisobga olib, yuk boʻyicha mustahkamlik koeffitsiyentlarini SHNQ 2.01.07-21 ga asosan qabul qilish lozim.
396. Poʻlat rezervuarlar loyihalarida germetizatsiyadan oldin rezervuar ichi va tashqarisidagi havo harorati va bosim darajasidagi farq taʼsiridan tubga, yopmalarga va devorlarga boʻlgan yukni oshishiga yoʻl qoʻymaydigan qopqoqlar (klapanlar) oʻrnatilishi haqida koʻrsatmalar boʻlishi kerak.
397. Gorizontal rezervuarlar alohida tayanchlarga yoki sunʼiy yaxlit asosga tayantirilgan boʻlishlari kerak.
398. Yer osti gorizontal poʻlat silindr shaklli rezervuarlar va handaq (transheya) koʻrinishidagi rezervuarlar tagiga rezervuar germetikligi buzilganda neft mahsulotlari sizib chiqishini aniqlash uchun nazorat qudugʻi tomonga egilgan nov (lotok) oʻrnatish lozim.
399. Yer osti poʻlat rezervuarlar tomida yer sathidan kamida 0,2 m balandga chiqib turadigan darcha-tuynuklari boʻlishi kerak.
400. Yer osti gorizontal poʻlat silindr shaklli rezervuarlarni va handaq koʻrinishidagi rezervuarlarni loyihalashda statsionar narvonlarni (qoʻsh oyoqli narvonlarni) inobatga olish kerak. Narvonlar darcha-tuynuk quvuriga mahkamlangan boʻlishi kerak. Narvon (qoʻsh oyoqli narvon) tagi va rezervuar tubi orasida 0,5 m dan kam boʻlmagan boʻsh oraliq boʻlishi lozim.
401. Sigʻimi 5000 m3 va undan kam yer usti vertikal rezervuarlar tagidagi asosni, namdan muhofazalash qatlami qumli yostiqchalar (asos) koʻrinishida amalga oshirilishi;
Sigʻimi 10000 m3 va undan koʻp rezervuarlar tagidagi poydevorlarni — halqa, yaxlit plita yoki rostverkli qoziqli poydevor koʻrinishida temir-betondan amalgan oshirilishi lozim.
Rezervuarlarning tubi etillangan benzin uchun moʻljallangan boʻlganda tagida markazdan perimetrga egilgan, yaxlit beton yoki temir-beton plitasi boʻlishi kerak.
3-§. Temir-beton rezervuarlar
402. Ushbu boʻlim meʼyorlariga neft va qora neft mahsulotlari uchun yer osti temir-beton rezervuarlarni loyihalanishiga rioya qilish lozim.
403. Rezervuarlar quyidagi modul oʻlchamlarga ega boʻlishlari kerak:
500 m3 va undan koʻp sigʻimli rezervuarlar diametri — 3 m karrali;
toʻgʻri toʻrtburchak rezervuarlarning devorlari oʻlchami — 6 m karrali va ustunlar toʻri 6x6 yoki 3x6 m.
404. Rezervuarlar tubi silindr shaklli boʻlganda, devorlari va qoplamalari oldindan ikki yoʻnalishda mustahkamlangan holda loyihalanishi, panellarni oldindan vertikal yoʻnalisha tortilganda devorning yigʻma elementlari orasidagi vertikal choklarni bir tomonga siqish (chok uzunligiga perpendikulyar holda) mumkin. Mazut saqlanadigan rezervuarlarda tortilmagan devorlarga yoʻl qoʻyiladi.
405. Rezervuarning tubini solish belgisi qurish va foydalanish paytida yer osti suvlarining maksimal sathidan 1 m balandda joylashishi lozim.
Rezervuarning poydevori osti muvofiq asoslab berilganda yer osti suvlarining sathidan pastroqda joylashishi mumkin. Bunda rezervuarni suzib chiqishga hisob kitob qilinishi, tubi va devorlarini yer osti suvlari bosimi taʼsiriga boʻsh va grunt bilan toʻldirilgan holida mustahkamligini va yorilishga chidamliligini tekshirish lozim.
406. Atrof muhitni himoyalash maqsadida, sizib chiqishi mumkin boʻlgan mahsulotni roʻyxatga olish uchun rezervuar tubida nazorat qudugʻili drenaj tizimi oʻrnatish zarur. Maydonchada yer osti suvlari boʻlgan taqdirda, uni xaydash uchun mustaqil drenaj tizimi qurilishi kerak.
407. Yer ustida, yer usti suvlarini sizib chiqishini oldini olish uchun rezervuar devorlari orasiga oqishini bartaraf qiluvchi toʻshama boʻlishi lozim.
408. Temir-beton rezervuarlarning yigʻma qurilmalarini siqilishga mustahkamlilik sinfi V25 — V40 boʻlgan betonlarni, yaxlit qurilmalar uchun esa — V25 — V30 ni qoʻllagan holda loyihalash kerak.
Iqtisodiy tejamkorliligi asoslab berilganda sinfi bundan yuqori boʻlgan betonlardan foydalanishiga yoʻl qoʻyiladi.
Loyihada ushbu SHNQning 411 va 412-bandlardagi koʻrsatmalarini hisobga olgan holda belgilanadigan beton tarkibiga boʻlgan talablar koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
409. Rezervuarlarning suv quyiladigan toʻshamalari temir-beton qurilmalari betonining sovuqbardoshlilik markasi F300 dan past boʻlmasligi va suv oʻtkazmaslik markasi W8 dan past boʻlmasligi lozim. Rezervuarning qolgan temir-beton qurilmalari sovuqbardoshlilik boʻyicha SHNQ 2.03.01-24 talablariga muvofiq boʻlishi, suv oʻtkazmaslik boʻyicha esa, W6 dan past boʻlmagan markaga muvofiq boʻlishi kerak.
410. Tugunlar va tutashgan joylar siqilishga mustahkamlilik boʻyicha loyihadagi sinflari, qurilmani tortish paytidagi sovuqbardoshlilik va suv oʻtkazmaslik markalari asosiy qurilmalar sinfi va markalaridan past boʻlmagan beton yoki qorishma bilan yaxlitlanishi lozim.
411. Neft va qora neft mahsulotlari uchun boʻlgan rezervuarlarni loyihalashda, betonni sulfatbardosh portlandsemetda qoʻllashni inobatga olinishi lozim.
Past alyuminatli portlandsementni, tarkibida SzA < 5 foiz va S3A+S4AGʻ < 2,2 foiz boʻlgan va sement massasini 3,5 foiz miqdorida eruvchan shishani suvga qoʻshgan holda qoʻllashga yoʻl qoʻyilishi mumkin. Beton uchun suv sement nisbati 0,45 dan oshmasligi lozim.
SSB turli yumshatuvchi qoʻshimchalardan tashqari boshqa qoʻshimchalarni qoʻshishga yoʻl qoʻyilmaydi.
412. Beton toʻldirgichi sifatida GOST 26633-2015 talablariga muvofiq maydalangan, chaqiq tosh va qum ishlatilishi kerak. Toʻldirgich sifatida shagʻal ishlatish mumkin emas, bunda, toʻldirgich tarkibida yassi va ignasimon donalarni hajmi 15 foizdan oshmasligi lozim.
413. Rezervuarlar konstruksiyalari ularni qurish va ulardan foydalanish davrida yuzaga keladigan quyidagi taʼsirlarga hisob qilingan boʻlishi lozim:
toʻldirilmagan rezervuarni sinashda suv yukiga;
vakuumni hisobga olgan holda, toʻldirilgan va boʻsh rezervuarga;
tushadigan grunt yukiga (chuqurlashtirilgan rezervuar uchun);
montaj paytidagi shamol taʼsiri kuchiga;
qurish paytida harorat oʻzgarishi (farqi) va beton choʻkishiga.
Mahsulot va tashqi muhitning foydalanish yuklari loyihalash topshirigʻiga asosan boʻlishi lozim.
414. Rezervuarlarni loyihalashda quyidagilarni hisobga olish kerak:
issiq neft mahsuloti bilan toʻldirilayotgan paytda haroratni devor qalinligi boʻylab bir maromda tarqalmasligidan yoki tashqi havo haroratini qishki hisob haroratigacha tushib ketganidan yuzaga keladigan egilish jihatlarini;
boʻylama yoʻnalishda rezervuar devori oʻrtacha haroratini oʻzgarishi hisobiga yuzaga keladigan harorat taʼsirini.
415. Rezervuarlar konstruksiyasida (meʼyoriy yuklarni eng noqulay birligini va harorat taʼsirini hisobga olgan holda) markazdan tashqari siqishda eni 0,1 mm gacha boʻlgan yopiq yoriqlarga yoʻl qoʻyiladi. Bunda toʻsiq qurilmalardagi (devorlar, tub va toʻsiqda) siqish kuchlanishi eng qattiq siqilgan tolada kamida 0,05 Rb,ser boʻlishi lozim.
416. Beton va poʻlatning hisobiy va meʼyoriy qarshiliklarini SHNQ 2.03.01-24 ga muvofiq qabul qilish kerak.
Qurilma 50 oS dan baland qizisa, birinchi va ikkinchi guruhlar chegaraviy holati boʻyicha, SHNQ 2.03.04-22 beton asosan qayishqoqligining boshlangʻich moduli hisob qilinganida beton va temir oʻzak hisobiy qarshiliklarini oʻzgarishini inobatga olish lozim.
4-§. Gazgolderlar
417. Ushbu bob gazlarni saqlash, aralashtirish, toʻplanmalarni (konsentratsiyalarni) umumiylashtirish va bosimni toʻgʻrilashga moʻljallangan poʻlat garzolderlarni loyihalashga oid boʻlgan talablarni belgilaydi.
418. Gazgolderlarni loyihalashda qurilmani uzluksiz ishlab chiqarish va yigʻish usuli va ularni kuzatish, tozalash, taʼmirlash, zanglash, boʻyash, shuningdek shamollatish va taʼmirlash paytida gazgolderlarni gazdan tozalash imkoniyatlarini koʻzlab loyihalanishi lozim.
419. Gazgolderlarni quyidagicha loyihalash kerak:
past bosimli — 4 kPa (400 mm vod. ust)gacha;
yuqori bosimli — 70 kPa (0,7 kgs/cm2)gaH boshlanadi.
420. Gazgolderlar sigʻimini quyidagicha qabul qilish lozim, m3:
nam — 50000 gacha;
qayishqoq boʻlimli quruq — 10000 gacha;
sharsimon — 600 dan [bosimi 1,8 MRa (18 kgs/cm2) gacha boʻlgan mahsulotlar uchun] 2000 gacha [bosimi 1,2 MRa (12 kgs/cm2) gacha boʻlgan yonmaydigan mahsulotlar uchun], yengil alangalanadigan;
yonuvchi mahsulotlar uchun bosimi 0,25 MRa (2,5 kgs/cm2) gacha boʻlgan, gorizontal silindr shaklli — 50 dan 300 gacha, vertikal silindr shaklli — 50 dan 200 gacha.
421. Gazgolderlarni loyhalashda elementlarini ushbu SHNQning 388-bandga asosan guruhlarga ajratgan holda poʻlat markalarini SHNQ 2.03.05-23ga muvofiq koʻllash lozim.
422. Gazgolderlarni past bosimli boʻlib loyihalaganda, ularni tayyorlash va oʻrnatish jarayonida oʻrash usulini qoʻllashni inobatga olish kerak.
423. Quruq gazgolderlarning balandligi va diametrini hamda nam gazgolderlarning qismlarini, shuningdek gorizontal va vertikal silindr shaklli gazgolderlarning qobiqlarini, prokatli taxtasimon poʻlatning eni va uzunligiga karrali qilib olish lozim.
424. Gazgolderlar past bosimli boʻlganda taxtasimon qurilmalarini markasi uch xildan oshmaydigan poʻlatdan loyihalash lozim.
425. Sharsimon gazgolderlarning qobigʻi loyihalashda:
taxtasimon poʻlatdan eng kam chiqindi chiqishini taʼminlaydigan yaproq shaklini qoʻllash kerak;
bir markali poʻlatdan boʻlgan qobiqni qoʻllash lozim;
qobiq yaproqlari sonini juft qabul qilish kerak;
ustunlar soni, juft qabul qilinishi lozim;
avtomatik elekr yoysimon payvandni qoʻllagan holda yaproqlarni uchma-uch payvandlanishi kerak.
426. Gazgolderlar past bosimli hisoblanishi SHNQ 2.03.05-23 ga muvofiq hamda ushbu SHNQning 392-bandidagi asosan ish shartlarini va yuk boʻyicha mustahkamlik koeffitsiyentini qoʻllash lozim.
Ish shartlari qoʻshimcha koeffitsiyentlari Yc ni ushbu SHNQning 11-ilovasining 4-jadvali boʻyicha qabul qilish, yuqori bosimli gazgolderlarda ortiqcha bosimni hisob qilishda yuk boʻyicha mustahkamlikning qoʻshimcha koeffitsiyentlari Yc ni esa 1,2 ga teng qabul qilinishi lozim.
427. Gazgolderlarni zilzila taʼsiri kuchiga hisoblashda quyidagilarni qabul qilish kerak:
masʼuliyat (muhimlilik) koeffitsiyenti Ko=1,5;
qavatlilik koeffitsiyenti Ke = 1,0 (vertikal Ke = 1,5);
tebranishlar dekrementi 6 = 0,15.
Chegaraviy nisbiy noelastik deformatsiya qiymati s, uning maqsadiga va konstruksiyasi elementlarining materiallariga asoslangan holda qabul qilinishi kerak. Boshqa koeffitsiyentlar aniq turdagi obyekt uchun uning maqsadiga va konstruksiyasi elementlarining materiallariga asoslangan holda aniqlash lozim.
Gazgolderlar konstruksiyasi zilzila taʼsirlarini hisobga olgan holda ushbu SHNQning 388 va 389-bandlari boʻyicha tekshirish lozim.
428. Oʻrnatilgan temir oʻzakni, tuynuklarni va boshqa asbob anjomlarni taʼmirlash uchun gazgolderlar statsionar narvonlar, maydonchalar oʻtish joylari bilan taʼminlanishi kerak.
balandligi kamida 1,0 m toʻsiqli;
eni kamida 0,7 m.
429. Gazgolderlarning quyosh nuri taʼsirida qizishga moyil boʻlgan tepa qismida qaytarish koeffitsiyenti 50 foizdan past boʻlmagan rangli tusi boʻlishi lozim. Gazgolderlarda belgilar, raqamlar va saqlanadigan materiallarning boshqa belgilarini yoki korxona emblemalarini qoʻyishga yoʻl qoʻyiladi.
11-bob. Sochiluvchan materiallar uchun idish qurilmalar
1-§. Bordonlar
430. Ushbu bob sochiluvchan va donali materiallarni saqlash uchun moʻljallangan ochiq bordonlarni loyihalashga oid boʻlgan talablarni belgilaydi.
431. Bordonlarni bino va ochiq maydonchalarda chuqurlashtirib yoki yer ustida, birlashtirilgan holda, koʻp katakli qilib joylashtirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
432. Bordonlar kataklari oʻlchamlarini tarxda, 6x6, 6x9 va 9x9 m qabul qilish lozim.
Texnologik talablar bilan shartlangan taqdirda, 3 m ga karrali katta oʻlchamlarni qabul qilinishiga yoʻl qoʻyiladi.
433. Bordonlar devorlarining balandligini 3,6 m va 4,8 m yoki 6 m ga teng qabul qilinishiga yoʻl qoʻyiladi.
Bordonlar devorlarining minimal chuqurligini pol sathidan yoki yerning rejalashtirilgan sathidan 0,6 m ga teng qabul qilish, polning esa — 0,3 m ga teng qabul qilish, bordonlar devorlarining tepasini pol sathidan yoki yerning rejalashtirilgan sathidan minimal oshishini — 1,2 m ga teng qabul qilinishi lozim.
434. Bordonlarni temir-betondan loyihalanishi kerak.
435. Metall shaxtalari saqlanadigan bordonlarning ich tomoni devorlari va tepa tomoni yogʻoch gʻoʻlalar bilan himoyalangan boʻlishi kerak. Yaxlit bordonlarni eski relslar bilan himoyalashga yoʻl qoʻyiladi.
Sochiluvchan materiallar uchun boʻlgan bordonlarda himoya faqat devorlar tepasidan boʻlishi lozim.
436. Bordonlar pollari gruntli yoki dagʻal maydalangan toshdan qilingan boʻlishi kerak.
Materiallarni changakli kranlarda yuklashda va tushirishda qalinligi 0,3 m dan kam boʻlmagan saqlanayotgan materialdan lappak (bufer) qatlami boʻlishi lozim.
437. Bordonlar devoralariga tushadigan materialning gorizontal bosimini tirgak devorlarga tushadigan deb hisoblashga yoʻl qoʻyiladi. Bordonlarda saqlanadigan materiallarning meʼyoriy taʼriflarini ushbu SHNQning 11-ilovasi 5-jadvaliga muvofiq qabul qilinishi kerak.
438. Bordonlar devorlari shuningdek, bordon boʻshatilgan boʻlganda intensivligi 20 kPa (2 ts/m2) dan kam boʻlmagan vaqtinchalik meʼyoriy yukni hisobga olgan holda gruntning gorizontal bosimiga moʻljallangan boʻlishi lozim.
439. Bordonlarni toʻldirish materiallarining hisobiy vaznini aniqlash uchun yuk boʻyicha mustahkamlik koeffitsiyenti yf =1,2 qabul qilinishi lozim. Ichki ishqalanishning hisobiy burchagi ichki ishqalanish meʼyoriy burchagining qiymatini yuk boʻyicha mustahkamlik koeffitsiyenti yf=1,1ra boʻlish bilan aniqlash kerak.
440. Bordonlarni zilzila taʼsiri kuchiga hisoblashda quyidagilarni qabul qilish lozim:
masʼuliyat (muhimlilik) koeffitsiyenti Ko=0,8 (buyurtmachi qaroriga binoan koʻpaytirilishi mumkin, lekin Ko=1,5 dan koʻp emas);
qavatlilik koeffitsiyenti Ke = 0,75;
tebranishlar tekrementi 6 = 0,30.
Chegaraviy nisbiy noelastik deformatsiya qiymati s va boshqa koeffitsiyentlar, aniq turdagi obyekt uchun uning maqsadiga va konstruksiyasi elementlarining materiallariga asoslangan holda aniqlash kerak.
441. Bordonlarni taʼmirlash, tozalash uchun ular koʻchma narvonlar bilan taʼminlanishi kerak.
2-§. Bunkerlar
442. Ushbu boʻlim meʼyorlariga tashqi bunkerlarni, bino va inshootlarni ichida joylashgan bunkerlarni loyihalashda rioya qilinishi lozim.
443. Bunkerni loyihalashda ikkita ketma ket bosqichni oʻz ichiga olishi kerak:
geometrik parametrlarini aniqlash — bunker va uning voronkasining shakli, devorlari qiyaligining burchaklari, chiqarish teshigi oʻlchamlari qaysiki sochiluvchan materialning fizikaviy mexanik xususiyatlari hisob kitobi asosida ularni salbiy oʻzgarishini hisobga olgan holda aniqlanishi kerak. Bunda chiqarish teshigi tepasida gumbaz hosil boʻlishi va devorlarda osilib qolishiga yoʻl qoʻymaslik lozim;
bunker konstruksiyalarini va ularni zarbalardan va yedirilishdan himoyalashni hisoblash va loyihalash.
444. Bunkerlarning geometrik parametrlarini aniqlash bogʻlovchi (yopishqoq) va bogʻlovchi boʻlmagan (yopishqoq boʻlmagan) sochiluvchan materiallar uchun farqlanishi kerak:
bogʻlovchilarga, 2 mm dan kam fraksiyali va namligi 2 foizdan koʻp boʻlgan materiallar;
bogʻlovchi boʻlmaganlarga — chaqiq tosh, mayda tosh (galka) yoki boshqa donachalarining yirikligi 2 mm va undan katta boʻlgan, shuningdek, donachalarining yirikligi 2 mm gacha va namligi 2 foizgacha boʻlgan qum kiradi.
445. Bunkerlarni loyihalashda sochiluvchan materialni ikki yoʻl bilan toʻkilishi ehtimoli borligini inobatga olish kerak:
gidravlik, bunda bunkerning butun hajmida sochiluvchan material harakatda boʻladi;
gidravlik boʻlmagan, bunda faqat chiqarish teshigi tepasidagi markaziy qismi harakatda boʻlib, qolgan material harakatsiz boʻladi.
Bunkerlarni bogʻlovchi yoki oʻz-oʻzidan yonuvchi sochiluvchan materiallar uchun gidravlik toʻkilish usulli qilib loyihalash kerak:
bogʻlovchi boʻlmagan materiallar uchun esa, gidravlik boʻlmagan toʻkilish usulli qilib loyihalanishi lozim.
446. Bogʻlovchi boʻlmagan gidravlik toʻkilishli bunkerlar turli shaklda boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi. Bularga piramidasimon, konussimon, yassi gorizontal tubli, parabolasimon yoki boshqa simmetrik yoki nosimmetrik shaklli kiradi.
Geometrik parametrlarni loyihalashda faqat bitta parametr meʼyorlanadi — sochiluvchan materialning maksimal boʻlagiga binoan belgilanishi kerak boʻlgan chiqarish teshigi oʻlchami.
Voronka devorlarining qiyalik burchagi ihtiyoriy boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi. Faqat texnologik shartlarga asosan bunkerni butunlay boʻshatish kerak boʻlgan hollar bundan mustasno. Bu holda devorlarning qiyalik burchagini sochiluvchan materialning tabiiy qiyaligi burchagi boʻyicha uni 5-70 ga oshirish bilan qabul qilinishi lozim.
447. Gidravlik toʻkilishli bogʻlovchi materiallar uchun boʻlgan bunkerlar konussimon, piramidasimon yoki lotok shaklli qilinishi lozim. Boshqa shaklli (piramidasimon, yassi tubli), shuningdek nosimmetrik bunkerlarga yoʻl qoʻyilmaydi.
Bunday bunkerlar devorlarining qiyalik burchagini va chiqarish teshigi oʻlchamlarini sochiluvchan materialning fizikaviy-mexanik xususiyatlari asosida hisob qilinishi lozim: ichki ishqalanish burchagi (tabiiy qiyalik burchagi qoʻyilmaydi), solishtirma yopishqoqlik, tashqi ishqalanish burchagi, samarali ishqlanish burchagi, toʻkilish vazifasi, — qaysiki sochiluvchan materialni siljishga qarshiligini oʻlchaydigan asboblar yordamida aniqlanishi lozim.
Devorlar qiyaligi burchagini tashqi burchak ishqalanishiga (sochiluvchan materialni bunker devori materiali boʻylab ishqalanish burchagiga) bogʻliq holda taxminan chizma 1 boʻyicha tanlanishiga yoʻl qoʻyiladi.
1-rasm. Bogʻlovchi materiallar uchun boʻlgan bunkerlar devorlarining qiyalik burchagini aniqlanishi uchun jadval.
chiqarish teshigi toʻgʻri toʻrtburchak shaklli boʻlgan bunkerlar uchun (tomonlari nisbati 3:1 va undan koʻp);
yumaloq teshikli konussimon yoki toʻrburchak teshikli piramidasimon voronkalar uchun;
f — sochiluvchan materialni bunker devori boʻylab ishqalanish burchagi;
a — devorning gorizontal qiyaligi burchagi
448. Bunkerlarni bogʻlovchi sochiluvchan materiallar uchun loyihalashda binolarning bunker oraligʻi hajmiy-rejaviy qarorini bunkerlarning geometrik parametrlarini aniqlagandan soʻng chiqarish lozim.
449. Bunkerlarni loyihalashda bunkerning butun geometrik hajmini maksimal ishlatilishi taʼminlanishi lozim (yukda kamida 80 foiz).
450. Bunker devorlariga sochiluvchan materialning tushadigan bosimini tirgovuch devorga sochiluvchan material va bunker devorlari orasidagi ishqalanish kuchini hisobga olmagan holda tushadi deb hisoblanishi lozim.
451. Bunker konstruksiyasini bunkerni toʻldiradigan sochiluvchan material ogʻirligining vaqtinchalik yuki taʼsiriga, qurilmaning doimiy oʻz ogʻirligi yuklariga, qoplama ogʻirligiga, shuningdek bunker usti doimiy va vaqtinchalik yopma yuklari taʼsiriga moslab hisoblanishi kerak.
452. Bunker devorlarining gorizontal va qiya yoʻnalishdagi tortuvchi kuchlari va devor tekisligidan lokal egilishdagi eguvchi momentlarni hisoblash lozim. Bunkerlarning konstruksiyalari, bunkerning boʻshliqda ishlashini hisobga oluvchi umumiy egilishga moʻljallangan boʻlishi kerak.
453. Bunkernarni zilzila taʼsiri kuchiga hisoblashda quyidagilarni qabul qilish lozim:
masʼuliyat (muhimlilik) koeffitsiyenti Ko = 0,8 (buyurtmachi qaroriga binoan koʻpaytirilishi mumkin, lekin Ko=1,5 dan koʻp emas);
qavatlilik koeffitsiyenti Ke = 0,75;
tebranishlar dekrementi 6= 0,30.
Bunkerni tutib turuvchi sinchni hisoblashda chegaraviy nisbiy noelastik deformatsiyasi s 3 ga teng boʻlishi lozim.
Bunkerni toʻldirish materiali qattiq jism sifatida hisob qilinadi.
454. Bunkerlar konstruksiyasini hisob qilishda sochiluvchan materialning solishtirma ogʻirligi y ni texnologik topshiriq boʻyicha qabul qilinishi kerak.
455. Bunkerlarni temir-beton yoki poʻlat temir-beton (yassi temir-beton plitalar va poʻlat sinchdan) yoki yigʻma-yaxlit temir-betonli qilib loyihalash lozim. Bunkerlarning ingichkalashadigan qismi boʻlgan voronkalarni, parabolasimon (osilib turuvchi) bunkerlarni, shuningdek texnologik shartlarga binoan sochiluvchan materialning mexanik, kimyoviy va harorat taʼsirlariga duch keluvchi va temir-betondan yasalishi mukin boʻlmagan bunkerlarni poʻlatdan loyihalashga yoʻl qoʻyiladi.
456. Bunker burchaklarining ichki qirralarini bogʻlovchi materiallar uchun autlar (autami) bilan yoki aylanali qilib loyihalash kerak.
457. Bunkerlar changsimon (kukunnamo) materiallar uchun germetik boʻlishi, changlanuvchi materiallar uchun moʻljallangan bunkerlar esa (pishiqligi past boʻlgan togʻ jinslaridan quruq boʻlakli materiallar, masalan ohaktosh) — aspiratsion qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
458. Bunkerlarning ichki sirtini eskirishga moyil I va II qismlar va eskirishga moyil emas III qismlarga boʻlish lozim.
I qism — bunkerni toʻldirish jarayonida sochiluvchan material oqimi zarbasi taʼsiriga va boʻshatish jarayonida yedirilishga duchor boʻladigan qism. I qismni oʻz-oʻzini himoya qilish tamoyili boʻyicha yoki qayishqoq asosli siyqalanishga chidamli himoya yoki rezina yordamida himoya qilish lozim.
https://neolex.uz/uz/laws/law-7179729
